Ammo sud amaliyotida bitta moddaning turli
qismlarida nazarda tutilgan turli vaqtlarda sodir etilgan bir-biridan tamoman
alohida-alohida bo’lgan jinoyatlar uchun jazo tayinlashda sodir qilingan
jinoyatlarning eng og’iri bilan jazo tayinlashdek jiddiy xatolar juda kam bo’lsa-da
uchrab turadi.
Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatlarning ideal jami va jinoyatlarning real
jami tushunchalari mavjud. Yuqorida nomi qayd qilingan Oliy sud Plenumi
qarorida ham bu tushunchalarga to’xtalib o’tilgan bo’lib, jinoyatlar real majmui
ikki va undan ortiq, har qaysisi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli moddalarida
(moddasi turli qismlarida) nazarda tutilgan muayyan jinoyat tarkibini tashkil
etuvchi, jinoiy qilmish sodir etilganda mavjud bo’ladi.
Jinoyatlar ideal majmuida esa, aybdorning bitta xatti-harakatida Jinoyat
kodeksi Maxsus qismi turli moddalarida (moddasi turli qismlarida) nazarda
tutilgan kamida ikkita jinoyat tarkibi belgilari mavjud bo’lib, qilmish ushbu
normalardan birortasi bilan ham to’liq qamrab olinmaydi.
V.P. Malkov jinoyatlarning ideal jami sun’iy ravishda tuzilgan yuridik
konstruksiya bo’lmasdan shaxsning bir harakati bilan ikki yoki undan ortiq jinoyat
sodir etish natijasidir - deb yozadi. M.M. Isayev, N.D. Durmanovlar jinoyatlarning
ideal jami aybdorning bir harakati bilan ikki yoki undan ortiq jinoyat tarkiblarini
bajarishidir, desa, Krasikov Y.А. Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli
moddalari bilan qo’riqlanadigan turli obyektlariga zarar yetkazish yoki har xil
yoxud bir qancha oqibatlarni kelib chiqishi bilan bog’liq bo’lgan yagona jinoiy
qilmishdir
1
, deb yozadi.
Bu borada mamlakatimiz olimlaridan M.H. Jiyanov salmoqli ish olib borgan
va u jinoyatlar ideal jami hamda jinoyatlar real jami tushunchalarini Jinoyat
kodeksida norma darajasida belgilab qo’yishni taklif qilgan: “Jinoyat kodeksi
Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida
nazarda tutilgan javobgarlikka tortilladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni
1
Usmonaliyev M. Jazo tayinlash. O’quv qo’llanma. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2003. – 37-b.
19
turli vaqtlarda sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs hali sudlangan
bo’lmasa, jinoyatlar real majmui deb topiladi.
Bir harakat bilan Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddalarida
nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish jinoyatlar ideal
majmui deb topiladi”
1
.
M.H. Jiyanov jinoyatlar ideal jami va jinoyatlar real jami tushunchalarini
huquqiy norma sifatida belgilab qo’yish orqali ushbu qoidalarni jazo tayinlashga
ham tadbiq etishni taklif etgan. Chunki, uning fikricha jinoyatlar ideal jamining
ijtimoiy xavflilik darajasi jinoyatlar real jamining ijtimoiy xavfliligidan kamroq.
Jinoyatlar real jami va ideal jamining bir necha jinoyatlar uchun jazo
tayinlashdagi o’ziga xos xususiyatlarini keyingi paragraflarda ko’rib chiqamiz.
1
Batafsil qarang: Jiyanov M.H. Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik muammolari: 12.00.08-Jinoyat
huquqi va kriminologiya; yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya / Ilmiy
maslahatchi: M.H.Rustamboyev. – T., 2012. 157-bet
20
1.2. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashning rivojlanish tarixi, huquqiy
asoslari va unda odillik prinsipining namoyon bo’lishi
Bir qancha jinoyatlar sodir etish institutining tarixiy jihatlariga e’tibor
qaratsak. Bu boradagi dastlabki norma RSFSR ning 1922-yildagi Jinoyat kodeksi
bo’lib, bu hujjat Turkiston hududida ham amal qilgan. Ushbu kodeksning 29-30-
moddalarida jinoyatlar ideal jami va real jami uchun jazo tayinlash qoidalari
nazarda tutilgan bo’lib, jumladan 29-moddaga ko’ra, “Аgar aybdor sodir etgan
qilmishda kodeksning turli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning belgilari
mavjud bo’lsa, sud og’irroq jazoni nazarda tutuvchi modda asosida jazo tayinlashi”
belgilangan.
O’zbekiston SSRning 1926-yilda qabul qilingan Jinoyat kodeksida
jinoyatlarning ideal majmui bir necha jinoyat sodir etish shakllariga kiritilib, unga
ko’ra: “Agar shaxsning sodir etgan qilmishida bir necha jinoyat belgilari mavjud
bo’lsa, jumladan hukm chiqarilgunga qadar shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq
jinoyatlar sodir etilgan bo’lsa, ijtimoiy ta’sir choralari eng og’ir chorani nazarda
tutuvchi jinoyat yuzasidan tayinlanadi.
1959-yilda qabul qilingan O’zbekiston SSR Jinoyat kodeksining yuqoridagi
qonunlardan farqli jihati shunda ediki, unda bir necha jinoyatlar uchun jazo
tayinlashning yangi qoidalari, jumladan jazolarni to’la yoki qisman qo’shish
qoidasi nazarda tutilgan edi.
E’tiborli jihati shundaki, yuqoridagi qonunlarning birortasida bir qancha
jinoyatlar instituti nazarda tutilmagan bo’lib, ularda ushbu qoidalar jazo tayinlash
instituti doirasida belgilab berilgan edi.
O’zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan
amaldagi Jinoyat kodeksida bir necha jinoyatlarning nazariy tushunchalari, ular
uchun jazo tayinlashning qoidalari belgilab berilgan.
Unga ko’ra quyidagi hollarda bir necha jinoyat sodir qilganlik uchun jazo
tayinlash lozimligi to’g’risidagi qoidalar qonuniy ifodasini topgan:
a) jinoiy harakat Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddalari bilan
kvalifikatsiya qilinganida;
21
b) ish bo’yicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning birinchi
hukmgacha yana boshqa jinoyatda aybdorligi aniqlangan hollarda;
v) shaxs bir xildagi yoki turli xildagi bir necha harakatlarni sodir etgan
bo’lib, ulardan biri tugallangan jinoyat tariqasida, boshqalari esa jinoyatga
tayyorgarlik ko’rish, suiqasd qilish yoki ishtirokchilik tariqasida kvalifikatsiya
qilinganida.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida va 14-
moddasida ko’rsatilganki, davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini
ko’zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Ijtimoiy
adolat keng ma’nodagi tushuncha bo’lib, har bir huquq instituti o’zida ushbu
prinsipning qaysidir tomonini qamrab oladi. Ushbu prinsipning jinoiy-huquqiy
tomoni O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining odillik prinsipi bilan qamrab
olingan, desak xato qilmaymiz.
Odillik prinsipi jinoyat qonunining eng muhim prinsiplaridan biri
hisoblanadi va u JK ning 8-moddasida aks etgan: “Jinoyat sodir etishda aybdor
bo’lgan shaxsga nisbatan qo’llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi
odilona bo’lishi, ya’ni jinoyatning og’ir yengilligiga, aybning va shaxsning
ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo’lishi kerak.
Hech kim bitta jinoyati uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin
emas”.
Jazoning odilligi prinsipi jazo turlari, tizimi, jinoiy javobgarlik va jazodan
ozod qilish to‘g‘risidagi normalarda ham o‘z aksini topgan.
Jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo va boshqa
huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi uchun quyidagi:
- qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi (jinoyat natijasida yetkazilgan
zararning miqdori va uni sodir etish usuli) va xususiyati (jinoiy tajovuz obyekti);
- aybdorning shaxsi (jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli) va uning xavflilik darajasi;
- jinoyat sodir etish holatlari, ya’ni jazoni og‘irlashtiruvchi va
yengillashtiruvchi holatlar;
22
- aybning darajasi (shakli – qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) muvofiq
bo‘lishi kerak.
Odillik prinsipining “hech kim aynan bitta jinoyati uchun ikki marta
javobgarlikka tortilishi mumkin emas” degan asosiy qoidasi xalqaro-huquqiy va
konstitutsiyaviy prinsip hisoblanadi.
Jinoyat huquqi odillik prinsipining mohiyati shundaki, shaxs sodir etgan
qilmishning jinoiyligi jinoyat qonunida belgilangan holatlar va ishonchli dalillarga
asoslangan hollardagina u jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ushbu prinsip qonuniylik,
fuqarolarning qonun oldida tengligi va insonaprvarlik prinsiplari bilan bevosita
bog‘liqdir
1
.
Ma’lumki, jinoyatlar o’z ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra to’rtta guruhga
bo’linadi (JK 15-modda) va har bir darajadagi jinoyat uchun jinoyatlar majmui
tariqasida jazo tayinashning alohida qoidasi belgilangan. Bu ham odillik prinsipi
namoyon bo’lishining bir ko’rinishidir.
Jinoyat qonunchiligini liberallashtirish jarayonida bir necha jinoyatlar sodir
etganlik uchun jazo tayinlash to’g’risidagi JK ning normasiga bir necha marotaba
o’zgartirishlar kiritildi. Xususan, 1994-yilda Jinoyat kodeksida bir necha jinoyatlar
yuzasidan jazo tayinlashda jazoning yengilrog’ini og’irrog’i bilan qoplash qoidasi
nazarda tutilmagan bo’lsa, 2004-yil 27-avgustda qabul qilingan “O’zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish
to’g’risida”gi Qonuniga binoan Jinoyat kodeksining 59-moddasi yangi tahrirda
qabul qilinib, jazoning yengilrog’ini og’irrog’i bilan qoplash qoidasi ham nazarda
tutildi.
Jinoiy jazolarni liberallashtirishning keyingi davrida o’lim jazosini bekor
qilinishi va uning o’rniga uzoq muddatli hamda umrbod ozodlikdan mahrum qilish
jazolarining tadbiq etilishi munosabati bilan JK ning 59-moddasiga ham
o’zgartishlar kiritilib, sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun umrbod ozodlikdan
mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanganda yengilroq turdagi jazoni umrbod
1
Rustamboyev M.H. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Oliy O’quv yurtlari uchun darslik. – T.: “ILM ZIYO”, 2005.
– 38-b.
23
ozodlikdan mahrum qilish bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanishi
to’g’risidagi, sodir etilgan jinoyatlardan bittasi uchun uzoq muddatli ozodlikdan
mahrum qilish jazosi tayinlanganda jazolarni to’la yoki qisman qo’shish yoxud
yengilroq jazoni og’irrog’i bilan qoplash orqali jazo uzil-kesil tayinlanishi
to’g’risidagi qoidalar kiritildi.
Jinoyat kodeksining XI bobi jazo tayinlash masalalariga bag’ishlangan
bo’lib, 54-moddaga ko’ra, jinoyat sodir etishda qonunda belgilangan tartibda aybli
deb topilgan shaxs jazoga tortiladi. Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning
xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan
zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni
yengillashtiruvchi va og’irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi.
Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash tartibiga e’tibor
beradigan bo’lsak, sud har qaysi jinoyat uchun alohida-alohida jazo tayinlab,
so’ngra tayinlangan yengilroq jazoni og’irrog’i bilan qoplash yoxud tayinlangan
jazolarni to’la yoki qisman qo’shish yo’li uzil-kesil jazo tayinlaydi.
Mutaxassislar oarsida ham jazo tayinlashning bu tartibi, ya’ni oldin har bir
jinoyat uchun alohida jazo tayinlab, so’ng uzil-kesil jazo tayinlash yuzasidan har
xil yondashuvlar mavjud: xususan, N.А.Belyakov “Sud jinoyatlar jamiga kiruvchi
har bir jinoyat uchun jazo tayinlashda har bir jinoyatni bir-biridan alohida holda
jinoyat hodisasining o’zi deb qaramasligi kerak. Bundan tashqari, sud bir necha
jinoyat sodir etilganligini esdan chiqarmasligi kerak. Jazo tayinlashning umumiy
asoslariga ko’ra jazo tayinlashda faqat jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik
darajasigina emas, balki aybdorning shaxsi, jazoni yengillashtiruvchi va
og’irlashtiruvchi holatlarni ham hisobga oladi. Bundan tashqari, ikkinchi va undan
oldin sodir etilgan har bir jinoyat uchun jazoni og’irlashtiruvchi holatni hisobga
olishi, ya’ni ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning qasddan yangi
jinoyat sodir etishi (O’zbekiston Respublikasi JKning 56-moddasi 1-qismi “n”
bandi) deb hisoblab jazo tayinlashi kerak”, deb yozadi
1
. Bu fikrga mazmunan
1
M.Usmonaliyev. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2005.
– 476-b.
24
qo’shilgan holda, N.D. Durmanov jazo shaxsning butun jinoiy faoliyatini hisobga
olgan holda tayinlanishi lozim, degan fikrni ilgari surgan. Bajanov M. I esa,
yuqoridagi fikrlarga qarshi chiqib, alohida-alohida jazo tayinlash tartibini
yoqlagan
1
.
Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashning alohida-alohida tartibi haqida
to’xtalgan M.H. Rustamboyev uning quyidagi ijobiy xususiyatlarini qayd etgan:
a) jinoyatlar majmuiga kiruvchi alohida jinoyatlar uchun amnistiya va avf
etishni ancha yengillashtiradi;
b) bunday jinoyatlar kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rilganda har bir
jinoyat uchun jazoni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlarini e’tiborga
olishda;
c) ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarga nisbatan jazoni o‘tash
koloniyasi rejimi turini belgilashda, shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish
masalalarini hal qilishni osonlashtiradi
2
.
Bu masalaga to’xtalgan Muqumova M.Z. esa, quyidagi jihatlarga e’tibor
qaratgan:
birinchidan, sodir etilgan har bir jinoyat uchun alohida-alohida jazo
tayinlash, shaxsni axloqan tuzatish maqsadiga erishish va tuzatish hamda
jinoyatlarning umumiy va maxsus oldini olish, shuning bilan birga har bir jinoyat
uchun jazoning muqarrarligi prinsipiga mos kelishi kerak;
ikkinchidan, jazo tayinlashning ushbu tartibi hukmni appelyatsiya va nazorat
tartibida tekshirib ko’rilganda, har bir jinoyat uchun jazoni yengillashtiruvchi va
og’irlashtiruvchi hamda Jinoyat kodeksining 54-moddasida nazarda tutilgan
holatlarni e’tiborga olishda muhim ahamiyatga ega;
uchinchidan, jazo tayinlashning ushbu tartibi ozodlikdan mahrum etishga
hukm qilinganlarga jazoni o’tash koloniyasi turini belgilash, shaxsni xavfli yoki
o’ta xavfli retsidivist deb topish masalalarini hal qilishni osonlashtiradi;
1
Бажанов М.И. Назначение наказания по совокпности преступлений и приговоров. – Харьков, 1977. – с. 49
2
Rustamboyev M.H. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Oliy O’quv yurtlari uchun darslik. – T.: “ILM ZIYO”, 2005.
– 375-b.
25
to’rtinchidan, har bir jinoyat uchun alohida holda amnistiya aktini qo’llash
imkonini beradi
1
.
Fikrimizcha, bu masala mamlakatimiz jinoyat qonunida to’g’ri hal qilingan.
Jazo tayinashning ushbu tartibi jinoyat qonuni maqsadlarini va prinsiplarini to’la
ro’yobga chiqarishda o’ziga xos o’ringa ega.
Jinoyat kodeksiga muvofiq, bir necha jinoyatlar sodir etganlik uchun
jinoyatlar jami bo’yicha jazo tayinlash qoidalari quyidagi hollarda qo’llaniladi:
1) jinoiy qilmish jinoyat qonunining turli moddalari bilan kvalifikatsiya
qilinganda;
2) shaxs bir necha aynan o’xshash qilmishni sodir etgan bo’lib, ulardan
ayrimlari tugallangan jinoyat, boshqalari esa — jinoyatga tayyorgarlik, suiqasd
tariqasida kvalifikatsiya qilinganda yoki ayrimlari mustaqil, boshqalari esa
ishtirokchilikda sodir etilganda;
3) ish bo‘yicha hukm chiqarilgandan keyin mahkumning birinchi ish
bo‘yicha chiqarilgan hukmgacha yana boshqa jinoyatda aybdorligi aniqlanganida.
Shuni ham aytib o’tish kerakki, “jinoiy qilmish jinoyat qonunining turli
moddalari bilan kvalifikatsiya qilinganida” degan jumlada, qilmishlardan biri
tayyorgarlik ko’rish, suiqasd qilish yoki ishtirokchilikda sodir etish holatlari ham
nazarda tutilgan. Masalan, shaxs JK 104-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni
sodir etgan, buning uchun sudlanmagani holda, oradan qanchadir vaqt o’tgach JK
169-moddasidagi belgilangan jinoyatni sodir qilishga suiqasd qilgan. Ushbu
holatda sud tomonidan JK 59-moddasi asosan, JK 104-moddasi va JK 25-moddasi
orqali JK 169-moddasi bilan jinoyatlar majmui bo’yicha jazo tayinlanadi.
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining shunday moddalari borki, ularning turli
qismlarida har xil jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Masalan, JK 228,
248, 273-moddalari. Xo’sh, shaxs tomonidan turli vaqtlarda bitta moddaning turli
qismlarida nazarda tutilgan mustaqil jinoyatlar sodir etilsa, jazo qanday
tayinlanadi? Masalan, shaxs 2015-yilning yanvar oyida boshqa JK 228-moddasida
nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan, ya’ni boshqa shaxs foydalanishi uchun
1
Usmonaliyev M. Jazo tayinlash. O’quv qo’llanma. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2003. – 47-b.
26
rasmiy hujjatni soxtalashtirib sotgan. Oradan qanchadir vaqt o’tib, ushbu
moddaning uchinchi qismidagi jinoyatni sodir etgan, ya’ni boshqa shaxsga tegishli
hujjatdan uning soxtaligini bila turib foydalangan. Ushbu holatda jazo qay tartibda
tayinlanishi masalasiga Oliy sud Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar
tomonidan jinoyat uchun tayinlash amaliyoti to’g’risida”gi qarorida tushuntirish
berilgan bo’lib, unga ko’ra bunday holatlarda ham JK 59-moddasini qo’llab
jinoyatlar jami bo’yicha jazo tayinlash kerak.
Garchi Oliy sud Plenumining qarorida tushuntirish berib o’tilgan bo’lsa-da,
yuqorida bayon qilingan holatni bartaraf etish uchun Jinoyat kodeksining 59-
moddasi birinchi qismini “shaxs Maxsus qismning turli moddalarida” degan
so’zlardan keyin “bitta moddasining turli qismlarida, basharti ushbu qismlar
turli jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutsa” degan so’zlar to’ldirish
maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz.
Jinoyat ishlari bo’yicha odil sudlovni amalga oshirishda sudning protsessual
faoliyatida jazo tayinlash bosqichi, juda muhim va mas’uliyatli qismdir, chunki
tayinlangan jazo yetarli darajada aybdorni sodir etgan jinoyati uchun ham
jazolashi, ham jazodan ko’zlangan maqsadlariga – mahkumni axloqan tuzatish,
mahkum va boshqa shaxslar tomonidan jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga
erishish uchun yetarli bo’lishi kerak.
Jinoyat protsessual kodeksining 468, 484-moddalariga ko’ra, jazo
tayinlashning JK 59-moddasida belgilangan tartibiga rioya qilmaslik, ya’ni har bir
jinoyat uchun alohida jazo tayinlanmasdan, jinoyatlar jami bo’yicha jazo belgilash
va alohida jinoyatlar uchun jazo tayinlab, jinoyatlar jami bo’yicha qat’iy jazo
belgilamaslik, shuningdek adolatsiz jazo tayinlash hukmning bekor bo’lishiga olib
keladi.
Jinoyat kodeksining 8, 54-moddalari mazmuniga ko’ra, jazo adolatli bo’lishi
— har bir holatda individual tayinlanishi, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy
xavflilik darajasiga, aybdorning shaxsiga, shuningdek jazoni yengillashtiruvchi va
og’irlashtiruvchi holatlarga muvofiq bo’lishi kerak.
27
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyati tajovuz obyekti (inson hayoti va
sog’lig’i, mulk, jamoat xavfsizligi va h.k.), ayb shakli, jinoiy qilmishning qonunda
qaysi toifaga (JK 15-moddasi) kiritilganligi bilan belgilanadi.
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi qilmish sodir etilishi holatlari (jinoiy
niyatning amalga oshirilganligi darajasi va bosqichlari jinoyatni sodir etish usuli,
zarar miqdori yoki kelib chiqqan oqibatlar og’irligi, ishtirokchilikda sodir etilgan
jinoyatda sudlanuvchining roli) bilan belgilanadi.
Agar shaxs tomonidan ikki va undan jinoyat sodir etilib, ulardan ayrimlari
bo’yicha shaxs aybini bo’yniga olib kelgan bo’lsa, bu holat jazoni
yengillashtiruvchi holat sifatida faqat bo’yinga olish to’g’risida ariza berilgan
jinoyatlar uchun jazo tayinlash paytida hisobga olinishi kerak.
28
Do'stlaringiz bilan baham: |