Jismoniy madaniyat



Download 5,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/602
Sana13.01.2022
Hajmi5,42 Mb.
#357990
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   602
Bog'liq
2 5312198470054975767

 

Realistik  tafakkur

  -  muammolar,  voqea-hodisalarni  real  makon  va  vaqt 

chegaralarida aniq tasavvur qilish va echimlarini belgilay olish; 

Bir  vaqtning  o‘zida  bir  qancha  muammolar  mohiyatini  anglay  bilish  tajribani  yangi 

muammolar echimiga qarata bilish; 

Jamoani boshqarish, ishni aniq va to‘g‘ri tashkil qilish qobiliyati, har qanday ishga shaxsan 

kirisha bilish va uning bajarilishini nazorat qilish; 

Yuqoridagi uchta holatda o‘ta jonsaraklik va qat’iyatni namoyon qilish. 



Rahbarlikka loyiqlik mezonlari asosida liderlikning vazifalari: 

Lider - ma’mur; 

Lider - rejalashtiruvchi; 



105 

 

Lider - siyosatchi; 



Lider - baholovchi ekspert; 

Lider - jamoning vakolatli vakili; 

Lider - rag‘batlantirish va jazolash tashabbuskori; 

Lider - hukm chiqaruvchi va yarashtiruvchi; 

Lider - namuna “Ota”; 

Lider - jamoaning ramzi - referent; 

Lider - individual mas’ullikni cheklovchi; 

Lider - dunyoqarashlar shakllantiruvchi; 

Lider - “Balogardon”. 

Lider va rasmiy rahbarning turli shaxslardan iboratligi va ular o’rtasidagi ziddiyat 

haqida yuqorida to’xtalib o’tdik. Shunday holat ham yuz beradiki, tashkilot manfaatiga 

zid  yo’l  tutgan  lider  atrofida  o’zi  kabi  hamtovoqlarni  to’plashi  va  o’zining  og’uvchi 

xulqi bilan nafaqat tashkilot maqsadi, balki rahbarning obro’siga ham putur yetkazadi. 

Bunday  liderni  darhol  ishdan  bo’shatish  lozim,  degan  an’anaviy  fikr  bir  qaraganda 

to’g’ri bo’lsa-da, lekin ushbu vaziyatdan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish rahbarning 

mohir  tashkilotchiligidan  dalolat  beradi.  Rahbar  o’z  tashkilotidagi  mavjud 

imkoniyatlarni qo’llagan holda norasmiy liderni nafaqat guruhdan ajratishi, balki unga 

ma’qul  keluvchi  va  uning  qobiliyatlariga  mos  keluvchi  vazifalarni  ham topib  berishi 

mumkin.  

Umuman olganda, rahbar uning manfaatlariga zid bo’lgan har qanday kuchni o’z 

tomoniga  og’dira  olishi  uning  obro’siga  obro’  qo’shuvchi  va  jamoa  oldida  uning 

nufuzini  yanada  oshiruvchi  eng  samarali  imkoniyatdir.  O’ylashimizcha,  bunday 

imkoniyat  paydo  bo’lganidan  afsuslanish  emas,  balki  tashakkur  aytish  o’rinli  bo’lsa 

kerak.  


Ayrim  psixologik  manbalarda  kuchli  rahbar  shaxsiga  oid  sifatlarni 

umumlashtirib, unga to‘rtta “T” zarurligi haqida ham yozishadi. Bular -: 

Temperament 

Toqatlilik (terpenie) 

Talant 

Tinimsiz mehnat (trudolyubie). 

Tashabbuskorlikning  muhimligi  shubxasiz,  lekin  bu  sifatning  faqat  rahbarda 

bo‘lganda ish samaradorligi yuqori bo‘ladi, degan fikrga e’tirozlar ham bo‘lgan. Masalan, 

mashhur  Deyl  Karnegi  kitobida  tashabbusni  yuqori  lavozimdagi  shaxsda  bo‘lishidan 

tashqari,  uni  xodimlarga  bera  olish  muhimligi  haqida  yozilgan.  o‘sha  kitobda 

keltirilishicha,  o‘sha  paytda  jahonda  yiliga  bir  million  dollar  miqdorda  daromadga  ega 

bo‘lgan  odamlar  juda  kam  bo‘lgan.  Shunday  shaxslardan  Uolter  Kraysler  va  Charlz 

Shveblarning yutuqlari asosida esa oddiy xaqiqatlar yotgan. Masalan, mashxur biznesmen 

Endryu Karnegi o‘z menedjeri Shvebga kuniga 3000 dollar, yiliga 1 mln. dollar to‘lagan. 

Bu  haqda  Shvebning  o‘zi  shunday  yozgan:  “Men  cho‘yan  quyishda  oddiy  ishchidan 

anchagina  no‘noq  va  ilmsiz  bo‘lganman.  Lekin  men  odamlarni  boshqarishni  bilganman. 

 

Mendagi eng noyob sifat - odamlarda tashabbusni uyg‘ota olish qobiliyatidir. Chunki 



insondagi  eng  noyob,  qimmatli  narsani  tan  olish  uni  ruhlantiradi.  Shaxsning  or-nomusi, 

qadrini tushiradigan narsa - bu mansabdorlarning ularni tanqid qilishidir. Xatolarni betga 

aytishdan o‘zni tiyish ham rahbarlik saxovatidir”. Endryu Karnegi o‘zining  qabr toshiga 



106 

 

quyidagi so‘zlarni yozishlarini vasiyat qilgan ekan: “Bu erda umri mobaynida o‘zidan ko‘ra 



aqlliroq  insonlarni  o‘ziga  bo‘ysundira  olgan  odam  yotibdi”.  Demak,  bu  so‘zlarning 

mohiyati  ham  oldingiday  -  odamdagi  iqtidor  va  aql-zakovatni  qo‘llab-quvvatlash  orqali 

ulardagi tashabbusni uyg‘ota olish mahorati unumli mehnatga olib keladi. 

Ko‘plab  tadqiqotchilar  rahbarlarning  qaysi  ish  uslubi  ma’quliligini  o‘rganish 

borasida tajriba to‘pladilar. 30-yillardayoq K.Levin, R.Lippman, R.Uaytlar tomonidan 

tavsiya  etilgan  boshqaruvning  avtokratik,  demokratik  hamda  erkin  turlari  haqidagi 

nazariya  keyingi  tadqiqotlarda  jahonning  ko‘plab  olimlari  tomonidan  har  taraflama 

tahlil qilindi. Ґar bir boshqaruv uslubining ham ijobiy, ham salbiy jixatlari to‘g‘risidagi 

fikrlar  tasdiqlandi.  Bundan  tashqari,  u  yoki  bu  boshqaruv  uslubining  samaradorligi 

xodimlarning  malakalari  va  saviyalariga  bog‘liq  ekanligi  ham  e’tirof  etildi.  Masalan, 

Rossiyada  o‘tkazilgan  tadqiqotlarda  yuqori  malakali  mutaxasislarning  68,6%  i 

boshqaruvning demokratik uslubini ma’qullagan bo‘lsalar, past malakalilarning 22,7% 

- direktiv uslubni, 8,7% esa erkin boshqaruv uslubini ma’qullab javob berganlar. 

Bundan tashqari, o‘sha tadqiqotlarda ma’lum bo‘ldiki, rahbarlarning o‘zlari ham 

muttasil ravishda u yoki bu boshqaruv uslubini amalda ko‘rsatishlari 31-45% holatlarda 

ro‘y berar, qolganlari esa ish jarayonida turlicha boshqaruv uslublarini aralash qo‘llar 

ekanlar. Shunisi xarakterliki, yuqori lavozimlarga ko‘tarilgan sari, ana shunday aralash 

uslublarni  qo‘llovchilar  soni  ortib  borarkan.  Pastroq  lavozimda  faqat  demokratik 

boshqaruv tarafdori bo‘lgan odam, vazir yoki shunga o‘xshash yuqori lavozimda endi 

avtoritarlilikni  ham,  erkinlikni  ham,  kollegial  qarorlar  chiqarish  siyosatini  ham 

uyg‘unlashtirib olib ketishi mumkin ekan. 

Boshqaruv sohasiga kadrlar tanlashda eng avvalo da’vogarning shaxsiy sifatlariga 

va faoliyat motivatsiyasiga e’tibor berish lozim. Masalan, moliyaviy boshqaruv sohasiga 

rahbarlarni  tanlash  uchun  zarur  bo‘lgan  psixologik  sifatlarni  aniqlash  bo‘yicha 

ko‘rsatmalar mazkur ma’ruzalar matnining ilova qismida keltirilgan. 

Yuqorida  qayd  etilgan  rahbar  shaxsining  turli  qirralarini  aniqlovchi 

psixodiagnostik  metodikalar  ko‘plab  mavjud  va  ulardan  ayrimlarini  amaliy 

mashg‘ulotlarda ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.  

Shuning uchun ham rahbarlik sifatlari haqida gap ketganda, shaxsning bir qator 

bilimdonliklari nazarda tutiladi. 




Download 5,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish