2. O’tilgan mavzuni so’rash:
1. Avtomobil bir punktdan boshqa punktga borishda yo'lga ketgan vaqtning yarmida o'zgarmas 60 km/soat tezlik bilan yurdi. Agar harakatning o'rtacha tezligi 65 km/soat ga teng bolsa, avtomobil qolgan vaqt davomida qanday o'zgarmas tezlik bilan harakat qilishi kerak?
2. Avtomobil manzilgacha bo'lgan yo'lning birinchi yarmini o'zgarmas 50 km/soat tezlik bilan, ikkinchi yarmini esa o'zgarmas 60 km/soat tezlik bilan bosib o'tdi. Avtomobilning o'rtacha tezligini toping.
3. Yangi mavzuning bayoni
Yangi mavzu bayonining rejasi.
Misollar keltirish orqali tekis o'zgaruvchan harakat haqida tushuncha berish.
Tekis o‘zgaruvchan harakatga ta’rif berish va ta’rifning mazmunini tushuntirish.
Misollar keltirish orqali tezlanish haqida tushuncha berish, uni ta’riflash va formulasini keltirish.
Tezlanishning asosiy birligini keltirib chiqarish, uning hosilaviy birliklaridan bir nechtasini aytish, asosiy va hosilaviy birliklarini bir-biriga aylantirishni o‘rgatish.
Mavzuga doir masalalar yechish.
Mavzu bo'yicha qoshimcha materiallar Tekis o‘zgaruvchan harakat haqida
Tekis harakat tabiatda каш uchraydi. Juda ko'p hollarda, jumladan, avtomobil, poyezd, saomolyot va boshqalarning harakati kuzatilganda, umuman, ular o‘zgaruvchan harakat qiladi. Masalan, avtomobil yurishi boshlanishida tezligi ortib, tezlashib boradi; to'xtash chog‘ida esa uning tezligi kamayib, sekinlashib boradi va to'xtaydi. Umuman, tezlik vaqt bo'yicha o‘zgarib boradi.
10-rasm
Bir qancha fizik hodisalarda tezlikning vaqt bo'yicha o'zgarishi kuzatiladi. Tezlikning vaqt bo'yicha o'zgarishi umumiy holda murakkab hodisadir.
10-rasmdan ko'rinadiki, harakatdagi yo‘l shu grafik ostidagi yuzaga teng. Bu yuza vaqtning juda kichik intervallarida olingan to'g'ri to'rtburchaklar yuzalarining yig'indisiga taqriban teng deb qaralishi mumkin. Bu har bir to'rtburchakda tezlikning o'rtacha qiymatini o'zgarmas (doimiy) deb qaraladi.
Umumart, tx momentda tezlik vv t2 momentda tezlik v2 bolsa va i>1 tezlik v2 tezlikka teng bo'lmasa, u holda tezligi o'zgaruvchan, tezlanishli harakat boladi. Harakatning tezlanishi a harfi bilan belgilanadi va uning o'rtacha qiymati o'rtacha tezlik aniqlangan kabi ariiqlanadi,
Vaqt oralig'i nihoyatda kichik bolganda, o'rtacha tezlanish harakatning haqiqiy (real) tezlanishi a ga juda ham yaqin bo'ladi.
Tezlilt narakat davomida yo'lning vaqt bo'yicha o'zgarishining o'lchovi, tezlanish esa harakat davomida tezlikning vaqt bo'yicha o‘zgarishining o‘lchovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |