Jismoniy madaniyat



Download 5,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/602
Sana13.01.2022
Hajmi5,42 Mb.
#357990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   602
Bog'liq
2 5312198470054975767

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

«BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI» FANIDAN NAZARIY 

MASHG’ULOT UCHUN O’QUV-USLUBIY MATERIALLAR 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 




 

1-MODUL. BOSHQARUV PSIXOLOGIYASINING ILMIY NAZARIY 



ASOSLARI. 

 

1-MAVZU: BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI, 

MAQSADI VA VAZIFALARI  

Reja: 

1.Boshqaruv psixologiyasi - asli "insoniy munosabatlar" oynasi ekanligi. 

2.Boshqaruvda G‘arb va Sharq nuqtai nazaridagi yondashuvlar. 

3.Xozirgi davrda boshqaruvning psixologik talqini, mohiyati. 

4.Boshqaruv psixologiyasining asosiy tamoyillari. 

5.Boshqaruv vazifalarining turkumlari. 

 

1.Boshqaruv psixologiyasi - asli "insoniy munosabatlar" oynasi ekanligi. 

Tayanch  so’z  va  iboralar: 

Boshqaruv  psixologiyasi,  boshqaruv  muammolari, 

xulq,  axloq,  moyillik,  psixodiagnostik  uslublar,    konkret  metodikalar,  rahbar, 

motivlashtirish,  boshqarish  funksiyalari,  boshqarish  usullari,  boshqarish  strukturasi, 

superliderlik.

 

Ko’rib o’tganimizdek, boshqaruv psixologiyasi boshqaruv maqsadi va vazifalarni 

amalga oshirish davomida  boshqaruv  sub’yekti va  ob’yekti o’rtasida  yuzaga  keluvchi 

munosabatni  talqin  etadi.  Mazkur  munosabat  tizimining  tashkiliy  qismlari  o’zaro 

itoatdaligi bilan xarakterlanadi.  

Boshqaruv  psixologiyasi  -  boshliq  faoliyatini  analiz  qilganda  asosiy  diqqatni 

boshqarish uning ehtiyoji yoki qobiliyatlariga mos yoki mos emasligi, qaysi individual 

xususiyatlariga  ko`ra  u  boshliq  darajasiga  ko`tarildi,  ishni  muvaffaqiyatli  amalga 

oshirish uchun u boshqaruvning qay usullaridan foydalanyapti, xodimlarga psixologik 

tapsir  ko`rsatish  maqsadida  u  qanday  tapsir  uslublarini  qo`llayapti  kabi  qator 

masalalarga qaratadi. 

Fanni  maqsadi  –talabalarga  boshqaruv  muammosining  ijtimoiy-psixologik 

muammolari,  boshqaruvning  shaxsga  oid  turli  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  boshqaruvga 

doir  mavzulari  va  munosabatlarining  ob’ektiv  va  sub’ektiv  sifatida  o‘ziga  xos 

qonuniyatlariga oid bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir. 

Fanning  vazifalari–boshqaruv  psixologiysining  kelib  chiqishi  va  zarurligi, 

boshqaruv  psixologiysining  uslublari,  boshqaruv  funksiyalarining  turkumlari, 

boshqaruvda  ob’ekt  bilan  sub’ekt  munosabatlari,boshqaruv  psixologiyasining  asosiy 

tamoyillari qonunlari,bo`yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarni o`rgatishdan iborat.  

Jahon  psixologiyasi  fanida  xalq  xo‘jaligi  tarmoqlarini  tashkil  qilish  va  ularni 

boshqarish jarayonida “inson-texnika” tizimidan tashqari “inson- inson” (“inson-tabiat”, 

“inson-obraz” singari yondashish bundan istisno) munosabatlari muhim ahamiyat kasb 

etishi,  uning  tahlili  ko‘p  jihatdan  sotsial  psixologiyaning  empirik  ma’lumotlariga 

asoslanishi  muayyan  darajada  yoritilgan.  Amaliy,  tatbiqiy  xususiyatli  ma’lumotlar 

menejer shaxsiyatining gultojisidir. 

Ishlab chiqarish jamoalari va moddiy mahsulot yaratmaydigan muassasalarning 

hodimlarini  sotsial  psixologik  jihatdan  idora  qilishning  jabhalarini  tadqiqot  qilishda 

mazkur  fanning  metodologiyasi  va  xalq  xo‘jaligini  boshqarishning  umumiy 




 

qonuniyatlariga  asoslangan  holda  faoliyatni  uyushtirish,  omilkorona  yo‘lga  qo‘yish 



yuksak  samaralar  beradi.  Psixologiya  faniga  “boshqaruv”  “boshqaruv”  tushunchasi 

davlat,  jamiyat,  jamoat,  ishlab  chiqarish  va  texnikani  boshqarish  tizimidan,  ya’ni 

kibernetikadan kirib kelgan bo‘lib u hozirgi davrda insonning xulqi, xususiyatlari, ruhiy 

holatlari  bilishning  jarayonlari,  ommaviy,  jamoaviy  va  ruhiy  harakatlarni  boshqarish 

ma’nosini  bildiradi.  U  hozirgi  davrga  kelib:  “inson-inson”,  “inson-jamoa”,  “jamoa-

inson”,  “jamoa-jamoa”  munosabatlarining  boshqaruv  imkoniyatlarini  tekshirishni 

taqozo qiluvchi istiqbolli, mustaqil, maxsus sohalarga o‘z predmeti ko‘lamini yanada 

kengaytiradi. Natijada boshqaruv yangi qonuniyatlari, mexanizmlari, omillari, ijtimoiy 

manbalari. shaxslararo munosabat uslublari, yakka shaxsning ijtimoiylashuvi xossalari, 

menejer va tobe kishilar yoki hodimlar o‘zaro muomalasining maromi, tekshirishning 

o‘ziga xosligi, uslubiyatning takomillashuvi, nizoli va ziddiyatli vaziyatlarning oldini 

olish  hamda  ularning  oqilona  echimini  topish,  mazkur  jarayonda  iliq,  psixologik 

muhitning  roli,  uning  ob’ektiv  va  sub’ektiv  ahamiyati,  mahsulot  samaradorligini 

oshirishning  imkoniyatlariga  doir  empirik  va  nazariy-  metodologik  materiallar 

to‘plashning qulay shart-sharoiti yuzaga keladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, 

boshqaruv  psixologiyasi  xo‘jalikni  yoki  muassasani  boshqaruvning  ijtimoiy-tarixiy 

prinsip (tamoyil) lariga va qonun (qonuniyat) lariga bevosita asoslanadi. Bular qatoriga 

quyidagilarni kiritish mumkin: 

1.

 

Demokratik detsentralizm (mahalliy boshqaruv ustuvorligi); 



2.

 

Boshqaruvda yakkaboshchilik; 



3.

 

Siyosiy,  iqtisodiy,  ma’naviy,  ma’rifiy  rahbarlikda  (ma’muriyatda)  xo‘jalik 



yuritishning birligi; 

4.

 



Xo‘jalik hisobining oqilligi; 

5.

 



Boshqaruvning rejaliligi; 

6.

 



Ommaning boshqaruv jarayonida faol qatnashuvi; 

7.

 



Hamkorlik  faoliyatining  ishtirokchilarini  ma’naviy  va  moddiy  jihatdan 

rag‘batlantirish; 

8.

 

Kadrlarni  tayyorlash,  tanlash  va  joylashtirish  jarayonida  psixodiagnostika 



tizimiga asoslanish. 

Boshqaruv  psixologiyasining  predmeti  ta’rifi  bo‘yicha  bir  qancha  shakldagi 

mulohazalar  mavjud  bo‘lsada,  lekin  ularning  birontasi  ham  uning  tub  ma’nodagi 

xususiyati va mohiyatini ochish imkoniyatiga ega emas.  

Bu  asnoda  XX  asrning  60-70  yillarida  berilgan  ta’riflar  xilma-xil  bo‘lib,  ular 

sohaning yo‘nalishi mazmunini chuqurroq yoritilishiga qaratilgandir. Ushbu fikrimixni 

dalillash  maqsadida  ayrim  ma’lumotlarga  murojaat  qilamiz  va  ularni  tahlil  etishga 

(sharhlashga) intilamiz. 

Jumladan,  birinchi  ta’rif:  “Boshqaruv  psixologiyasining  predmeti  -  rahbar 

(menejer) kadrlar va ijrochilarning psixologik xususiyatlari, yaxlit tizimdagi hamkorlik 

faoliyatida ularning o‘zaro aloqasini o‘rganishdir”. Uning navbatdagi (ikkinchi ta’rif): 

“Boshqaruv psixologiyasining predmeti - guruh va ommaning psixologik xususiyatlari, 

ularning shaxs ongiga va xulqiga ta’sirini tekshirishdan iboratdir”. 

Keltirilgan  parchalardan  ko‘rinib  turibdiki,  ularning  hech  biri  boshqaruvning 

psixologik  mohiyati  va  uning  tadqiqot  ko‘lamini  ochish,  talqin  qilish  qudratiga  ega 



 

emas, huddi shu boisdan bunday ijtimoiy psixologik holat o‘z navbatida ilmiy izlanish 



va  tekshirish  ko‘lamini  keskin  toraytirishga  olib  keladi,  oqibat  natijada  sohaning 

mavqei, uning xalq xo‘jaligidagi roli yanada pasayadi.  

Hamkorlik  faoliyatining  mazmuni,  uning  bosqichlari  (fazalari,  shakllari), 

shaxslararo  munosabatlarning  o‘zaro  ta’sir  xususiyatlari,  insonda  ijtimoiylashuvning 

tezlashuvi,  ongning  rivojlanish  bosqichlari,  “inson-texnika”  tizimi  bilan  bog‘liq,  bir 

talay muammolar tadqiqot predmetidan chetda qolib ketish xavfi tug‘iladi. 

Yuqoridagi fikrlarni to‘laroq xaspo‘shlash, izohli talqin qilish maqsadida ayrim 

ma’lumotlardan namunalar keltiramiz va ularni tahlil qilishga intilamiz: 

-

 

o‘zaro hamkorlik faoliyatida shaxsiyatga oidlilik muammosi; 



-

 

shaxs  va  guruhning  (rahbar  va  tobe  kishilarning)  motivatsion,  emotsional 



jabhasi; 

-

 



shaxs va jamoaning bilishga oid (kognitiv) munosabatlari; 

-

 



shaxs va jamoaning nazorat qilish (regulyativ) jabhasi va uning o‘ziga xosligi; 

-

 



menejer faoliyatining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari; 

-

 



menejerning tarbiya sub’ekti, ya’ni sub’ektiv ta’sir o‘tkazish omili ekanligi; 

-

 



menejerning siyosiy faoliyatning egasi ekanligi; 

-

 



menejerning  statusi,  roli  huquqi,  uning  funksiyasi,  imtiyozi,  ta’sir  etuvchi 

vositalari; 

-

 

menejerning boshqaruv uslubi va ularning turlari bo‘yicha tasnifi; 



-

 

hamkorlik faoliyatida kommunikatsiya, uning turlari va shakllari; 



-

 

rahbar ehtiyojini qoniqish darajalari va mezonlari; 



-

 

shaxslararo munosabat turlari va ularning psixologik tavsifi; 



-

 

jamoatchilik fikri va jamoaviy kechinmalarning o‘zaro munosabati; 



-

 

o‘zaro munosabatlar ierarxiyasi (“men”, “sen”, “u”, “biz”, “siz”, “ular”); 



-

 

o‘zini-o‘zi hurmat qilish - mavaffaqiyat - talabgarlik; 



-

 

psixologik muhit, o‘zaro moslik-jipslik; 



-

 

boshqaruv faoliyatining funksional tahlili; 



-

 

boshqaruv faoliyatining tuzilishi va tarkibining o‘zaro munosabati, uyg‘unligi; 



-

 

boshqaruv faoliyatining muhandislik va psixologik jabhalari; 



-

 

menejer psixikasiga va shaxsiga lavozim taqozo etuvchi talablar; 



-

 

ijrochilarning psixologik xususiyatlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar; 



-

 

rasmiy muloqotning psixologik muammolari; 



-

 

“rahbar-ijrochilar” muloqotining (muomalasining) psixologik jabhalari; 



-

 

sotsial-psixologik holatlarni boshqarishning vositalari va metodlari; 



-

 

nizoli (ziddiyatli) vaziyatlar, ularning oldini olish va bartaraf g‘ilish usullari; 



-

 

nizo - nizoli vaziyat - bmojaro o‘rtasidagi uzviy ijtimoiy-psixologik bog‘liqlik. 



Yuqorida  keltirib  o‘tilgan  muammolarga  asoslangan  holda  boshqaruv 

psixologiyasining predmetini aniqlash mumkin.  

Bizningcha,  unga  quyidagicha  ta’rif  berish  maqsadga  muvofiq:  “Hamkorlik 

favoliyatida  shaxsning  xulqiga  va  ongiga  guruhiy  (ommaviy)  ta’sir  o‘tkazishning 

psixologik  xususiyatlarini,  menejer  bilan  ijrochi  o‘rtasidagi  muomala  maromini 

tekshirish,  shaxslararo  munosabatlar  bosqichlari  (shakllari)  hamda  emotsional 




 

holatlarini tadqiq etish, rahbarning psixologik muhitini ta’minlash bilan bog‘liq faoliyat 



uslubi va uning mexanizmlarini tadqiq qilish boshqaruv psixologiyasining predmetidir”.  

Bundan  tashqari  mazkur  psixologiya  sohasining  predmeti  tarkibiga  amaliy  va 

nazariy ko‘nikmalarni egallash xususiyatlari, idora qilishning qonuniyatlari, jamoadagi 

psixologik moslik, jipslikni ta’minlovchi omillar va mexanizmlarni o‘rganish singari bir 

qator  muammolarni  kiritsa  bo‘ladi.  Shu  boisdan  boshqaruv  psixologiyasi  predmetini 

cheklash,  uning  birlamchi  va  ikkilamchi  atamalari  asosiy  va  yordamchi,  bevosita  va 

bilvosita  yo‘llari  hamda  vositalari  yuzasidan  mulohaza  yuritish  rejalashtirilgan  g‘oya 

yoki maqsadni amalga oshirish jarayonga sun’iy to‘siq vujudga keltiradi. 

Tizim  ichida  amal  qiluvchi  itoat  tamoyili  boshqaruv  psixologiysi  fanida 

subordinasiya  deb  ataladi  va  bu  ibora  orqali  tizimning  markazlashganligi  nazarda 

tutiladi.  Subordinasiyadan  kelib  chiquvchi  munosabatlar  tashkilot  xodimlari  xulqida 

itoat  va  ijro  etish  shakllarini  nazarda  to’tadi.  Ammo,  boshqaruv  amaliyoti  nafaqat 

rahbariyat  va  itoatdagi  xodimlar  munosabati,  balki  bir  darajada  turuvchi  va  toifasi 

jihatidan barobar tashkilot a’zolari o’rtasidagi munosabatlarni ham o’rganadi. 

Tizimning bunday qismlari o’rtasidagi munosabatlarni o’zaro muvofiqlashtirish, 

ular  o’rtasidagi  hamjihatlik  shakllarini  yanada  mukammallashtirish  koordinasiya 

tadbirlarida namoyon bo’ladi.  

Boshqaruvdagi 

subordinasiya 

va 


kordinasiya 

munosabatlari 

tashkilot 

miqyosidagi  vertikal  va  gorizontal  aloqalarni  ajratish  zaruratini  tug’diradi.  Demak, 

vertikal aloqalar o’zaro itoatdagi xodimlar o’rtasida yuzaga keluvchi munosabatlardan 

iborat bo’lsa, gorizontal aloqalar o’zaro koordinasiyani, ya’ni tizimning teng va mustaqil 

qismlari  o’rtasidagi  munosabatlarni  nazarda  to’tadi.  Bundan  tashqari,  boshqaruv 

munosabatlari o’zining rasmiy va norasmiy ko’rinishiga ham ega.  

Rasmiy 

munosabatlar 

xizmat 

majburiyatlariga 

asoslanadi, 

norasmiy 

munosabatlar esa tashkilot miqyosida xizmat qiluvchi xodimlar o’rtasidagi ixtiyoriylik 

va o’zaro xohishga tayanadi. Shu munosabat bilan, boshqaruv psixologiyasinig asosiy 

vazifalaridan biri yuqorida ta’kidlangan munosabatlarni yanada mukammallashtirishdan 

iboratdir.  

Boshqaruv  psixologiyasining  boshqa  turkum  vazifalari  boshqaruv  metodlarini 

shakllantirish  bo’lib,  ushbu  tadbir  tashkilotning  samarali  faoliyatini  ta’minlash 

maqsadidagi  ta’sir  etish  imkoniyatlarini  ishlab  chiqishdan  iboratdir  Tashkilot 

personaliga  ta’sir  etish  uslublarini  uch  guruhga  bo’lamiz:  ma’muriy,  moddiy  va 

ma’naviy  shakllarda  ta’sir  etish.  Bularning  har  birida  ma’lum  psixologik  mazmun 

namoyon  bo’ladi  va  boshqaruv  psixologiyasi,  fan  sifatida,  bu  choralarning  xodimga 

ta’sirchanlik imkoniyatini tadqiq etadi.  

Bunday  ta’sir  etish  tadbirlari  orasida  xodimlarni  motivatsiyalash,  ya’ni 

bajaradigan mehnatga ishtiyoq uyg’otish masalasiga katta e’tibor qaratiladi. Boshqaruv 

ob’yektiga  ta’sir  etish  uslublariga  ko’ra,  uning  bevosita  va  bavosita  ta’sir  shakllari 

ajratiladi.  

Boshqaruv  psixologiyasi  fanidagi  asosiy  tushunchalardan  biri,  boshqaruv 

sub’yekti  va  ob’yekti  masalasidir.  Bevosita  boshqaruv  jarayonini  ko’z  oldimizga 

keltirsak, boshqaruv sub’yekti sifatida rahbarni, ob’yekt tarzida esa xodimni va mehnat 

jamoasini tasavvur etishimiz mumkin.  



 

Biroq, rahbar o’z faoliyatini tashkil etishi va o’z-o’zini boshqarishi uni nafaqat 



boshqaruv  sub’yekti,  balki  ob’yekt  sifatida  ham  tushunish  zaruratini  qo’yadi. 

Rahbarning  kasbiy  mukammallashuvi,  o’z-o’zini  boshqarish  malakalarini  egallashi, 

tashkilot va xodimlar boshqaruvidagi asosiy mavzulardan biriga aylanadi.  

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, boshqaruv psixologiyasining predmeti 

sifatida, boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati qabul qilinadi 


Download 5,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish