“Shaxs bir qilmishi bilan JK
Maxsus qism truli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etsa,
jinoyatlar majmui bo’yicha tayinlangan jazolarning yengilrog’i og’irrog’i bilan
qoplanadi yoxud jazolarni to’la yoki qisman qo’shish bilan orqali uzil-kesil jazo
tayinlanadi”.
Nazarimizda, jazo tayinlashning yuqoridagi qoidalari mamlakatimizda olib
borilayotgan jinoiy-huquqiy siyosatning liberallshtirish mazmun-mohiyatiga, ya’ni
odillik, insonparvarlik prinsiplariga to’la mos keladi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi jazo tizimidagi asosiy jazolardan
biri bu jarima jazosidir. Sud-huquq islohotlari davrida “iqtisodiyot sohasidagi
jinoyat ishlari bo’yicha qamoq va ozodlikdan mahrum etish jazolari o’rniga jarima
shaklidagi iqtisodiy sanksiyani qo’llash imkoniyati ancha kengaytirildi
1
”.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan
jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to’g’risida”gi qarori
2
da ham jarima
tariqasidagi jazo turini nafaqat ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og’ir
bo’lmagan jinoyatlar, balki og’ir jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan
shaxslarga nisbatan ham, agar bu jazo qonun sanksiyasida nazarda tutilgan bo’lsa,
kengroq qo’llash tavsiya etilgan.
1
Karimov I.A. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasi” nomli ma’ruzasi // Xalq so’zi. 2010-yil 13-noyabr.
2
http://www.lex.uz//aha8cnwce65%cib
47
Ushbu ko’rsatmadan kelib chiqqan holda bugungi kunda sud amaliyotida
jarima tariqasidagi jazo keng doirada qo’llanilmoqda. Bir necha jinoyat sodir etish
holatlari ham bundan mustasno emas.
Tergov-sud amaliyotida garchi jarima jazosini qo’llash bilan bog’liq
muammolar ko’zga tashlanmasa-da, ammo advokatlik amaliyoti ushbu jazo
qo’llanilishi bilan bog’liq quyidagi muammo juda ko’p hukmlarda uchrashini
ta’kidlamoqda.
Tuman sudi tomonidan fuqaro A. ga nisbatan JK 182-moddasi birinchi qismi
va 184-moddasi ikkinchi qismi “b” bandi bilan qo’zg’atilgan jinoyat ishi ko’rib
chiqildi. Ish holatlariga qaraganda, A. JK 182-moddasi birinchi qismida
ko’rsatilgan jinoyatni 2013-yilning fevral oyida sodir etgan, JK 184-moddasi
ikkinchi qismi “b” bandida ko’rsatilgan jinoyatni esa, 2014-yilning mart oyida
sodir etgan. Unga nisbatan jinoyat ishi esa, 2015-yilning aprel oyida qo’zg’atilib,
sud tomonidan iyun oyida ko’rib chiqilgan. A. JK ning yuqoridagi moddalari bilan
aybdor deb topilgan va unga nisbatan JK 182-moddasi birinchi qismi bo’yicha eng
kam oylik ish haqining ikki yuz baravari miqdorida jarima jazosi, JK 184-moddasi
ikkinchi qismi bilan ham eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravari miqdorida
jarima jazosi tayinlangan. Jinoyat kodeksi 59-moddasi ikkinchi qismiga ko’ra,
sanskiya doirasida tayinlangan jazolarni qisman qo’shish qoidasi qo’llanilib, eng
kam oylik ish haqining uch yuz baravari miqdorida jarima tariqasida uzil-kesil jazo
tayinlangan
1
. “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti
to’g’risida”gi
qarorda
tushuntirish
berilganki,
jarima
tariqasidagi
jazo
tayinlanganda hukmning qaror qismida jarima miqdori bilan bir qatorda uning
jinoyat sodir etilgan vaqtdagi eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib
hisoblangan, jami summasi ham ko’rsatiladi. Ushbu qoidadan kelib chiqib,
yuqoridagi holatda tuman sudi A. ga nisbatan eng kam oylik ish haqining uch yuz
baravari miqdoridagi jarimani 2014-yil mart oyida amalda bo’lgan eng kam oylik
ish haqi miqdoridan – 96 105 so’mdan kelib chiqib, 300x96 105=28 831 500 so’m
miqdorida jarima to’lashi lozimligini hukmning qaror qismida ko’rsatib
1
Jinoyat ishlari bo’yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tuman sudining 2015-yilgi arxiv ma’lumotlaridan.
48
qo’ymoqda. Lekin nima uchun sud jinoyatlardan biri 2013-yilda sodir etilganligini
va jarima miqdori ham o’sha vaqtdagi eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib
chiqishi kerakigiga e’tibor bermayapti va uzil-kesil jazo tayinlanganda eng kam
oylik ish haqi miqdorini so’nggi jinoyat sodir etilgan paytdagi miqdordan kelib
chiqmoqda? Bu jinoyat qonunining vaqt bo’yicha amal qilish qoidasining buzilishi
emasmi? Vaholanki, A. tomonidan birinchi jinoyat sodir etilgan vaqt ya’ni 2013-
yilning fevral oyida eng kam oylik ish haqi miqdori 79 590 so’m bo’lgan va bu
miqdordan
kelib
chiqib
uzil-kesil
tayinlangan
jarima
hisoblansa,
300x79 590=23877000 so’mni tashkil qiladi va oldingi miqdordan 4954500 so’m
farq qilmoqda. Yoki bo’lmasa, ko’rishimiz mumkinki, sud alohida-alohida jazo
tayinlash vaqtida ikkita jinoyatga bir xil miqdordagi jarima jazosi tayinlagan.
Shundan kelib chiqib qisman qo’shish vaqtida ham ulardan teng miqdorda oladi
deb faraz qilsak, quyidagicha miqdor kelib chiqadi: 150x79500=11925000 so’m,
150x14475000 so’m, jami 11925000+14475000=26400000. Bu miqdor ham
hukmda ko’rsatilgan miqdordan 2 431 500 so’m farq qiladi. Miqdordagi farqlarni
oz summa deb bo’lmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har so’mning o’z o’rni bor
va sud tomonidan jinoyat qonunining prinsipial qoidalaridan birining buzilishi
aybdor shaxsning jazoni tezroq o’tab bo’lib, halol va normal turmush tarziga o’tib
olishiga qandaydir ma’noda xalaqit beradi va shaxs tomonidan yangi jinoyatlar
sodir etilishiga sabab bo’lishi mumkin.
Shu o’rinda aytish kerakki, Oliy sud Plenumining yuqorida qayd etilgan
qarorida ham bir necha jinoyat uchun jarima jazosini tayinlashda qanday qoidaga
amal qilinishi xususida biror tushuntirish mavjud emas.
BMTning Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakti 15-
moddasi 1-bandida “Hech kim sodir etilgan paytida davlatning amalda bo’lgan
ichki qonunchiligi yoki xalqaro qoidaga ko’ra, jinoyat hisoblanmagan biror-bir
harakati yoki kamchilikka yo’l qo’ygani uchun jinoyat sodir etilganlikda aybdor
deb topilishi mumkin emas. Xuddi shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqtda
qo’llanilishi lozim bo’lgan jazoga nisbatan og’irroq jazo berilishi mumkin emas.
49
Аgar jinoyat sodir etilganidan keyin qonun bilan nisbatan yengil jazo belgilansa,
ushbu qonun mazkur jinoyatchilikka nisbatan qo’llaniladi”, deya qayd etilgan
1
.
Shu nuqtayi nazardan quyidagi taklifni ilgari suramiz: Oliy sud
Plenumining “Sudlar tomonidan jazo tayinlash amaliyoti to’g’risida” gi qaroriga
qo’shimcha kiritib, unda bir necha jinoyat uchun jarima jazosi tayinlanayotganda
alohida-alohida jazo tayinlash vaqtida har bir jinoyat sodir qilingan vaqtdagi eng
kam oylik ish haqlari miqdoridan kelib chiqqan holda jarimaning summasini
belgilab olib, uzil-kesil jazo tayinlashda summalarni qo’shish to’g’risida
tushuntirish berilishi kerak. Yoxud uzil-kesil jazo tayinlashda alohida-alohida
tayinlangan jazolardan qancha miqdordan olinganligini ko’rsatib, shu miqdorlar
bo’yicha tegishli eng kam oylik ish haqidan kelib chiqib, uzil-kesil jazo tayinlash
to’g’risida ko’rsatma berilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi, degan fikrdamiz. Zero,
ushbu ko’rsatmalar jinoyat qonunining asl mazmun-mohiyati bo’yicha qo’llanib,
qonunning vaqt bo’yicha amal qilish qoidasi va insonparvarlik hamda odillik
prinsiplarining yanada to’laroq ro’yobga chiqishiga ko’maklashgan bo’lar edi.
Amaliyotda kam bo’lsa-da, uchrab turadigan muammolardan yana biri
shuki, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi bir qancha moddalarida yetkazilgan
moddiy zararning o’rni qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish jazosi
qo’llanilmaydi, degan qism bilan to’ldirilganligi munosabati bilan ozodlikdan
mahrum qilishni tayinlashning qonunda cheklanganligi bir qator muammolarni
keltirib chiqaradi. Masalan, shaxsning qilmishi Jinoyat kodeksi 180-moddasi
(soxta bankrotlik) va 228-modda (hujjatlarni qalbakilashtirish) 1-qismi bilan
jinoyatlar majmui tariqasida kvalifikatsiya qilingan bo’lib, jinoyatlarning biri
uchun ozodlikdan mahrum qilishdan boshqa, ya’ni axloq tuzatish ishlari, ikkinchisi
uchun qamoq yoki boshqa bir jazo turi tayinlangan bo’lsa, uzil-kesil jazo tayinlash
tartibi qanday bo’ladi.
Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun har xil turdagi
jazolarni qo’shish yo’li bilan jazo tayinlashda, ma’lumki, sud O’zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksi 61-moddasida (har xil turdagi jazolarni qo’shishning
1
Sh. Berdiyev // Qonunning vaqt bo’yicha amal qilish instituti. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining
Axborotnomasi. 2015-yil 3-son. 29-bet.
50
hisoblash qoidalari) nazarda tutilgan qoidalarga amal qilib, jazoning og’irroq turini
tayinlashi lozim. Unga ko’ra, har xil turdagi asosiy jazolarni qo’shganda,
ozodlikdan mahrum qilishning bir kuni:
a) qamoq yoki intizomiy qismga jo’natishning bir kuniga;
b) axloq tuzatish ishlari yoki xizmat bo’yicha cheklashning uch kuniga
to’g’ri keladi.
Аmmo ushbu qoidaga ko’ra axloq tuzatish ishlari, qamoq, intizomiy qismga
jo’natish, xizmat bo’yicha cheklash jazolarini bir-biriga qo’shish yoki alohida ijro
etish masalalari tartibga solinmagan. Аmaliyotda esa, ushbu hollarda har xil
turdagi asosiy jazolarni qo’shishda bir kunlik qamoq yoki intizomiy qismga
jo’natishga uch kunlik axloq tuzatish ishlari, bir kunlik qamoqqa, intizomiy qismga
jo’natishning bir kuni va uch kunlik axloq tuzatish ishlariga uch kunlik xizmat
bo’yicha cheklash jazosi muvofiq kelishiga asoslanadilar. Qonunda boshqa jazo
turlarini faqat ozodlikdan mahrum qilish bilan qo’shish va alohida-alohida ijro
etiladigan qoidalar nazarda tutilgan, xolos.
Masalani, yuqoridagi tartibga ko’ra hal qilish, nazarimizda, adolatdan emas,
chunki Jinoyat kodeksi 61-moddasining 1-qismi (jazolarni qo’shishning hisoblash
qoidalari)da nazarda tutilgan qoidalar asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga
tegishlidir.
Аgarda bir necha jinoyat yuzasidan tayinlangan jazolarning biri axloq
tuzatish ishlari, ikkinchisi qamoq bo’lsa, yagona jazo tayinlash masalasi qanday
hal qilinishi kerak? Qonun mazmuniga ko’ra axloq tuzatish ishlari, xizmat
bo’yicha cheklash, muayyan huquqdan mahrum qilish faqat ozodlikdan mahrum
qilish bilan qo’shiladi. Аytaylik, sud jinoyatlar jami tariqasida jinoyatlardan biri
uchun qamoq, ikkinchisi uchun axloq tuzatish ishlari tayinlasa (har ikki jinoyati
uchun javobgarlikka tortilgan normalarning sanksiyasida ozodlikdan mahrum
qilish nazarda tutilmagan bo’lsa), yagona jazo tayinlash qanday hal qilinishi kerak?
Аgarda aybdorning qilmishlari kvalifikatsiya qilingan normalardan birining
sanksiyasida ozodlikdan mahrum etish nazarda tutilgan bo’lsa, sud, albatta,
ozodlikdan maщrum qilishni tayinlaydi. Bunday jazo nazarda tutilmagan hollarda
51
sudlar ana shunday vaziyatdan chiqish uchun qanday harakatlar qiladilar? Bunday
holda ular uchun yagona yo’l qoladi. Ya’ni O’zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksi 61-moddasiga asoslanib, axloq tuzatish ishlarini ozodlikdan mahrum qilish
jazosi bilan almashtirib, so’ng bu jazoga qamoq jazosini to’la yoki qisman qo’shib
jazo tayinlashga majbur bo’ladilar.
Amaliyotda vujudga kelayotgan ushbu muammolarni bartaraf etish
yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan har xil turdagi
jazolarni qo’shish yuzasidan tegishli tushuntirish berilsa yoxud bu tushuntirishni
Jinoyat kodeksida norma sifatida belgilab qo’yilsa, qonundagi ushbu bo’shliq
bartaraf etilgan bo’lardi, degan fikrdamiz.
Tuman sudi tomonidan fuqaro S. ga nisbatan jinoyat ishi ko’rib chiqilib, JK
188-moddasi (noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish) va 278
5
-
moddasi (kompyuter sabotaji) bilan aybdor deb topilgan. Ushbu moddalar
sanksiyalarida muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi qo’shimcha jazo
tariqasida nazarda tutilgan va agar ish bo’yicha JK 57-moddasida nazarda tutilgan
holatlar mavjud bo’lmasa, qo’llanilishi majburiydir. Shunga ko’ra, sud S. ga 188-
moddasi bo’yicha eng kam oylik ish haqining to’rt yuz baravari miqdorida jarima
va ikki yil davomida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqidan mahrum
qilish jazosini tayinlagan. JK 278
5
-moddasi bo’yicha esa, eng kam oylik ish
haqining uch baravari miqdorida jarima va bir yil davomida kompyuter xizmatlari
faoliyati bilan shug’ullanish huquqidan mahrum etilgan. JK 59-moddasi yettinchi
qismiga asosan, jinoyatlar majmui bo’yicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim
jinoyatlar uchun tayinlangan qo’shimcha jazolarni ham qo’shishi mumkin. Bunda
muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo’shimcha jazoning uzil-kesil
tayinlangan muddati JK ning 45-moddasida nazarda tutilgan eng ko’p muddatdan
ortiq bo’lmasligi lozim. “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti
to’g’risida”gi qarorda quyidagicha tushuntirishar berilgan: bir necha jinoyat sodir
etganlikda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan qo’shimcha jazo turi va miqdori
asosiy jazo singari har bir harakat uchun alohida, so’ngra esa jinoyatlar majmui
bo’yicha uzil-kesil tayinlanishi lozim. Аgar qo’shimcha jazo jinoyatlar majmuiga
52
kiruvchi birorta ham jinoyat uchun tayinlanmagan bo’lsa, u jinoyatlar majmui
bo’yicha qo’llanilishi mumkin emas.
Аgar jinoyatlar majmuiga kiruvchi ikki va undan ko’p jinoyat uchun aynan
bir turdagi qo’shimcha jazo tayinlangan bo’lsa, uning uzil-kesil miqdori ko’proq
qo’shimcha jazo muddatini ko’zda tutuvchi modda sanksiyasi doirasida ularni to’la
yoki qisman qo’shish orqali, jinoyat qonuni moddasida muddat belgilanmagan
yoki qo’shimcha jazo JK 45-moddasi asosida qo’llanilgan bo’lsa, ushbu jazo turi
uchun belgilangan maksimal muddat doirasida belgilanadi (46-band). 52-bandda
ham shu qoida takrorlangan: ikki yoki undan ortiq jinoyatlar majmui bo’yicha
qo’shimcha jazo belgilashda, agar alohida jinoyatlar uchun tayinlangan jazo bir
turga mansub bo’lsa, sud ushbu qo’shimcha jazo turi uchun belgilangan maksimal
muddat doirasida ularning yengilrog’ini og’irrog’i bilan qoplash yoki ularni to’la
yoki qisman qo’shish qoidasi bo’yicha uzil-kesil jazo tayinlaydi.
Xo’sh, yuqoridagi keltirilgan misolda qo’shimcha jazolar qay tartibda
qo’shiladi? Bu o’rinda ikkita jinoyat yuzasidan ham bir xil qo’shimcha jazo –
muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi tayinlanmoqda, faqat mahrum
qilinayotgan huquqlar har xil.
Ushbu holatda bu qo’shimcha jazolarga nisbatan to’la yoki qisman qo’shish
qoidalari qo’llanilmaydi va ular alohida-alohida tayinlanadi
1
.
Garchi bir necha jinoyatlar uchun tayinlanayotgan qo’shimcha jazo bir xil –
muayyan huquqdan mahrum qilish bo’lsa-da, mahrum qilinayotgan huquqlar turli
xil bo’lganligi uchun sud ularni alohida tayinlaydi: ikki yil davomida tadbirkorlik
faoliyati bilan shug’ullanmaslik va bir yil kompyuterlarga xizmat ko’rsatish
faoliyati bilan shug’ullanmaslik. Mazkur holatni Oliy sud Plenumining qarorida
“agar bir necha jinoyatlar uchun qo’shimcha jazolar tariqasida muayyan huquqdan
mahrum qilish tayinlansa va ular turli xil huquqlarni nazarda tutsa, ular alohida
tayinlanadi” tarzida belgilab qo’yishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz.
1
Usmonaliyev M. Jazo tayinlash // O’quv qo’llanma. “Yangi asr avlodi”. Toshkent – 2003. 84-bet.
53
2.2. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlash qoidalarini takomillashtirish
bo’yicha ayrim xorijiy davlatlar tajribasi
Bir necha jinoyatlar sodir etish va ular uchun jazo tayinlash masalasi
yuzasidan ayrim xorijiy davlatlar tajribasini o’rganganimizda guvoh bo’ldikki,
Ispaniya, Yaponiya, Germaniya kabi davlatlarda bu masala jinoyat qonunchiligida
jazoga bag’ishlangan bo’lim doirasida, Rossiya, Qozog’iston, Belarus kabi
davlatlarda esa, jazo bilan birgalikda jinoyatga bag’ishlangan bo’lim doirasida
ham tartibga solingan. Quyida ushbu davlatlar qonunchiligining bir necha
jinoyatlar uchun jazo tayinlash bo’yicha o’ziga xos xususiyatlarini qiyosiy-tahlil
qilgan holda ko’rib chiqamiz.
Yuqoridagi
paragraflarda
ham
aytib
o’tgan
edikki,
Rossiya
Federatsiyasining 2003-yil 8-dekabrdagi federal qonuniga muvofiq bir qancha
jinoyatlarning shakli sifatida takroran jinoyat sodir etish Jinoyat kodeksidan
chiqarib tashlangan. Hozirda jinoyatlar majmui va retsidiv jinoyat bir qancha
jinoyatlarning shakllari sifatida tan olinadi.
Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi 10-bobida “Jazo tayinlash” deb
nomlanib, unda har qaysi jinoyat uchun alohida holda jazo tayinlash tartibi
mustaqil belgilangan. Ya’ni yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo’lganda (62-
modda), jinoyat uchun qonunda ko’rsatilganidan ham yengilroq jazo tayinlash (64-
modda), tamom bo’lmagan jinoyatlar uchun jazo tayinlash (66-modda);
ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayinlash (67-modda); retsidiv
jinoyat uchun jazo tayinlash (68-modda); jinoyatlar majmui uchun jazo tayinlash
(69-modda); hukmlar jami uchun jazo tayinlash (70-modda)
1
.
Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 69- moddasining 2-qismida
“Аgar jinoyatlar majmui tariqasida sodir etilgan jinoyatlar uncha og’ir bo’lmagan
yoki ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatlar bo’lsa, yoki og’ir yoki o’ta og’ir
jinoyatlarga tayyorgarlik bo’lsa, yoxud og’ir yoki o’ta og’ir jinoyatga suiqasd
qilingan bo’lsa, yengilroq jazoni og’irrog’i bilan qoplab yoxud to’la yoki qisman
qo’shish yo’li bilan uzil-kesil jazo tayinlanadi. Bunda tayinlangan uzil-kesil
1
http://www.consultant.ru/codes/russian/criminal3cn5%cna
54
jazoning muddati yoki miqdori jinoyatlar majmuiga kiruvchi sodir etilgan
jinoyatlarning eng og’iri uchun belgilangan maksimal muddatning yarimidan ortiq
bo’lishi mumkin emas.”
Ushbu moddaning uchinchi qismiga ko’ra esa, agar sodir etilgan jinoyatlar
majmuiga kiruvchi jinoyatlardan loaqal biri og’ir yoki o’ta og’ir jinoyat bo’lsa,
jazolarni qisman yoki to’la qo’shish yo’li bilan uzil-kesil jazo tayinlanadi. Bunda
agar ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanadigan bo’lsa, uzil-kesil
tayinlangan jazo jinoyatlar majmuiga kiruvchi jinoyatlardan eng og’iri uchun
belgilangan maksimal muddatning yarmidan oshishi mumkin emas.
Mazkur moddaning to’rtinchi qismida esa, jinoyatlar majmui uchun
qo’shimcha jazolarni qo’llash tartibi yoritilgan. Unga ko’ra, tayinlangan
qo’shimcha jazolar Jinoyat kodeksi Umumiy qismida ko’rsatilgan maksimal
muddat doirasida to’la yoki qisman qo’shiladi.
Yuqoridagilardan ko’rishimiz mumkinki, Rossiya Federatsiya jinoyat
qonunchiligida jinoyatlar jami bo’yicha tayinlanadigan uzil-kesil jazo muddati
yoki miqdoriga cheklash qo’yilmoqda, ya’ni sodir etilgan jinoyatlarning eng og’iri
uchun belgilangan eng ko’p muddatning yarmidan ortiq bo’lishi mumkin emas.
Bu holat ham insonparvarlik va jinoiy jazolarni liberallashtirish siyosatining
mazmun-mohiyatiga mos keladi va shu nuqtayi nazardan ushbu normalarni milliy
qonunchiligimizga joriy qilish masalasini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’lar
edi.
Ispaniya Jinoyat kodeksining tahlili shuni ko’rsatadiki, bir qancha
jinoyatlarning ikki shakli mavjud: jinoyatlar jami va retsidiv. Jazo tayinlash
qoidalariga bag’ishlangan bobda jinoyatlar jami xususida so’z boradi. Mazkur JK
ning 73-moddasiga muvofiq, jinoyatlar jami deganda, aybdor tomonidan ikki yoki
undan ortiq jinoyatlarni yoki ijtimoiy xavfli qilmisharni sodir etish tushuniladi.
Ispaniya Jinoyat kodeksi shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatlar sodir
etilganida, uzil-kesil yagona jazo tayinlash qoidalarini nazarda tutmaydi. Ushbu
hollarda Jinoyat kodeksining 73-moddasiga ko’ra, jazolar birgalikda ijro etish
55
uchun tayinlanadi. Аgar u yoki bu jazoni birgalikda ijro etish mumkin bo’lmasa,
ular ketma-ketlik bilan og’iridan yengiliga navbatida mustaqil ijro etiladi.
Ispaniya Jinoyat kodeksining 76-moddasi jinoyatlar jami bo’yicha jazo
tayinlashning maksimal chegarasini belgilaydi. Jinoyatlar jami bo’yicha
tayinlangan jazo eng og’ir jazoning uch karrasidan oshib ketmasligi kerak.
Quyidagi holatlarda maksimal chegara:
- agar shaxs ikki yoki undan ortiq jinoyat uchun sudlanayotgan bo’lsa va
ulardan biri uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi
belgilangan bo’lsa, 25 yilni;
- agar shaxs ikki yoki undan ortiq jinoyat uchun sudlanayotgan bo’lsa va
ulardan biri uchun 20 yildan ortiq ozodlikdan mahrum qilish jazosi
nazarda tutilgan bo’lsa, 30 yilni tashkil etadi.
Ispaniya Jinoyat kodeksining 77-moddasida jinoyatlarning ideal jami uchun
jazo tayinlash haqida so’z boradi. Ushbu moddadagi qoida “bir harakat bilan ikki
yoki undan ortiq huquqbuzarlikni sodir etish” haqida hisoblanadi, ya’ni jinoyatlar
ideal jamiga nisbatan qo’llaniladi. Bunda tayinlanadigan uzil-kesil jazo sodir
etilgan jinoyatlarning og’irrog’i uchun tayinlanadigan jazodan kelib chiqadi va bu
holatda jazo jinoyatlar uchun alohida-alohida jazo tayinlashga nisbatan yengilroq
bo’lishi kerak
1
.
Shundan kelib chiqib, aytishimiz mumkinki, Ispaniya jinoyat qonunchiligi
bo’yicha jinoyatlar ideal jami bo’yicha tayinlanadigan jazo jinoyatlar real majmui
bo’yicha tayinlanadigan jazoga nisbatan yengildir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Ispaniya jinoyat qonunchiligining
ijobiy jihatlari sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tishimiz mumkin:
jinoyatlar ideal jamiga kodeksda ta’rif berilganligi va jinoyatlar ideal jami va
jinoyatlar real jami uchun jazo tayinlashning alohida tartiblari belgilanganligi;
jazolarni birgalikda ijro etishning imkoni bo’lmasa ularni og’iridan yengiliga
navbatida ijro etish to’g’risida qoida belgilanganligi.
1
http://legislationline.org/ru/documents/section/criminal-codes/spain3cni8%
56
Bitiruv-malakaviy ishining yuqoridagi paragraflarida bir necha jinoyat sodir
etish shakllari sifatida jinoyatlar ideal jami va jinoyatlar real jamini ajratish hamda
ular uchun jazo tayinlashning alohida tartiblarini ishlab chiqish to’g’risida takliflar
berilgandi. Bu takliflar mazmun jihatidan Ispaniya jinoyat qonunchiligiga
monanddir.
Yaponiya Jinoyat kodeksida bir necha jinoyat sodir etishning ikki turi
ko’rsatilgan: jinoyatlar majmui va retsidiv jinoyat. Jinoyat kodeksining 9-bobi
jinoyatlar majmuiga bag’ishlangan. Jinoyat kodeksining 45-moddasiga muvofiq,
jinoyatlar majmui – bu, hali sud qarori chiqarilmagan shaxs tomonidan bir necha
jinoyatlarni sodir etishdir. Yaponiya Jinoyat kodeksining 54-moddasida
jinoyatlarning ideal jami tushunchasi berilgan va shu moddaga asosan “Аgar bir
qilmish bir necha jinoyat tarkiblariga to’g’ri kelsa yoki harakat jinoyat sodir etish
vositasi, yoxud uning oqibati bo’lib, boshqa jinoyat tarkibiga to’g’ri kelsa,
qonunda nazarda tutilgan jazolarning og’iri tayinlanadi”.
Jinoyat kodeksi 9-bobida jinoyatlar jami uchun jazo tayinlash qoidalari
belgilangan. Unga ko’ra, jinoyatlar jamiga kiruvchi eng og’ir jinoyat uchun
og’irroq jazoni qo’llash usuli va jazolarni qoplash usullari qo’llaniladi.
Yaponiya Jinoyat kodeksining 46-moddasiga muvofiq, “Agar jinoyatlar
jamiga kiruvchi jinoyatlardan biri uchun o’lim jazosi belgilangan bo’lsa, boshqa
jazo chorasi qo’llanilmaydi, mol-mulkni musodara qilish jazosi bundan istisno”.
Jinoyatlar jami bo’yicha jarima va boshqa jazolar birgalikda qo’llanilishi
mumkin. Jinoyatlar jamiga kiruvchi jazolar uchun o’lim jazosi belgilangan hollar
bundan mustasno
1
.
Germaniya Federativ Respublikasida bir qancha jinoyatlar sodir etish va ular
uchun jazo tayinlash bilan bog’liq jihatlar Jinoyat kodeksining uchinchi bo’limi 3-
bobida berilgan bo’lib, “Qonunlarni bir necha marta buzganlik uchun jazo
choralari” deb nomlanadi. Ushbu bobning 52-paragrafiga ko’ra, “agar bir yoki
shunga o’xshash qilmish bir necha jinoyat qonunlari bir qonunni ko’p marotaba
buzsa, bitta jazo qo’llaniladi”. Ushbu paragraf mazmuni tahlili shuni ko’rsatadiki,
1
http://legislationline.org/ru/documents/section/criminal-codes/japan62bscn3cni3%
57
uning mazmuni Germaniya Federativ Respubikasi Jinoyat kodeksi bo’yicha bir
qancha jinoyat sodir etish haqida emas, bir necha qonunlarni yoki bir qonunni bir
necha marta buzish haqida boryapti.
Agar bir necha jinoyat qonunlari buzilsa, og’ir jazo belgilangan qonun bilan
jazo tayinlanadi. Bunda boshqa qo’llanilishi mumkin bo’lgan qonunlarga
qaraganda jazo yengilroq bo’lishi mumkin emas.
Bu holatda gap jinoyatlarning ideal majmui haqida bormoqda. Germaniyada
jinoyatlarning ideal majmui yagona jinoyat sifatida qaraladi va ushbu yagona
jinoyatga bitta asosiy jazo tayinlanadi.
Germaniya Jinoyat kodeksining ko’rib chiqilayotgan bobi 53-paragrafi
qilmishlar jamiga bag’ishlangan. Garchi bu paragrafda qilmishlar jami tushunchasi
ochib berilmasa-da, ushbu paragraf mazmunidan, shuningdek 55-paragrafdan kelib
chiqib, qilmishlar jamini quyidagicha tushunish mumkin: shaxs tomonidan
sudlangunga qadar bir qancha jinoyatlar sodir etish. 53-paragrafning 1-moddasiga
muvofiq, agar shaxsning sodir etgan bir qancha jinoiy qilmishi uchun bir vaqtda
bir necha hukmlar chiqarilgan bo’lsa, uning oqibatida bir necha ozodlikdan
mahrum qilish yoki bir necha jarima jazolari tayinlangan bo’lsa, unda yagona jazo
qo’llaniladi. Ko’rinib turibdiki, jinoyatlar jami uchun jazo tayinlash ikki bosqichda
amalga oshiriladi: birinchi bosqichda alohida jinoyatlar uchun jazo tayinlansa,
ikkinchi bosqichda umumiy uzil-kesil jazo tayinlanadi. 54-paragrafda bayon
etilgan qoidaga binoan, umumiy jazo jinoyat uchun tayinlangan maksimal jazo
ko’paytirish yo’li bilan belgilanadi.
Umumiy jazo miqdori muddatli jazolarda – ozodlikdan mahrum qilish uchun
o’n besh yildan, mulkiy jazolarda shaxs jami mulkining yarmidan, jarimalarda –
720 kunlik jarima stavkalaridan oshmasligi kerak
1
.
Germaniya Federativ Respublikasi Jinoyat kodeksida jinoyatlar jami uchun
jazo tayinlashning juda liberal qoidalari belgilangan: har bir sodir etilgan jinoyatlar
uchun tayinlangan jazolar to’liq qo’shilmaydi, ozodlikdan mahrum qilishning eng
ko’p muddati o’n besh yildan oshmasligi kerak.
1
http://www.juris.de/legislature/codes/criminal/djai3n2%.ji4
58
GFR Jinoyat kodeksini tahlil qilish natijasida quyidagi xulosalar qilindi: bir
necha jinoyat sodir etganlik uchunmas, balki qonunlarni bir necha marta buzganlik
uchun jazo choralari belgilangan; ushbu qoidalarda JK ning jazo tayinlash
to’g’risidagi bo’limida berilgan bo’lib, bir qancha jinoyatlarga bag’ishlangan
alohida bob yoki bo’lim mavjud emas.
Germaniya Federativ Respublikasi jinoyat qonunchiligining e’tiborli jihati
shuki, u o’ta liberal xarakterga ega. Bu avvalo, ushbu davlat rivojlanishining
yuksak darajada ekanligi bilan bog’liq. O’zbekiston Respublikasida ham mamlakat
va jamiyat taraqqiyoti bilan hamohang tarzda jazolarni liberallashtirish siyosati
davom ettirilmoqda.
1999-yilning 2-iyunida qabul qilingan Belarus Respublikasi Jinoyat
kodeksida bir qancha jinoyatlar sodir etish haqidagi normalar mavjud. Kodeksning
yettinchi bobi “Bir qancha jinoyatlar” deb nomlanib, ushbu bobda bir qancha
jinoyatlarning quyidagi shakllari qayd etilgan: takroriy jinoyatlar, jinoyatlar jami
va retsidiv jinoyat.
Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksining 41-moddasiga muvofiq, Jinoyat
kodeksi Maxsus qismi bir moddasida ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etish
takroriy jinoyat deb topiladi. Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksining 10-bobi
“Jazo tayinlash” deb nomlanib, uning bitta moddasida jinoyatlar jami uchun jazo
tayinlash tartibi belgilangan. Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksining 71-
moddasiga muvofiq, “agar Kodeks Maxsus qismi moddasining turli qismlarida
nazarda tutilgan bir xil turdagi jinoyatlar takroran sodir etilsa yoki birinchi holatda
tamomlangan jinoyat, ikkinchi holatda xuddi shunday tamomlanmagan jinoyat
sodir etilsa yoxud birinchi holatda shaxs bajaruvchi, ikkinchi holatda xuddi
shunday jinoyatning boshqa ishtirokchisi bo’lsa, har bir jinoyat alohida baholanadi.
Ushbu holatda har bir jinoyat uchun alohida jazo tayinlanadi va yengilroq jazoni
og’irrog’i bilan qoplash orqali uzil-kesil jazo tayinlanadi”.
Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksi 42-moddasida jinoyatlar majmui
tushunchasi berilgan: “Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddalarida
59
nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatlarni sodir etish, jinoyatlar jami deb
topiladi.
“Jazo” deb nomlangan bo’limda jinoyatlar jami bo’yicha jazo tayinlash
qoidalari belgilangan. Belarus Jinoyat kodeksi 72-moddasiga ko’ra, jinoyatlar jami
yuzasidan jazo tayinlashda sud har bir jinoyat uchun asosiy va qo’shimcha
jazolarni tayinlab, yengilroq jazoni og’irrog’i bilan qoplash yoki jazolarni qisman
yoki to’liq qo’shish yo’li uzil-kesil jazoni tayinlaydi.
Agar jinoyatlar jamiga hech bo’lmaganda bitta og’ir jinoyat kirsa, unda
Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksi 72-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, uzil-
kesil jazo jazolarni qisman yoki to’liq qo’shish yo’li bilan tayinlanadi. Bunda
ozodlikdan mahrum qilish jazosi sifatida uzil-kesil jazo yigirma yildan oshib
ketmasligi kerak.
Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi kabi davlatlar Jinoyat
kodekslarining jazo tayinlash borasidagi o’izga xos xususiyatlari shundaki, ularda
retsidiv jinoyatlar uchun jazo tayinlashning alohida tartiblari nazarda tutilgan.
Xususan, Belarus Respublikasi Jinoyat 65-moddasida retsidiv jinoyat sodir
etilganda jazo tayinlash qoidalari belgilangan bo’lib, unga ko’ra, retsidiv jinoyat
uchun ushbu jinoyat uchun belgilangan og’irroq jazo miqdorining yarmidan, xavfi
retsidiv uchun uchdan ikki qismidan, o’ta xavfli retsidiv jinoyat uchun to’rtdan uch
qismidan kam bo’lmasligi kerak.
Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksi 64-moddasida retsidiv jinoyat
javobgarlikni og’irlashtiruvchi holat sifatida belgilangan
1
.
Retsidiv jinoyatlar uchun jazo tayinlashning alohida tartibi belgilash
masalasi Jiyanov M.H. ning ilmiy ishida ham ilgari surilib, O’zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksiga 59
1
-modda kiritishni taklif qilgan. E’tiborli jihati,
uning taklifi Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksi 65-moddasi bilan mazmunan
deyarli bir xil
2
.
1
http://www.pravo.kulichki.com/vip/uk/indeks.htm/hs79ss%
2
Qarang: Jiyanov M.H. Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik muammolari: 12.00.08-Jinoyat huquqi
va kriminologiya; yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya / Ilmiy maslahatchi:
M.H.Rustamboyev. – T., 2012. 251-bet.
60
Yuqoridagi tahlillardan ko’rishimiz mumkinki, rivojlangan davlatlarning
aksariyatida bir qancha jinoyat sodir etishning ikki shakli – jinoyatlar majmui va
restsidiv jinoyat nazarda tutilgan. Bu holatning ijobiy jihat ekanligini yuqoridagi
paragraflarda asoslashga harakat qilgan edik. Shu nuqtayi nazardan, bu ijobiy
jihatni mamlakatimiz jinoyat qonunchiligiga tadbiq etsak, bu jinoyat-huquqiy
liberallashtirish siyosatining mazmun-mohiyatiga mos kelardi va inson va fuqaro
huquqlarining ishonchli kafolati sifatida odillik va insonparvarlik prinsiplarining
to’laroq ro’yobga chiqishi uchun xizmat qilardi, degan fikrdamiz.
Shuningdek, Ispaniya jinoyat qonunchligining jinoyatlar ideal jami va
jinoyatlar real jami uchun jazo tayinlashning alohida tartibini belgilashdek, ijobiy
tomonini ham o’zlashtirish zarur. Zero, jinoyatlar ideal jami va jinoyatlar real
jamining ijtimoiy xavflilik xususiyatlar bir-biridan ma’lum darajada farq qiladi.
Shuningdek, retsidiv jinoyat uchun ham jazo tayinlashning alohida tartibi
belgilansa, maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |