4. Mavzuni mustahkamlash:
Rasmlar bilan ishlash
O’qituvchi kompyuter orqali bir nechta slayddagi rasmlarni ko’rsatadi. O’quvchilar bu rasmlardagi ishqalanish kuchini aytadilar va sababini tushuntirib beradilar.
5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
6. Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish
45-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: Sirpanish ishqalanish. Dumalanish ishqalanish
Darsning maqsadi.
a) O'quvchilarda sirpanish ishqalanishi va dumalanish ishqalanishi, ularning namoyon bo'lishi va ahamaiyati haqida tasavvurlar hosil qilish.
b) O’quvchilarga hayotiy voqealarni hayot bilan bog’lash yuzasdidan tushunchalarni shakllantirish
d) O’quvchilarning mavzu yuzasidan fikrlash qobiliyatini oshirish, tasavvur ko’lamini kengaytirish
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish
Dars jihozlari: darslik, jadvallar.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (2 minut).
2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).
4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).
5. O’quvchilarni baholash (2 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi
a) Tashkiliy qism
b) O’tilgan mavzuni so’rash
1) Ishqalanish kuchi ta’rifini aytib bering
2) Ishqalanish kuchi qaysi tomonga yo’nalgan bo’ladi?
3) Tinchlikdagi ishqalanish kuchi deb nimaga aytiladi?
4) Kundalik hayotingizda uchraydigan tinchlikdagi ishqalanishlar qanday sodir bo’ladi?
3. Yangi mavzu bayoni:
Sirpanish ishqalanish
Bir jism ustida boshqa jism sirpanganda ishqalanish vujudga keladi. Bunday ishqalanish sirpanish ishqalanish deyiladi.
Masalan, chana qor ustida sirpanganda, stol ustidagi kitobni surganda sirpanish ishqalanish hosil bo'ladi.
79-a rasmda tasvirlangan jismni dinamometr yordamida tortib joyidan qo'zg'atamiz. Jism joyidan qo'zg'alish paytida dinamometrning ko'rsatishi keskin kamayadi. Dinamo- metrni tortish orqali jismni tekis harakatlantirsak, dinamometrning ko'rsatishi o'zgarmay qoladi. Dinamometr ko'rsatishining ana shu o'zgarmas qiymati sirpanish ishqalanish kuchiga teng bo'ladi (J9-b rasm). Demak:
Sirpanish ishqalanish kuchi tinchlikdagi ishqalanish kuchidan kichik bo'ladi.
Tajriba ko'rsatishicha, sirpanish ishqalanish kuchi jismning og'irlik kuchiga proporsional. Nyutonning uchinchi qonuni bo'yicha og'irlik kuchi Fog. kattaligi jihatidan tayanchning reaksiya kuchi N ga teng.
Agar bir jism ikkinchi jism ustida sirpanmasdan dumalasa, bunda hosil bo’lgan ishqalanish dumalash ishqalanish deyiladi.
Masalan, g'ildiraklar g'ildiraganda, bochka yoki g'o'lalar dumalatilganda dumalash ishqalanishi namoyon bo'ladi.
Dumalash ishqalanish hosil bo'lishining asosiy sababi g'ildirak tegib turgan sirtda og'irlik kuchining ta'sirida hosil bo'lgan deformatsiyadir (80-rasm). Dumalash natijasida g'ildirakda va u g'ildirayotgan sirtda chuqurlik paydo bo'ladi. Chuqurlik g'ildirakning aylanishiga to'sqinlik qiladi. G'ildirak sirti va u dumalayotgan sirt qanchalik qattiq bo'lsa, g'ildirak dumalayotganda shuncha kam deformatsiyalanadi va dumalash ishqalanish kuchi Fm shuncha kichik bo'ladi. Shuning uchun temir yo'lning temir izlarida ishqalanish kuchi juda kichik bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |