3. BUYUK BRITANIYA 60-70 YILLARDA. “TEXNOKRATIK DAVR”
(“Texnokratiya erasi”).
Gorold Vilsonning texnokratik inqilobi.
Leyboristlar muxolifotda bo‘lgan davrda leyborizmning g‘oyaviy asosini tubdan yangilashga
urinishlar ularga xos bo‘ldi. Bu jarayonni keskin fraksiyalararo kurashlar murakkablashtirdi. 1951
yildagi saylovdagi mag‘lubiyatdan keyin sal o‘tmasdan leyboristlar yetakchisi K.Ettli va partiya
raisi G.Laski o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Laski partiyaning ichki hayotini
demokratiyalashtirish, yagona markaz tamoyilidan voz kechishni ta’kidlardi. Ettli esa qat’iy
ravishda yetakchining daxlsiz huquqlarga ega bo‘lishi kerakligi tarafdori edi. Uning bu fikrini 1955
yilda partiya yetakchisi lavozimiga saylangan Xyu Geytkell ma’qulladi. Yangi rahbar “jamoaviy
partiya” (ijroiya qo‘mitasi va partiyaning “quyi” tashkilotlari) faollarining “parlamentar partiya”
(parlament quyi palatasidagi leyboristlar deputatlar)ga (nisbatan) o‘z ta’sirini o‘tkazishga bo‘lgan
har qanday o‘rinishlarni qat’iy bartaraf etardi.
X.Geytskel leyboristik doktrinani yangilashning tashabbuskori bo‘lib, partiyaning o‘ng qanoti
vakili edi. 1950-1951 yillardagi muvaffaqiyatsiz saylov kompaniyalari davrida boshlangan bahs-
munozaralarning birinchi davri 1952 yilda “yangi fabian ocherklar” nomli maqolalar to‘plashining
nashr qilinishi bilan yakunlandi. Uning mualliflari sotsial-demokratik islohotchilik an’analaridan
“faravon davlat” zamonaviy modelini shakllantirishga qaratilgan umummilliy siyosatga o‘tishga
da’vat qilishardi. Geytskell leyboristlarning urushdan keyingi dasturi asosiy tezisi, ya’ni
iqtisodiyotning qudratli davlat sektorini yaratish maqbulligini ham qayta ko‘rib chiqishga urindi.
Uning fikricha bozor muhitiga o‘zining tabiiy raqobat qonunlari bilan birga davlatning faol kirib
borishi samaraliroq bo‘lardi.
Leyboristlar partiyasining so‘l qanoti 50-yillarda odatiy bo‘lmagan “konservatorlar” rolida
bo‘lishdi. Uning yetakchisi E.Biven ishchilar harakatining klassik tamoyillarini saqlab qolish
tarafdori edi. Leyboristik partiyaning konsolidatsiyasida 1957 yildagi konferensiya muhim qadam
bo‘ldi. Uning davomida X.Geytskell va E.Biven guruhlari partiya doktrinasining barcha prinsipial
masalalari bo‘yicha yagona mavqega kelishga muvaffaq bo‘lishdi. So‘l tomonga yon bosish
iqtisodiyotning rejaviy asoslarni kuchaytirishning muhimligini, boshqaruvchilar (menejerlar)
faoliyati ustidan “demokratik nazorat” o‘rnatishni, soliq siyosat va ijtimoiy siyosat yordamida
daromad va mulk sohasidagi tengsizlikni asta-sekin kamaytirish muhimligini tan olishdan iborat
bo‘ldi.
1959 yil saylovlaridagi mag‘lubiyatdan so‘ng leyboristlar partiyasida bahs-munozaralar yanada
kuchaydi. 1960 yilda Skarboroda bo‘lib o‘tgan partiya konferensiyasi partiyaning eng muhim
xujjati “Vexi 60-x gg”ning qabul qilinishi bilan yakunlandi. Uning mualliflariga institutsionalizm
nazariyasining ta’siri yaqqol edi. Bu yo‘nalish namoyandalari ITI (ilmiy texnikaviy inqilob) davrini
sanoat tizimining ekspluatatsion mohiyatining kamayishi va ijtimoiy taraqqiyotning texnokratik
modelining shakllanishi, “ijtimoiy nazorat”ning faollashuvi, jamiyatning markazlashtiruvchi
institutlari mavqeining oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat tizimining yangi sifat darajasi deb
qarashardi.
1962 yildagi X.Geytskellning vafoti partiya rahbariyatidagi kurashni keskinlashtirdi. Rahbar
lavozimiga Jorj Braun da’vogarlik qilardi. U leyborist parlamentlari orasida mustahkam mavqega
ega bo‘lgan va “parlament partiya”ning timsoli bo‘lgan o‘ng qanot vakili edi. So‘l markazlashgan
doiralar Jeyms Kallagenni qo‘llab-quvvatlashga moil edilar. U leyborizmning klassik tamoyillari
tarafdori emas edi, ammo “jamoaviy partiya” va kasabab uyushmalari harakati bilan bo‘lgan
aloqalari tufayli so‘llarga maqbul edi. “Sentrist” (markazni qo‘llab-quvvatlovchi) Baralu Vilsonni
esa, “o‘nglar” va “so‘llar”ning mafkuraviy munozaralarida o‘tmishni qadrlashni ko‘ruvchi va
keyinchalik texnokratik, mafkuradan xoli etilgan dasturlarning ishlab chiqilishiga umid bog‘lagan
siyosatchilar qo‘llab-quvvatlashdi. “yangi fabianchilar”ning texnokratik g‘oyalari bilan bog‘liq
111
yo‘nalishni tanlagani va eng yangi siyosiy texnologiyalar Vilsonga 1963 yildagi partiya ichidagi
saylovlarda ishonchli g‘alaba erishishga imkon berishdi.
1963 yilda bo‘lib o‘tgan leyboristik partiya konferensiyasi “leyboristlar va fan inqilobi” nomli
dasturnomani qabul qildi. Uning asosiy jihatlarini asoslash maqsadida so‘zga chiqqan Vilson
ta’kidladi: “Bu konferensiyada o‘zimizning kelgusidagi barcha rejalarimizda biz fan inqilobi
sharoiti va talablariga mos ravishda sotsializmni qanday tushunishimizni qayta aniqlaymiz va
konkretlashtiramiz. Vilson fanni iqtisodiy rejalashtirish bilan birlashtirish” tarafdori edi. U buni
nafaqat Britaniya iqtisodiyotini sog‘lomlashtirish garovi, balki sotsializmning haqiqiy ideallari
tantanasiga eltuvchi eng to‘g‘ri yo‘l deb hisoblardi.
1964 yildagi parlament saylovlari arafasida leyboristlarning “texnokratik inqilob”ning asosiy
g‘oyalarini birlashtiruvchi dasturiy manifesti e’lon qilingan edi. Unda davlat “sanoatning ikkala
tomoni” (tadbirkorlar va treu-yunionlar) bilan hamkorlikda moddiy resurslarni jamlash va to‘g‘ri
qayta taqsimlashga qodir bo‘lgan fan-texnika inqilobini asosiy yurituvchi kuch sifatida tasvirlangan
Britaniya sanoatini har tomonlama zamonaviylashtirish, moliya-budjet tizimini kuchaytirish
zarurati ta’kidlandi. Mafkuraviy konsepsiyaning yangi jihati yollanma ishchilarning ishlab
chiqarishni boshqarish va daromadni taqsimlashdi “qatnashuvi” muammosini atroflicha tahlil
qilishdan iborat bo‘ldi. Bu “texnokratik” saylov kompaniyasida ommaviy axborot vositalaridan
unumli foydalanildi.
15 oktabr 1964 yildagi saylov paytida ovozlar yetakchi partiyalar o‘rtasida teng bo‘lindi.
Leyboristlar ovozlarning 44 % ini, konservatorlar 43 % ini olishdi. Ammo majoritar (ko‘pchilikni
qo‘llashga qaratilgan) saylov tizimining o‘ziga xosligi tufayli leyboristlarning sal ko‘proq ovozga
ega bo‘lishi “ko‘pchilikdan iborat hukumat” tuzish uchun yetarli bo‘ldi. Ularning parlamentdagi
fraksiyasi bundan buyon 3,7 deputatdan iborat bo‘ldi, konservator esa atigi 30 %, liberallar - 9
mandatga ega bo‘lishdi.
Hukumat asosini Ettli mahkamasida eng muhim lavozimlarni egallagan leyboristik partiyaning
eski a’zolari tashkil qilishdi. Ammo partiyaning siyosiy qiyofasi ancha o‘zgardi. Vilson hadeb
hukumat iqtisodiy taraqqiyot masalalari bilan shug‘ullamoqchi “real siyosat” yuritmoqchi
ekanligini ta’kidlardi. U tobora ko‘proq leyboristlarga xos bo‘lgan sotsialistik iboralardan voz
kechib “mafkura tugashi erasi”ni e’lon qildi.
Vilson hukumati duch kelgan eng murakkab muammo to‘lov balansidagi turg‘un tanqislik va
o‘sib borayotgan inflyatsiya jarayonlari edi. “To‘xta harakat qil” sxemasi bo‘yicha
rag‘batlantiruvchi va cheklab qo‘yuvchi siyosatning almashib kelishi tobora kamroq samara
berardi. Obyektiv tarzda keyinchalik tutiladigan ikkita yo‘l bor edi: milliy valyutani devalvatsiya
qilish bilan bog‘liq bo‘lgan siyosat va tadbirkorlik faoliyati va pul almashishi ko‘lamlarini
cheklashga asoslangan qat’iy deflyatsion siyosat. Avvaliga Vilson hukumati ikkinchi variantni
qabul qildi.
Deflyatsion siyosat doirasida 1964 yil noyabrida moliya vazirligi sug‘urta va benzinga bojxona
to‘lovlarini oshirishni ko‘zda tutuvchi “krizis budjeti”ni taqdim etdi. 1965 yilning bahorida foyda
solig‘ini oshirish rejalashtirilayotgandi. Korparatsiya tipidagi korxonalarga katta soliqlar solindi.
1964 yil dekabrida hukumat treu-yunion va tadbirkorlik doiralar vakillari tomonidan imzolangan
samaradorlik, narx va foydani rejalashtirishga ko‘ra qo‘shma qaror qabul qilindi. Oylik maoshning
tez ko‘tarilishiga bog‘liq bo‘lgan turli norozilik namoyishlari va boshqa xatti-harakatdan voz
kechishdi. Tadbirkorlar oylik maoshni kerakli darajada saqlab turish javobgarligini o‘z zimmalariga
olishdi va asossiz ravishda mahsulot narxini ko‘tarishni rad etishardi. Oylik maoshning yillik
o‘sishining chegarasi 3,5%, narxlar o‘sishi chegarasi esa 4 % deb belgilandi. Avvaliga daromad va
narxlar o‘sishini cheklash tizimida tred-yunion va tadbirkorlarning qatnashuvi ko‘ngilli xarakterga
ega bo‘ldi.
Inflyatsiyani to‘xtatish va muvozanatlashtirilgan to‘lov balansini ta’minlash vazifasi faqatgina
davlat budjetining xarajat qismini qisqartirganda samarali hal etilishi mumkin edi. Ammo
leyboristlarga o‘zlarining “barqaror” saylovchilari kayfiyatini hisobga olish va hali unchalik
mustahkam bo‘lmagan siyosiy afzallikni kuchaytirish haqida g‘amxo‘rlik qilishga to‘g‘ri keldi.
Bunday sharoitda Vilson hukumati nafaqat budjet xarajatlarini qisqartirishga botina olmadi, balki
ijtimoiy siyosatning ko‘pgina yo‘nalishlarini ham faollashtirdi. 1964 yilning oxiridayoq nafaqalar
oshirildi va tibbiy retseptlarga qo‘yilgan soliq bekor qilindi. Uy-joy qurilishi vazirligi ijara to‘lovi
112
to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorladiki. U kvartira oluvchilarning imtiyozlari ko‘lamini oshirdi.
Shahar uy-joy qurilishi keng miqyosda boshlab yuborildi. 1965 yil budjetida ijtimoiy ta’minotdagi
nafaqalarining summasini doimiy ravishda oshirib turish ko‘zda tutilgan edi.
Deflyatsion siyosat va faol hamda ijtimoiy mo‘ljallangan budjet elementlarining qarama-qarshi
birlashmasi to‘lov tanqisligining yangidan keskinlashuvi bilan tahdid solardi. Vilson iqtisodiy
o‘sishning jadallashuvi va iqtisodiyotda rejaviy asoslarni yanada mustahkamlash bu xavfni bartaraf
qilishga umid qilardi. Iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha Milliy kengash tuzildi. 1965 yilgacha u besh
yillik “Milliy iqtisodiy rejani” tuzib bo‘ldi. Ilk bor bunday xujjat qonuniy kuchga kirdi. Unda ishlab
chiqarishning yillik 4-5%ga o‘sishi ko‘zda tutilgan edi. Ishsizlikning past ko‘rsatkichlarini saqlab
qolishga katta e’tibor berilardi. Hukumat ishbilarmonlarning ishlab-chiqarish texnik-texnologik
bazasini yangilashlarini rag‘batlantirish uchun amartizatsion imtiyozlarni qo‘llashni nazarda tutgan
edi. Bandlikni ta’minlash uchun maxsus tanlanma soliq turi ham joriy qilingan edi. Uni barcha ish
beruvchi tashkilotlar to‘lardi, ammo istiqbolli sohalarda u qaytarilardi. Bu esa mohiyatan
investitsion vositalarning qayta taqsimlanishini bildirardi.
Hukumat faolligi butun 1965 yil davomida qulay investitsion sharoitni saqlab qolish va
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon berdi. Bunday sharoitda 1966 yil 28
fevralda Vilson o‘z huquqidan foydalanib qirolichadan parlamentni tarqatib yuborish va yangi
saylovlarni o‘tkazishni belgilashni so‘radi. Buning uchun nihoyatda qulay vaziyat tanlangan edi.
Saylovlar 31-martda o‘tkazildi . Saylovchilarga kasbiy mahorat va ishbilarmonlik ustivorligiga
asoslangan hukumat qiyofasi ta’sir ko‘rsatdi. Leyboristlarning “hal etishlar vaqti” nomli manifesti
iqtisodiy o‘sishni oshirish, rejalashtirishni ratsionallashtirish, transport infratuzilmasi va uy-joy
fondi, ta’lim tizimi hamda sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirish bo‘yicha hukumatning
harakatlari yanada kuchaytirilishini va’da qilardi. Konservatorlar partiyasi esa chuqur tashkiliy va
mafkuraviy qayta qurish davrini boshidan kechirayotgan edi. Saylovda leyboristlarni
saylovchilarning 48,1%i (364 mandat), konservatorlarni -41,9%i (253 mandat), liberallarni-8,5%i
(12 mandat) qo‘llab-quvvatlashdi.
60-yillarning oxiriga kelib qo‘lga kiritilgan moliyaviy barqarorlik yana xavf ostida qoldi.
Buning sababi passiv savdo saldosidan tashqari turg‘un inflyatsiya bo‘ldi. G‘arbning boshqa
mamlakatlaridagidek, Buyuk Britaniyada ham tartibga solishning Keynscha usuli, ya’ni budjet
tanqisligiga asoslangan siyosat, ortiqcha kredit pullarini hosil qilish (aholining real daromadlaridan
ko‘p bo‘lgan kreditni rivojlantirish) yo‘li bilan butun talab va taklifni qo‘llab-quvvatlash usulining
salbiy oqibatlari namoyon bo‘la boshladi. Faol budjet siyosati surunkali budjet tanqisligiga olib
keldi. Yevropa mamlakatlari ichida faqat Shvetsiya budjetning ijobiy saldosini turg‘un saqlashga
erishayotgan edi. Ammo Buyuk Briatniyada bu ko‘rsatkich xatarli qiymatga yaqinlashayotgan edi.
Vilson hukumati har qanday yo‘llar bilan inflyatsiyaning oldini olish va funt sterling
kursining pasayishiga yo‘l qo‘ymaslikka urinardi. 1966 yilning ikkinchi yarmi davomida
mutaxassisliklar tomonidan “Buyuk Britaniyada 1949 yildan beri o‘tkazilgan eng qattiq
deflyatsiya” deb baholangan bir qator choralar amalga oshirildi. Ijara haqi, avtomobillar narxi
(40%ga) va spirtli ichimliklar, neft va benzinga ikkinchi soliqlar, pochta xizmati narxi (10% ga)
oshirildi. Sanoatning milliylashtirilgan sohalariga investitsiyalar kamaytirildi. Xalqaro valyuta
operatsiyalari qattiqlashtirildi. Hamdo‘stlik mamlakatlaridagi harbiy va fuqarolik xarajatlari
kamaytirildi. 1967 yilda Ingliy Bankining hisob qo‘yilmalarini oshirish joriy qilindi (“qimmat
kredit” siyosati), oylik maosh va narxlarni oshirishda yangi cheklashlar joriy qilindi (ular ixtiyoriy
bo‘lmay qoldi), ko‘pgina budjet to‘lovlari qisqartirildi, kechiktirilgan to‘lov orqali sotib olishdi va
kapitalni chetga olib chiqishga bir qator cheklashlar joriy qilindi. qattiq deflyatsion siyosat
o‘tkazilishidan tashqari hukumat eksportni faollashtirish orqali mamlakatning to‘lov balansini
yaxshilashga urinardi. Bunda Buyuk Britaniyaning Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatlari “Umumiy
bozori”ga qo‘shilishi hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin edi. 1967 yilning may oyida hukumat
Daniya va Norvegiya bilan birgalikda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga a’zo bo‘lish haqidagi
arizani tayyorladi. Ammo Fransiya yana murosasiz pozitsiyani egalladi va 1967 yil noyabrida
Buyuk Britaniyaga bu ariza rad etilgani haqida rasman xabar berildi. YEIHga qo‘shilishga yana bir
harakatning behuda ketishi xalqaro vaziyatning keskinlashuvi vaqtiga to‘g‘ri kelgan edi. 1967 yil
iyunidagi Isroil va Misrning “Olti kunlik urushi” jahon bozorining barqarorligini buzdi. Arab
mamlakatlari tomonidan bir necha oy davomida Buyuk Britaniya neft eksport qilishga embargo
113
joriy qilingan edi. Suvaysh kanalining yopilishi (Buyuk Britaniya uchun) va London hamda
Liverpul shaharlaridagi dokerlar qo‘zg‘oloni ham Britaniya tashqi savdosiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Bunday vaziyatda Vilson hukumati milliy valyutani devalvatsiya qilishga majbur bo‘ldi.
1967 yil 18 noyabrida funt sterling kursining 14,3%ga pasayganligi haqida e’lon qilindi.
Keyingi bir yarim yil davomida bu qadam “sterling mintaqasidagi” 25 ta mamlakatda zanjir
reaksiyasini va valyuta inqirozini keltirib chiqardi. 1969 yilda esa Fransuz frankining devalvatsiyasi
“frank mintaqasiga” kiruvchi 14 ta Afrika mamlakatlarda milliy valyuta kurslarining pasayishiga
olib keldi. 1971 yilda esa AQSH ma’muriyati rasmiy kurs bo‘yicha dollarni oltinga almashtirishni
vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilishi haqida e’lon qildi. Milliy valyuta kursini egiluvchan (elastik)
sharoitida o‘zgarishi amaliyoti keng tarqalayotgan edi. qat’iy valyutaga nisbatan biriktirilgan
kurslarga asoslangan Bretton-vud moliyaviy tizimi tarixi o‘z nihoyasiga yetmoqda edi.
Jahon moliyaviy-valyuta bozorining tubdan yangilanishi sharoitida qayta ishlab chiqarish
omillari, milliy iqtisodiy tizimlarning real salohiyati hal qiluvchi mavqega ega bo‘layotgan edi.
Britaniya hukumati mutaxassislari valyutaning pasaytirilgan kursining ishlab chiqarishga qattiq
ta’sir qilishini bashorat qilishdi. Britaniya mahsulotlari tonnarxining pasayishi mos ravishda eksport
ko‘lamining oshishi va importning arzonlashuviga olib kelishi kerak edi. Ammo inflyatsiyaga
qarshi siyosatning ijobiy salohiyatini ishlatish Britaniya sanoati zahiralarining tez o‘sishi, uning
raqobatbardoshligiga bog‘liq edi. Hukumat ixtiyorida qo‘shimcha investitsion vositalarning
yo‘qligi tashqi qarzlarni so‘rash uchun murojaat qilish, eng avvalo Xalqaro valyuta fondiga
murojaat qilishga majbur qilardi.
XVF kredit ajratib Britaniya hukumati oldiga bir qator barqarorlashtiruvchi choralarni
amalga oshirish shartini qo‘ydi. Hukumat ishlab chiqarishdan boshqa sohalarga budjet to‘lovlarini
qisqartirishi, milliy valyutaning kelgusidagi keskin tebranishlariga yo‘l qo‘ymasligi, kreditni qat’iy
talablar asosida ajratishi va kechiktirilgan to‘lovni sotib olishdagi cheklashlarni saqlab qolishi kerak
edi. Shu bilan bir vaqtda hukumat qo‘shimcha moliyaviy manbalarni izlashga harakat qilayotgan
edi. 1968 yilda tibbiyot retsptlarga soliq joriy qilindi, pochta xizmatlariga soliqlar oshirildi, uy-joy
qurilishi bo‘yicha rejalar qisqartirildi. Maktablarda bepul sut berish bekor qilindi. 1969 yil budjeti
doirasida benzin, sigareta, viski, haydovchilik guvohnomasi, ish bilan ta’minlash korporatsiyalariga
soliqni oshirish rejalashtirilayotgan edi.
Iste’molchilarga soliqlar bilan tazyiq o‘tkazish ishlab chiqaruvchilarga nisbatan
rag‘batlantiruvchi siyosat yuritish bilan birgalikda olib borilayotgan edi. Fanni talab qiluvchi
sohalarning rivojlanishini hukumat qirollik mukofotlari tizimi orqali rag‘batlantirardi. Ishchi
xodimlarning malakasini oshirish va menejmentning eng yangi shakllarini joriy qilish maqsadida
kadrlar tayyorlash bo‘yicha kengashlar ta’sis etildi. Bu kengashlar eng avvalo yo‘l transporti,
mehmonxonalarga xizmat ko‘rsatish, fuqarolik aviatsiyasi, benzin quyish biznesi sohalarida ishlay
boshlashdi. Hukumat nisbatan past foyda solig‘ini saqlab turardi. Moliyaviy va siyosiy jihatdan eng
avvalo dunyo bozorida raqobatga dosh bera oluvchi eng yirik Britaniya kompaniyalari qo‘llab-
quvvatlandi. Yirik ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashning radikal usuli davlat tomonidan katta
mablag‘lar qo‘yish bilan amalga oshirilayotgan milliylashtirishdan iborat bo‘ldi. 1967 yilda davlat
tomonidan eng yirik metallurgiya monopoliyasi hisoblangan “British Stil Korporeyshn” tuzildi va
uning himoyasi ostida butun po‘lat quyish sanoati milliylashtirildi. Ammo hukumat xususiy bank
va sanoat kapitali quyilishini qo‘llab-quvvatlashni ishonchliroq hisoblardi. 1969 yilda G‘arbiy
Yevropadagi eng yirik 20 ta xususiy kompaniyalarning 8 tasi Buyuk Britaniyada edi.
Vilson hukumatining iqtisodiy siyosatini o‘z mohiyatiga ko‘ra mahorat bilan va o‘z vaqtida
amalga oshirilgan deb hisoblash mumkin. Mamlakat to‘lov balansi yaxshilanib boshladi va 1970-
1971 yilga kelib Britaniya budjeti ko‘p yillar davomida ilk bor ijobiy saldoga ega bo‘ldi. 1968 yilda
bosh vazir kutilayotgan iqtisodiy mo‘jiza to‘g‘risida jo‘shqinlik bilan nutq so‘zladi. Ammo uning
bashoratlari ancha bo‘rttirilgan edi. Buyuk Britaniya ilgarigidek G‘arbning yetakchi
mamlakatlaridan Yalpi Ichki Mahsulotning (YAIM) o‘rtacha yillik o‘sishi bo‘yicha ortda qolardi
Jahon sanoat ishlab chiqarishida ham uning ulushi pasayib yetdi. Bundan tashqari, Vilson
hukumatining iqtisodiy jihatdan oqlanmagan qattiqligi mamlakatda o‘sib borayotgan ijtimoiy
norozilikka sabab bo‘ldi.
Eng katta norozilikni aholining aynan leyboristlarining saylovchilaridan iborat qatlami -
yollanma ishchi va xizmatchilar tashkil etdi. Agar 1963 yilda 2081 norzilik harakati bo‘lib unda
114
533 ming kishi qatnashgan bo‘lsa, 1966 yilda 1951 norozilik harakatida 22398 ming kishi, 1969
yilda esa -3146 norozilik harakatida 1665 ming kishi qatnashdi. Kasaba uyushmalari rahbariyatida
eng radikal qanot faollashgan edi. Bundan tashqari hukumat ommaviy axborot vositalaridan uslubiy
jihatdan chegara bilmas tanqidlarga ham duch keldi. Jamoatchilikning salbiy fikrini bartaraf etish
uchun Vilson hukumati dolzarb ijtimoiy muammolarni yechish uchun bir qator choralarni ko‘rdi.
1965 yilda har qanday irq vakillariga maishiy xizmat va transport sohalarida ishga yollanishga
ruxsat beruvchi irqga mansublik to‘g‘risidagi Akt (Xujjat) qabul qilindi. Irqiy kamsitishlar bo‘yicha
imkoniyatlarni ko‘rib chiqish uchun irqiy mansublik bo‘yicha Kengash ta’sis etildi. 1968 yilda
immigratsion (muhojirlik) qonunchilikda ishga joylashish va uy-joyga ega bo‘lish sohasida
kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi.
Hukumat ayollar emansipatsiyasi (xotin-qizlarni erkinlikka chiqarish) jarayonini
tezlashtirishga harakat qilayotgan edi. 60-yillar oxirida ajralishlar haqida Akt qabul qilindi. Bu
aktning qabul qilinishi ajralishlar sonining keskin ko‘payishiga olib keldi. 1967 yilda oilani
rejalashtirish davlat xizmati ish boshladi va konsepsiyani targ‘ib qilish bilan shug‘ullandi.
O‘shandayoq abort haqidagi Akt ham qabul qilindi. Unga ko‘ra, klinikalar ayol sog‘ligi xavf ostida
qolgan bo‘lsa, yoki mayib-majruhlar bola tug‘ilishi ehtimoli bor bo‘lsa, abort qilish uchun barcha
zarur bo‘lgan vositalar ta’minlashlari kerak edi. 1967 yilning iyulida besoqolbozlik (gomoseksual)
aloqalarni qonuniylashtiruvchi qonun nashr qilindi.
1969 yilda hukumat parlament orqali xalq vakilchiligi to‘g‘risidagi Bill (AQShda Angliya
va uning sobiq dominionlaridagi qonun loyihasi)ni o‘tkazdi. Unga ko‘ra saylanish huquqiga ega
bo‘lish yoshi 18 yoshgacha pasaytirildi. Bu tadbir leyboristlar hukumatining yoshlar siyosati
sohasidagi dasturining tarkibiy qismi edi. Hukumat maktab ta’lim tizimida ham radikal yangilashni
amalga oshirildi. Davlat maktablari “umumta’lim” maktablariga aylantirildi. Bu maktablarda esa
o‘qitish dasturi va mazmuni umumiylashtirilishi kerak edi. Ta’lim xizmatlari sohasida xususiy
sektor kattagina davlat qo‘llab-quvvatlashidan mahrum bo‘ldi. 1969 yilda Buyuk Briatniya tarixida
birinchi marta narkotiklarni iste’mol qilishga qarshi qonun qabul qilindi.
60-yillar oxirida Vilson hukumati duch kelgan ko‘pgina ijtimoiy muammolar faqatgina
Britaniyaga xos emas edi. Bu davrda ko‘pgina G‘arb mamlakatlarda talabalik va urushga qarshi
harakatlarning keskinlashuvi, avlodlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning kuchayishi muqobil
yoshlar madaniyatining yuzaga kelishi milliy va irqiy muammolarning murakkablashuvi, shahvoniy
inqilob va feshinizm (burjua tuzumi sharoitida ayollarning erkak bilan teng huquqli bo‘lishi uchun
kurashuvchi xotin-qizlar harakati)ning rivojlanishi kuzatilayotgan edi.
Olsterdagi diniy-siyosiy to‘qnashuvlar 60-yillar oxirida Buyuk Britaniyada ijtimoiy-ruhiy
ahvolning keskinlashganini ko‘rsatuvchi ramzi bo‘lib qoldi. 1919-1921 yillardagi to‘ntarishdan
so‘ng mustaqil Irlandiya respublikasi va Birlashgan qirollik tarkibida 6 ta shimoliy Irlandiya
grafliklari muhtoriyatga erishishdi. Shundan keyin Olsterda ahvol ancha yil davomida tinch edi.
Yagona Irlandiya davlatining birlashuvi to‘g‘risidagi moddani o‘z ichiga olgan Irlandiya
respublikasi konstitutsiyasining 1937 yilda qabul qilinishi va 1949 yilda Irlandiyaning Hamdo‘stlik
tarkibidan chiqishi London va Dublin o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli muloqotga to‘sqinlik qilardi.
Ammo 50-yillarda Irlandiya respublikasida va Shimoliy Irlandiya grafliklarida mo‘tadil siyosiy
kuchlar ko‘pchilikni tashkil etardi. Shimoliy Irlandiya parlamenti (starmont)da mintaqaning yagona
Britaniya davlatiga mustahkamroq birlashishiga bo‘lgan ko‘pchilikni tashkil etgan protestantlarning
intilishlarini ifoda etuvchi Olsterning Yunionistlar partiyasi yetakchilik qilardi. 1969 yilgacha
Shimoliy Irlandiya mintaqaviy hukumati deyarli to‘liq protestantlardan iborat edi.
1967 yilda katolikchilik harakati faollari Shimoliy Irlandiya fuqarolik huquqlari uchun
kurashish asotsiatsiyasini tuzdilar. Bu tashkilot katoliklar va protestantlar uchun fuqarolik teng
huquqlilikni talab etardi. 1968 yil kuzida Shimoliy Irlandiya ichki ishlar vazirining ta’qiqlashlariga
qaramasdan, assotsiatsiya katolik aholi huquqlarini himoya qilish shiorlari ostida bir qator norozilik
mitinglari o‘tkazdi. Namoyishlar ko‘pincha politsiya bilan to‘qnashuvlar bilan yakun topardi. Bu
voqealar 1969 yildagi Shimoliy Irlandiya hukumati inqirozini keltirib chiqardi. Uning tarkibida eng
radikal protestant guruhlari, jumladan, 1795 yildayoq tuzilgan “oranjestlar ordeni” vakillarining
mavqei kuchaydi. Olster qirollik politsiyasi va protestantlar tomonidan boshqariladigan maxsus
“Bi-speshialz” (V-Specials) aksulterror bo‘linmalar asta-sekin diskriminatsion konfessual siyosat
quroliga aylanayotgan edi. Bunga javoban ekstremistik katolik guruhlar faoliyati kuchaydi. Siyosiy
115
sahnaga yana IRA chiqdi. Uning radikal qismi (“IRAning vaqtinchalik qanoti”) terroristik kurash
yo‘llarini qo‘llardi.
Konfessiyalararo to‘qnashuvlar 1968 yilga kelib tez-tez ro‘y beradigan bo‘ldi. Bularning
onageyi Londonderridagi hodisa bo‘ldi. Unda protestantlarning oktabr oyidagi tinch namoyishi
tarqatib yuborilgan edi. To‘qnashuvlarda 77 kishiga zarar yetkazildi. 1969 yil 3 avgustda
ekstremist-protestantlar Belfasda ig‘vo (provakatsiya) qilib qurolli tartibsizliklarni uyushtirdilar.
Bunga o‘xshash hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik uchun London hukumati 1969 yil avgustida Shimoliy
Irlandiya hududiga muntazam armiya qismlarini kiritdi. Mahalliy politsiya qurolsizlantirildi va
uning joyiga huquqni nazorat qilish vazifasini olgan Olster Mudofaa Polki tashkil qilindi. Ammo
zo‘ravonlikning oshishini to‘xtatib qolishga erishilmadi. Asta-sekin ingliz qo‘shinlari katoliklar va
protestantlarning to‘qnashuvlariga aralashadigan bo‘ldi. Shimoliy Irlandiya fuqarolik urushi
yoqasiga kelib qolgandi. Saylovchilarning ishonch votumiga tayanishga urinib, Vilson hukumati
yangi parlament saylovlari o‘tkazishga qaror qildi. Bu saylovlar 1970 yil 18 iyunda bo‘lib o‘tdi.
So‘nggi uch yil davomida o‘tkazilgan siyosatning ikki yuzlama natijalari Vilsonni ilgarigi saylov
strategiyasidan voz kechish va kompaniyani shaxsiy impravizatsiyasi (tayyorgarliksiz) asosida
o‘tkazishga majbur qilishdi. Partiya tashviqoti ilgarigi qat’iylik va progmatiklikni yo‘qotib qo‘ygan
edi. Leyboristlar rahbariyatining sustkashligini ijtimoiy so‘rovlarning ijobiy natijalari ham
tasdiqlardi. Partiya elektorati saylovi ham kutilmagan natija berdi: konservatorlar 46,4%,
leyboristlar esa 42,9% ovozga ega bo‘lishdi. Bu muvaffaqiyat tufayli konservatorlar partiyasi
parlamentning quyi palatasida yana qo‘shimcha 43 mandatga ega bo‘ldi (jami 330 o‘rin).
Leyboristlarga 287, liberallarga 6 ta mandat qoldi.
Buyuk Britaniya 70-yillar boshida E.Xitning “yangi konservatizmi”.
Konservatorlar partiyasi muxolifatda bo‘lgan davrida uning mafkuraviy doktrinasi va tashkiliy
tuzilishi tubdan o‘zgardi. Bu yo‘nalishdagi birinchi qadam partiya rahbarini saylash huquqi partiya
parlamentdagi fraksiyasi deputatlariga biriktirilishi bo‘ldi. Bunday saylovlar ilk bor 1965 yilda
bo‘lib o‘tdi. Asosiy kurash uch nomzod o‘rtasida bo‘lib o‘tdi - Edvard Xit, Redjinald Modling va
Enok Pauell. Har uchala siyosatchi ham 50-yillarning boshida “Yagona millat” nomli partiya
orasidagi guruhni tuzish bilan o‘zlarini namoyon qilgan konservatorlar yangi avlodi vakillari
hisoblanar edilar.
“Yagona Millat” guruhi “orqa kursichilar”-torilar safidan chiqqan yosh intellektual
(bilimdon)larning o‘ziga xos bahs klubidan iborat edi. Uning yetakchilari - A.Mod, K.Elport, E.Xit,
E.Pauell, Y.Makleod, keyinchalik R.Modling - “yangi konservatizm” g‘oyalarini bosqichma-
bosqich rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlar va Makmillan hamda Batlerning “eski gvardiya”ga
yaqinlashishini ma’qullamas edilar. Guruh nomi Angliyada burjuaziya-aristokratiyani ishchilar
sinfiga qarama-qarshi qo‘yishdan butunlay voz kechishga chaqirishni ifoda etardi. Yosh
konservatorlarning yangi avlodi mehnat va kapitalning muloqotini emas, balki, umummilliy siyosat
yurgizish, maqsadi va g‘oyalari yagona bo‘lgan jamiyatni shakllantirish tarafdorlari edilar.
“Yagona millat” guruhi konsepsiyasida asosiy rolni “mulkdorlarning demokratiyalashuvi”
g‘oyasi egallardi. Davlat va xususiy sektorning birgalikda mavjudligi shartligini tan olgan holda
uning tarafdorlari bozor tamoyillariga asoslangan iqtisodiyotning aralash modelini rivojlantirish
uchun kurashib, texnokratik g‘oyalarga qat’iyan qarshi chiqardilar. Iqtisodiyotni boshqarish,
ularning nazarida jamiyatni boshqarish kabi xavfli bo‘lishi mumkin edi. “Yangi konservatorlar”
iqtisodiy jarayonlarni boshqaruvchi ma’muriyat saflarini qisqartirish va markazlashgan
rejalashtirishdan iste’molchilar talabining o‘zgarishiga elastik (egiluvchan) moslashuvni tashkil
etish tarafdori edilar. Davlat iqtisodiy siyosatining bunday shaklini ular samarali moslashtirilmoq
deb nomlashdi.
“Yagona Millat” guruhining “yangi konservatorlari” daromadlar sohasidagi cheklashlarni
bekor qilish, jumladan o‘sib boruvchi soliqqa tortishdan voz kechishni eng muhim vazifa deb
hisoblashardi. Tadbirkorlik sohasida soliq yukining yengillashishi sarmoyaning o‘sishi va milliy
boylik jamlanishining asosiy vositasi bo‘lishi kerak edi. Milliy iqtisodiyotning dinamik
rivojlanishida mayda kapitalning roliga katta e’tibor berilardi.
116
“Yagona Millat” guruhi nazariyotchilari “jamoaviy iste’molchilik” tizimidan voz kechishga
chaqirgan holda davlat ijtimoiy siyosatini faravonlik, ammo o‘ta serobgarchilik emas qoidasi bilan
almashtirish zarurligini ta’kidlashar edi. Mavjudligi aniq bo‘lgan har bir insonning ehtiyojini va
mamlakatning bu “jamoaviy jannat”ni ta’minlay olish qobiliyatini hisobga olmagan holdaboylikni
jamiyatning har bir a’zosiga taqsimlash o‘rniga aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy siyosat kelishi kerak
edi. “Ta’lim, uy-joy qurilishi va sog‘liqni saqlash alohida fuqarolarning ishlab chiqarishga bo‘lgan
ehtiyojini uyg‘otish va javobgarlikni taqsimlanishiga sabab bo‘lishi kerak edi. Bu esa erkin
demokratiyaning mohiyatidir”-deyishardi “yangi konservatorlar”. Ularning fikricha, ijtimoiy
sohada individual javobgarlik va xususiy tashabbus prinsiplarining mustahkamlanishi millat ruhini
sog‘lomlashtirishga, shaxs va jamiyat erkinligi kafolati bo‘lishga qodir.
Partiya yetakchiligi uchun kurashda E.Xit o‘zining “Yagona Millat”dagi azaliy safdoshlari -
R.Makleod va A.Modlarga tayanardi. Xit tomoniga “orqa kursichilar”-torilarning eng obro‘li
vakillarida biri - Edvard Dyu Kann o‘tdi. U an’anaviy tarzda parlament fraksiyasining oddiy
a’zolarini o‘z ichiga olgan “1922 yil qo‘mitasi” nomli partiya ichidagi guruhga rahbarlik qilardi.
Keyinchalik Dyu Kani partiya raisiga aylandi. O‘zining yetakchi lavozimiga saylangan paytidanoq
E.Xit Modling va Pauell bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni tiklashga urindi. Modling hatto
Do'stlaringiz bilan baham: |