Aytingchi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga ko‘ra, ushbu holatda shaxsni ushlab berish uchun qamoqqa olish mumkinmi? Jinoyat protsessual huquqi modulidan 38-variant 1.To‘xtatilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni qayta tiklash jinoyat protsessual qonunchilikda ko‘rsatilgan muayyan asoslar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab amalga oshirilishi lozim.
To‘xtatilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni qayta tiklash asoslari va protsessual tartibini bayon qiling. (Har bir asos bo‘yicha bittadan misol keltiring) 2.O‘zbekiston Respublikasi JPKda prokuror yoki uning o‘rinbosari jinoyat ishini, shu bilan birga sud majlisida tekshirish va hal etish uchun barcha iltimoslar va shikoyatlarni tegishli sudga yuborishi belgilangan.
Jinoyat ishini sudga yuborish tartibini tahlil qilgan holda bayon qiling. Kazus Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tuman sudida O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat ishi ko‘rilayotgan vaqtda jinoyat ishi bo‘yicha ishda sudya dastlabki tergov davomida jinoyat oqibatida etkazilgan mulkiy zararni qoplash choralari ko‘rilmaganligi sababli jinoyat ishini to‘htatdi va tergovchiga mazkur vazifani yukladi.
Tergovchi esa ushbu holatdan norozi bo‘ladi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 399-moddasida mulkiy zararni qoplash choralari ko‘rilmaganlik uchun sud jinoyat ishini yuritishni to‘xtatish belgilanmaganligi keltirib o‘tadi.
Mazkur holatni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual qonunchiligi asosida tahlil qilgan holda huquqiy baho bering.
Jinoyat protsessual huquqi modulidan 39-variant 1.Dastlabki tergovni tamomlash-bu jinoyat ishini to‘la har tomonlama va xolisona amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hamda jinoyat ishi yuzasidan bajarilishi lozim bo‘lgan barcha tergov harakatlarini bajarib bo‘lingandan keyin yuzaga keladigan dastlabki tergov bosqichining yakunlovchi qismi hisoblanadi.
Dastlabki tergovni tamomlashning turlari hamda bir-biridan farqli jihatlarini bayon qiling. 2.O‘zbekiston Respublikasi JPKda jinoyat ishini sudda muhokama qilishga tayinlash to‘g‘risida sudyaning qarori chiqarilgan vaqtdan boshlab ko‘pi bilan o‘n sutkada sud ishni ko‘rishni boshlashi lozimligi belgilangan.
Sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilish muddati va uni uzaytirish tartibini bayon qiling. Kazus 2016- yil 19- iyul kuni fuqaro B.Valixonov o‘z singlisi N.Valixonovani o‘gay onasi U.Halimova tomonidan kelayotgan har bir sovchiga rad javobini berib uning turmushga chiqishiga to‘sqinlik qilayotganligi yuzasidan arz bilan Mirzo Ulug‘bek tuman IIBga murojaat etgan. Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilganda haqiqatda ham fuqaro B.Valixonov arzi asosli ekanligi aniqlangan va ushbu ariza yuzasidan tergovchi B.Matchanov tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchi sifatida ishda ishtirok etish uchun o‘gay onasi U.Halimova ishga jalb qilgan.
Ammo jabrlanuvchi sifatida ishda ishtirok etish uchun jalb etilgan fuqaro N.Valixonova yuqoridagi holat yuzasidan hech qanday e’tiroz va shikoyatlari yo‘qligini aytgan.