Йилларда франция


partiya yetakchisi o‘rinbosari lavozimini egalladi



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix


partiya yetakchisi o‘rinbosari lavozimini egalladi.  
 
Intellektual  va  siyosiy  jihatdan  o‘ta  kuchli  jamoani  tuzgan  Xit  partiyaning  muxolifotda 
qolish  davridan  uni  qayta  tuzishga  foydalanmoqchi  bo‘ldi.  Dyu  Kani  va  Modlinglar  rahbarligi 
ostida  konservatorlar  partiyasining  Markaziy  byurosi  qaytadan  tuzildi,  parlamentda  deputatlikka 
nomzodlarni ko‘rsatishning saralash tizimi takomillashtirildi. Xitning o‘zi yashirin kabinet faoliyati 
xarakterini  o‘zgartirish  uchun  ko‘p  urindi.  Kabinet  majlislari  muntazam  o‘tkaziladigan  bo‘ldi. 
Ularning  mavzusi  nafaqat  parlament  taktikasi,  balki  asosiy  siyosiy  va  mafkuraviy  muammolarni 
ham  qamrab  olardi.  “Yashirin  kabinet”ning  har  bir  a’zosiga  ma’lum  ish  mintaqasi  -  “javobgarlik 
zonasi”  biriktirilgan  edi.  Agar  ilgari  faol  mavkuraviy  ijodi  saylov  oldi  kompaniyalaridan  oldingi 
davrga to‘g‘ri kelgan va ijtimoiy-falsafiy va targ‘ibotchilik xarakteriga ega bo‘lgan bo‘lsa, endi Xit 
davlat siyosatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha “yashirin kabinet” batafsil dasturini ishlab chiqish 
amaliyotini  joriy  qildi.  Partiyaning  saylovoldi  xujjatlarini  tayyorlash  vazifasi  alohida 
intellektuallardan olib yashirin hukumatning ishchi apparatiga yuklatildi.  
 
1966  yildagi  saylovlardagi  mag‘lubiyatga  qaramasdan  konservatorlar  partiyasi  asta-sekin 
o‘z  mavqelarini  mustahkamlab  bordi.  1967  yildan  boshlab  u  hukumat  mahalliy  organlari  va 
parlamentga  qo‘shimcha  saylovlarida  ko‘proq  muvaffaqiyatlarga  erishdi.  Ammo  partiyaning 
rahbariyatidagi ahvol tobora keskinlashib borayotgan edi. Keskin to‘qnashuv 1967 yilda ro‘y berdi. 
Unda  “1922  yil qo‘mitasidagi”  “orqa kursichilar”  “narxlar va daromadlar” siyosatiga  qat’iy qarshi 
chiqishdi.  Ammo  Xit, Modling  va Makleodlar, aksincha  hukumatning  bunday  choralarini  qo‘llab-
quvvatlashdi. Buning  bahonasida Xit partiya rahbari E.Dyu Kannning  lavozimidan  chetlashishi  va 
uning  o‘rniga  o‘zining  tarafdori  A.Barbar  tayinlanishiga  erishdi.  1967  yilda  “yashirin  kabinet” 
tarkibidan tori “eski gvardiyachilarining” oxirgi vakillari ham chetlashtirildi.  
 
Konservatorlar  partiyasining  rahbariyatidagi  ixtiloflar  Xitning  shaxsiy  obro‘sini  ancha 
tushirib yubordi. 1970 yil yanvar oyida ijtimoiy fikr so‘rovi natijasiga ko‘ra saylovchilarning butun 
muxolifot  davrida  eng  ko‘p  qismi  konservatorlarni  qo‘llab-quvvatlashgan  paytida,  ularning  44%i 
Xitni  yomon  rahbar  deb  va  faqat  31%i  yaxshi  rahbar  deb  baholashgan.  1970  yildagi  parlament 
saylovlaridagi  g‘alabadan so‘ng  Xit xavfli raqiblarni  yo‘qotishga harakat qildi. Hukumat tarkibiga 
Dyu  Kann  va  Pauelllar  kiritilmagan  edilar.  R.Modling  o‘zining  ilgarigi  obro‘sini  yo‘qotdi.  1972 
yilda esa  hukumatdan umuman  chiqarildi. Y.Makleod  moliya  vaziri  lavozimiga  ega  bo‘ldi, ammo 
bir  oydan  so‘ng  olamdan  o‘tdi.  Mahkamadagi  asosiy  mavqelarni  Xitning  sodiq  tarafdorlari 
egallashdi.  Yangi  hukumat  tarkibida  K.Joze  va  M.Tetcherlar  rahbarligida  partiya  o‘ng  qanotining 
kam  sonli  vakillari  ma’lum  mustaqillikni  namoyon  etishardi.  Saylovdagi  g‘alabadan  ko‘p 
o‘tmasdan  Xit  va  partiyaning  parlamentdagi  fraksiyasi  o‘rtasida  ham  yaxshi  munosabatlar 
o‘rnatilmaganligi  ma’lum  bo‘ldi.  “ORqa  kursi  egalari”  orasida  tarqalgan  Xitning  sustkashligi  va 
qat’iyatsizligi  haqidagi  fikr  fraksiyaning  ochiqcha  FRONDERCHILIK  (murosa  qila 
olmaydiganlar)ni  keltirib  chiqardi.  Vaqt  o‘tishi  bilan  Xit  hukumat  siyosati  masalalari  to‘g‘risida 
parlament  fraksiyasi  bilan  umuman  maslahatlashmay  qo‘ydi.  Bu  kelishmovchilik  parlament 
faoliyati tashkiliy  asoslari  islohotini o‘tkazishni  tezlashtirdi.  qonun  loyihalarini tayyorlash vazifasi 


 
117 
hukumat  amaldorlari  bilan  chambarchas  bog‘liq  bo‘lgan  maxsus  sohaviy  qo‘mitalarga  topshirildi. 
“Deputat so‘rovlari” amaliyoti ancha qisqartirildi. Unga ko‘ra, hukumat vakillari palata savollariga 
javob berishlari kerak edi. “Yashil kitoblar”- qonun loyihasini parlamentga taqdim etishdan oldingi 
bahs-munozaraviy xujjatlarni nashr qilish odati ancha kamayib ketdi.  
 
Parlament  islohoti  davlat  boshqaruvi  tizimidagi  tashkiliy  yangilanishlar  bilan  birga 
o‘tkazildi.  Xitning  rahbarlik  davrida  vazirliklarning  tuzilishi  yanada  oydinlashdi  va  ularning  soni 
kamaytirildi.  Hukumatning  moliyaviy  sohadagi  vakolatlari  oshirildi.  Hukumat  har  yili  mahalliy 
hokimiyat  organlari  moliyaviy  holatini  taftish  (reviziya)  qilish  va  “noto‘g‘ri  xarajatlar”  uchun 
kengash  a’zolari  va  boshqa  mansabdor  shaxslardan  jarima  undirish  huquqiga ega bo‘ldi. Mahalliy 
boshqaruv tizimining o‘zi esa 1972 yildagi qonunga muvofiq ancha tartibga solindi. Grafliklar soni 
qisqartirilib  ularning  hududlari  kattalashtirildi.  Mahalliy  hokimiyat  vakolati  barcha  darajalarda 
kengaytirilgan va unifikatsiyalashtirilgan (bir shaklga keltirish) edi. 1972 yildagi qonunga muvofiq 
mahalliy  ijrochi  hokimiyat  rahbarlari  vazifasini  o‘tab  kelgan  kengashlar  rahbarlarining  vakolatlari 
biroz kengaytirilgan edi.  
 
Davlat  boshqaruvining  islohoti  Angliya,  hamda  Uelsga  taalluqli  bo‘ldi.  qiyinchilik,  o‘ziga 
xos  ma’muriy  tuzilishga  ega  bo‘lgan  Shotlandiya  va  Shimoliy  Irlandiyada  yuzaga  keldi.  Oldingi 
leyboristik  hukumatdan  farqli  o‘laroq  Xit  bu  mintaqalarning  o‘z-o‘zini  boshqarishini  kengaytirish 
g‘oyasini  qo‘llab-quvvatlamadi.  Shotlandiya  ma’muriy  islohotini  ishlab  chiqish  to‘xtatilgan  edi. 
1972  yildan  boshlab  shimoliy  Irlandiyada  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  boshqarish  usuli  joriy  qilingan  edi. 
Mahalliy hukumat barcha vakolatlardan  mahrum qilindi, stormont esa tarqatib  yuborildi. Shimoliy 
Irlandiyaning  siyosiy  muhtoriyati rasman  bekor qilinmagan  bo‘lsa-da, uning  hududida  favqulodda 
qonunchilik  amal  qila  boshladi.  Uning  asosini  1973  yildagi  “Shimoliy  Irlandiya  to‘g‘risidagi”  va 
1974  yildagi  “Terrorizmning  oldini  olish  to‘g‘risidagi”  qonunlar  tashkil  qildi.  Favqulodda 
qonunchilikning  terrorizmga  qarshi  kurashga  qaratilgan  faoliyati  butun  Birlashgan  qirollik 
hududiga yoyildi.  
 
qat’iy  choralarning  ko‘rilishi  Olster  muammosini  hal  bo‘lishiga  olib  kelmadi.  Britaniya 
harbiy  qismlari  ozchilikni  tashkil  etgan  katoliklar  tomonidan  bosqinchilar  armiyasi  sifatida  qabul 
qilindi va terroristik harakatlar nishoniga aylandi. Ijtimoiy kayfiyatni keskin o‘zgartirgan hodisa 30 
dekabr  1972  yilda  bo‘lib  o‘tgan  “qonli  yakshanba”  bo‘ldi.  Unda  ingliz  qo‘shinlari  qo‘zg‘algan 
katoliklarga  qarata  o‘t  ochdilar  va  Londonderrida  13  kishining  o‘limiga  sabab  bo‘ldilar.  Bunga 
javoban g‘azablangan olomon Dublindagi Britaniya elchixonasiga bostirib kirib uni butunlay yoqib 
yuborishdi.  Shundan  keyin  IRA  sulh  tuzishdan  qat’iyan  bosh  tortdi  va  amalda  ingliz  hukumatiga 
qarshi  terroristik  urushni  boshladi.  Faqatgina  1972-1975  yillarda  Shimoliy  Irlandiyada  475  kishi 
o‘ldirildi.  Keskinlikni  bartaraf  etish  maqsadida  Britaniya  hukumati  mamlakat  tarixida  ilk  bor 
referendum o‘tkazishga qaror qildi.  
 
1973 yil 8 martda Shimoliy Irlandiya  fuqarolariga Olsterning Birlashgan qirollik tarkibidan 
chiqib  Irlandiya  Respublikasiga  qo‘shib  olinishiga  nisbatan  o‘z  hoxish  irodasini  bayon  qilishga 
imkon  berildi.  Ammo  referendumning  siyosiy  samarasi  nihoyat  past  bo‘ldi.  Ko‘pchilikni  tashkil 
etgan  protestantlar  ajralishga  qarshi  chiqdi,  ozchilik  bo‘lgan  katoliklar  esa  referendumga  boykot 
e’lon qildi. 
 
Olster  muammosini  yechish  uchun  oxirgi  marta  Buyuk  Britaniya  va  Irlandiya  hukumatlari 
1973  yilning  dekabrida  urinib  ko‘rishdi.  U  paytda  ular  Irlandiya  Kengashi-Irlandiya  Respublikasi 
va Shimoliy  Irlandiyaning  vazir  va parlamentlaridan  iborat davlatlararo  konsultativ  organni tuzish 
bo‘yicha  Sanningdeyl  shartnomasiga  imzo  qo‘ydilar.  Ammo  bu  shartnomaning  ratifikatsiyasi 
protestant ekstremistlarning chiqishi tufayli puchga chiqdi.  
 
Izchil,  ammo  har  doim  ham  samarali  bo‘lmagan  “hukumatni  birlashtirish”  siyosati  Xit 
tomonidan  keng ko‘lamli  ijtimoiy-iqtisodiy  yangilanishlarini  amalga oshirish uchun qat’iy  harakat 
qilishning  zaruriy  asosi  deb  qaralardi.  Bu  yangilanishlarning  konseptual  asosi  “Yagona  millat” 
g‘oyalari  bo‘ldi.  Xitning  hukmronlik  davrida  davlat  strategiyasini  ishlab  chiqish  asosan,  partiya 
tahliliy  markazlarini  emas,  balki  hukumat  tuzilmalarining  funksiyasi  bo‘lib  qoldi.  Bunda  asosiy 
rolni  1970  yilda  lord  Rotshild  rahbarligi  ostida  tuzilgan  hukumatning  siyosatni  tahlil  qilish 
Markaziy  shtabi  o‘ynadi.  Hukumat  siyosati  yo‘nalishini  ishlab  chiqishda  ta’lim  sohasi  vakillari 
(ular  liberal  kayfiyatda  edilar)  katta  ta’sir  ko‘rsatishdi,  masalan  G.Jojon  (London  iqtisodiyot 
maktabi),  F.P.Peysh  va  A.Prost  (Manchester  universiteti),  R.Boll  (London  biznes  maktabi). 


 
118 
Ularning hammasi  Keyns  nazariyasiga qarshi edilar va  Britaniya  hukumati  iqtisodiy strategiyasini 
tubdan  o‘zgartirish  tarafdori  edilar.  Konservatorlarning  yangi  avlodi  davlatda  ijtimoiy  taraqqiyot 
muammolarini  yechish  bo‘yicha  to‘lov  javobgarlikni  olish  kuchi  borligini  tan  olishmasdi.  Asosiy 
muammo  ijtimoiy  munosabatlarning  tabiiy  mexanizmlarini  rag‘batlantirish,  har  bir  odamning 
faolroq,  harakatchanroq  va  tadbirkorroq  hayotiy  mavqe’ga  undash  hisoblanardi.  Hukumat  oldiga 
davlat xarajatlarini tartibga solish va ijtimoiy siyosat boshqaruvini va shu bilan bir vaqtda xususiy 
tashabbuskorlik hamda raqobatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash vazifasi qo‘yilgan edi.  
 
1973  yildagi  sog‘liqni  saqlash  tizimini  isloh  qilish  to‘g‘risidagi  qonunda  barcha  toifadagi 
tibbiyot  xodimlariga  xususiy  amaliyot  bilan  shug‘ullanish  huquqini  berish,  jamoaviy 
kasalxonalarida  markazlarga  mo‘ljallangan  joylarni  ko‘paytirish  (agar  ular  davolash  haqini  o‘zlari 
to‘lasa) shifokorlarga o‘zining xususiy mijozini davolash uchun kasalxona va klinikalardagi asbob-
uskunalardan  foydalanish  huquqini  berish  ko‘zda  tutilgan  edi.  Hukumat,  davlat  tuzishda  bozor 
tamoyillarining  tarqalishiga  umid  bog‘lagan  holda  sog‘liqni  saqlash  sohasida  davlat  va  xususiy 
sektorni  ajratishdan  bosh  tortdi.  Ikkala  sektor  yagona  milliy  sog‘liqni  saqlash  xizmatiga 
birlashtirildi.  
 
M.Tetcher  rahbarligi  ta’lim  sohasida  islohot  o‘tkazildi.  Ta’lim  muassasalariga  ta’lim 
jarayoni  mazmunini  tanlash  va  uning  shakllarini  belgilash  bo‘yicha  to‘la  erkinlik  berildi.  Tetcher 
o‘quvchilarning  talabalari,  qobiliyati  va  imkoniyatiga  asoslangan  eng  differensial 
(individuallashgan) ta’lim modelini joriy qilmoqchi edi. Uning fikricha xususiy ta’lim muassasalari, 
davlat  maktablarini  butunlay  siqib  chiqara  olmaydi,  ammo  ular  ta’lim  tizimining  elitor  (nufuzli) 
qismi bo‘lib kelishi kerak. Davlat maktablariga kelsak, ularni ta’minlash uchun ajratiladigan budjet 
mablag‘lari  keskin  kamaytirildi.  Oliy  maktablarda  ham  bu  xarajatlar  kamaytirildi,  ammo  bu 
talabalar 
sonining 
keskin 
pasayishiga 
olib 
keldi. 
Konservatorlar 
ta’lim  sohasini 
kommersiallashtirishga  (tijoratlashtirilgan)  o‘tish  haqida  ochiqchasiga  e’lo6  qilishmadi,  ammo 
amalda bunga to‘la sharoit yaratib berishdi.  
 
Davlat tomonidan bosib chiqarilgan “uy-joy qurilishidagi odilona yo‘l” nomli davlat dasturi 
bu  sohani  bozor  prinsiplariga  o‘tkazish  zaruratidan  kelib  chiqqan  edi.  Har  bir  oilaga  uyni  egalik 
qilish  va  ijara olish huquqini  berish va uy-joy  to‘lovlari uchun  dototsion va  imtiyozli  yordamlarni 
taqsimlashda  tenglashtirishni  bekor  qilish  juda  muhim  hisoblanar  edi.  Shahar  qurilishidagi  davlat 
subsidiyalari  qisqartirildi,  bunday  dasturlarni  moliyalashtirishning  asosiy  uy-joy  to‘lovlari  bo‘ldi. 
Ammo xususiy uy-joy sektori qurilishi, aksincha  har tomonlama rag‘batlantirilar edi. Bu jarayonni 
qo‘llash uchun davlat yer narxlarini nazorat qilishni va yerga egalik qilish amallarini boshqaruvchi 
yer qo‘mitasini bekor qildi.  
 
Ijtimoiy  dasturlarni  qisqartirish  E.Xit  hukumati  tomonidan  “iqtisodiyotni  davlatning 
keraksiz ta’siridan (aralashuvidan) xolos etish” shiori ostida amalga oshirildi. Bu yo‘nalish sanoat 
siyosatida ham qo‘llandi. Davlat va xususiy sektorlar munosabati tobora xususiy sektor manfaatiga 
moslashtirildi.  Hukuman  keng  ko‘lamni  xususiylashtirishni  boshlashga  harakat  qilmadi,  ammo 
davlat  kompaniya  va  korxonalar  aksiyalari  paketini  qisman  sotishni  boshladi.  Bu  tajriba  sudralma 
denatsionalizatsiya  (natsionalizatsiya  qilingan  mulklarni  egalariga  qaytarish)  deb  nomlandi.  Ayni 
vaqtda davlatning  xususiy  sektorni  boshqaruvga aralashuvi  qisqartirildi.  1970  yilda sanoatni qayta 
tuzish  kompartiyasi  va  iqtisodiy  rivojlanish  rejalarini  ishlab  chiqish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ba’zi 
boshqa hukumat muassasalari bekor qilindi.  
 
Iqtisodiyotni  liberallashtirish  (erkinlashtirish)  bo‘yicha  umumiy  siyosat  jarayoni  doirasida 
Xit hukumati soliqqa tortish tizimini  isloh qilish choralarini qo‘lladi. To‘g‘ri (pryamo‘x) soliqlarni 
kamaytirish  va  egri  soliqlarni  oshirish  iqtisodiyotning  “real  sektori”ni  rag‘batlantirishi,  sanoat 
ishlab chiqarishi sohasi sarmoya qo‘yishlar rentabelligini (samaradorligini) oshirish kerak edi. Har 
bir  funt  sterlingdan  daromad  solig‘ini  6  pensdan  kamaytirish  jiddiy  targ‘ibot  samarasi  natijasi 
o‘laroq  yuz  berdi.  (So‘nggi  11  yil  ichida  bir  marta).  Aholining  eng  kam  ta’minlangan  qatlami 
(deyarli  10  million  kishi)  daromad  solig‘idan  umuman  ozod  qilingan  edi.  Yirik  korparatsiyasi 
foydasi uchun soliqlar hajmi ancha kamaytirildi. Kompaniyalarni alohida daromadiga qarab soliqqa 
tortish  tizimi  yagona  soliq  savdosi  bilan  almashtirildi.  Bu  esa  eng  samarador  va  raqobatbardosh 
ishlab  chiqaruvchilarga  afzallik  berdi.  Dastlabki  sarmoya  qo‘yishlar  uchun  soliq  imtiyozlari 
oshirildi.  


 
119 
 
Xit  hukumati  mehnat  munosabatlari  sohasida  davlat  tomonidan  nazorat  qilish  darajasi 
hamda tizimni ham ancha kamaytirdi. Vilson hukumati tomonidan joriy qilingan tanlab olinadigan 
bandlik  solig‘i  butunlay  bekor  qilindi.  Hukumat  ishsizlik  bilan  kurashish  bo‘yicha  yirik 
dasturlardan  bosh  tortdi.  1970-1971  yillarda  ilgarigi  hukumatlarning  daromad  va  narxlarni 
boshqarish  to‘g‘risidagi  qarorlari  asta-sekinlik  bilan  bekor  qilindi.  Maosh  miqdorining  oshishini 
chegaralash  darajasi  haqida  qaror  qabul  qilish  yirik  korparatsiya  va  tredonatsion  vakillarining 
bitishtiruvchi  qo‘mitalari  zimmasiga  davlat  ishtirokisiz  yuklatildi.  1970  yildagi  “sanoatdagi 
munosabatlar  to‘g‘risidagi”  qonun  bilan  siyosiy  aksiyalar  va  birdamlik  namoyishlari  (stachkalari) 
ta’qiqlangan  edi.  Barcha  kasabab  uyushmalari  maxsus  davlat  imperiyasida  ro‘yxatdan  o‘tishlari 
kerak  edi.  Bunda  ustav  maqsadlar  ham  belgilanishi  ko‘zda  tutilgan  edi.  Xit  hukumati  tomonidan 
amalga  oshirilayotgan  rag‘batlantiruvchi  chora-tadbirlar  ishbilarmonlik  faollashuvi  va  ishlab 
chiqarish  hajmining  o‘sishiga  olib  keldi.  To‘g‘ri,  sarmoya  qo‘yishlar  dinamikasining  o‘sishi 
ishonchsizligicha qolaverdi. 1970 yilda ichki investitsiyalar oldingi yilgi ko‘rsatkichdan 2,5% ko‘p 
edi, ammo  1971 yilda  biroz orqaga chekinish ro‘y  berdi, 1972  yilda esa  sarmoya qo‘yishlar 1%ga 
oshdi. Bunday vaziyatda hukumat yirik investitsion dasturlarni amalga oshirishga majbur bo‘ldi, bu 
esa sanoat sarmoya qo‘yishlardagi davlat moliyasi hissasini 50% (1964 yilda-45%)gacha oshirishni 
talab qilardi. Bu 1973 yildayoq ishlab chiqarish 7% ga oshirishga imkon berdi. Ammo shu bilan bir 
vaqtda  davlat  qarzlari  ham  oshib  ketdi.  Leyboristlarning  barqarorlashtiruvchi  siyosati  bilan 
ta’minlangan to‘lov balansining pasayishi va inflyatsiyaning kamayishi xavf ostida qoldi.  
 
Britaniya  iqtisodiyotiga  70-yillar  boshida  ro‘y  bergan  xalqaro  valyuta  tizimini  tubdan 
o‘zgartirish ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Jahon moliyaviy bozorining liberallashuvi Yevropa valyuta 
hududiga dollarning bosimini yanada kuchaytirdi. Barqaror bo‘lmagan Britaniya moliya bozori turli 
chayqovchilik  xujumlari  uchun  qulay  bo‘lib  qoldi.  Bu  esa  inflyatsiyaning  yana  o‘sishiga  sabab 
bo‘ldi.  1972  yil  iyulida  muomalaga  kiritilgan  funt  sterlingning  “erkin  suzishi”dan  so‘ng,  uning 
kursi tez pasayib keta boshladi. 1972 yil noyabrda Xit hukumati o‘z iqtisodiy strategiyasini tubdan 
o‘zgartirishi  va  “inflyatsiyaga  qarshi  siyosat”ning  yangi  bosqichga  o‘tishini  ma’lum  qildi.  Uning 
asosiy  yo‘nalishlarini  ishbilarmonlar  doirasi  va  kasaba  uyushmalari  vakillari  bilan  kelishib  olib 
amalda  mag‘lubiyatga  uchradi.  Hukumat  yana  narx  va  daromadlarni  majburiy  boshqarish 
tajribasiga qaytishga majbur bo‘ldi.  
 
Inflyatsiyaga  qarshi  siyosatning  faollashuvidan  tashqari,  hukumat  yana  sanoat  ishlab 
chiqarishini  faol  boshqarishga  qaytishga  majbur  bo‘ldi.  Milliy  manfaatlar  uchun  muhim 
hisoblangan sohalardagi  xususiy korxonalar va subsidiyalar berish  tiklandi. Bu dotatsiya  vositalari 
esa, ishlab chiqarishni yangilash uchun emas, balki bandlik darajasini saqlab turish uchun ishlatildi. 
Natijada  hukumat  rentabelligi  (samaradorlik  darajasi)  eng  past  korxonalarni  nafaqat  qo‘llab-
quvvatlash,  balki  ularni  milliylashtirishga  (bu  siyosat  “cho‘loq  o‘rdaklar”ni  qo‘llab-quvvatlash 
nomini  oldi)  majbur  bo‘ldi.  qishloq  xo‘jaligidagi  sohalarga  ham  dotatsiya  ajratilardi.  Hukumat 
faolligi  sanoat  ishlab  chiqarishi  o‘sish  ijobiy  dinamikasini  saqlab  qolishga  imkon  berdi.  Ammo, 
jahon bozorida Buyuk Britaniya pozitsiyasi yomonlasha bordi. 1973 yilda uning jahon eksportidagi 
urushi 6,6%gacha pasaydi.  
 
Bunday  sharoitda  Buyuk  Britaniyaning  YEIHga  qo‘shilish  uchun  uchinchi  urinishining 
muvaffaqiyati katta ahamiyat kasb etdi. 1973 yil 1 yanvardan boshlab Buyuk Britaniya, Daniya va 
Irlandiyalar  Yevropa  Hamjamiyatining  to‘la  huquqli  a’zolariga  aylanishdi.  Ammo  birlashishning 
iqtisodiy  samarasi  uzoq  istiqbolda  namoyon  bo‘lishi  mumkin  edi.  Hozircha  Britaniya  hukumatiga 
jiddiy  yon  bosishlar  jumladan,  ichki  ingliz  bozorida  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlariga  narxlarni 
ancha  oshirish,  Hamdo‘stlik  mamlakatlari  bilan  tuzilgan  savdo  kelishuvlarini  YEIH  talablari 
asosida qayta ko‘rib chiqish, xalqaro savdo zahira valyutasi sifatida funt sterlingdan foydalanishdan 
bosh  tortish,  YEIH  budjetiga  Buyuk  Britaniya  a’zolik  to‘lovining  miqdorini  oshirish  kafolatlarini 
berishiga  to‘g‘ri  keldi.  Natijada  Bunda  Britaniyaning  “Umumiy  bozor”ga  qo‘shilishi  boshida 
mamlakat to‘lov balansining yaxshilashi emas, balki yomonlashuviga olib keldi.  
 
1971  yil  oxirida  Britaniya  iqtisodiyoti  yana  bir  jiddiy  imtihonga  “neft  inqirozi”ga  duch 
keldi,  oktabr  oyida  OPEK  neftning  har  barrali  narxining  misli  ko‘rilmagan  darajada  3  dan  18,65 
dollargacha oshirish haqida qaror qabul qildi. Bu G‘arb mamlakatlari iqtisodiyotini global energetik 
inqiroz  yoqasiga  olib  keldi.  Sanoat  ishlab  chiqarishning  ilg‘or  sohalari  energiya  sarf  qiluvchi 
texnologiyalarga  asoslangan  edi.  Bu  hodisa  nafaqat  katta  zarar,  ishlab  chiqarishning  pasayishi  va 


 
120 
investitsiyalarning  chekinishiga  olib  keldi,  balki  ishlab  chiqarish  texnologik  asosini  qayta  ko‘rib 
chiqish  zaruratini  yuzaga  keltirdi.  Bu  jarayon  o‘n  yil  davom  etdi  va  sanoat  iqtisodiy  modelining 
tuzilmaviy  (struktura) inqiroziga  sabab bo‘ldi.  U hozircha urushdan  keyingi  qayta  ishlab chiqarish 
inqirozining debochasi bo‘ldi.  
 
Energetik  inqiroz bilan  bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni oshirish, xo‘jalikning barcha sohalarida 
mahsulot  tonnarxining  ulgurji  va  chakana  savdo  narxlarining  keskin  oshishiga  olib  keldi.  Undan 
keyin  ro‘y  bergan  sotib  olish  qobiliyati  va  talabning  pasayishi  hamda  investitsiyaning  kamayishi 
inqiroz boshlanishiga olib keldi.  
 
O‘zining  neftga  bo‘lgan  ehtiyojining  2G‘3  qismini  O‘rta  Sharqdan  import  qilinuvchi  neft 
hisobidan  qondiruvchi  Buyuk  Britaniya  bu  inqirozdan  katta  talofat  ko‘rdi.  Bu  vaziyatda  Xit 
navbatdan  tashqari  parlament  saylovlarini  o‘tkazishga  qaror  qildi.  Saylovchilar  esa  mamlakatni 
inqirozdan olib chiqishni Xitga ishonishni hal qilishlari kerak edi.  
 
G.Vilson va J.Kallagenning “Ijtimoiy shartnomasi”. 
 
1974  yil  4  mart  kuniga  belgilangan  parlament  saylovlariga  hukumat  lageri  g‘alabaga  to‘la 
ishonch  bilan  tayyorlangan  edi.  Xit  “olomon  fikri”ga  bog‘liq  bo‘lmagan  va  har  qanday  vaziyatda 
ham  faoliyat  ko‘rsatishga  qodir  bo‘lgan  “kuchli  hukumat”  yaratish  haqida  bayonot  berdi. 
Leyboristlar  partiyasi  esa,  aksincha  saylov  kompartiyasini  faol  o‘tkazishdi.  Ammo  ular  shubhasiz 
yangi g‘oya va yetakchiga muxtlj edi.  
 
Leyboristlar  partiyasining  o‘ng  qanotida  1970-1971  yillarda  ikkita  qutb  yuzaga  keldi. 
Ulardan  biri,  qayta  tiklangan  Fobianchilar  jamiyatini  tuzgan  bo‘lsa,  ikkinchisi  R.Jenkins  atrofida 
jipslashdi.  Yangilangan  Fabian  jamiyati  yetakchisi  Antoni  Kroslend  va  uning  tarafdorlari 
partiyaning  an’anaviy  qadriyatlarini,  ishchilar  harakatining  sotsialistik  ideallarini  tiklash  tarafdori 
edi.  O‘ng  leyboristlar  uchun  bnday  g‘ayriodatiy  bo‘lgan  pozitsiyani  partiyaning  an’anaviy 
saylovchilarini tarqalishi va uning siyosiy qiyofasini yo‘qotishidan qo‘rqish bilan asoslash mumkin. 
Roy Jenkins o‘z atrofida sobiq partiya yetakchisi X.Geytekellning “umummilliy siyosatiga” qaytish 
tarafdorlari bo‘lgan o‘ng leyboristlarni to‘pladi.  
 
Leyboristlarning  so‘l  qanoti  ham  mafkuraviy,  ham  tashkiliy  jihatdan  o‘z  xilma-xilligini 
yetarli  darajada  saqlab  qoldi.  Uning  yetakchilari  Maykl  Fut  rahbarligida  “orqa  kabenit”  tarkibiga 
kiritildi  va  ular  partiya  rahbariyati  bilan  qattiq  to‘qnashuvdan  ehtiyot  bo‘lishardi.  “So‘l  markaz” 
shakllanishida  Entoni  Vejvud  Benn  katta  rol  o‘ynadi.  Lordlar  palatasi  a’zosi  bo‘lgan  Vejvud 
perlikdan  voz  kechdi  va  o‘z  ismini  “xalqchilroq”-hisoblashgan  -Toni  deb  o‘zgartirdi.  Uning  Fut 
guruhi  bilan  yaqinlashishi  Truyunionlarning  faol  siyosiy  chiqishlarini  qo‘llab-quvvatlashda 
namoyon bo‘ldi. Ularni Kraslendning takliflarini tanqil qilish ham birlashtirardi. Ular uni “Egalitar-
roq” daromadlar siyosatiga chaqirishardi.  
 
So‘l  va  o‘ng  qanot  guruhlari  faollashayotgan  bir  davrda  Vilson  tez  turli  fraksiyalarning 
manfaatlarini kelishtirishga majbur bo‘ldi. Bundan albatta partiya dasturining to‘laligi va  izchilligi 
zarar  ko‘rdi.  Kelishuvga  mamlakatda,  jumladan,  soliqqa  tortish  sohasida,  nafaqa  ta’minoti  va 
ijtimoiy  sug‘urta  sohasida,  tibbiy  xizmat  ko‘rsatish  va  ta’lim  davlat  tizimini  rivojlantirishda  faol 
ijtimoiy o‘zgarishlar bo‘yicha dasturlar asos bo‘ldi. 1973 yildagi konferensiya partiya rahbari etib 
saylangan Jeyms Kollagenning shaxsiy obro‘si oshib borayotganligini namoyish etdi. 1974 yilning 
fevral  oyida  bo‘lib  o‘tadigan  saylovlar  uchun  tayyorlangan  leyboristlar  partiyasining  saylovoldi 
dasturi  radikal  xarakterga  ega  edi.  Unda  keng  milliylashtirish,  davlat  boshqaruvi  tizimini 
kuchaytirish,  harbiy  xarajatlarni  qisqartirish,  Buyuk  Britaniyaning  Umumiy  bozorda  qatnashishi 
borasida umumxalq referendumini o‘tkazish ko‘zda tutilgan edi. Saylov natijalari shuni ko‘rsatdiki, 
Buyuk  Britaniya 
yetakchi  partiyalarining  dasturlari  saylovchilarning  katta  ishonchini 
qozonolmaydi.  Konservatorlar  37%,  leyboristlar  -38%  ovozga  ega  bo‘ldi.  Tarqalib  ketish  xavfi 
yoqasida  turgan  liberal  partiyaning  kutilmagan  muvaffaqiyatli  ramziy  ma’noga  ega  bo‘ldi. 
Liberallar  uchun  saylovchilarning  beshdan  bir  qismi  ovoz  berdi.  Natijada  leyboristlar  301 
deputatlik  mandatga,  konservatorlar-296,  liberallar-13,  mandatga  ega  bo‘lishdi.  Shunday  qilib, 
parlamentning quyi palatasida biror bir partiya mutloq ko‘pchilikka ega bo‘lmadi.  
 
Xitning  liberallar  rahbariyati  bilan  koalitsion  kabinet  tuzish  to‘g‘risida  konsultatsiyalar 
o‘tkazishga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Undan keyin Xit qirolichaga iste’foga chiqish 
haqida  iltimosnoma  berishga  majbur  bo‘ldi.  Bosh  vazir  vakolatlari  Vilsonga  topshirildi. 


 
121 
Leyboristlarning “ozchilik hukumati” boshqa fraksiyalarning birlashgan ovoz berishlariga qarshilik 
qila olmasligi sababli,  uning rahbari  an’anaga  ko‘ra tezda parlamentni  tarqatib  yuborishi  va  yangi 
saylovlar  o‘tkazishi  mumkin  edi.  Ammo  Vilson  boshqacha  yo‘l  tutdi.  Bir  necha  oy  davomida  u 
“pishib  yetmagan”  qonun  loyihasini  taqdim  etmadi  va  o‘z  rahbarlariga  uning  siyosatiga  o‘z 
reytinglarini  saqlab  qolish  yo‘li  bilan  qarshilik  ko‘rsatishga  imkon  bermadi.  Saylovoldi  va’dalari 
ustidan  chiqqan  holda  leyboristlar  hukumati  triyunionlar  noroziligiga  sabab  bo‘lgan  “sanoatdagi 
munosabatlar to‘g‘risidagi” qonunni bekor qildi, shexterlarning oylik maoshni oshirish to‘g‘risidagi 
talablarini qondirdi, hamda boshqa sohalarda oylik maoshni oshirish darajasini cheklash masalasida 
diktatdan  voz  kechdi.  “Soliqlar  siyosati”  erkin  xarakterga  ega  bo‘ldi.  Ishsizlikka  qarshi  kurash 
bo‘yicha  dasturlarni  amalga  oshirish  boshlandi.  Davlat tomonidan  moliyaviy  yordam  ko‘rsatilishi 
natijasida  ko‘pgina  korxonalarda  to‘liq  ish  haftasi  tiklandi.  Nafaqalar  hajmi  oshirildi,  oziq-ovqat 
mahsulotlari  narxlari  va  kvartira  to‘lovlari  vaqtinchalik  “muzlatildi”,  ko‘p  bolali  oilalarni  qo‘llab-
quvvatlash to‘g‘risida qonun qabul qilindi.  
 
Vilson Olster  muammosini  hal qilishga  ham qadam qo‘yishga  harakat qildi. 1974  yil aprel 
oyida  o‘zining  Shimoliy  Irlandiyaga  bo‘lgan  safarida  u  Sonningdeyl  shartnomasini  ratifikatsiya 
qilish  bo‘yicha  takliflarni  taqdim  etdi.  Ammo  ekstremistik  guruhlar  harakatlarini  to‘xtatishga 
muvaffaq  bo‘lmadi.  Olsterda  protestant  ultra  tomonidan  tashkil  qilingan  umumiy  siyosiy 
g‘alayonning boshlanishidan so‘ng Britaniya hukumati Shimoliy Irlandiya assambleyasini tarqatib 
yuborish  va  yana  to‘g‘ri  boshqarish  hajmiga  qaytishga  majbur  bo‘ldi.  1974  yil  iyulida  “Shimoliy 
Irlandiya  konstitutsion  akti”  qabul  qilindi.  Unga  ko‘ra  Olsterda  yangi  mahalliy  vakillik  organi  - 
konstitutsion  Konventni  tuzish  ko‘zda  tutilgan  edi.  Ammo  bu  loyihani  amalga  oshirishga  hech 
qanday 
imkoniyat  bo‘lmadi.  Olster  muammosini 
yechish 
bo‘yicha  tashabbusning 
tuvaffaqiyatsizlikka  uchrashiga  qaramasdan  Vilson  o‘z  faoliyatining  daslabki  oylarida  o‘z 
hukumatining  nufuzini  oshirishga  erishdi.  Rag‘batlantiruvchi  soliq  va  investitsion  siyosat  mehnat 
munosabatlari  va  ijtimoiy  ta’minot  sohasidagi  ommaviy  tadbirlari  bilan  birga  ingliz  jamiyati  turli 
tabaqalarida ijobiy taassurot qoldirdi. Bir vaqtda milliy va jahon bozorida barqarorlikning buzilishi 
belgilari  yaqqolroq  ko‘zga  tashlanib  bordi.  1974  yilning  birinchi  yarmida  barcha  G‘arb 
mamlakatlari  iqtisodiyoti  chuqur  strukturaviy  inqirozga  uchray  boshladi.  Ammo,  oddiy  inglizlar 
uchun  “og‘ir  damlar”ning  boshlanishi  hozircha  oldingi  konservativ  kabinetga  bog‘liq  ravishda 
qabul qilinardi. Parlamentni tarqatib yuborishga erishgan leyboristlar o‘zlarining ommaviylashtirish 
siyosatlari  natijalarida  foydalanish  va  saylov  kompaniyasini  yana  ilgarigi  konservatorlar  siyosati 
tanqidi asosida olib borish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.  
 
Kuzgi  saylovlardan  oldin  tayyorlangan  leyboristlar  dasturi  bor-yo‘g‘i  bitta  yangilikni  o‘z 
ichiga  olardi.  Bu  Kollagen  tomonidan  taklif  qilingan  “ijtimoiy  shartnoma”  g‘oyasi  edi.  Unda 
“hokimiyat  va  boylikni  ishchilar  foydasiga  tubdan  va  abadiy  qayta  taqsimlash”  uchun  davlat  va 
kasaba  uyushmalarining  yaqindan  hamkorlik  qilishlari  ko‘zda  tutilgan  edi.  Bu  dasturning  asl 
mazmuni  yanada  to‘laroq  va  qat’iyroq  tarzda  “davlat  faravonligi”  g‘oyasini  amalga  oshirishga 
harakat  qilishdan  iborat  edi.  Kollagenning  taxminiga  ko‘ra,  inqiroz  bilan  kurashish  va  yashash 
tarzini  yuqorigi  darajada  saqlab  turish  iqtisodiy  va  ijtimoiy  munosabatlarni  davlat  tomonidan 
boshqarilishini kengaytirish orqali amalga oshirilishi kerak edi.  
 
1974  yil  10  oktabrda  bo‘lib  o‘tgan  saylovlar  natijasi  parlamentda  barqaror  ko‘pchilikni 
egalik  qilish  uchun  yetarli  bo‘ldi.  Leyboristlar  parlamentning  quyi  palatasida  319  ta  o‘ringa 
(saylovchilarning  39,3%  ovozi),  konservatorlar  -  296  (35,8%),  liberallar  esa  13  (18,3%)  ga  ega 
bo‘lishdi. Bunda ilk bor quyi palatada 11 ta o‘ringa ega bo‘lgan Shotlandiya milliy partiyasi yaqqol 
muvaffaqiyat qozondi.  
 
 1974  yil  oxiridan  boshlab  Vilson  hukumati  iqtisodiy  ahvollarning  keskin  yomonlashuviga 
duch  keldi.  Bir  necha  oy  davomida  Buyuk  Britaniyada  sanoat  ishlab  chiqarishi  10%  dan  ko‘proq 
kamaydi. Sanoat quvvalarining 30%i yetarlicha foydalanilmadi, bu esa o‘z navbatida ishsizlikning 
o‘sishiga olib keldi. Agar 1974 yilning boshida ishsizlar soni 700 ming kishini tashkil qilsa, 1975 
yilda  bu  ko‘rsatkich  1400  ming  kishiga  yetdi.  Inflyatsiya  jarayonlari  kutilmagan  tarzda  kechardi. 
Bozor  iqtisodiyoti  tarixida  birinchi  marta  ishlab  chiqarishning  barqaror  qisqarishi  narxlarning 
ko‘tarilishi bilan birga ro‘y berdi (“stagflyatsiya” jarayoni). Buyuk Britaniyada 1974 yilda chakana 
narxlar  19%ga,  1975  yilda  -24%ga  oshdi.  Bu  inflyatsiya  shiddatli  -  yeldirilgan  deb  ataldi,  uning 
yuzaga  kelishi  esa  tartibga  solishning  Keynschilik  usullaridan  uzoq  muddat  foydalanish  oqibatida 


 
122 
bo‘ldi.  Bu  usulda  umumiy  talabni  defitsit  budjet  siyosati  bilan  yuzaga  keltirish,  ortiqcha  kredit 
pullarini hosil qilishdan iborat edi.  
 
1975  yil  yozidan  boshlab  Vilson  hukumati  inflyatsiya  o‘sishini  to‘xtatish,  investitsiyalar 
faolligini  saqlash  va  mehnat  kelishmovchiliklarini  bartaraf  etishga  barcha  kuchni  sarf  etishiga 
to‘g‘ri  keldi.  “Ijtimoiy  shartnoma”  dasturi  o‘zining  birinchi  shakli  (mazmuni)da  amalda  puchga 
chiqarildi.  Hukumat  kasabab  uyushmalari  bilan  bor  yo‘g‘i  ularning  oylik  maoshni  oshirishni 
cheklash  to‘g‘risidagi  talablari  (yiliga  10%)  to‘g‘risida  shartnoma  tuzishga  erishdi,  xolos. 
“Ommaviy  bo‘lmagan”  choralar  ham  o‘tkazildi:  iste’mol  mollariga  nisbatan  soliqlarning  oshishi, 
ijtimoiy  va  madaniy  dasturlarda  davlat  xarajatlarini  qisqartirish.  Ammo,  hukumatning  inqirozga 
qarshi dasturi  asosan passiv, kutuvchi  xarakterga ega edi.  Siyosiy sinfdan  butunlay  yangi  ijtimoiy 
mafkurani  ishlab  chiqishni  talab  etuvchi  bir  vaziyatda  leyboristlar  hukumati  bor-yo‘g‘i  “og‘ir 
damlarni chidab o‘tkazish”ga chaqiruvchi  vaqtinchalik choralarni taklif qila oldi, xolos. Ko‘pgina 
leyboristlar  yetakchilarining  ham  ruhli  jihatdan  toliqqani  sezilib  turardi.  Vilsonning  1976  yil  16 
martida bosh vazir lavozimidan ketish to‘g‘risidagi qarori unchalik kutilmagan hodisa bo‘lmadi.  
 
Vilson  iste’fosidan  keyin  bo‘lib  o‘tgan  partiya  ichidagi  saylovda  oltita  nomzod  qatnashdi. 
Birinchi  turda  M.Fut  (90  ovoz),  J.Kollagen  (84  ovoz)  va  R.Jennikslar  (37  ovoz)  yaxshiroq 
mavqeida  edi.  Ikkinchi  tur  Kollagen  ustunligini  ko‘rsatdi,  ammo  bu  ham  mutloq  xarakterga  ega 
emas  edi.  Uchinchi  urinishdagina  u  M.Fut  ustidan  g‘alaba  qozondi.  1976  yil  5  aprelida  Buyuk 
Britaniya yangi bosh vazirligini bildi.  
 
Bosh  vazir  lavozimiga  ega  bo‘lgan  Jeyms  Kollagen  budjetni  tejash  siyosatiga  butunlay 
o‘tish, inflyatsiyaga qarshi choralarning nufuzini oshirish, milliylashtirish rejalaridan butunlay voz 
kechishni  ma’lum  qildi.  “Ijtimoiy  shartnoma  g‘oyasi  butunlay  bekor  qilinmadi,  ammo  u  endi 
inqirozga  qarshi  siyosatga  bog‘liq  tarzda  qaralardi.  Hukumat  tutgan  yo‘lning  asosiy  apponenti 
ishchilar  harakati bo‘ldi. 70-yillarning  ikkinchi  yarmida  Buyuk Britaniyani  norozilik  namoyishlari 
qurshab  olgan  edi.  Namoyishlar  tufayli  shifoxonalar,  transport  vositalari,  pochta  va  yong‘inga 
qarshi  kurash  xizmati  vaqti-vaqti  bilan  ishlamay  qolardi.  Metallurglar,  shaxtyorlar, 
avtomobilsozlar,  haydovchilar  va  temiryo‘lchilar  kasaba  uyushmalari  mehnat  sharoitlarini 
yaxshilash  uchun  birgalikda  namoyish  qilishdi.  Uyushgan  ishchilar  harakati  oylik  maoshlarni 
oshirish  uchun  kurashdan  sanoat  korxonalarining  davlat  tomonidan  qo‘llab-quvvatlanishi,  to‘liq 
bandlikni  ta’minlash, soliqqa  tortish tizimini o‘zgartirish, import  ustidan  qattiq  nazorat o‘rnatishni 
talab qilishga o‘tdi.  Hukumat qiyinchilik  bilan  bo‘lsada  kasabab uyushmalarining  siyosiylashuvini 
va  eng  radikal  chiqishlarni  bartaraf  etardi.  Kollagen  hattoki  kabinet  tarkibidan  partiya  chap 
qanotidan  bir  necha  vakillarni  chiqarishga  majbur  bo‘ldi.  Ammo  bu  choralarning  barchasi 
leyboristlarning  sonini  kamayishiga  sabab  bo‘ldi.  Hukmron  partiyaning  obro‘sini  tushganligini 
1977  yil  may  oyidagi  munitsipal  saylovlar  natijalari  ham  ko‘rsatdi.  Unda  ko‘p  ovoz  bilan 
konservatorlar partiyasi g‘alaba qozondi.  
 
Fuqaro  tinchligiga  nafaqat  tred-yunionlarning  radikal  qanotining  chiqishlari,  balki 
natsionalistik  (millatchi)  va  terroristik  tashkilotlarning  harakatlari  ham  xavf  solardi.  70-yillarning 
o‘rtalaridan  boshlab  separatistlik  shiorlar  ostida  Shotlandiya  va  Uelsdagi  norozilik  harakatlari 
ko‘paydi.  Oldini  olish  (preventiv)  chorasi  sifatida  hukumat  ekspertlari  Uels  va  Shotlandiya 
avtonomiya (muxtoriyati)sini kamaytirish  loyihasi tayyorlashdi. Unda, ta’lim tibbiy xizmatlar, yo‘l 
va  uy-joy  qurilishi,  ekologiya  sohasida  ancha  vakolatlarni  mahalliy  idora  organlariga  topshirish 
ko‘zda tutilgan edi. 1975 yil noyabrida hukumatning yuqoridagi loyihasi bayon qilingan “Oq kitob” 
nomida e’lon qilindi. Ammo, 1976 yilda Kallagen hukumati parlamentga ancha yangilangan qonun 
loyihasini taqdim etdi. Unda Shotlandiya va Uelsda mahalliy qonun chiqaruvchi tashkilotlarni ta’sis 
etish ko‘zda tutilgan edi. Bu esa ko‘zlangan islohot, mohiyatini tubdan o‘zgartirdi.  
 
Shuni  ta’kidlab  o‘tish  kerakki,  birlashgan  qirollik  murakkab  tuzilishdagi  Unitar  davlatdan 
iborat,  ya’ni  ham  sodda  ma’muriy-hududiy  birliklar,  ham  muxtoriyatlarni  o‘z  ichiga  oladi. 
Britaniyaning  hududiy  doktrinasi  mayda  millatlar  yashovchi  hududlarda  milliy-hududiy 
muxtoriyatlarning  mavjud  bo‘lishini  nazarda  tutadi.  Ammo  ingliz  huquqshunoslik  adabiyotida 
“muxtoriyat” va unga bog‘liq  hududiy tuzilmalarning tasnifi (klassifikatsiyasi) uchramaydi. Ingliz 
huquqshunoslari  suverenitetini  saqlagan  holda  markaziy  hukumat  tomonidan  qirlllikning  alohida 
qismlari  (submilliy  birliklar)ga  vakolatlarning  berilishini  anglatuvchi  “devolyutsiya”  istilohini 
(termin)  afzal  ko‘rishadi.  Bunda  qonun  chiqaruvchi  (Mahalliy  boshqaruv  organlariga  qonunlar 


 
123 
chiqarish  huquqlarini  berish)  va  ma’muriy  (markaz  tomonidan  qabul  qilingan  qonunlar  va 
yuritilgan siyosatni  mahalliy sharoitlarga  moslashtirgan holda boshqarish) devolyutsiya  farqlanadi. 
Devolyutsiya  Birlashgan  qirollikning  asosiy  4  qismining  uchtasi,  ya’ni  Uels,  Shotlandiya  va 
Shimoliy  Irlandiyaga  nisbatan  ishlatiladi.  Bulardan  oldingi  ikkitasi  tarixan  Britaniya  davlati 
tarkibiga ma’muriy devolyutsiya asosida kiritilgan edi.  
 
Shotlandiya  va  Uelsda  vakillik hokimiyatning  mahalliy organlarining tashkil etilishi  Butun 
Birlashgan qirollik doirasida qonunga chiqaruvchi devolyutsiya tizimiga butunlay o‘tishni bildirdi. 
Siyosatchilar  tomonidan  hayotga  tatbiq  etilayotgan  islohot  Britaniya  davlatchiligi  doktrinaviy 
asoslari  nuqtai  nazaridan  juda  muhim  edi.  Shotlandiya  va  Uelsda  mahalliy  hukumat  organlari 
vakolatini  kengaytirish  g‘oyalarini  rad  etmagan  holda,  Konservatorlar  hamda  Leyboristlar 
partiyalarining  ko‘pgina  siyosatchilari  bunday  darajadagi  radikal  o‘zgarishlarning  to‘g‘riligiga 
shubha  qilishardi.  qonun  loyihasining  umum  palatasidagi  muhokamasi  bir  yarim  yilga  cho‘zildi. 
Faqatgina  milliy  partiyalarga  mansub  deputatlarining  ovozlari  hisobiga  hukumat  1978  yildagi 
“devolyutsiyalar”  haqidagi  billarning  qo‘llab-quvvatlanishiga  erishdilar.  Ammo  ularning  hayotga 
tadbiq  etilishi  bevosita  Shotlandiya  va  Uelsdagi  referendumlarga  bog‘liq  edi.  Ular  ijobiy  natija 
berishi  uchun  ro‘yxatga  olingan  saylovchilarning  40%  ining  ovozlari  kerak  edi.  1979  yil  boshida 
bo‘lib o‘tgan referendumlar Kallagen hukumati uchun jiddiy mag‘lubiyat keltirdi. “Devolyutsiya”ni 
Uelsda  yashovchilarning  atigi  uchdan  bir  qismi  va  Shotlandiyaliklarning  40%igina  qo‘llab-
quvvatlashdi.  
 
Shimoliy  Irlandiyada  ham  vaziyat  keskinlashdi.  Britaniya  harbiy  kuchlari  faqatgina 
ko‘pchilikni  tashkil  etuvchi  protestantlarni  qo‘llab-quvvatlab  xatoga  yo‘l  qo‘ydi.  Protestant 
ultrachilari, asosan katoliklar yashaydigan kvartallarda chiqishlar tashkil etishar va bu namoyishlar 
ko‘pincha qonli to‘qnashuvlar bilan yakun topardi. Katolik-ekstremiyatik tashkilotlar, o‘z navbatida 
Britaniyaning  huquqini  himoya  qiluvchi  organlari  va  protestant  jamoalari  yetakchilariga  hujumlar 
uyushtirishni  davom  ettirishdi.  1975  yilda  IRA  tarkibidan  Irlandiya  milliy-ozodlik  armiyasini 
IMOA  tashkil  etgan  radikal  guruh  ajralib  chiqdi.  IMOAning  vazifasi  Irlandiya  Respublikasiga 
qo‘shilish emas, balki Olsterning mustaqil bo‘lishiga erishish va uni  “Marksistik-leninistik ishchi-
dehqon  respublikasi”ga  aylantirishdan  iborat  bo‘ldi.  1978-1979  yillarda  Irlandiya  ekstremistlari 
Britaniyaning  ko‘zga  ko‘ringan  siyosat  arboblariga  qarshi  individual  terror  taktikasiga  o‘tishdi. 
Bunga  javoban  hukumat  repressiyalar  (qatag‘on)ni  kuchaytirdi.  Olsterdagi  ko‘pgina  inson 
huquqlarini  poymol  qilish  holatlari  Yevropa  sudini  1978  yil  yanvarida  ingliz  politsiyasiga 
“mahbuslarga  nisbatan  g‘ayriinsoniy  va  kamsituvchi  munosabatlar  uchun  javobgarlikni  o‘z 
bo‘yniga olishni talab qiluvchi qaror qabul qilishga majbur etdi. 
 
Ichki  siyosiy  vaziyatning  keskinlashuviga  qaramasdan  Buyuk  Britaniya  iqtisodiy 
rivojlanishi dinamikasi asta-sekin yaxshilana bordi. Hal qiluvchi holat 1977 yil bahorida ro‘y berdi. 
Bu  vaqtga  kelib  inqiroz  cho‘qqisi  bartaraf  ettirilgan  va  ishlab  chiqarish  darajasi  asta-sekin 
ko‘tarilayotgan  edi.  Inflyatsiya  16%ga  pasaydi.  Ijobiy  tendensiyalarni  mustahkamlash  uchun 
hukumat  tadbirkorlarning  faollashuvini  qo‘llab-quvvatlashga  urinib  ko‘rdi.  Xususiy  biznes  uchun 
soliq imtiyozlari joriy qilindi, asosiy kapitalni yangilash uchun assignatsiyalar oshirildi. Ammo shu 
bilan birgalikda oylik maoshini oshirishda qattiq cheklashlar va ijtimoiy dasturlar sohasida budjetni 
tejash  saqlab  qolindi.  Inflyatsiyaning  yanada  avj  olishini  bartaraf  etish  uchun  hukumat  banklarga 
foiz  stavkalarini  ko‘tarish  va  kredit  berish  hajmini  qisqartirishni  buyurdi.  Bunday  ikkiyoqlama 
siyosat  ishbilarmon  doiralar,  hamda  tred-yunionlarning  noroziligiga  sabab  bo‘lardi.  Partiya  tezda 
o‘zining “barqaror” saylovchilarning qo‘llab-quvvatlashidan ham mahrum bo‘ldi.  
 
1977  yil  yozida  Kallagen  hukumati  jar  yoqasiga  kelib  qoldi.  qo‘shimcha  parlament 
saylovlaridan  keyin  leyboristlar  8  ta  deputatlik  o‘rnini  va  umum  palatasida  mutloq  ko‘pchilikni 
qo‘ldan  boy  berishdi.  Kollagen  Liberal  partiya  yetakchisi  Devid  Stil  bilan  parlament 
fraksiyalarining  birgalikda  kelishib  harakat  qilishlari  to‘g‘risidagi  shartnoma  tuzib,  hukumat 
inqirozini  bartaraf  etishga  erishdi.  Liberallar  bilan  birga  imzolangan  pakt  barqarorlashtiruvchi 
siyosatni  davom  ettirishga  imkon  berdi.  Buning  natijasida  narxlarning  o‘sish  sur’atlaridan  keskin 
pasayishi  kuzatildi.  1978  yilda  inflyatsiya  8%gacha  pasaydi.  Norozilik  namoyishlari  ham 
birmuncha  kamaydi.  Keng  miqyosdagi  milliylashtirish  va  daromadlarni  qayta  taqsimlash 
loyihalaridan  voz  kechish  ishbilarmonlar  doirasida  leyboristlar  ta’sirini  kuchaytirdi.  1978  yil 


 
124 
iyunida  qo‘llab-quvvatlanish  darajasiga  ko‘ra  hukmron  partiya  yana  konservatorlarga  yetib  oldi 
(taxminan 45% dan). 
 
1978 yil kuzida siyosiy vaziyat yana keskinlashdi. Sentabr oyida bo‘lib o‘tgan Britaniyaning 
tred-yunionlari  kongressi  syezdida,  kongress  o‘zining  hukumatga  nisbatan  muxolifotda  bo‘lishini 
tasdiqlovchi  rezolyutsiyani  qabul  qildi.  Keyingi  oylar  davomida  o‘ta  tajovuzkor  norozilik 
namoyishlari  bo‘lib  o‘tdi.  Ommaviy  noroziliklar  va  ko‘p  sonli  piketlar  mamlakatdagi  barqaror 
vaziyatni  buzdi.  Axlatchilarning  ish  tashlashlari  va  norozilik  namoyishlari  natijasida  ko‘p 
shaharlarning ko‘cha va maydonlari axlatdan to‘lib ketdi. Dafn qilish va shoshilinch tibbiy yordam 
xizmatlari  faoliyatlarida  ham  to‘qnashlar  kuzatila  boshlandi.  1908  yil  oxiriga  kelib,  jamiyat 
orasidagi norozilik eng yuqori nuqtagacha ko‘tarildi.  
 
1978  yil  oktabrida  D.Stil  liberallarning  partiyalarning  birgalikda  harakat  qilishlari 
to‘g‘risidagi paktdan bosh tortishlarini e’lon qildi. Ikki oy o‘tgandayoq hukumat siyosatining asosiy 
yo‘nalishlari umum palata doirasida ko‘pchilik tomonidan tanqid qilindi. Hukumat, faqatgina milliy 
partiyalar, xususan Shotlandiya milliy partiyasining parlamentar fraksiyasining qo‘llashi tufayligina 
iste’fodan qutulib qoldi. Ammo Shotlandiya va Uelsdagi referendumlarning muvaffaqiyatsizligidan 
keyin  hukumat  iste’fosi  aniq  bo‘lib  qoldi.  Kollagen  parlamentni  tarqatib  navbatdan  tashqari 
saylovlarni  o‘tkazishdan  boshqa  chorasi  qolmadi.  Bu  saylovlar  1979  yil  3  mayida  o‘tkazildi. 
Saylovchilarning  43,9%i  konservatorlarni  yoqlab  ovoz  berdi.  Bu  ularga  339  deputatlik 
mandatlariga  ega  bo‘lish  va  palatada  mutloq  ko‘pchilikni  tashkil  etishga  imkon  berdi. 
Leyboristlarni  jami  39,6%  saylovchilar  (umum  palatasida  268  o‘rin)  qo‘llashdi.  Liberallar 
ixtiyorida 11 ta deputatlik o‘rini qoldi. Milliy partiyalarning fraksiyalari soni ham kamayib ketdi.  
 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish