mehribonlik,
jonsaraklik,
muloqatga
kirishuvchanlik, g‘amho‘rlik, rahm - shafqat va boshqalar
23
.
Hayot uslubi va shaxs tiplari:
Boshqaruvchi tip
: Bu tip insonlari o‘ziga ishongan va g`ayratli, ahamiyatsiz
sotsial manfaatlarga, agar bular mavjud bo`lmasa. Ular faol, ammo sotsial rejada emas,
ularga boshqalarning baxt-saodati ahamiyatsiz, ular tashqi olam o`stidan hukmronlik
qilish xos. Asosiy hayotiy muammolarini ular dushmanlik, antisotsial hal etadilar
(jinoyatchilar, narkomanlar, qonun buzarlar).
Oluvchi tip:
tashqi olamga tekinxurlik va o‘zining ehtiyojlarining ko‘p qismini
boshqalar hisobiga qondirishga intiluvchi odamlar. Ularda sotsial manfaatlar yo`q, ular
boshqalardan ko‘proq narsa olishga intiladilar. Ularning faolligi yuqori emas, ularning
boshqalarga azob- uqubat keltirish ehtimoli kamroq.
Qochuvchi tip:
bu insonlarning sotsial qizitsishlari, shaxsiy muammolarni hal
etishdagi majburiy faolligi past, ular muvaffaqiyatsizlikdan qurqadilar va hayotiy
muammolarini yechishdan qochadilar. Ular qiyinchilik yoki omadsizlik tug`diradigan
barchasidan qochadilar.
Sotsial tip
: Bu yetuk talabga javob beradigan, sotsial manfaatlar bog‘lab turadi
va yuqori faollikka ega. Bu inson boshqa insonlarga gamxurlik ko`rsatuvchi, ular bilan
munosabatga qiziquvchi, insonlarning asosiy hayotiy muammolarini hal etuvchi
muammolarni: ish, sevgi, dustlik-hamkorlikni, shaxsiy mardlikni, mas’uliyatni talab
23
. Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2017. - R. 553-593.
113
etishini biladi va boshqa insonlarning rohat-farogatida o‘zining hissasi qushishga
tayyor.
24
Qobiliyatsizlik va intellektning pastligi sabablaridan ham biri shuki, ana shu ikki
xil layoqat o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Masalan, genial rassom oilasida bola
tug`ildi deylik. Unda rassomchilik uchun tug`ma, genetik belgilar otasi tomonidan
berilgan deylik. Lekin bolaning onasi farzandining ham rassom bo‘lishini xoxlamasligi,
o‘ziga uxshash kushikchi bo‘lishini xoxlashi mumkin. Ayol bolani yoshlikdan faqat
musika muhitida tarbiyalaydi. Tabiiy layoqatning rivoji uchun ijtimoiy layoqat muhiti
yuk, ijtimoiy layoqat o’sishi uchun esa tabiiy, tug`ma layoqat yuk bo‘lgani sababli,
bolada xech qanday talant namoyon bo’lmasligi, u oddiygina musikachi yoki kushikchi
bo‘lish bilan cheklanishi mumkin. Intellekt testlari va qobiliyatdagi tug`ma va orttirilgan
belgilarni o‘rganishning psixologik ahamiyati aynan shunda. Ilk yoshlikdan bolaning
o‘zidagi mavjud imkoniyatlarni rivojlantirish shart-sharoitini yaratish ishini to‘g‘ri
yulga qo‘yish kerak.
Shuning uchun ham har bir ongli inson o‘zidagi qobiliyat va zexnni ilk yoshlikdan
bilib, usha o‘zi yaxshi ko‘rgan, «yuragi chopgan» ish bilan shugullansa, va undan
qoniqish olib, qobiliyatini o`stirishga imkoniyat topib, yutuqlarga erishsa, biz uni
Do'stlaringiz bilan baham: |