3. Yangi mavzu bayoni:
Fizikada og'irlik kuchidan tashqari og'irlik degan tushuncha ham mavjud. Jism og'irligi mohiyatini tushunib olish uchun quyidagi tajribalarni o'tkazaylik.
1- tajriba.Osmaga mahkamlangan prujinaga m massali jism osaylik. Jismga pastga yo'nalgan Fog. = mg og'irlik kuchi ta'sir qiladi. Shu kuch ta'sirida prujina cho'ziladi, ya'ni deformat- siyalanadi. Buning natijasida Fel elastiklik kuchi vujudga keladi (63-a rasm).
Elastiklik kuchi nima va u qanday namoyon bo'ladi?
Fa, og'irlik kuchi ta'sirida yuqoriga yo'nalgan Fei elastiklik kuchi orta boradi. Ma'lum muddatdan keyin Fci elastiklik kuchi miqdor jihatdan Fos og'irlik kuchiga tenglashib qoladi, ya'ni bu kuchlar muvozanatlashadi va prujinaga osilgan jism tinch holatga keladi. Jismning tinch holatida osmaga F0g. og'irlik kuchiga teng bo'lgan kuch ta'sir etadi. Bu kuch prujinaga osilgan jismning og'irligidir.
2- tajriba. Prujina ustiga o rnatilgan tayanchga muayyan m massali jismni qo'yamiz. Shu zahoti prujina qisqara boshlaydi, ya'ni deformatsiyalanadi. Natijada Fel elastiklik kuchi namoyon bo'la boshlaydi. Elastiklik kuchi ortib, jismning og'irlik kuchiga miador jihatdan tenglashganda prujinaning qisqanshi to'xtaydi va jism tinch holatga o'tadi. Jismning tinch holatida tayanchga Fos og'irlik kuchiga teng bo'lgan kuch ta'sir etadi. Bu kuch prujina ustidagi tayanchga qo'yilgan jismning og'irligidir.
Yerga tortilishi tufayli jismning tayanchga yoki osmaga ta'sir etadigan kuchi jismning og'irligi deb ataladi va P harfi bilan belgilanadi.
Yuqoridagi tajribalarda jism muvozanat holatga kelganda jismning P og'irligi Fog. og'irlik kuchiga teng bo'ladi. Tinch holatda turgan jismning og'irligi quyidagi formula bilan ifodalanadi:
P= mg.
Og'irlik tushunchasini og'irlik kuchi tushunchasi bilan chalkashtirib yubormaslik kerak. Ularning bir-biridan farq qiladigan ikki jihatini bilib olish lozim. Birinchidan, og'irlik kuchi — bu jismga ta'sir etayotgan Yerning tortish kuchi, og'irlik — bu jismning tayanchga yoki osmaga ko'rsatayotgan ta'sir kuchi. Ikkinchidan, og'irlik kuchi muayyan joyda jismning tik yo'nalishdagi tezlanishiga bog'liq emas, ya'ni o'zgarmasair. Og'irlik esa jism faqat tinch holatda turganda yoki tik tekis harakatdagina o'zgarmasdir. J ism tik yo'nalishda o'/garuvchan harakat qilganda og'irlik o'zgaradi Masalan, 1-tajribada jism prujinaga osilganda og'irlik miqdor jihatdan teng ravishda elastiklik kuchi bilan bir xil ortib boradi va tinch holatdagina og irlik kuchiga tenglashadi. Shu kabi 2-tajribada ham jism tayanchga qo'yilganda elastiklik kuchi kabi og'irlik ham ortib boradi va muvozanat holatda og'irlik kuchiga teng bo lib qoladi
Do'stlaringiz bilan baham: |