Mazkur holatga jinoyat-protsessual qonunchiligi asosida huquqiy baho bering. Jinoyat protsessual huquqi modulidan 9-variant 1.O‘zbekiston Respublikasi JPKga asosan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov tergovchining qarori bilan to‘xtatiladi. Tergovchi esa dastlabki tergov to‘xtatilgandan keyingi harakatlarini amalga oshirishi lozimligi belgilangan.
Tergovchining dastlabki tergov to‘xtatilgandan keyingi harakatlarini bayon qiling. 2.O‘zbekiston Respublikasi JPKda prokuror yoki uning o‘rinbosari ayblov xulosasi bilan kelgan jinoyat ishini ko‘pi bilan besh sutkada ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishi shartligi belgilangan.
Ayblov xulosasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokuror tomonidan qabul qilinishi lozim bo‘lgan qaror turlarini bayon qiling. Kazus Prokuratura tergovchisi qishloq yaqinidan 25-30 yoshlar chamasidagi ayolni jasadi topilishi munosabati bilan JKning 97-moddasini birinchi qismi bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atadi. Murdani yonidan uni shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar topilmaydi. Murdani surati butun qishloq aholisiga ko‘rsatib chiqiladi, lekin uni hech kim tanimaydi. Tergovchi endi yon atrofdagi qishloqlarga borib, ayolni shaxsini aniqlashga harakat qiladi. Natija bo‘lmaydi. Shunda tergovchi ayolni oyog‘idan echib olingan tuflini tanib olish uchun ko‘rsata boshlaydi. Bir ayol yaqinda bu tuflini qishloq magazinida ishlovchi T. ko‘rsatib, “oling arzimaydigan pul turadi degan edi” deydi. T. ni so‘roq qilinganida oyoq kiyimni ham, suratdagi ayolni ham mutlaqo tanimasligini aytadi. T. ni uyida tintuv o‘tkazilganda, tashlandiq joydan topilgan noma’lum ayol bilan tushgan surati topib olinadi va shu tariqa jinoyat fosh etiladi.
Mazkur holatga jinoyat-protsessual qonunchiligi asosida huquqiy baho bering.
Jinoyat protsessual huquqi modulidan 10-variant 10.Jinoyat protsessi ishtirokchisi bo‘lgan fuqaroviy da’vogarning protsessual maqomi, shuningdek uning huquq va majburiyatlarini bayon qiling. Sizningcha odil sudlovning samaradorligini yanada oshirish uchun fuqaroviy da’vogarning huquq va majburiyatlariga yana qanday qoidalarni kiritishni taklif eta olasiz?
59.Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish tartibini jinoyat protsessual qonunchiligiga asoslangan holda bayon qiling.
Kazus Zangiota qishlog‘ida yashovchi B.Islomov Sirg‘ali mashina bozoridan fuqaro Xusanovga tegishli "Neksiya" rusumli avtomashinani sotib oldi va oldi-sotdi faktini ishonchnoma bilan rasmiylashtirdi. Ishonchnomada B.Islomov avtomobilni sotish bilan huquqi ham berildi. Oradan 1 oy vaqt o‘tgach B.Islomov ning avtomashinasini olib qochib, avtomobil qismlariga ajratilgan holda topilgan. B.Islomov o‘ziga etkazilgan zararni qoplashni talab qilib, ichki ishlar organiga ariza berdi. Bu xolat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovchi, B.Islomov dan avtomobilni oldi-sotdi shartnomasini so‘raganida, shartnoma avtomashinada bo‘lganligi tufayli uni ko‘rsata olmaganligi uchun unga etkazilgan zararni qoplash haqida faqat avtomobil egasi I.Xusanov haqli ekanligini tushuntirdi. Bunday vaziyatda I.Xusanovga murojaat qilishi va undan fuqaroviy da’vo berishni so‘rashi mumkinligini maslaxat berdi. Keyin jinoyat tufayli etkazilgan zararni to‘lash yuzasidan olingan mablag‘ni I.Xusanov B.Islomov ga berishi mumkin. SHunga ko‘ra B.Islomov I.Xusanovga bu haqida murojaat qildi, lekin u fuqaroviy da’vo berishdan bosh tortdi.