Analitik yondoshish metodi, ya’ni yengillashtirilgan sharoitda va tezlikdaharakatlarni alohida ajratib olib tezlikni rivojlantirishham yaxshi natijalar beradi.
Sensamotor metodidanham foydalaniladi (S.P. Geller-shteyn 1958). Unda interval vaqtini farqlay olish qobiliya-tini oshirish uchun signallarga reaksiya qilish tezligini oshirish mashq qilinadi.
Maktabdagi jismoniy madaniyat darslarida reaksiya qilish vaqtini oldindan shartlashilgan turli-tuman signal-larga reaksiya qilishni talab qiluvchi (masalan, to‘xtalishlar bilan bajariladigan erkin yugurishlar yoki o‘qituvchi signali, buyrug‘i bilan yugurish yo‘nalishini o‘zgartirish) mashqlarni yordamida rivojlantiriladi. Sport o‘yinlari reaksiya qila olish va uni tarbiyalaydigan eng yaxshi vositadir.
7.4. Egiluvchanlik va uni rivojlantirish usuliyati
Egiluvchanlik – jismoniy fazilat bo‘lib,harakat tayanch apparatlarining morfofunksional xususiyatlari demakdir. Bu xususiyatlar shu apparat zvenolariningharakatchanligi, uning maksimal amplitudasi (og‘ishi, egilishi, buklanishi, cho‘zilishi, qayishqoqligi, buralishi vahokazolar) bilan o‘lchanadi.
Egiluvchanlik aktiv, passiv bo‘lishi mumkin. Muskul kuchi evaziga bo‘ladigan egiluvchanlik aktiv; tashqi qarshilikni inersiya yoki og‘irligi evaziga tashqi ta’sir kuchi vahokazolarhisobiga namoyon qilinadigan egiluvchanlik passiv egiluvchan-lik deyiladi.
Emosionallik ko‘tarinki kayfiyat va boshqalar egiluvchan-likning namoyon bo‘lishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi amaliyotda isbotlangan. Egiluvchanlik chegaralanadi unda cho‘zila-digan muskullarning qo‘zg‘aluvchanligi muhim ahamiyatga ega. Chunki uning tabiatida cho‘zilayotgan muskullarnihimoyalash, saqlash xususiyati mavjud. Cho‘zilayotgan muskullarning egiluv-chanligi ortishi bilan ularning qo‘zg‘aluvchanlikholati yuqori darajaga ko‘tariladi. Bunda cho‘ziluvchan muskullarning faoliyati ma’lum darajada pasayadi.
Egiluvchanlikni namoyon bo‘lishi tashqi muhit temperatu-rasigaham bog‘liq. Temperaturaning ortishi bilan egiluvchan-lik ortib boradi. Erta tongdan tungacha bo‘lgan vaqt, boshqa jismoniy sifatlarga qaraganda, egiluvchanlikka ko‘p ta’sir qiladi. Masalan, ertalab egiluvchanlik ancha kamaygan bo‘ladi. Mashg‘ulot vaqtida egiluvchanlik turli sharoitlar (harorat, kunning vaqti) ta’sirida o‘zgarishini e’tiborga olish lozim.
Egiluvchanlikni yomonlashuviga olib boradigan noqulayholatlarni, chigal yozish (razminka) mashqlari yordamida muskul-larni qizitish bilan bartaraf etish mumkin. Egiluvchanlik charchash ta’sirida sezilarli o‘zgaradi, aktiv egiluvchanlik ko‘rsatkichlari esa ortib boradi. Bolalar kattalarga qaraganda ancha egiluvchan bo‘ladi, degan fikr unchalar to‘g‘ri emas. Bu fikrni boshqacharoq – bolalarda egiluvchanlikni tarbiyalash kattalarga nisbatan osonroq ko‘chadi, deb tushunsak to‘g‘rirok bo‘ladi. Aktiv egiluvchanlik bevosita muskul kuchi bilan aloqa-dor. Lekin kuchni rivojlantiradigan mashqlar bilan shug‘ulla-nish bo‘g‘inlardaharakatchanlikni susaytirishi, chegaralash mumkin.
Lekin bunday salbiy ta’sirni yengish mumkin. Egiluvchan-lik va kuchni rivojlantiradigan mashqlarni maqsadga muvofiq qo‘shib olib borish yo‘li bilan egiluvchanlik jismoniy sifa-tini normal tarbiyalanishiga erishish mumkin.
Jismoniy tarbiya jarayonida egiluvchanlikni mumkin qadar me’yoridan ortiq rivojlantirish salbiy oqibatga olib kelishi mumkin. Zaruriyharakatlarni imkoniyat darajasida erkin bajarilishini ta’minlaydiganholatda rivojlantirish, uning me’yori esaharakat bajariladigan maksimal amplituda-dan ortmasligiga erishish, egiluvchanlik zahirasini boyitishga olib keladi. Egiluvchanlikdan kelib chiqadigan gipertrofiya, bo‘g‘inlarning anotomik tuzilishi doirasida rivojlanish o‘zini oqlamaydi, chunki u rivojlanishning garmoniyasini buzadi, pedagogik maqsadlarga zid keladiganholga kelishi mumkin. Umurtqa pog‘onasining tos son va yelka bo‘g‘inlariningharakat-chanligini tarbiya jarayonidagi ahamiyati beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |