Mazkur holatga Jinoyat-protsessual qonunchiligiga asoslangan holda huquqiy baho bering.
Jinoyat protsessual huquqi modulidan 25-variant 1.Ekspertiza tayinlash va o‘tkazish shart bo‘lgan xolatlarni tahlil qiling. Sizningcha yana qanday holatlarni ekspertiza o‘tkazishning shartliligiga kiritish mumkin.
2.Garov ehtiyot chorasini qo‘llash asoslari va tartibini bayon qiling.
Kazus Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi Amir Temur shoh ko‘chasida “Neksiya” rusumli mashinasida me’yoridan ortiq tezlikda harakatlanib kelayotgan fuqaro Valiev, boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan fuqaro Baxromov boshqaruvidagi “Lasetti” avtomobili bilan to‘qnashuv sodir qilgan. To‘qnashuvda Baxromov va yo‘lovchisi halok bo‘lib, “Lasetti” yo‘l chetidagi to‘xtab turgan chet elda ishlab chiqarilgan “Audi” mashinasiga borib urilgan va natijada “Audi”ga 15.000.000 (o‘n besh million) so‘mlik zarar etkazilgan.Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovchi ish bo‘yicha Baxromovning turmush o‘rtog‘ini jabrlanuvchi sifatida e’tirof etish to‘g‘risida qaror chiqardi.Shu bilan birga, “Audi” avtomobili egasi, o‘zining avtomobiliga etkazilgan zararni qoplash yoki unga kelib urilgan “Lasetti” avtomashinasini uning nomiga o‘tkazib berishlikni so‘rab uni fuqaroviy da’vogar deb topish haqida tergovchiga ariza bilan murojaat qildi.
Mazkur holatga Jinoyat-protsessual qonunchiligiga asoslangan holda huquqiy baho bering.
Jinoyat protsessual huquqi modulidan 26-variant 1.O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 322-moddasida jinoyat ishini qo‘zg‘atish sabablari va asoslari belgilangan.
2.O‘zbekiston Respublikasi JPKga asosan jinoyat ishi tamomlangandan so‘ng protsess ishtirokchilari tomonidan jinoyat ishi materiallari bilan tanishib chiqish huquqi ta’minlanishi mavjudligi belgilangan.
Jinoyat ishini tamomlangandan keyin undagi materiallar bilan tanishib chiqish huquqini va tartibini bayon qiling. Kazus Toshkent shahar Olmazor tumani joylashgan “ORZU” maishiy texnika buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonada ishlovchi fuqaro I.Axmedova 2016-yil 14-sentyabr kuni ishga bir soat kech qoldi. Bundan xabar topgan korxona rahbari I.Axmedovaga hayfsan chiqardi. Fuqaro I.Axmedova ishga bolasi kasal bo‘lib qolganligi uchun kechikkanligini va unga nisbatan qo‘llanilgan hayfsan noo‘rin ekanligini aytadi. Korxona rahbari bu holat hayfsanni bekor qilishga asos bo‘lolmasligini aytadi. O‘zining huquq va qonuniy mafaatlari buzilganligi uchun fuqaro I.Axmedova korxona rahbari ustidan YAshnobod tuman prokuraturasiga shikoyat qiladi.
Tuman prokuraturasi ishni o‘rganib chiqib tergovga tegishligiga ko‘ra Olmazor tuman prokuraturasiga yuboradi va bu haqda fuqaroga xabar beradi. Ish kelib tushgan va uni o‘rganib chiqqan Olmazor tuman prokuraturasi jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish bilan bir vaqtda fuqaro I.Axmedovaga uning fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudiga murojaat qilish huquqlari va tartibi tushuntirilgan mazmundagi javob xatini yo‘llaydi. Olmazor tuman prokuraturasi hatti harakatidan norozi bo‘lgan fuqaro I.Axmedova Toshkent shahar prokuraturasiga murojaat qiladi.