2. O’tilgan mavzuni so’rash:
Ot massasi 1 t bo'lgan aravani 1 km masofaga 10 minutda olib bordi. Agar aravaning harakatiga qarshilik koeffitsienti 0,02 ga teng bo'lsa, ot quwatining foydali qismini toping, g = 10 m/s2 deb oling.
Samolyot 900 km/soat tezlik bilan to'g'ri chiziq bo'ylab tekis uchmoqda. Motorining quwati 1,8 MW bo'lsa, havoning qarshilik kuchi nimaga teng?
3. Yangi mavzuning bayoni:
Yangi mavzu bayonining rejasi.
Tabiatda energiyaning saqlanishi haqida suhbatlashish.
Yopiq sistemada energiya hech vaqt bordan yo'q bo'lmasligi va yo'qdan bor bo'lmasligini asoslab berish.
Foydali ish koeffitsientini hisoblashni o'rgatish.
Mavzuga doir masalalar yechish.
Tabiatda energiyaning saqlanishi
Energiyaning saqlanish qonuni faqat mexanik hodisalar doirasidagina emas, balki boshqa barcha fizik hodisalarda ham o'rinli. Bu hodisalarda energiya bir turdan boshqa turlarga aylanishi mumkin. Ishqalanish kuchi ta'sirida harakatlanayotgan jism mexanik energiyasining bir qismi ichki energiyaga, ya'ni iss'qlikka aylanadi. Xuddi shu kabi issiqlik mexanik energiyaga, elcktr energiyaga va boshqa turdagi energiyaga aylanishi mumkin. Quyoshning yorug'lik energiyasi issiqlikka aylanadi, bu energiya Yer yuzini isitadi, atmosferada issiqlik hodisalari yuz beradi, yog'in yog'adi, bu yog'inlar daryolardagi suvni hosil qiladi, daryo suvining potensial energiyasi baland to'g'ondan tushishida kinetik energiyaga aylanadi, suvning kinetik energiyasi gidroeiektrstansiyalarda turbinani aylantiradi va elektr energiya hosil bo'ladi, elektr energiya esa xonadonlardagi elektr chiroqlari orqali yorug'lik energiyasiga aylanadi va h.k.
Tabiatda energiya yo'q bo'lib ketmaydi. u faqat bir turdan boshqa turga aylan?di. Bu eneig.yaning saqlanish qonunidir. Energiyaning saqlanish va bir turdan boshqa turga aylanish qonuni shunday ta'riflanadi:
Yopiq sistemadagi barcha hodisalarda energiya hech vaqt bordan yo'q bo'lmaydi va yo'qdan bor bo'lmaydi, u faqat bir turdan boshqa turga yoki bir jismdan boshqa jismga o'tib, miqdor jihatdan o'zgarishsiz qoladi.
Yuqori sinflarda fizikaning boshqa bo'limlai ini o'rganganingizda tabiatda eneigiyaning bordan yo'q Do'lmasligini, yo'qdan boi bo'lmasligini yanada batafsilroq o'rganasiz.
Foydali ish koeffitsienti
Har qanday mashina yoki dvigatelning foydali ishi to'liq sarflangan energiyadan kichik bo'ladi. Chunki barcha mexanizmlarda ishqalanish kuchlari mavjud bo'lib, bu kuchlar natijasida qurilmalarning turli qismlari qiziydi. Sarflangan to'liq energiyaning bir qismi issiqlikka aylanib isrof bo'ladi, qolgan qismi foydali ish bajaradi.
Mashina va dvigatellar o'ziga sarflanayotgan energiyaning qancha qismi foydali ish berishini ko'rsatadigan kattalik — foydali ish koeffitsienti (qisqacha FIK) kiritilgan.
Foydali ishning sarflangan ishga nisbati foydali ish koeffitsienti deb ataladi va 7] harfi bilan belgilanadi.
FIK protsent hisobida ifodalanadi. Agar foydali ishni Ap sarflangan ishni At bilan belgilasak, u holda FIK formulasi quyidagicha yoziladi:
ŋ= Af/ At *100%.
FIK birdan (100% dan) katta bo'lolmaydi. Mashina va dvigatellarda ishqalanish kuchlarining ishi tufayli to'liq energiyaning bir qismi isroflanadi va shu sababli FIK har doim birdan kichik bo'ladi. Energiya isroflning boshqa sabablari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |