Bog'liq Jismlarning harakati. Fazo va vaqt darsning maqsadi a
3. Yangi mavzu bayoni: Jismning harakatlanishida paydo bo'ladigan va harakatga qarshi yo'nalgan kuch ishqalanish kuchideb ataladi
Stol ustida taxlanib turgan kitoblarni surish uchun kuch bilan ta'sir etishimiz kerak. Muz ustida harakatlanayotgan xokkey shaybasi, motori o'chirilgan avtomobil sekinlashib boradi va to'xtaydi. Avtomobilga tormoz berilsa, u tezda to'xtaydi. Bu keltirilgan misollarda kitob bilan stol sirti, shayba bilan muz sirti, avtomobil g'ildiragi bilan aylanish o'qi, shina bilan asfalt orasida ishqalanish kuchi vujudga keladi. Tasmali uzatma ham ishqalanish tufayli shkivlarni aylantiradi.
Ishqalanish kuchi hosil bo'lishining birinchi sababi — bir-biriga tegib turadigan jismlarning g'adir-budirligidir.
Hatto, juda silliq ko'rinadigan jismlarning sirtlarida ham g'adir- budirliklar va tirnalgan joylar bo'ladi.
Bir jism ikkinchi jismning sirtida sirpanganda yoki dumalaganda bu g'adir-budirliklar bir-biriga ilashib, harakatlanishga to'sqinlik qiluvchi kuchni vujudga keltiradi
Ishqalanish kuchi hosil bo'lishining ikkinchi sababi - bir – biriga tegib turadigan jismlar molekulalarining o'zaro tortishishidir.
Agar jismlarning sirtlari yaxshi silliqlangan bo'lsa, jismlar bir-biriga tekkanda ular sirtidagi molekulalar bir-biriga juda yaqin bo'ladi. Bunda bir-biriga tegib turgan jism molekulalari orasida tortishish kuchlari sezilarli bo'ladi.
Jismlarning bir-biriga ishqalanish hodisalarini uch turga bo'lish mumkin:
tinchlikdagi (tinch holatdagi) ishqalanish, sirpanish ishqalanish va dumalash ishqalanish.
Tinchlikdagiishqalanish Jism nisbiy tinchlikda turganda ishqalanish kuchi uni bir joyda ushlab turadi va u jismning joyidan qo'zg'alishiga to'sqinlik qiladi. Bu kuch tinchlikdagi ishqalanish kuchidir.
Transportyor yordamida yuklarni qiyalik bo'yicha yuqoriga olib chiqish mumkin. Bunda yuk sirti bilan transportyor tasmasi sirti orasidagi tinchlikdagi ishqalanish kuchi yukni ushlab turadi
Xonadagi stol-stullar, jovonlar va boshqa jihozlar tinchlikdagi ishqalanish kuchi tufayli polda qimirlamay turadi. Agar ishqalanish kuchi bo'lmaganda ularni turtib yuborilgan zahoti xona ichida harakatga kelib sirpanib yurar edi.
Yurganimizda oyoq kiyimining tag sirti bilan yer sirti o'rtasida tinchiikdagi ishqalanish kuchi hosil bo'ladi. Ishqalanish kuchi bo'lmaganida biz yura olmas edik, muz ustida yurgandek sirpanib ketardik. Biz yerni orqaga F kuch bilan itaramiz. Ishqalanish kuchi Fi esa harakatimiz yo'nalishida bo'lib, miqdor jihatdan F kuchga teng.
Yurganimizda yerni orqaga itarishimizni tasavvur qilish uchun sportchilar mashq qiladigan rolikli yo'lkachani misol qilib keltirish mumkin. Bunda sportchi oldinga yugurmoqchi bo'lsa, yo'lka orqaga harakat qiladi.
Jismning tinch holatdan harakatga kelishi paytidagi ishqalanish kuchi tinchiikdagi ishqalanish kuchi deyiladi.