4. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mozaika o’yini
Berilganlardan foydalanib, mavzuga oid formulalar tuzing
S
|
νt
|
ν0
|
νo'rt
|
t
|
ν0t
|
at2
|
2
|
2
|
Masalalar yechish namunasi.
Avtomobil o'zining tezligini 45 km/soat dan 10 s davomida o'zgarmas tezlanish bilan 90 km/soat ga oshirdi. Tezlanish bilan o'tgan yo'lni hisoblang.
Yechilishi: Boshlang'ich tezlik vQ = 48 km/soat = 12,5 m/s; oxirgi tezlik и = 96 km/soat = 25 m/s; vaqt t = 10 s. Topish kerak: s—?
Formulalar: v = vQ + at, s = v0t + at2/2.
Birinchi formuladan topamiz: a = (v — vQ)/t. Buni ikkinchi formulaga qo'yib topamiz: s = vQt + (t2/2)(v — v0)/t = (t/2)(v + v0); s =(10 s /2X12,5 m/s + 25 m/s) = 187,5 m.
5. O’quvchilarni baholash.nFaol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
6. Uyga vazifa: mavzuni o’qib kelish. Mavzu yuzasidan savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanish
12-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: Laboratoriya ishi-1:
Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishini aniqlash
Darsning maqsadi.
a) Qiya novdan dumalab tushayotgan sharchaning bosib o'tgan yo'li va harakat vaqtini o'lchash orqali tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism tezlanishini aniqlashni o'rgatish, o'quvchilarning fizik kattaliklarni o'lchash va hisoblash malakalarini shakllantirish.
b) O’quvchilarning darsda olgan bilimlarni amaliyotda sinashga o’rgatish, axloqiy tarbiya berish
d) O’quvchilarning dunyoqarashini rivojlantirish, o’lgan bilimlarini hayotda tadbiq etish ko’nikmasini rivojlantirish
Dars tipi: laboratoriya ishi
Dars jihozlari: darslik, tekis o'zgaruvchan harakatda bosib o'tilgan yo'l grafigi tasvirlangan rasmlar, sekundomer, metall silindr, o’lchov tasmasi
Darsning borishi
a) Tashkiliy qism
Laboratoriya ishining borisihi
Laboratoriya daftarlari terib olinadi.
Uyga vazifa: Darslikdan laboratoriya mashg’ulotini to’liq o’rganish. Yangi mavzuga tayyorlanish
13-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: Jismlarning erkin tushishi
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga jismlarning erkin tushishi haqidagi nazariy tushunchalarni berish
b) O’quvchilarga ekologik tarbiya berish, olingan bilimlarni hayotiy voqealar bilan bog’lashga o’rgatish
d) O’quvchilarda jismlarning erkin tushishi haqida tasavvurlar hosil qilish, ularning erkin tushish tezlanishi haqidagi ko'nikmalarini shakllantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish
Dars jihozlari: darslikning 12-§ matni, jismning erkin tushishini namoyish qilish uchun metall sharcha, erkin tushishni ifodalovchi rasmlar.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (2 minut).
2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).
4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).
5. O’quvchilarni baholash (2 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi
a) Tashkiliy qism
b) O’tilgan mavzuni so’rash
1) Laboratoriya ishini bajarishda qanday jihozlar qo’llanildi?
2) Ularning har biridan qanday maqsadda foydalanildi?
3) Nima sababdan vaqtni o’lchaganda u har gal bir xil bo’lmaydi?
4) Tezlanish qaysi formula yordamida qanday hisoblanadi?
5) Novning qiyaligi oshganda nima sababdan tezlanishning qiymati oshib boradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |