Йилларда франция


 M.TETCHERNING NEOKONSERVATIZMIDAN E.BLERNING



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

 
4. M.TETCHERNING NEOKONSERVATIZMIDAN E.BLERNING  
 “YANGI LEYBORIZMI”GA.  
 
M.Tetcher va Britaniyada “neokonservativ inqilobi”.  
 
 
Konservatorlarning  1974  yili  o‘tkazilgan  saylovdagi  mag‘lubiyati  ichki  partiyaviy 
muxolifotning faollashuviga chaqiruv bo‘ldi. Uning g‘oyaviy yetakchisi hukumat tarkibida bo‘lgan 
vaqtlardayoq  Margaret  Tetcher  bilan  birgalikda  bir  necha  bor  Xitning  siyosatiga  qarshi  chiqishlar 
qilgan Xit Jozef edi. Jozef guruhining tashkiliy shtabi 1974 yilda tashkil etilgan siyosiy tadqiqotlar 
markazi  (direktori  Alfred  SHerman  edi).  Partiyaning  huquqiy  qanotiga  tayanib,  Jozef  o‘z 
qarashlarini  nafaqat  Xitga,  balki  torilarning  makmillanchilarning  yangi  tarafdorlariga  ham  qarshi 
qo‘yishga harakat qildi. Xit Jozef Tetcher va SHermanlar bilan birgalikda g‘arb jamiyatining 70-80 
yillardagi  ma’naviy  qiyofasini  o‘zgartirgan  umumiy  neokonservativ  to‘lqinga  hamohang  bo‘lgan 
“yangi  konservatizm”  konsepsiyasining  uchinchi  variantini  ishlab  chiqishga  harakat  qilayotgan 
guruhga rahbarlik qildi.  
 
Jozef  va  “yangi  konservatizm”ni  tubdan  o‘zgartirishning  boshqa  tarafdorlari  Britaniya 
jamityaidagi  muammolarning  ildizini  barcha  urushdan  keyingi  hukumatlarning  qat’iylik  bilan 
“odamlarning  ko‘p,  ko‘proq  soni  uchun  iloji  boricha  ko‘proq,  ko‘proq  bajarish,  iqtisodiyot  va 
jamiyatni  bir  namuna asosida  qayta qurishga” harakat qilishlarida  ko‘rardi. Ular urushdan keyingi 
“ijtimoiy davlat” modelini tubdan o‘zgartirish zarurligini ta’kidlashdi. Xit 1974 yil kuzidagi saylov 
kompaniyalari  vaqtidayoq  bu  qarashlarga  yon  bosishga  majbur  bo‘ldi.  Xit  partiya  rahbarini  qayta 
saylash uchun saylov o‘tkazishga qaror qildi.  
 
Vaziyatning keskin o‘zgarishi tufayli K.Jozef saylov kompaniyasidan tez orada chiqib ketdi. 
19  oktabrda  u  parlamentdagi  nutqida  g‘ayrat  bilan  jamiyatning  “aqliy  va  ma’naviy 
sog‘lomlashtirish” yo‘llarini muhokama qilishga kirishib ketdi. Zamonaviy inqirozning eng muhim 
sabablaridan biri deb u past tabaqalar o‘rtasidagi tug‘ilishning  yuqori ko‘rsatkichlari tufayli  “inson 
zahiralarining yomonlashuvi”ni ko‘rsatdi. Keyingi kunlar davomida esa Jozef boshiga maltuschilik 
g‘oyasini targ‘ib qilish tarafdori degan ayblovlar yog‘ildi. Bunday vaziyatda u partiya yetakchiligi 
uchun  kurashishdan  voz  kechishini  ma’lum  qilishga  shoshildi  va  bu  jarayonda  qatnashishni 
M.Tetcherga taklif qildi.  
 
Tetcherning o‘zi esa bu vaqtda o‘zining siyosiy qiyofasini qat’iy o‘zgartirdi. Uning keskin 
qoralashlar,  betga  choparlik  va  hattoki  keskinlik  bilan  so‘zlangan  nutqlari,  Xitning  ma’rifiy  va 
bosiq nutqlaridan keskin farq qilardi.  
 
1975  yilda  Tetcher  o‘ta  og‘ir  inqirozni  boshdan  kechirayotgan  partiyaning  rahbari  bo‘ldi. 
Parlamentdagi  fraksiya  va  partiyaning  butun  rahbariyati  guruhlarning  keskin  raqobati  natijasida 


 
129 
susaygan edi. 50-yillarning boshiga nisbatan partiya a’zolari soni ikki marta, “yosh konservatorlar” 
harakati a’zolari soni esa uch martagacha kamaygan edi. Bularning hammasi Tetcherga partiyaning 
ichida tozalash o‘tkazishdan voz kechishga emas, balki partiya elitasini birlashtirishga majbur etdi. 
Uning  “yashirin  kabinetida”gi  muhim  lavozimlarni  nafaqat  Jozef  va  Nivlar,  balki  yaqindagina 
siyosiy  jihatdan  raqib  bo‘lgan  Prayor  va  Xaular  ham  egallashdi.  Uaytlau  esa  hattoki,  partiya 
yetakchisining o‘rinbosariga aylandi. Tetcher atrofida “eski gvardiya” a’zolaridan Lord Tornikfort, 
R.Modling,  A.Madler  ham  paydo  bo‘lishdi.  Shu  bilan  bir  vaqtda  Tetcher  “orqa  kursichilar” 
o‘rtasida  ham  o‘z  ta’sirini  mustahkamlash  uchun  ko‘p  harakat  qildi.  U  norasmiy  tarzda  oddiy 
deputatlar  bilan  muloqotda  bo‘lar,  ko‘p  yillik  an’anaga  qarshi  o‘laroq  lanch  paytida  past  nufuzli 
parlament  kafelarida  bo‘lar,  muhim  muammolarni  stol  atrofida  yoki  navbatlarda  muhokama  qilar, 
mintaqaviy va yoshlar tashkilotlari vakillari bilan ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazardi.  
 
Tetcher  ataylab  partiya  rahbariyati  uslubini  o‘zgartirarli.  U  yuzlab  partiya  faollarining 
qo‘llab-quvvatlashisiz  “ommaviy  partiyaning”  tubdan  o‘zgartirishsiz  ijtimoiy  yangilanish  radikal 
dasturlarini  amalga  oshirsh  mumkin  emasligiga  qattiq  ishonardi.  Partiyaga  Xit  kabi  siyosatchi 
emas,  balki  yangi  toifadagi  yetakchi,  tolmas  kurashchi  va  qat’iyatli  siyosatchi  kerak  edi.  Tetcher 
ustalik  bilan  “millatni  ozod  etish”  uchun  “qo‘shinni”  “jangga”  olib  boruvchi  “general”  rolini  o‘z 
zimmasiga  oldi.  Ammo,  “temir  xonim”  nufuziga  ega  bo‘lgan  Tetcher,  partiyaning  oddiy  a’zolari 
uchun o‘sha muhitdan chiqqan, fikrlash, qadriyatlarga munosabat va hayotiy tajriba jihatidan yaqin 
bo‘lgan “o‘zining odam” qiyofasini saqlab qolishga harakat qilardi. Bunday siyosiy usul Britaniya 
neokonservatizmining eng muhim farqlanuvchi belgisi bo‘lib qoldi.  
 
1976-1978  yillarda  Konservatorlar  partiyasining  mafkuraviy  yangilanishini  aks  ettiruvchi 
dasturiy  xujjatlar  kompleksi  ishlab  chiqilgan  edi.  Asosiy  yo‘nalishlar  antietatistik  va 
antibyurokratik  to‘ntarish,  xususiy  tadbirkorlik  asosidagi  iqtisodiy  o‘sish  dinamikasini  ta’minlash, 
raqobatni  rivojlantirish,  soliqlarni  kamaytirish  g‘oyalaridan  iborat  bo‘ldi.  Neokonservativ 
dasturning  o‘ziga  xos  xususiyati  “yagona  millat”  tiklanishi  va  ijtimoiy  totuvlikni  ta’minlash 
g‘oyalaridan  iborat  edi.  Xitning  jamoasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan  “mulkdorlar  demokratiyasi” 
konsetsiyasi  bilan  chambarchas  bog‘liq  bo‘lgan  Tetcherning  yangi  konservatizmi  zamonaviy 
iqtisodiy  nazariyaga  asoslangan  edi.  Uning  asosini  M.Fridmanning  Chikago  monetarizm  maktabi 
va  taklif  nazariyasi  tarafdorlari  A.Laffer  va  R.Riganlarning  asarlari  tashkil  etardi.  Buyuk 
Britaniyaning  o‘zida  monetaristik  nazariya  60-yillardan  boshlab  Manchester  Universiteti 
iqtisodchilari va M.Parkin va D.Loydler, hamda Birmingem universitetidan A.Uolterslar tomonidan 
rivojlantirilayotgan  edi.  70-yillarda  ularga  Liverpul  universitetdan  P.Minford  guruhi  va  London 
iqtisodiyoti  maktabidan  B.Griffitslar  qo‘shildi.  Uolters  o‘sha  paytdayoq  M.Tetcherning  iqtisodi 
bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan edi.  
 
Neokonservativ  yo‘nalishdagi  iqtisodchilar  davlat  tomonidan  makroiqtisodiy  boshqaruv 
iqtisodiy  o‘sishni  ta’minlay  olmasligini  isbot  qilishardi.  Iqtisodiy  o‘sishning  asosini  faqatgina 
tashqari  ta’sirsiz,  tabiiy  raqobatga,  bozordagi  ishbilarmonlik  va  ishlab  chiqarish  madaniyatiga 
asoslangan  tarqoq  tartib  tashkil  etishi  mumkin.  Davlatning  vazifasi  bunday  iqtisodiy  tuzumning 
barqarorligini ta’minlash, eng avvalo inflyatsiyaga qarshi kurashishdan iborat bo‘lishi kerak. Davlat 
tejamli budjet to‘lovlari amaliyoti, daromadlarning tez oshib ketishi, faol dotatsiya siyosatidan voz 
kechishi  kerak.  Iqtisodiy  o‘sishning  yuqori  sur’atlarning  saqlab  turishga,  neokonservatorlarning 
fikricha,  umumiy  talabni  oshiruvchi  omillarni  rivojlantirish  orqali  emas,  balki  samarali  taklifni 
ta’minlash-kapital va ishchi kuchning harakatlanishi, ularni taqdirlashni “tabiiy ishsizlik” sharoitida 
mehnat  bozoridagi  raqobatga  mulkni  xususiy  sektor  foydasiga  qayta  taqsimlashga,  biznesning 
muvozanatlashtirilgan  tuzilmasini  shakllantirish,  jumladan,  kichik  tadbirkorlikni  rivojlantirishga, 
ishbilarmonlik  faoliyatini  har tomonlama  rag‘batlantirgan  holda  ijtimoiy  PATERNALIZMdan  voz 
kechishga qaratildi.  
 
Tetcher  va  uning  tarafdorlarining  muhim  xizmati  monetarizm  iqtisodiy  nazariyasini 
to‘laqonli dunyoqarash darajasidagi ijtimoiy-siyosiy ta’minot darajasiga ko‘tarishdan iborat bo‘ldi. 
Taklif 
qilinayotgan 
iqtisodiy 
model 
samaradorligini 
hisoblashdan 
tashqari, 
Britaniya 
konservatorlarining yangi avlodi shaxsning ijtimoiy faolligi va javobgarligining yangilanishi, davlat 
yordamiga  umid  bog‘lamasdan  o‘z  hayoti  uchun  o‘zi  kurashadigan  konkret  inson  manfaatlari 
ustunligi  zarurligidan  kelib  chiqdilar.  Bu  ijtimoiy  mafkuraning  ramzi  “bepul  pishloq  faqat 
qopqonda bo‘ladi”-dan iborat bo‘ldi. Britaniya neokonservatizmi siyosiy fikrining asosiy xususiyati 


 
130 
ma’naviy  argumentatsiya(dalliar  keltirib  isbotlash)ning  katta  roli  inglizlarning  “tabiiy” 
konservatizmiga Britaniya jamiyatining an’anaviy viktoriyanlikga xos ma’naviy qadriyatlar- oila va 
dinga,  qonun  va  tartibga,  mehatsevarlik  va  ehtiyotkorlikka  nisbatan  hurmatga  nisbatan 
appelyatsiyadan iborat edi. Tetcher siyosiy dasturi uchun “qonun va tartib” shiori markaziy shiorga 
aylandi.  Jamiyatning  turg‘un  va  karaxtligiga  qarshi  kurashgan  holda  u  o‘ta  tartibsizlik 
chalkashlikka emas , balki  barqaror va  harakatchan  jamiyatni  barpo etishga chaqirardi. O‘zgarmas 
hissiyotga beriluvchanlik, keskinlikka asoslangan, “temir xonim”ning siyosiy usuli, chiqishlarining 
jo‘shqinligi,  qo‘yilgan  maqsadlarga  erishish  yo‘lida  qat’iylik  va  izchillik  bilan  birgalikda  -  bu 
pastulatlarning hammasi Britaniyaga xos neokonservativ siyosiy falsafaning asosini tashkil etdi.  
 
1977  yil  may  oyida  bo‘lib  o‘tgan  mahalliy  saylovlardagi  g‘alaba  konservatorlar 
partiyasining  yangilanishida  keskin  burilish  yasadi.  Hukmron  partiya,  aksincha  saylovchilarning 
ishonchini  yo‘qota  boshladi.  1979  yildagi  “issiq  qish”ning  norozilik  to‘lqini  ko‘pgina  inglizlarni 
Tetcherning  dalillari  to‘g‘riligiga  ishontirdi.  Konservatorlar  partiyasi  tarafdorlari  uchun  1979  yil 
martida Irland ekspremistlari tomonidan Eyri Nivoning o‘ldirilishi qattiq zarba bo‘ldi. 28-mart kuni 
konservatorlar umum palatasiga hukumat  ishonchsizlik votumi bilan rezolyutsiyani taqdim etishda 
va u bir ovozdan qabul qilindi. Hukumat parlament tarqatilishini uyushtirishga majbur bo‘ldi. 1979 
yil 3 martdagi saylovlarda konservatorlarni saylovchilarning 43,9%i qo‘llab-quvvatladi va ular 339 
ta (635 tadan) mandatni qo‘lga kiritishdi.  
 
Hukumat  tarkibini  tanlashda  Tetcher  bu  gal  o‘z  tarafdorlari,  ya’ni  qat’iy  monetar  siyosat 
tarafdorlariga  yon bosdi. Asosiy vazirliklar hisoblangan, moliya va sanoat vazirliklari Jefri Xau va 
Kit  Jozefga  topshirildi.  Tetcher  kollegial  (bamaslahat)  va  har  qanday  bo‘linishga  chek  qo‘yib 
hukumat  ishlashi  xarakterini  tubdan  o‘zgartirdi.  Hukumatda  ilgarigi  Tetcherning  parlamentdagi 
chiqishlari  ruhidagi  keskin  bahs-munozaralar  olib  borish  rasm  bo‘lib  qoldi.  qarorlar  ko‘proq 
komissiya  va  kabinet  ishtirokisiz  kichik  doiradagi  siyosatchilar  va  bosh  vazir  ishtirokida  qabul 
qilinadigan  bo‘lib  qoldi.  1981  yildayoq  “Temir  xonim”  hukumat  tarkibidan  yetarlicha  qat’iyatli 
bo‘lmagan siyosatchilarni chetlashtirib, uni “tozaladi”.  
 
Tetcher  hukumati  o‘ta  murakkab  iqtisodiy  va  ijtimoiy  siyosat  muammolariga  duch  keldi. 
1979  yil  o‘rtasi  uchun  xos  bo‘lgan  iqtisodiy  jarayonlarning  ijobiy  dinamikasi  tezda  o‘sayotgan 
inqiroz  bilan  almashdi.  “Neft  inqirozi”  salbiy  oqibatlarga  olib  keldi.  1979  yilda  Eronda  shohlik 
tuzumining ag‘darilishi va Eron-Iroq urushining boshlanishi munosabati bilan OPEK mamlakatlari 
neft  narxini  ikki  baravar  oshirishdi.  1980  yildayoq  G‘arb  mamlakatlari  yana  bir  qayta  ishlab 
chiqarish  inqiroziga  duch  kelishdi.  Buyuk  Britaniyada  sanoat  ishlab  chiqarishi  12%ga,  qayta 
ishlovchi  sanoatda  16%,  yengil  sanoat  sohalarida  27%gacha  pasayish  kuzatildi.  Inqiroz  yangi 
inflyatsiyaning avj olishi va ishsizlikning tez o‘sishi bilan birga o‘tardi. 1980-1981 yillarda ishsizlar 
soni  1,5  dan  3,3  million  kishigacha  oshdi.  Ammo  bunday  salbiy  sharoitlarga  qaramasdan  Tetcher 
hukumati o‘zining oldingi iqtisodiyotni strukturaviy isloh qilish rejasidan voz kechmadi.  
Monetor  konsepsiyasi  mantig‘iga  ko‘ra,  hukumat  oldin  inflyatsiya  sur’atlarini  pasaytirishga 
urindi.  Bu  vazifa  sanoat  korxonalariga  dotatsiya  qilish  amaliyotidan  voz  kechishni,  emissiya 
ustidan  qattiq  nazorat  o‘rnatishni,  “qimmat  kredit”  siyosatiga  qaytishni  talab  qilardi.  Soliq  tizimi 
qayta  ishlab  chiqildi. Daromad solig‘ining  pasayishi  va  alohida  shaxs  va korxonalarni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri  soliqqa  tortishdan  egri  soliqlarga  o‘tish  natijasida  katta  daromadlardagi  to‘g‘ri  soliqlar  3,5 
mlrd.  funt sterlingga kamaydi,  shu bilan  bir vaqtda  budjet daromadlarida egri soliqlar urushi  34% 
(1979  y)dan  39%  (1981  y)gacha  ko‘tarildi.  Ko‘pgina  iste’mol  mollari,  maishiy  xizmat,  tibbiy 
xizmat  ko‘rsatish  va  boshqalarga  joriy  qilingan  oshirilgan  narxlardagi  soliqlar  stavkasi  8%dan 
15%gacha  oshirildi.  Bu  choralarning  hammasi  shaxsiy  iste’molni  qisqartirishni  tashviqot  qilish 
bilan  bir  vaqtda  amalga  oshirildi.  Neokonservatorlar  millati  “mablag‘ga  qarab”  yashashga 
chaqirdilar.  
 
Ijtimoiy  xarajatlarga  qaramasdan  Tetcher  hukumati  kommunal  va  yo‘l  qurilishi  xo‘jaligi, 
madaniyat,  ta’lim  sohasidagi  davlat  xarajatlarini  keng  ko‘lamda  kamaytirishga  qaror  qildi.  1980-
1981  yillarda  budjetdagi  harakat  moddalariga  mos  xarajatlar  4  mlrd.funt  sterlingga  qisqartirildi. 
Shu  bilan  birga  davlat  apparatida  xodimlar  sonini  kamaytirildi  va  uni  ta’minlash  uchun  xarajatlar 
ham  qisqartirildi.  Budjet  vositalarini  tejash  shiori ostida  mavjud  davlat  boshqaruv  tizimini  tubdan 
qayta  qurish  amalga  oshirilayotgan  edi.  1982  yilga  kelib,  hukumat  tarkibidagi  barcha  soha 
vazirliklari bekor qilingan edi.  


 
131 
 
Inflyatsiyaga  qarshi  siyosatning  eng  muhimi  va  tarkibiy  qismlarida  iqtisodiyotni 
liberallashtirishning  radikal  vositasi  davlat  korxonalarining  xususiylashtirishidan  iborat  edi. 
Ularning ko‘pchiligi zarar keltiruvchi edi va doimiy dotatsion xarajatlarni talab qilardi. Bu yukdan 
qutulish va xususiylashtirishdan kelgan mablag‘lar budjet balansini ancha yaxshilashi mumkin edi. 
Bunday  qadam  natijasida  noiloj  yana  bir  ishsizlik  avj  olishi  va  ijtimoiy  norozilikning  oshishini 
boshdan kechirishga to‘g‘ri keldi.  
 
“Keskin”  antiinflyatsion  va  strukturaviy  siyosat  allaqachon  1981-1982  yillarda  ijobiy 
natijalar  bera  boshladi.  Bu  davrning  tugashi  arafasida  inflyatsiya  4-5%  ga  pasaydi.  1982  yilning 
ikkinchi  yarmidan  boshlab  Britaniya  iqtisodiyotidan  o‘sish  belgilari  ko‘zga  tashlana  boshlandi. 
1983  yildan  boshlab  esa  ishlab  chiqarish  qat’iy  sur’atlar  bilan  o‘sa  boshladi.  Eng  rentabel 
(daromadli)  kompaniyalarning  aksiyalari  kursi  ancha  ko‘tarildi,  xususiy  investitsiyalar  yuqori 
sur’atlar  bilan  oshdi  (10,3%ga).  Aholining  iste’molchilik  harajatlari  ham  6,5  %ga  oshdi.  Ammo 
“keskin  davolash”  rentabelligi  sust  bo‘lgan  sohalarda  ishlab  chiqarishning  pasayishi, 
xususiylashtirilgan 
korxonalarda 
bandlikning 
kamayishi, 
mehnat 
bozorida 
kurashning 
keskinlashuviga  olib  keldi.  1981  yilga  kelib  mehnatga  layoqatli  aholi  orasida  ishsizlik  10%  dan 
oshdi, yoshlar o‘rtasida esa bu raqam to‘rt baravar ortiq edi. Faqatgina 1980-1983 yillarda ishsizlar 
soni  2  milliondan  3  milliongacha  oshdi.  “Ichki  shahar  hududlari”-  an’anaviy  sohalarda  faoliyat 
ko‘rsatgan ishchilarning shahar-markazlarida joylashgan ilgarigi hududlari xarobazorlarga aylangan 
edi. Bu keskin muammoni keltirib chiqardi. Jinoyatchilik va terroristik  harakatlarning o‘sishi qayd 
qilindi.  
 
1981  yilda  Buyuk  Britaniyaning  yirik  shaharlarini  (London,  Birgingem,  Bristol,  Liperpol) 
tarqoq  norozilik  namoyishlari  qamrab  oldi,  bu  namoyishlar  ko‘p  hollarda  namoyishchilarning 
politsiya  bilan  to‘qnashuvlari  bilan  yakun  topardi.  Hukumat  bunday  namoyishlarni  politsiya 
yordamida  bosishga  qaror  qildi.  Uyushgan  ishchilar  harakatiga  nisbatan  ham  hukumat  qat’iy 
pozitsiyada  turib  oldi.  80-yillarning  boshida  kasaba  uyushmalarining  norozilik  namoyishlar 
o‘tkazish  huquqlarini  cheklash  to‘g‘risida  bir  qator  qonunlar  qabul  qilindi.  Barcha  birdamlik 
namoyishlari  g‘ayriqonuniy  deb  e’lon  qilindi.  1982  yilda  ishga  qabul  qilinayotganda  kasaba 
uyushmalari  a’zolariga  ishtiyoq  beruvchi  nizom  bekor  qilindi.  Shimoliy  Irlandiyadagi  norozilik 
harakatlarini  bostirish  uchun  hukumat  yanada  shafqatsizlarcha  munosabatda  bo‘ldi.  1981  yilda  u 
yerga qo‘shimcha  harbiy kuchlar  jo‘natildi. Katolik tashkilotlar  faollarining  sud tomonidan ta’qib 
qilinishi  yanada  kuchaydi.  Bunga  javoban  Irlandiyalik  mahbuslar  ochlik  e’lon  qilib,  hukumatdan 
o‘zlariga  nisbatan  oddiy  jinoyatchilarga  qilinadigan  muomalada  bo‘lmaslikni,  balki  ular  o‘zlariga 
siyosiy  mahbuslarga  nisbatan  qilinadigan  muomalada  bo‘lishini  talab  qilib  chiqdilar.  Ulardan  10 
nafarining,  jumladan  parlament  a’zosi  B.Sendisning  o‘limiga  qaramasdan  hukumat  mahbuslarga 
nisbatan o‘z ta’qiblarini to‘xtatmadi.  
 
Buyuk  Britaniyadagi  ichki  siyosiy  vaziyatning  keskin  o‘zgarishida  1982  yildagi  Folklend 
(Malvin)  orollari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  tushunmovchiliklar  tufayli  Argentina  bilan  sodir  bo‘lgan 
harbiy  to‘qnashuvlar  tub  burilish  yasadi.  Mamlakat  hududidan  8000  milya  uzoqlikda  ro‘y  bergan 
harbiy harakatlarning  muvaffaqiyati hukumatning pozitsiyasini  yanada kuchaytirdi. Bu to‘qnashuv 
11  hafta  davom  etib,  bu  vaqt  mobaynida  Tetcher  harbiy  harakatlarning  siyosiy,  moddiy  va 
diplomatik ta’minoti bilan shaxsan o‘zi shug‘ullandi va o‘zining “temir xonim” sifatidagi shuhratini 
butunlay  tasdiqladi.  qulay  fursatdan  foydalanib  u  navbatdan  tashqari  parlament  saylovlari 
o‘tkazishga  qaror  qildi.  Saylov  kompaniyasi  hujumkor  ruhda  tashkil  qilingan  edi.  Konservatorlar 
individual  muvaffaqiyat  va shaxsiy  javobgarlik  g‘oyalarini  qo‘llab-quvvatovchi  Britaniya  jamiyati 
a’zolariga yon bosdilar.  
 
Chuqur  qayta  qurish  davrini  boshidan  kechirayotgan  muxolifot  saylov  kurashiga  tayyor 
emas  edi.  1981  yilda  leyboristlar  partiyasining  anchadan  beri,  pishib  yetilgan  (muqarrar  bo‘lib 
qolgan) parchalanishi ro‘y berdi. Roy Jenkins boshchilik qilgan guruh, partiya tarkibidan butunlay 
chiqib  ketdi  va  Buyuk  Britaniyaning  sotsial-demokratik  partiyasini  tuzdi.  Uning  rahbariyati 
liberallar  partiyasiga  yaqinlashishga  harakat  qildi.  Liberal  va  Sotsial-demokratik  partiyalarning 
an’anasi  saylov  kompaniyasini  Tetcherizmning  qat’iylik  va  berahmligini  tanqid  qilish  va 
parlamentning  vakolatlarini  hukumatning  imtiyozlariga  zarar  keltirish,  evaziga  hamda  davlatning 
huquqiy asoslarini yana mustahkamlash kabi shiorlarni ilgari surishdi.  


 
132 
 
Leyboristlar  partiyasida  bu  yillar  davomida  mafkuraviy  jihatdan  so‘l  tomonga  siljish 
kuzatildi. So‘l  leyboristlar  yetakchisi Maykl Fut 1980 yilda  Kollagen  iste’fosidan keyin partiyaga 
rahbarlik qila boshladi. Jenkins guruhining partiyani tark etishi o‘ng qanotni zaiflashtirib yuborgan 
edi.  Ammo  kutilmaganda  Maykl  Futga  uning  yaqin  vaqtdagi  ittifoqchisi  Entoni  Vejvud  Benn 
tahdid  qila  boshladi.  Ikkala  yetakchi  kurashi  yagona  mafkuraviy  va  saylov  “maydonida”  ro‘y 
berayotgan  edi.  Raqiblik  kayfiyatida  ikkovlon  tobora  radikal  g‘oyalarni  ilgari  surishar, 
sotsializmning klassik  qadriyatlarini tiklash, sanoatni  milliylashtirishning  keng  dasturlarini  amalga 
oshirish,  kasaba  uyushmalari  huquqlarini  himoya  qilish,  mamlakatning  Yevropa  Hamjamiyati 
tarkibidan  chiqishini  qo‘llab  chiqishardi.  Bu  voqealarning  noto‘g‘ri  va  xayoliy  ekanligi  tushunarli 
edi.  
 
1983  yilning  9  iyunida  bo‘lib  o‘tgan  saylovlar  natijasida  konservatorlarni  42,4% 
saylovchilar  (ya’ni  1979  yilga  nisbatan  1,5%  ga  kamroq)  qo‘llab-quvvatlab  chiqishdi,  ammo 
ularning  parlamentdagi  fraksiyalarining  mandatlari  339  dan  397  ta  deputat  o‘rniga  oshdi, 
leyboristlarga  28,3%,  Alyans  partiyaga  esa  26%  saylovchilar  ovoz  berishdi,  leyboristlar  209  ta 
liberallar va sotsial-demokratlar esa 23 ta mandatga ega bo‘lishdi. 
 
80-yillarning  o‘rtalarida  Tetcher  hukumati  tomonidan  izchil  va  keng  ko‘lamli  yangilashlar 
(o‘zgarishlar)  amalga  oshirildi.  1984-87  yillarda  davlat  ixtiyorida  bo‘lgan  sanoat  transport  va 
kommersiya  tashkilotlarining  taxminan  3/1  qismi,  jumladan  gaz  sanoati  va  telekomunikatsiya 
sohalaridagi 9 ta eng yirik konsernlar xususiylashtirilgan edi. qimmatli qog‘ozlar bozorida hukumat 
“British  petroleum”  neft  kompaniyasi,  po‘lat  qo‘yish,  aviakosmik  sanoat,  elektroenergetika,  suv 
ta’minoti,  havo  transporti  korxonalarining  ko‘pchiligining  aksiyalarining  paketlari  sotuvga 
chiqarildi.  Shimoliy  dengizda  neft  konlarini  izlab  topish  va  ishga  tushirish,  radioaktiv  izotoplarni 
ishlab  chiqarish,  ko‘mir  shaxtalaridan  foydalanishda  xususiy  sarmoya  qatnashuvi  yanada 
kengaytirildi.  O‘n  yillik  islohotlar  davomida  35  mlrd.  funt  sterling  hajmidan  ishlab  chiqarish 
fondlari  xususiylashtirildi.  Davlat  sektorining  ulushi  10  dan  YAMM  (Yalpi  Milliy  Mahsulot)ning 
6,5%gacha pasaydi.  
Xususiylashtirishdan  tashqari  Tetcher  hukumati  davlat  korxonalariga  subsidiyalar  berish  va 
yordam berishning barcha formalari keskin qisqartirildi (1980-1987 yillar mobaynida taxminan 10 
marta).  Xususiy  sektorning  imtiyozli  moliyalashtirish  ham  kamaydi.  Xususiylashtirish  jarayonida 
davlat  sektorining  qisqartirishi  hisobidan  bo‘lgan  kishilar  soni  1,9  dan  3  millionga  ko‘tarildi.  80-
yillar oxirlarida ishchilar soni 20 dan kam bo‘lgan korxonalarda xususiy sektordagi ishchi kuchning 
35%i band edi.  
 
Kichik  va  o‘rta  biznesni  rivojlantirishdan  tashqari,  neokonservatorlar  yangi  ijtimoiy 
falsafaning  qaror  topishi  uchun  muhim  vositalardan  deb  “mulkning  tarqalishi”-mulkdorlar 
toifalarining  kengayishini  tushunishardi.  Keng  ko‘lam  xususiylashtirish  aholining  keng 
qatlamlariga  hissador  (aksioner)  bo‘lishga  imkon  berdi.  Fransuzlarning  xususiylashtirish 
tajribasidan farqli o‘laroq Buyuk Britaniyada seksiyalarning katta qismi kichik partiyalarda sotuvga 
chiqarilgan  edi.  Bunday  aksiyalar  imtiyoz  bilan  sotilardi,  bunda  har  bir  fuqaro  qat’iy  cheklangan 
miqdordagi aksiyalarni sotib olishi mumkin edi. Aksiyalarni xususiylashtirilayotgan korxonalarning 
ishchi  yoki  xizmatchilarining o‘zlari ham  xarid qilishlari mumkin edi. 80-yillarning oxirida Buyuk 
Britaniya hissadorlar soniga ko‘ra AQShdan keyin dunyoda ikkinchi o‘rinda turardi.  
 
“Mulkdorlar  jamiyati”ni  shakllantirishga  qaratilgan  siyosatning  ajralmas  qismi  uy-joy 
xo‘jaligi,  tibbiy  xizmat  va  ta’limni  isloh  qilishdan  iborat  edi.  Uning  leytmotivi  “umumfaravonlik 
holati” tizimini qayta tuzishdan iborat bo‘ldi. Tetcher hukumati munitsipal (shahar) uy-joy mulkini 
keng  xususiylashtirish  dasturini  amalga  oshirishga  kirishdi.  Xususiy  uy  qurilishi  har  tomonlama 
rag‘batlantirildi, kredit uchun foizlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar, (bu kreditlar uy qurilishi uchun 
ishlatilardi),  qurilish  kompaniyalariga  uy-joy  qurilishiga  to‘lovlar  ikki  baravar  kamaytirildi.  O‘z 
uyiga ega bo‘lish, nafaqat shaxsiy uy-joy muammosini hal qilish nuqtai-nazaridan, balki hayotning 
yagona  standartini  bekor  qilish,  maishatning  individual  estetikasini  rivojlantirish,  hamda  egalik 
hissining o‘zini mustahkamlash nuqtai nazaridan qoralardi.  
 
Sog‘liqni  saqlash  sohasida Tetcher  hukumati amalda Xit kabineti siyosatini davom ettirdi. 
Sog‘liqni  saqlash  Milliy  xizmatini  xususiylashtirish  keng  miqyosdagi  dastur  o‘rniga  uni 
“Deetatizatsiya”  (davlat  tasarrufidan  chiqarish)  qilishga,  unga  bozor  munosabatlarini  kiritishga 
urinishlar bo‘ldi.  


 
133 
 
Neokonservatorlar  “ta’limda  fikrlar  xilma-xilligi  (blyuralizm)”ni  tiklash  dasturini  e’lon 
qilib,  ta’lim  sohasida  ham  egalitarizm  (jamiyatda  barchaning  tengligini  asosiy  tamoyil  deb 
hisoblovchi  kichik  burjuaziya  utopistlik  ta’limoti  tarafdorlari  J.J.Russo,  yakobinchilar  Grakx 
Babyof)ga  qarshi  kurashni  davom  ettirdi.  1980  yilda  ta’lim  jarayonini  nazorat  qilishda  ota-onalar 
huquqlarini kengaytirish maktabdagi ichki kengashlar vakolatini yanada oshirish, fuqarolarga ta’lim 
muassasalari  to‘g‘risida  to‘liq  ma’lumotni  yetkazishni  siyosatning  muvaffaqiyatli  tugash  paytida 
Tetcher hukumati davlat tomonidan kapital qo‘yilishini sezilarli darajada oshirish imkoniyatiga ega 
bo‘ldi.  Ularning  asosiy  obyektlari  avtomobil  sanoati,  elektron,  poligrafiya,  sellyuloza  qog‘oz, 
kimyo sohalaridan iborat bo‘ldi. Ilgarigi  “cho‘loq o‘rdaklarni qo‘llash” amaliyotidan farqli o‘laroq 
bu investitsiyalar rentabelligi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish sohalarida amalga oshirildi va texnik-
texnologik  bazani  keyinchalik  yangilashga  sarflandi.  Ishchi  xodimlar  malakasi  sezilarli  darajada 
oshdi.  Mehnat  bozoridagi  ma’lum  bir  napryajennost-ga  qaramasdan,  80-yillarning  oxiriga  kelib 
ishsizlik  kamayib  bordi  (1987  yilda  9,8%  dan  1989  yilda  6,8%  gacha).  Mehnat  kadrlari 
malakasining  oshirilishi  va  menejmentning  eng  yangi  tizimini  kiritish  natijasida  mehnat 
unumdorligi katta sur’atlar bilan oshdi.  
 
Britaniya  iqtisodiyotining  sog‘lomlashtirishdan  nafaqat  uning  jahon  xo‘jalik  tizimida 
raqobatbardoshligining  oshganligi,  balki  shaxsiy  ehtiyojning  barqaror  oshishi  ham  guvohlik 
berardi.  80-yillarning  ikkinchi  yarmida  aholi  daromadlari  yiliga  5%dan  oshib  bordi.  Bu  davrga 
kelib,  ingliz  oilalarining  64%i  o‘z  uylariga,  70%  o‘z  avtomobillariga  ega  bo‘lishdi,  aholining 
yarmidan  ko‘pi  darajasi  yuqoriroq  bo‘lgan  pullik  ta’lim  muassasalarida  o‘z  bolalarini  o‘qitishga 
imkoniyatlari yetarli edi. Aholining bu qatlami o‘zlarini “o‘rta sinf”ga tegishli deb hisoblashadi.  
 
Iqtisodiy  o‘sish  davrida  hukumat  parlamentni  uning  vakolatlari  tugashiga  bir  yil  qolganda 
tarqatib  yubordi.  Yangi  saylovlar  1987  yil  11  iyunda  bo‘lib  o‘tdi.  Konservatorlar  dasturi 
optimizmga  to‘la  edi  va  saylovchilar  diqqatini  o‘tgan  yillardagi  yutuqlarga  qaratdi.  Hukmron 
partiyani  saylovchilarning  42,3%i  qo‘lladi  (ya’ni  oldingi  saylovlarga  qaraganda  0,1%ga  kamroq), 
bu ularga 376  deputatlik  mandatini olib keldi.  Liberal  va sotsial-demokratik partiyalar alyansi  esa 
saylovchilarning  22,9%i  tomonidan  qo‘llab-quvvatlandi  va  22  mandatga  ega  bo‘ldi.  Alyans 
partiyalari uchun tashvishli omil ularning parlamentdagi fraksiyasining bir a’zoga kamaygani emas, 
balki  saylovchilarning  ishonchi  pasaygani  bo‘ldi  oldingi  saylovlarda  ularga  4%  ko‘proq 
saylovchilar  ovoz  bergan  edi.  Leyboristik  partiya  vaziyatiga  esa  rahbariyatning  almashgani  ta’sir 
ko‘rsatdi. Partiya rahbarligiga radikal guruhlar bilan rejali kurashni boshlagan sentristik aholi vakili 
Nil  Kinnok  saylandi.  Ammo  leyboristlar  partiyasining  yangi  rahbariyati  yangilangan  mafkuraviy 
dasturning ko‘lam (asos)larini aniqlashga muvaffaq bo‘lmagan edi. Ular olgan ovozlar ulushi 28,3 
dan  32,1%ga  ko‘tarildi,  ularning  parlamentdagi  fraksiyasi  209  dan  229  deputatga  oshdi,  ammo 
obhinalar  palatasida  kuchlar  mutanosibligini  o‘zgartirish  uchun  bu  muvaffaqiyatlar  kifoya  emas 
edi.  
 
Muvaffaqiyatli  o‘tgan  saylovlardan  keyin  Tetcher  hukumat  yo‘nalishiga  biror  tuzatishlar 
kiritmadi.  1988-1990  yillar  davomida  aeroportlar  infratuzilmasi,  suv  bilan  ta’minlash  tizimlari  va 
elektroenergetikani  qamrab  olgan  yangi  xususiylashtirish  amalga  oshirildi.  Kompaniyalar  foyda 
solig‘i  hamda  daromad  solig‘i  stavkalari  yana  kamaytirildi.  Shahar  uy-joylarini  xususiylashtirish, 
xususiy uy qurilishini rag‘batlantirish, ta’lim tizimini isloh qilish davom ettirildi. 1988 yilda nafaqa 
tizimi  qayta  tashkil  qilindi.  Bu  uning  ma’muriy  boshqarilishi  darajasini  pasaytirishga  va  ijtimoiy 
yordamni  o‘z  egasiga  aniqroq  yetkazishga  imkon  berdi.  Uyushgan  ishchilar  harakatiga  yangidan 
zarba  berildi.  1988  yildagi  bandlik  to‘g‘risidagi  akt  noroziliklarni  e’lon  qilish  qoidalarini  buzgan 
kasaba  uyushmalariga  qarshi  ko‘riladigan  choralarni  UJESTOCHIL.  1990  yildagi  akt  kasaba 
uyushmalariga  u  yoki  bu  korxonaning  xodimlari  kasaba  uyushmasi  tashkilotiga  butunlay  a’zo 
bo‘lish va kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilmasliika  imkon beruvchi 
“yopiq sex” qoidasini bekor qildi.  
 
qulay  iqtisodiy  konyuktura  saqlangan  sharoitda  Tetcher  hukumati  mavqei  80-yillar 
oxirigacha  barqaror  edi.  Ammo  Tetcherizmning  salbiy  jihatlari  ham  asta-sekin  namoyon  bo‘la 
boshladi.  “Faravon  mamlakat”ni  bekor  qilishga  qaratilgan  yo‘nalish  jamiyatda  chuqur  ijtimoiy 
qutblanish  (ya’ni  keskin  qarama-qarshi  qismlarga  ajralish)ga  olib  keldi.  80-yillarda  aholi  jon 
boshiga  o‘rtacha  daromad  23%ni  tashkil  etganligiga  qaramasdan,  deyarli  20%  oilalar  qashshoqlik 
yoqasiga  kelib  qolgan  edilar.  Jamiyatning  bu  tabaqasi  yangi  konservatorlar  tomonidan  targ‘ib 


 
134 
qilinayotgan  kurashchanlik  va  raqobat  ustunligi  (kulti)ni  salbiy  qabul  qilishdi.  Ayni  paytda 
tetchirchilar  harakatchan,  emonsipirovanno‘ye  ijtimoiy  guruhlar,  jamiyat  qo‘llab-quvvatlashi  va 
ta’minotidan  voz kechib,  mustaqil, o‘z  hayotini o‘zi  “yaratuvchi” odam haqidagi  g‘oyalari ularga 
xos bo‘lgan an’anaviy viktorian qadriyatlar, Tetcher uslubining JESTKOST siyosat va mafkuraviy 
xilma-xillik  bilan  ayovsiz  kurash  bilan  mos  kelmas  edi.  Tetcherizmning  axloqiy  holsizlanganligi 
namoyon bo‘la boshladi.  
 
Tetcherning  siyosiy  avtoritarizmi  bilan  kelisha  olmaslik  sababida  1986-1989  yillarda 
hukumatda mudofaa vaziri Maykl Xezeltayp va bosh vazir o‘rinbosari Jefri Xauning o‘z ixtiyorlari 
bilan  iste’foga  chiqishlariga  olib  kelgan  bir  qator  shov-shuvlar  bo‘lib  o‘tdi.  1989  yil  noyabridagi 
moliya  vaziri  Nigel  Lousonning  iste’fosi  esa  allaqachon  jamiyatda  keng  norozilik  tarqalayotgan 
paytda ro‘y berdi. Bunga mahalliy soliqqa tortish tizimining isloh qilinishi bahona bo‘ldi. Mahalliy 
hukumat  organlari  va  qoidaga  ko‘ra  ko‘chmas  mulk  narxi  va  biznes  hajmi  asosida  belgilanuvchi 
soliq  o‘rniga  yagona  soliq  joriy  qilingan  edi.  Ko‘pchilik  inglizlar  yangi  soliqni  ijtimoiy 
adolatsizlikning  eng  ashaddiy  namoyon  bo‘lishi  sifatida  qabul  qilishdi.  qo‘llab-quvvatlash 
(ishonch)ni  yo‘qatayotgan  Tetcher  1990  yilning  kuzida  partiya  yetakchisi  saylovlarini  o‘tkazishga 
majbur bo‘ldi.  
 
 Birinchi  turda  Xezeltayp  bilan  kurashib,  Tetcher 204 ta  ovozga  ega  bo‘ldi.  Uning  raqibi  - 
152  taga.  Bu  ikkinchi  turda  qatnashish  uchun  yaxshi  imkoniyat  edi,  ammo  bunday  yetakchilik 
uchun kurash olib borish partiyani tarqalish  yoqasiga olib kelishi  mumkinligini fahmlagan Tetcher 
o‘z  nomzodligini  olishga  qaror  qildi.  Ikkinchi  turda  Xozeltaypga  Tetcher  yaqinlaridan  ikkita 
siyosatchi  Jon  Meyjor  va  Duglas  Xordlar  raqiblik  qilindi.  Meyjorni  ham  tetchirchilar  (jumladan 
“temir  xonim”ning  o‘zi  ham),  ham  davlat  siyosatini  o‘zgartirish  tarafdorlari  qo‘llab-quvvatlashdi. 
Uning  yoshi  ham  unga  foyda  qildi:  Tetcherning  47  yoshli  merosxo‘ri,  57  yoshli  muxolifotchi 
Xezeltayp  yoki  60  yoshli  Xerdga  qaraganda  ko‘proq  partiya  rahbariyatining  yangilanishi  ramziga 
yaqinroq  edi.  Ovoz  berishning  ikkinchi  bosqichi  natijalariga  ko‘ra,  Meyjor  185  ta,  Xezetayp-131, 
Xerd-56 ovozga ega bo‘lishdi.  

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish