O’ZBEKISTON RESPUBLIKАSI АDLIYA VАZIRLIGI
TOSHKENT DАVLАT YURIDIK UNIVERSITETI
“JINOYAT HUQUQI VA KRIMINOLOGIYA”
KАFEDRАSI
Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashda odillik prinsipi
mavzusida yozilgan
BITIRUV MАLАKАVIY ISHI
Bajardi: 4-kurs “Jinoiy-huquqiy faoliyat”
yo’nalishi talabasi D.I.
Kenjaboev
Ilmiy rahbar: “Jinoyat huquqi va
kriminologiya” kafedrasi o’qituvchisi
M.M. Kurbanov
TOSHKENT – 2016
2
MUNDARIJA
KIRISH.................................................................................................................. 3
I BOB. JINOYAT HUQUQIDA BIR NECHA JINOYATLAR UCHUN JAZO
TAYINLASH TUSHUNCHASI, TARTIBI VA UNDA ODILLIK PRINSPINING
NAMOYON BO’LISHI ......................................................................................... 8
1.1. Bir necha jinoyat uchun jazo tayinlash asosi sifatida jinoyat huquqida bir
qancha jinoyatlar sodir etish holatlari, turlari va yuridik tavsifi ........................... 8
1.2. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashning rivojlanish tarixi, huquqiy
asoslari va unda odillik prinsipining namoyon bo’lishi ...................................... 20
1.3. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlash tartibi va shartlari ....................... 28
II BOB. JINOIY HUQUQIY LIBERALLASHTIRISH JARAYONIDA BIR
NECHA JINOYATLAR UCHUN JAZO TAYINLASHDA ODILLIK PRINSIPI
TA’MINLANISHINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI ....................... 37
2.1. Jinoiy jazolarni liberallashtirish sharoitida bir necha jinoyatlar uchun jazo
tayinlashda odillik prinsipi ta’minlanishining ilmiy-amaliy muammolari va
ularni hal qilish masalalari................................................................................. 37
2.2. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlash qoidalarini takomillashtirish
bo’yicha ayrim xorijiy davlatlar tajribasi ........................................................... 53
XULOSА .............................................................................................................. 61
Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro’yxаti ..................................................................... 63
3
KIRISH
Bitiruv-malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi
mustaqillikka erishgach, o’z oldiga inson huquq va erkinliklari tom ma’noda
ta’minlanadigan demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurish
vazifasini qo’ydi. Bu vazifa o’z navbatida mamlakat hayotining har bir sohasini
tubdan isloh qilish, islohotlarning huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa asoslarini
ishlab chiqish hamda har bir sohadagi ishlarni tizimli tashkil qilishni taqozo etardi.
Mamlakatimizda bu boradagi ishlar jadal sur’atlarda boshlab yuborildi va
islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirila bormoqda.
Mazkur bitiruv-malakaviy ishining dolzarbligi ham bugungi kunda
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyati bilan
asoslanadi. Jinoyat qonunchiligini liberallashtirish o’z navbatida jazo, uni tayinlash
masalalarini ham qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi. Chunki, jinoyat-huquqiy
islohotlarning tub maqsadi jinoyat uchun jazolash emas, balki jinoyatchilikning
oldini olish, uni imkoni boricha kamaytirish, fuqarolarni qonunga itoat va hurmat
ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Zero, mamlakatimiz Prezidenti ta’kidlaganidek,
“jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashish samaradorligi jazoning
og’irligi va shafqatsizligiga emas, balki birinchi navbatda, qonunni buzgan
shaxsning jazoning muqarrarligini nechog’lik anglashiga bog’liq”
1
.
Bir shaxs tomonidan bir necha jinoyatlar sodir etilish holatlari har qanday
mamlakat hayotida uchraydigan hodisa hisoblanadi. Bizning mamlakatimizda ham
bu sohada amalga oshirilayotgan ishlarga qaramasdan bir shaxs tomonidan bir
necha jinoyatlar sodir etilish holatlari ko’plab uchramoqda. Xususan, birgina
Jinoyat ishlari bo’yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani sud arxivining
2015-yilda ko’rilgan ishlarini o’rganib chiqqanimizda yil davomida ko’rilgan
barcha jinoyat ishlarining 39 % izida bir necha jinoyatlar sodir qilish holatlari
uchradi. Bu ko’rsatkichning o’zi ham mavzuning nechog’li ahamiyatli ekanligini
ko’rsatadi.
Jinoyat-huquqiy
sohani
liberallashtirish
jarayonida
jinoyat
qonunchiligiga bir qator o’zgartishlar kiritildi va ularning ma’lum bir qismi jazo
1
Karimov I.A. Adolat – qonun ustuvorligida. // Xalq so’zi. 2001-yil 30-avgust.
4
tayinlash bilan bevosita aloqadordir. Lekin shunga qaramasdan jinoyat
qonunchiligini tanqidiy tahlil qilish, sud-tergov amaliyotini kuzatish va xorij
tajribasini o’rganish bu sohada hali hal qilinishi lozim bo’lgan muammolar
yetarlicha ekanligini ko’rsatmoqda. Ayniqsa, qanday holatlarda jinoyatlar jami
bo’yicha jazo tayinlash qoidalarini qo’llash lozimligi, jazolarni qo’shish orqali
yagona jazo tayinlash, qo’shimcha jazo tayinlash borasidagi xatoliklar shular
jumlasidandir.
Buning
natijasida
esa,
sohada
jinoyat
qonunchiligining
insonparvarlik, odillik prinsiplari, qonunning vaqt bo’yicha amal qilish kabi
prinsipial qoidalari buzilayotganlik hollari uchrab turibdi.
Bitiruv malakaviy ishining obyekti jinoyat huquqining asosiy qoidalaridan
biri sifatida odillik prinsipining ta’minlanishida bir necha jinoyatlar sodir etilganlik
uchun jazo tayinlashning huquqiy asoslari tahlili, sud amaliyotida uchrayotgan
muammoli holatlar, bu sohani tartibga solish bo’yicha qonunchilikdagi bo’shliqlar
va ziddiyatli holatlar majmuasidir.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Bir necha jinoyatlar uchun jazo
tayinlash asoslari, tartibi va o’ziga xosliklarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy
hujjatlar, milliy va xorijiy huquqshunos olimlarning ilmiy-amaliy ishlari, ommaviy
axborot vositalarida e’lon qilingan sohaga oid materiallar, sud arxivi ma’lumotlari
bitiruv malakaviy ishining predmetini tashkil qiladi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining yangiligi. Hozirgi kunga qadar bir
necha xorijlik va mamlakatimizning huquqshunos olimlari tomonidan bir necha
jinoyatlar sodir etish holatlari va ular uchun jazo tayinlash masalalari o’rganilgan
va qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan bir qancha tegishli xulosalar
tayyorlangan bo’lsa-da, bu ishlar mamlakatimizda jinoiy-huquqiy sohani
liberallashtirish jarayoni boshlanishidan oldin va liberallashtirishning dastlabki
yillarida amalga oshirilgan. Bu ishlarda masalaning umumiy jihatlari o’rganilib,
jinoiy-huquqiy prinsip sifatida odillik prinsipiga e’tibor qaratilmagan. Ushbu
bitiruv malakaviy ishida O’zbekiston Respublikasining bir necha jinoyatlar sodir
qilinganlik holatida jazo tayinlash bo’yicha huquqiy mexanizmi o’rganiladi, tahlil
5
qilinadi, sud amaliyoti o’rganilib, ushbu soha qonunchiligini takomillashtirish
yuzasidan tegishli xulosalar qilinadi va takliflar tayyorlanadi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Mazkur bitiruv
malakaviy ishining maqsadi jinoyat qonunchiligini liberallashtirish jarayonida bir
necha jinoyatlar sodir etganlik uchun jazo tayinlashning huquqiy mexanizmini
tanqidiy va amaliy nuqtayi nazardan tadqiq qilish, tahliliy ishlarni olib borish,
bitiruv malakaviy amaliyot davrida olib borilgan kuzatishlar asosida sud-tergov,
advokatlik amaliyotida vujudga kelayotgan muammoli vaziyatlarni aniqlash va
ochib berish, inson va fuqaro huquqlari, qonuniy manfaatlari himoyasi
ta’minlanishida odillik prinsipining ahamiyatini yoritib berish hamda bu xususda
tegishli ilmiy-nazariy asoslantirilgan xulosalar ishlab chiqish, takliflar tayyorlash
hisoblanadi.
Qo’yilgan maqsadga erishish bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida
quyidagi vazifalarni hal qilish orqali amalga oshiriladi:
a) jinoyat qonunchiligini liberallashtirish sharoitida amaldagi jinoyat
qonunining bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlash to’g’risidagi
normalarning holatini aniqlash va ushbu turkumdagi jinoyatlarning oldini
olish hamda ularga qarshi kurash bo’yicha darajasini aniqlash;
b) bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashning o’ziga xos xususiyatlarini
ochib berish;
c) jazolarni liberallashtirish sharoitida amaliy hayotda bir necha jinoyat uchun
jazo tayinlashda vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash uchun sud
materiallari bilan tanishib chiqish, tegishli ma’lumotlarni olish;
d) o’rganilgan huquq manbalari va ilmiy ishlar, o’tkazilgan kuzatuvlar
natijasida jinoyat qonunchiligida odillik prinsipini to’laqonli ro’yobga
chiqishini ta’minlash maqsadida tegishli xulosalar va takliflar tayyorlash.
Bitiruv malakaviy ishinining usuli. Bitiruv malakaviy ishini yozishda
bilishning umumiy-ilmiy metodlari bo’lgan dialektik metod, tarixiy-qiyosiy tahlil,
tizimli tahlil qilish uslublari, shuningdek, umummantiqiy metodlar – induksiya,
6
deduksiya, analiz, sintez va maxsus huquqiy metodlar qo’llanildi. Ilmiy adabiyotlar
va huquq normalarini sharhlashda grammatik tahlil metodidan ham foydalanildi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi va adabiyotlar tahlili. Bir necha
jinoyatlar uchun jazo tayinlash masalalari bir qancha xorijiy va mamlakatimiz
huquqshunos olimlari tomonidan o’rganilgan. Shu bilan birga aytish kerakki, bu
ishlarning aksariyati jinoyat qonunchiligi liberallashtirilishidan oldingi davrga
tegishli bo’lib, ularda hozirgi kunda uchrayotgan muammolar yetarlicha tahlil
qilinmagan. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlash masalalari bo’yicha fikrlar
va takliflar xorij olimlaridan M.I.Bajanov, N.А.Bekbergenov, V.P. Malkov,
B.V. Voljenkin va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda ilgari
surilgan
1
. Mamlakatimiz huquqshunos olimlaridan M. Usmonaliyev, yuridik fanlar
nomzodi, dotsent M.Z. Muqimova, yuridik fanlar nomzodi, dotsent B.B. Mat-
lyubov, yuridik fanlar doktori M.H. Jiyanov kabilarning ilmiy asarlari hamda ilmiy
maqolalarida tadqiq etilayotgan muammoga tegishli jihatlar yoritilgan
2
.
Yuqoridagi olimlarning ilmiy ishlarida bir qancha jinoyatlar uchun jazo
tayinlash muammolari atroflicha ko’rib chiqilgan bo’lib, ularda jazo tayinlashning
bugungi umumiy jihatlari yoritilgan, shuningdek jinoyat qonunining odillik
prinsipi masalasiga yetarlicha e’tibor berilmagan. Bundan tashqari, ushbu
ishlarning mazmuni bugungi kundagi jinoyat qonuni normalari mazmunini qamrab
ololmagan.
Bitiruv malakaviy ishi natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv
malakaviy ishi doirasida olib borilgan tadqiqot natijalaridan jinoyat qonunchiligida
odillik prinsipini ro’yobga chiqarish uchun qonunchilikka tegishli takliflar ishlab
1
Бажанов М.И. Назначение наказания по совокпности преступлений и приговоров. – Харьков, 1977. //
Волженкин Б.В. Принцип справедливости и проблемы множественности преступлений по УК РФ //
Законность. Москва, 1998. // Малков В.П. Совокупность преступлений. Казань. Изд.Казанского
Университета.1974. –с.287.; Разумов С.А. Практика назначения наказания.-М., 2001. // Бекбергенов Н.А.
Назначение наказания по совокупности преступлений и приговоров.: Автореф. дисс. ... канд. юрид наук.-
Казахстан: Алма-Ата, 2002.
2
Muqumova M.Z. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash xususiyatlari . Yuridik fanlar nomzodi ilmiy
darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Ilmiy rahbar: M. Usmonaliyev. – T.: 2005. // Матлюбов Б.Б.
Уголовно-правовое значение совокупности преступлений. Диссертация на соискание ученой степени
кандидата юридических наук. – T.: 2006. // Jiyanov M.H. Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik
muammolari: 12.00.08-Jinoyat huquqi va kriminologiya; yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiya / Ilmiy maslahatchi: M.H.Rustamboyev. – T., 2012.
7
chiqishda, jazo tayinlash tizimini takomillashtirishda, inson va fuqarolarning
qonuniy huquq va manfaatlari samarali himoya qilinishi yuzasidan ilmiy ishlarda
foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishinining tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishining
tarkibiy tuzilishi kirish, beshta paragrafni o’z ichiga oluvchi ikkita bob va xulosa,
shuningdek foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Birinchi bob umumnazariy xususiyatga ega bo’lib, unda bir necha jinoyatlar
tushunchasi, uning turlari, bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlash tushunchasi,
asoslari, tartibi, bu boradagi har xil qarashlar hamda bu jarayonda odillik
prinsipining namoyon bo’lishi o’rganiladi. Shuningdek, Jinoyat kodeksi va
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tegishli qarorlari, sharhlar hamda
sud materiallari asosida bir necha jinoyatlar sodir qilganlik uchun bir turdagi, har
xil turdagi, qo’shimcha jazo tayinlash masalalari, jazolarni qo’shib hisoblash
qoidalari ko’rib chiqiladi.
Ikkinchi bobda jinoyat qonunchiligini liberallashtirish va odillik prinsipini
ro’yobga chiqarishda sud va tergov amaliyotida vujudga kelayotgan muammolar
tahlil qilinadi. Bu muammolarni hal qilish bo’yicha bir necha jinoyat sodir
qilganlik uchun jazo tayinlash qoidalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar
ko’rib chiqiladi va bu boradagi ayrim davlatlar qonunchiligida mavjud ijobiy
tomonlar tahlil qilinadi.
8
I BOB. JINOYAT HUQUQIDA BIR NECHA JINOYATLAR UCHUN JAZO
TAYINLASH TUSHUNCHASI, TARTIBI VA UNDA ODILLIK PRINSPINING
NAMOYON BO’LISHI
1.1. Bir necha jinoyat uchun jazo tayinlash asosi sifatida jinoyat huquqida bir
qancha jinoyatlar sodir etish holatlari, turlari va yuridik tavsifi
Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim
yo’nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs
huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini
izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir
1
. Ushbu maqsadni
ro’yobga chiqarishda, albatta jinoiy-huquqiy qonunchilikni takomillashtirish ham
alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, jinoyatchilikning oldini olish va uni imkoni
boricha kamayitirish demokratik fuqarolik jamiyati qurishning muhim
mezonlaridan biridir. Bu o’rinda esa, jinoyat uchun jazo tayinlash instituti o’ziga
xos o’ringa ega. Chunki, yuqorida qayd etilganidek, jinoyat uchun jazoning
muqarrarligi uning oldini olishda, shaxsni qonunga hurmat va itoat ruhida
tarbiyalashda katta o’ringa ega.
Ma’lumki, bir shaxs tomonidan bir necha jinoyatlar sodir etilishi insoniyat
tarixining har qanday davrida mavjud bo’lgan va u o’zining ijtimoiy xavfi
yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bir necha jinoyatlar uchun uchun jazo tayinlashning
asosi bo’lib ikki va undan ortiq jinoyatlarning bir shaxs tomonidan sodir etilishi
hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, avvalo, tadqiqot doirasida bir necha
jinoyatlar tushunchasi, uning turlari, xususiyatlarini ko’rib chiqishimiz zarur. Bu
esa, mamlakatimiz Jinoyat kodeksining bir qancha jinoyatlar sodir etish
to’g’risidagi VIII bobini atroflicha tahlil qilishni taqozo etadi. Shu o’rinda aytish
kerakki, bir necha jinoyatlar sodir etish holatlari bir qator mamlakatimiz va xorij
olimlari tomonidan tadqiq qilinib, o’ziga xos qarashlar va fikrlar ilgari surilgan.
1
Karimov I.A. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasi” nomli ma’ruzasi. – T.: “O’zbekiston”, 2010. 8-bet.
9
Jinoyat huquqida “bir qancha jinoyatlar” va “bir necha jinoyatlar”
tushunchalari mavjud bo’lib, ular haqida to’xtalsak. Chunki, bitiruv-malakaviy
ishining o’rganish obyekti bevosita bu tushunchalar bilan bog’liq. Amaldagi
Jinoyat kodeksida ushbu tushunchalarning aniq bevosita ta’riflari keltirilmagan va
ushbu tushunchalar bir-biri bilan bir ma’nolidek, ko’rinsa-da, ular mustaqil
tushunchalardir. Chunki “bir necha jinoyat” tushunchasining huquqiy ma’nosiga
to’xtalsak, u “bir qancha” jinoyat tushunchasiga nisbatan tor ma’nodagi tushuncha
bo’lib, agar bir qancha jinoyat sodir etish takroran jinoyat sodir etish, jinoyatlar
majmui va retsidiv jinoyatlarni qamrab olsa, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksi 59-moddasining mazmuniga ko’ra, “Shaxs tomonidan Jinoyat kodeksi
Maxsus qismining turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq
jinoyatlarni sodir etib, ularning birortasi uchun shaxs sudlangan bo’lmasa” bir
necha jinoyat sodir etish deb topiladi. Chunki, takroran jinoyat sodir etish,
jinoyatlar majmui turli moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlarni qamrab olgani
holda, bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlanadi.
“Bir qancha jinoyatlar” atamasi xususida ham ko’plab olimlar tomonidan har
xil fikrlar bildirilgan bo’lib, jumladan А.M.Yakovlevning fikriga ko’ra, bir
qancha jinoyat sodir etish tushunchasi takroran jinoyat sodir etish, retsidiv
jinoyatlar va jinoyatlar majmuida namoyon bo’ladi. P.S. Dagel esa, bir qancha
jinoyat sodir etish deganda, “ikki yoki undan ortiq jinoyatlarni” yoki “bir necha
jinoyatlarni sodir etish”ni nazarda tutadi. N.А Bekbergenov tomonidan esa, bir
qancha jinoyat sodir etishda uning miqdor ko’rsatkichlari emas, balki har bir
qilmishning mustaqil huquqiy ahamiyatga ega ekanligi, uning asosiy va zaruriy
belgisi sifatida ta’kidlanadi
1
.
Bu borada yuridik fanlar doktori M.H. Jiyanovning ta’rifi alohida e’tiborga
loyiq va u ushbu ta’rifni Jinoyat kodeksida mustahkamlashni taklif qiladi: “Jinoyat
kodeksi Maxsus qismining bir moddasida yoki bir moddasining bitta qismida yoki
turli qismida yoxud turli moddalarida nazarda tutilgan, jinoiy huquqiy ahamiyatini
1
Бекбергенов Н.А. Назначение наказания по совокупности преступлений и приговоров.: Автореф. дисс. ...
канд. юрид наук.-Казахстан: Алма-Ата, 2002.- с. 7.
10
yo’qotmagan ikki yoki undan ortiq jinoyatlarning bir vaqtda yoki turli vaqtlarda bir
shaxs tomonidan sodir etilishi bir qancha jinoyat sodir etish deb topiladi”
1
.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rishimiz mumkinki, ushbu muammoni tadqiq
qilgan olimlarning barchasi bir qancha jinoyatlar kamida ikkita jinoyatdan iborat
bo’lishini va bu jinoyatlar yagona subyekt tomonidan sodir etilishini ta’kidlaydilar.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalari ham A.M. Yakov-
levning fikriga monand bo’lib, bir qancha jinoyatlar sodir etish deb nomlanadigan
VIII bobi takroran jinoyat sodir etish, jinoyatlar majmui va retsidiv jinoyatni o’z
ichiga oladi.
M. Usmonaliyev fikricha, bir qancha jinoyat sodir etilgan deb topish uchun
qilmishlarda quyidagi shartlar bo’lishi kerak:
- shaxs tomonidan har biri mustaqil jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi ikki
yoki undan ortiq jinoyatlar sodir etilgan bo’lishi kerak;
- Bunda jinoyatlarning bir vaqtda (jinoyatlarning ideal jami) yoki har xil
vaqt (real jami)da sodir etilganligining ahamiyati yo’q;
- dastlabki sodir etilgan jinoyat bilan keyingi sodir etilgan jinoyat o’rtasida
JKning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o’tib ketmagan bo’lishi kerak;
- shaxs ushbu jinoyatlarda bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi yoki
yordamchi sifatida qatnashganligi, jinoyatga tayyorgarlik ko’rish, suiqasd qilish
bosqichida to’xatilganligi yoki oxiriga etkazilganligining ahamiyati yo’q;
-
agarda
shaxs
Jinoyat
kodeksining
64-68-moddalari
asosida
javobgarlikdan, 69-moddasi asosida jazodan ozod qilingan bo’lsa (150-156-
moddalar bundan mustasno), jinoyat huquqida nazarda tutilgan bir qancha
jinoyatlarni tashkil qilmaydi;
- oldingi jinoyat uchun sudlanganlik muddati o’tmasdan yoki qonunda
belgilangan tartibda olib tashlanmasdan yangi jinoyat sodir etish ham bir qancha
jinoyat sodir etish hisoblanadi
2
.
1
Jiyanov M.H. Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik. Farg’ona 2002. 73-bet.
2
M.Usmonaliyev. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2005.
– 231-b.
11
Professor M.H. Rustamboyev ham yuqoridagiga monand tarzda fikr bildirib,
bir qancha jinoyatlar tushunchasining quyidagi xususiyatlarini keltirib o’tgan:
1) shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq mustaqil jinoyatlarning sodir
etilgan bo‘lishi lozim;
2) har bir jinoyat sud hukmida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Agar shaxs
jinoyat sodir etgan bo‘lsa, lekin jinoiy ish dastlabki tergov va sud tomonidan
qonunda ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra tugatilgan bo‘lsa (O‘zR JPKning 83,84-
moddalari), bu shaxs ilgari jinoyat sodir etgan hisoblanmaydi;
3) jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan
javobgarlikdan ozod qilinmagan bo‘lishi (64-modda), ilgari chiqarilgan hukmning
ijro etish muddati o‘tib ketmagan bo‘lishi (69-modda), sudlanganlik muddatining
o‘tib ketmaganligi yoki amnistiya akti yoxud afv etish orqali jazodan ozod
qilinmagan bo‘lishi kerak;
4) har bir jinoyat tugallangan yoki tugallanmagan bo‘lishi lozim.
M.M. Qodirov va M.M. Qalandarovlar fikricha, bir qancha jinoyatlarning
quyidagi asosiy belgilari mavjud:
- shaxs tomonidan jinoyat qonunining bir yoki bir necha moddalari (yoki
moddalarining qismlari)da nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatlarning
sodir etilishi;
- sodir etilgan har bir qilmishning mustaqil jinoyat hisoblanishi va alohida
modda (yoki moddaning qismi) bo’yicha kvalifikatsiya qilinishi;
- bir qancha jinoyatlarni vujudga keltiruvchi jinoyatlarning har qaysisi uning
sodir etilganligi faktidan kelib chiqqan jinoiy-huquqiy oqibatning saqlanib qolishi
1
.
Yuqoridagilardan kelib chiqib umumlashtirgan holda, bir qancha jinoyat
sodir etishning quyidagi huquqiy belgilarini ko’rsatishimiz mumkin:
- bir qancha jinoyatlar miqdor ko’rsatkichlariga ega, ya’ni shaxs (yoki
shaxslar) tomonidan ikkitadan kam bo’lmagan (undan ham ko’p bo’lishi mumkin)
jinoyat sodir etilgan bo’lishi zarur. Bu, bir tomondan, bir qancha jinoyatlarni
1
Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik (To’ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri) / R. Kabulov, A.A.
Otajonov va boshq. – T.: O’zbekiston Respublikasi IVV Akademiyasi, 2012. – 184-b.
12
tashkil qiluvchi har bir jinoiy qilmish Jinoyat kodeksining 14-moddasi talablariga
muvofiq yagona jinoyat deb tan olinishi zarurligini bildirsa va yagona jinoyatlarni
bir qancha jinoyatlardan farqlashga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, ma’muriy
yoki intizomiy huquqbuzarlik maqomiga ega bo’lgan qilmishlar bir qancha jinoyat
sodir etish kabi baholanmasligini bildiradi;
- bir qancha jinoyatlar sifat ko’rsatkichlariga ega, ya’ni bir qancha jinoyatlar
tarkibiga kiruvchi har bir jinoyat o’zining jinoiy - huquqiy ahamiyatini
yo’qotmagan bo’lishi va jinoiy-huquqiy munosabatlarni vujudga keltirishga qodir
bo’lishi zarur. Аmaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoyat quyidagi hollarda
o’zining jinoiy-huquqiy ahamiyatini yo’qotishi mumkin:
a) javobgarlikka tortish muddatining o’tib ketishi munosabati bilan;
b) shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinganda;
v) sudlanganlik holatining tugallanishi munosabati bilan;
g) sudlanganlik holatining olib tashlanishi munosabati bilan;
d) jinoyat ishini qo’zg’atishga to’sqinlik qiluvchi protsessual
holatlarning mavjudligi tufayli (masalan, jabrlanuvchining shikoyati asosida
qo’zg’atiladigan jinoiy ishlar bo’yicha shunday shikoyatning mavjud bo’lmasligi,
muayyan jinoyat ishini to’xtatish bo’yicha chiqarilgan qaror yoki ajrimning bekor
qilinmaganligi kabilar);
e) 66
1
-modda - yarashish natijasida (aybdorning jabrlanuvchi bilan
yarashishi).
- bir qancha jinoyat sodir etishning asosiy huquqiy belgilaridan yana biri
shundan iboratki, bir qancha jinoyatlarni tashkil qiluvchi ikki yoki undan ortiq
jinoyatning har biri aynan bir shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan sodir etiladi.
Boshqacha qilib aytganda, bir qancha jinoyatlarni tashkil qiluvchi jinoiy
qilmishlarni bir-biriga bog’lab turuvchi umumiy element sifatida, jinoyat subyekti
tan olinadi;
- bir qancha jinoyatlarning ayrim turlarini bir-biridan farqlashga yordam
beruvchi belgilardan yana biri vaqt hamdir. Аmaldagi jinoyat qonuni mazmuniga
ko’ra bir qancha jinoyatlar turli davrlarda yoki bir vaqtda ham sodir etilishi
13
mumkin. Takroriy jinoyatlar, retsidiv jinoyatlar va jinoyatlarning real jami
bo’yicha jinoyatlarning turli davrlarda sodir etilishi talab qilinsa, jinoyatlarning
ideal jamini bir vaqtda bir qilmish bilan sodir qilingan ikki yoki undan ortiq
jinoyatlar tashkil qiladi;
- qonun chiqaruvchi bir qancha jinoyat sodir qilganlik uchun javobgarlik
asoslarini belgilar ekan, jinoyat tushunchasini keng talqin qiladi va jinoyat deganda
nafaqat tamom bo’lgan jinoyatlarni, balki jinoyatga tayyorgarlik ko’rish va jinoyat
sodir etishga suiqasd qilish (JKning 25-moddasi) hamda ishtirokchilikda sodir
etilgan jinoyat (JKning 27-moddasi) larni ham nazarda tutadi;
- bir qancha jinoyat sodir etish ijtimoiy hodisa sifatida turli shakllarda
namoyon bo’lishi mumkin. Davlatimizning amaldagi jinoyat qonunida bir qancha
jinoyat sodir etishning uchta shakli nazarda tutilgan. Bular takroran jinoyat sodir
etish (JKning 32-moddasi), jinoyatlar majmui (JKning 33-moddasi) va retsidiv
jinoyat (JKning 34-moddasi) lardir. Bir qancha jinoyat sodir etishning yuqorida
sanab o’tilgan shakllari jinoyat qonuni Maxsus qismida nazarda tutilgan
jinoyatlarning turli mezonlar asosida birikuvidan hosil bo’lishi mumkin. Masalan,
takroran sodir etilgan jinoyatlar JK Maxsus qismining aynan bir moddasida,
qismida, Kodeksda alohida ko’rsatilgan hollarda esa turli moddalarida nazarda
tutilgan ikki yoki bir qancha jinoyatlarning birikuvidan hosil bo’lishi mumkin.
Endi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bo’yicha bir qancha
jinoyatlarning har bir shakliga alohida to’xtalsak.
Jinoyat kodeksining 32-moddasida takroran jinoyat sodir etish tushunchasi
berilgan bo’lib, unga ko’ra Jinoyat kodeksi Maxsus qismining aynan bir
moddasida, qismida, Kodeksda alohida ko’rsatilgan hollarda esa, turli moddalarida
nazarda tutilgan ikki yoki bir qancha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan,
ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan bo’lmasa, takroran jinoyat sodir
etish deb topiladi.
Ushbu normadan kelib chiqqan holda M.H. Rustamboyev takroran jinoyat
sodir qilishning quyidagi belgilarini keltirib o’tgan:
14
1) takroran jinoyat sodir etish bir necha jinoyat sodir etishning shakli bo‘lib,
unga ko‘ra shaxs javobgarlikka tortiladigan aynan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan ikki
yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir qiladi;
2) sodir etilgan qilmishlar jinoyat qonuni maxsus qismining aynan bir
moddasida, qismida, kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa turli moddalarida
nazarda tutilgan qilmishlarni ham qamrab oladi;
3) sodir etilgan jinoiy qilmishlarning birortasi uchun ham shaxs sudlangan
bo‘lmasligi;
4) jinoyat takroran sodir etilgan deb hisobanishi uchun ular turli vaqtlarda
sodir qilingan va mustaqil jinoyat tarkibini tashkil qilishi
1
.
M. Usmonaliyev takroran jinoyat sodir qilishning har uchta turi uchun
umumiy belgilar sifatida quyidagilarni ko’rsatib, ulardan birortasining
yetishmasligi qilmishni takroran deb baholamaslikka olib kelishini qayd qilgan:
a) turli vaqtlarda Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan ikki yoki
bir necha jinoyat sodir etilganligi;
b) jinoyatlarning, albatta, turli vaqtlarda sodir etilganligi;
v) javobgarlikka tortiladigan birinchi jinoyat bilan keyingi sodir qilingan
jinoyat o’rtasida JK 64-moddasida nazarda tutilgan (jinoiy javobgarlikka tortish
muddatlari) o’tib ketmagan bo’lishi;
g) shaxs sodir etilgan jinoyatlarning birortasi uchun ham hali
sudlanmagan bo’lishi kerak
2
.
O’zbekiston Respublikasi JK Maxsus qismining bir qancha moddalari faqat
bitta qismdan iborat bo’lib, shaxs ana shunday jinoyatlarni har xil vaqtda sodir
etib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo’lmasa, faqat keyingi sodir qilgan
jinoyati uchun takroran sodir qilgan deb javobgar qilinadi. Sud bunday jinoyatlarni
sodir qilgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda O’zbekiston Respublikasi JKning
56-moddasi birinchi qismi “n” bandiga binoan jazoni og’irlashtiruvchi holat
1
Rustamboyev M.H. O’zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Umumiy qism. I tom. Jinoyat to’g’risida
ta’limot // OTM uchun darslik. – T.: “ILM ZIYO”, 2010. – 241-b.
2
M.Usmonaliyev. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2005.
– 324-b.
15
sifatida jazo tayinlaydi. Masalan aytaylik, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida
qasddan badanga o’rtacha og’ir yoki og’ir shikast yetkazgan shaxs buning uchun
sudlanmasdan turib JKning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o’tmasdan
yana xuddi shunday jinoyatni sodir qilsa, jinoyatlarning jami tariqasida emas, balki
jinoyat takroran sodir etilgan deb JKning 106-moddasining o’zi bilan javobgar
qilinadi. Sud jazo tayinlash vaqtida JKning 56-moddasiga binoan jazoni
og’irlashtiruvchi holat deb hisoblaydi. Аmmo JKning Maxsus qismi moddasining
“takroran qilinsa” degan yoki undan og’irroq qismi bilan jazo tayinlanayotgan
bo’lsa, JK 56-moddasi birinchi qism “n” bandi qo’llanilmaydi. Bunday holda bir
qancha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlashning qoidalari ham
qo’llanilmaydi.
Jinoyat kodeksi 32-moddasi birinchi qismi mazmuniga e’tibor bersak, shaxs
turli vaqtlarda Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bitta moddasi yoki bitta
moddasining bitta qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan bo’lib, ulardan
biri oxiriga yetkazilgan, ikkinchisi tayyorgarlik ko’rish yoki suiqasd qilish
bosqichida to’xtatilgan aynan bir xil jinoyatlar sodir etilgan bo’lsa, takroran jinoyat
sodir etish deb topiladi. Ammo M.I. Tkachenko, V.P.Malkov, Yu.А.Krasikov,
А.Zelinskiy va boshqalar bu holatga zid fikrlar bildirib, “shaxs bir xil jinoyatlarni
turli vaqtlarda sodir qilib, ulardan biri uchun jinoyatga tayyorgarlik ko’rish yoki
suiqasd qilganlik uchun yoxud ishtirokchilikda sodir etishda ayblanib,
javobgarlikka tortilgan taqdirda jinoyatlar majmui deb hisoblash kerak”, - deb
yozganlar.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi
“Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to’g’risida”gi qarorining
49-bandida ko’rsatilganki, “shaxs bir necha aynan o’xshash qilmishni sodir etgan
bo’lib, ulardan ayrimlari tugallangan jinoyat, boshqalari esa — jinoyatga
tayyorgarlik, suiqasd tariqasida kvalifikatsiya qilinganda yoki ayrimlari mustaqil,
boshqalari esa ishtirokchilikda sodir etilganda jinoyatlar majmui bo’yicha jazo
tayinlash qoidalari qo’llaniladi”.
16
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorining ushbu tushuntirishi
Jinoyat kodeksining 32-moddasi qoidalariga ma’lum ma’noda to’g’ri kelmasa-da,
olimlarning “bunday holda jinoyatlar jami tariqasida jazo tayinlanishi kerak”,
degan fikrlari ma’lum darajada adolatli hisoblanadi. Chunki, tamom bo’lgan
jinoyat, jinoyatga tayyorgarlik ko’rish, jinoyat sodir etishga suiqasd qilish va
ishtirokchilikda sodir qilingan jinoyatlarni ijtimoiy xavflilik jihatidan aynan teng
deb hisoblash noto’g’ri.
Jinoyat takroran sodir etilgan, deb kvalifikatsiya qilinganida har doim
og’irroq jazo turi tayinlanadi. Shaxs jinoyatda ishtirokchi sifatida topilib, uning
qilmishi kvalifikatsiya qilinganida, javobgar bajaruvchi sifatida qatnashmaydi.
Demak, bunday hollarda qilmish takroran qilingan, deb kvalifikatsiya qilinib, jazo
tayinlanganida, muayyan normaning javobgarlikni og’irlashtiruvchi turi sifatida
qaralishi lozim. Qilmishni takroran sodir qilingan deb kvalifikatsiya qilish,
jinoyatni avtomatik ravishda og’ir yoki o’ta og’ir turiga aylantirib yuboradi.
Natijada bunday hollarda shaxsga nisbatan javobgarlik yoki jazodan ozod qilish va
qonunda nazarda tutilgan boshqa imtiyozlarni qo’llash mumkin bo’lmay qoladi.
Bunday holda jinoyatlarni jinoyatlar majmui deb kvalifikatsiya qilinganida esa,
jinoyatlarni qisman yoki to’la qo’shgan taqdirda ham uni tasnifiga ta’sir qiluvchi
kvalifikatsiya qilish belgisi o’zgarmay qolaveradi. Bunday holda shaxsga nisbatan
javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish yoki qonunda nazarda tutilgan
imtiyozlarni qo’llash mumkin bo’ladi.
Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot doirasidan kelib chiqib, retsidiv
jinoyatga to’xtalmasdan bir qancha jinoyatlar sodir qilishning shakli sifatida
jinoyatlar majmui (jami)ni ko’rib chiqishni ma’qul topdik. Jinoyatlar majmui
tushunchasi JK ning 33-moddasida bayon qilingan bo’lib, unga muvofiq JK
Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida
nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir qancha jinoiy qilmishni
sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo’lmasa,
jinoyatlar majmui deb topiladi.
17
Ushbu ta’rifdan kelib chiqqan holda jinoyatlar majmuining quyidagi
huquqiy belgilarini ajratish mumkin:
1) jinoyatlar majmui bir qancha jinoyatlar sodir etishning shakli bo’lib, unga
ko’ra shaxs javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir
etadi;
2) sodir etilgan qilmishlar jinoyat qonuni Maxsus qismining turli
moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan bo’ladi;
3) sodir etilgan jinoiy qilmishlarning birortasi uchun ham shaxs sudlangan
bo’lmaydi.
Shuni aytish kerakki, qonun chiqaruvchi JK 33-moddasida “jinoiy qilmish”
tushunchasini qo’llar ekan, uni keng tushunadi va bu tushunchaga nafaqat tamom
bo’lgan jinoyatlarni, balki jinoyatga tayyorgarlik ko’rish va jinoyat sodir etishga
suiqasd qilish (JK 25-modda) hamda ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat (JK 27-
modda) larni ham kiritadi
1
. Ushbu qilmishlar sodir qilingan paytda qilmishning
jinoyatlar majmui tariqasida baholanishini yuqorida takroran jinoyat sodir etish
tushunchasiga to’xtalganimizda ko’rib chiqqan edik.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-mayda qabul
qilingan “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir
masalalar to’g’risida” gi qarorida tushuntirish berilishicha, jinoyatlar majmui
deganda, shaxs tomonidan Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddalari yoki
bitta moddasi turli qismlarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyat, ular
qasddan yoxud ehtiyotsizlik oqibatida qilinishidan qat’i nazar sodir etilishi
tushunilishi lozim.
Jinoyat kodeksi 33-moddasining ikkinchi qismiga ko’ra, agar shaxs sodir
etgan qilmishda JK Maxsus qismi ayni bir moddasining turli qismlarida nazarda
tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud bo’lsa, u moddaning og’irroq jazo
belgilangan qismi bo’yicha javobgarlikka tortiladi. Bu qoidada faqat bir harakat
bilan kodeks Maxsus qismining bitta moddasida nazarda tutilgan, ammo o’sha
moddaning turli qismlarida kvalifikatsiya qilish mumkin bo’lgan belgilar bor
1
M.H.Jiyanov. Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik // Farg’ona. 2002 yil. 68-bet.
18
qilmishlar nazarda tutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |