61
XULOSА
Jinoiy-huquqiy liberallashtirish jarayonida jazo tayinlash, xususan, bir necha
jinoyatlar sodir etganlik holatida jazo tayinlash to’g’risidagi qonun normalari
yuzasidan ham bir qancha islohotlar amalga oshirildi. Shu bilan birga aytish
kerakki, inson va fuqaro huquqlarini ta’minlash, odillik va insonparvarlik
prinsiplarini ro’yobga chiqarishda jazo tayinlash amaliyotida, umuman jinoyat
qonunchiligida yetarlicha kamchilik va muammolar borligi tadqiqotimiz davomida
ko’rib chiqildi. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlash tartibini yanada
takomillashtirish, uning samarali mexanizmini ishlab chiqish, ushbu holatda
javobgarlikni belgilovchi normalari va asoslarni aniqlashtirishni bugun davr talab
qilmoqda.
Bir necha jinoyat uchun jazo tayinlashda odillik prinsipi mavzusida olib
borgan tadqiqotimiz natijasida quyidagi xulosalarga keldik va quyidagi takliflarni
ilgari suramiz:
1. Bir qancha jinoyat sodir etish shakli sifatida takroran jinoyat sodir etishni
Jinoyat kodeksidan chiqarish va jinoyatlar majmui va retsidiv jinoyatni qoldirish.
Shuningdek, Jinoyat kodeksi Maxsus qisminig 47 ta moddasidan takroran jinoyat
sodir etishni kvalifikatsiyalovchi belgi sifatida chiqarish.
2. Jinoyat kodeksi 59-moddasi birinchi qismini quyidagi tahrirda yangidan
qabul qilish maqsadga muvofiq bo’lar edi:
“59-modda. Bir qancha jinoyat sodir etganik uchun jazo tayinlash
Shaxs Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddasida yoki bir
moddasida yoki bir moddasining bitta qismida yoki turli qismlarida nazarda
tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni turli vaqtlarda sodir etsa yoxud bir
qilmishi bilan Maxsus qism turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan
ortiq jinoyatni sodir etsa, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo’lmasa, sud
ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi
qilmish uchun jazo tayinlab, so’ngra tayinlangan yengilroq jazoni og’irrog’i
bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to’la yoki qisman qo’shish yo’li bilan
jinoyatlar majmui bo’yicha jazo tayinlaydi.”
62
3. JK 59-moddasi sakkizinchi qismini quyidagi tahrirda bayon qilishni taklif
qilamiz: “Bunday holda har ikkala hukm bo’yicha tayinlangan jazolarni qisman
yoki to’la qo’shish orqali yagona jazo tayinlanadi. Birinchi hukm bo’yicha
tayinlangan jazoning o’talgan qismi uzil-kesil tayinlangan jazoning o’talgan
qismi deb hisoblanadi”.
4. Jinoyatlar ideal jami va jinoyatlar real jami uchun jazo tayinlashning
alohida tartiblarini, shuningdek, retsidiv jinoyat uchun ham alohida tartibni ishlab
chiqish.
5. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan yangi qaror qabul
qilinib, unda:
- bir necha jinoyat uchun axloq tuzatish jazosi tayinlanayotganda ularning
ish haqidan ushlab qolish foizlari har xil bo’lsa, eng past foizni uzil-kesil jazo
uchun tayinlash to’g’risida qoida kiritilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi;
- bir necha jinoyat uchun jarima jazosi tayinlanayotganda alohida-alohida
jazo tayinlash vaqtida har bir jinoyat sodir qilingan vaqtdagi eng kam oylik ish
haqlari miqdoridan kelib chiqqan holda jarimaning summasini belgilab olib, uzil-
kesil jazo tayinlashda summalarni qo’shish to’g’risida tushuntirish berilishi kerak.
Yoxud uzil-kesil jazo tayinlashda alohida-alohida tayinlangan jazolardan qancha
miqdordan olinganligini ko’rsatib, shu miqdorlar bo’yicha tegishli eng kam oylik
ish haqidan kelib chiqib, uzil-kesil jazo tayinlash to’g’risida ko’rsatma berilsa
maqsadga muvofiq bo’lar edi;
- shuningdek, “agar bir necha jinoyatlar uchun qo’shimcha jazolar tariqasida
muayyan huquqdan mahrum qilish tayinlansa va ular turli xil huquqlarni nazarda
tutsa, ular alohida tayinlanadi” tarzida qoida belgilab qo’yishni maqsadga muvofiq
deb o’ylaymiz.
63
Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro’yxаti
Rahbariy adabiyotlar:
1. Karimov I.А. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T.6. –T.:
O’zbekiston, 1998. – 429 b.
2. Karimov I.А. Аdolat – qonun ustuvorligida. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi oltinchi sessiyasidagi nutqi. // “Xalq so’zi”. 2001. 30-
avgust.
3. Karimov I.А. Qonun va adolat ustivorligi erkin va faravon hayot kalitidir.
“Xalq so’zi”, 2004 yil 18-sentabr.
4. Karimov I.А. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. T. 14. –
Toshkent: O’zbekiston, 2006. –280 b.
5. Karimov I.A. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
va Senatining qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli
ma’ruzasi. – T.: “O’zbekiston”, 2010.
6. Karimov I.А. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy
mezonidir. T.19. –Toshkent: O’zbekiston, 2011. – 360 b.
7. Karimov I.A. Mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi
ma’ruzasi // “Xalq so’zi”. 2016-yil 17-yanvar.
Normativ-huquqiy hujjatlar:
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: “O’zbekiston”, 2014.
2. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (2015-yil 1-oktabrgacha
bo’lgan o’zgartish va qo’shimchalar bilan). Rasmiy nashr. – T.: “Adolat”, 2015. –
480 b.
3. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (2015-yil 1-
sentabrgacha bo’lgan o’zgartish va qo’shimchalar bilan). Rasmiy nashr. – T.:
“Adolat”, 2015. – 786 b.
64
4. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. –T.: “Аdolat”,
1997. – B.56-65.
5. O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”gi Qonuni //
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Аxborotnomasi, 2001 y., 1-2-son, 10-
modda; 2002 y., 1-son, 20-modda; 2004 y., 1-2-son, 18-modda; O’zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2004 y., 51-son, 514-modda; 2007 y., 29-
30-son, 296-modda; 2009 yil, 52-son, 553-modda; 2011 y., 16-son, 162-modda;
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Аxborotnomasi, 2007 y., 6-
son, 249-modda; 2012 y., 38-son, 433-modda; 2014 y., 4-son, 45-modda.
6. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 1-fevralda
qabul qilingan “Sudlar tomonida jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti
to’g’risida”gi 1-son qarori.
7. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-mayda
qabul qilingan “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga
doir masalalar to’g’risida” gi 13-son qarori
Darslik va o’quv qo’llanmalar:
1. M.Usmonaliyev. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Oliy o’quv yurtlari
uchun darslik. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2005. – 662 b.
2. Usmonaliyev M. Jazo tayinlash. O’quv qo’llanma. – T.: “Yangi asr
avlodi”, 2003. – 120 b.
3. Rustamboyev M.H. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Oliy O’quv yurtlari
uchun darslik. – T.: “ILM ZIYO”, 2005. – 480 b.
4. Rustamboyev M.H. O’zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi.
Umumiy qism. I tom. Jinoyat to’g’risida ta’limot // OTM uchun darslik. – T.:
“ILM ZIYO”, 2010. – 400 b.
5. Rustamboyev M.H. O’zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi.
Umumiy qism. II tom. Jazo to’g’risida ta’limot // OTM uchun darslik. – T.: “ILM
ZIYO”, 2011. – 304 b.
6. Rustamboyev M.H. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar.
Umumiy qism. – T.: “ILM ZIYO”, 2006. – 608 b.
65
7. Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik (To’ldirilgan va qayta ishlangan
ikkinchi nashri) / R. Kabulov, A.A. Otajonov va boshq. – T.: O’zbekiston
Respublikasi IVV Akademiyasi, 2012. – 448 b.
8. Rustamboyev M.H., Tuxtasheva U.A. O’zbekiston Respublikasida sud
hokimiyati va sud-huquq islohotlari: ilmiy-publitsistik nashr – T.: TDYuI
nashriyoti, 2009. – 559 b.
9. Sud-huquq tizimini isloh etish: o’quv-uslubiy majmua. – O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik instituti – T.: “Adolat”,
2011. – 80 b.
Ilmiy adabiyotlar va maqolalar:
1. Якубов А.С., Матлюбов Б. Совокупность преступлений и ее виды //
Ҳуқуқ. Право. Law. – Toshkent, 2000.
2. Matlyubov B. Jinoyat huquqida jinoyatlarning real majmui tushunchasi va
belgilari // Demokratlashtirish va inson huquqlari, – Toshkent, 2002.
3. Ochilov H. Jinoyat majmui: ularga jazo tayinlash tartibi to’g’risida //
Hayot va qonun. – Toshkent, 2004.
4. Sud-huquq islohotlari: hozirgi holati va takomillashtirish istiqbollari.
Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. 2007-yil 17-may. – T.: TDYuI, 2007.
5. Sud-huquq islohotlarini yanada takomillashtirish jarayonida fuqarolarning
huquq va manfaatlarini himoya qilishning dolzarb muammolari. – T.: TDYuI,
2009.
Davriy nashr va jurnallar:
1. O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Axborotnomasi. –
Toshkent, 2014. - № 4.
2. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi axborotnomasi. – Toshkent, 2015. -
№ 1.
3. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy o’quv kurslari
axborotnomasi. – Toshkent, 2013. - № 3.
66
Internet saytlari:
1. http://www.lex.uz
2. http://www.cyberleninka.ru
3. http://www.elibrary.ru
4. http://www.consultant.ru
5. http://www.juris.de
6. http://www.pravo.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |