Йилларда франция


-yillarda va 90-yillarning boshlarida Buyuk Britaniyaning tashqi siyosati



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

80-yillarda va 90-yillarning boshlarida Buyuk Britaniyaning tashqi siyosati. 
 
 
M.Tetcher  hukumatining  tashqi  siyosiy  strategiyasi  Buyuk  Britaniyaning  buyuk  davlat 
mavqeini  tiklashni,  Britaniya  siyosati  doirasiga  keng  global  va  mintaqaviy  muammolarni, 
jumladan,  mamlakat  manfaatlariga  daxldor  bo‘lmagan  muammolarni  ham  kiritishni  ko‘zda  tutgan 
edi. “Temir xonim”ning siyosiy uslubiga xos bo‘lgan qat’iylik  va qattiqlik Britaniya diplomatiyasi 
harakatlarida ham namoyon bo‘lardi.  
 
Tetcher  jamoasining  hokimiyat  teppasiga  kelgandan  atigi  bir  oy  o‘tganda  unga  favqulodda 
keskin  vaziyatda  diplomatik  sahnada  o‘zini  namoyish  qilishga  to‘g‘ri  kelgandi.  Lusakada  bo‘lib 
o‘tgan 1979 yilda Hamdo‘stlik konferensiyasida ko‘p yillik Janubiy Rozediya inqirozini hal qilishni 
qat’iy hal qilishga urinib ko‘rildi. Britaniya tomoni Janubiy Rodeziyada konstitutsion islohot hamda 
saylovlar  o‘tkazish  tashabbuskori  va  kafili  sifatida  o‘zini  namoyon  qildi.  1980  yildayoq  mustaqil 
(mamlakatda yashovchi millat nomiga ko‘ra) Respublikasi Hamdo‘stlik a’zosiga aylandi.  
 
Lusaka  konferensiyasida  Tetcher  nafaqat  o‘zining  Hamdo‘stlikni  rivojlantirishda  faol 
qatnashishga  bo‘lgan  harakatlarini,  balki  bunda  milliy  siyosat  manfaatlarini  ham  himoya  qilishga 
tayyor ekanligini  namoyish qildi. Konferensiyada qabul qilingan  “Irqchilik va irqchilik aqidalariga 
oid  deklaratsiya”ga  qo‘shilgan  holda  Buyuk  Britaniya  immigratsiya  siyosati  tamoyillarini,  irqiy 
teng huquqlik tamoyillarini buzayotgan davlatlarga nisbatan hamdo‘stlikning kelishilgan siyosatida 
qanday shaklda ishtirok etishni mustaqil belgilash huquqini o‘z ixtiyorida qoldirdi. Keyingi yillarda 
NSAR  dan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  (vega)  yordam  berishini  oldini  olish  uchun  Buyuk  Britaniya 
Hamdo‘stlikning bu mamlakatga qarshi fraksiyalarda faqatgina rasman ishtirok etdi.  
 
Hamdo‘stlik  mamlakatlari  bilan  iqtisodiy,  munosabatlarni  rivojlantirayotgan  Tetcher 
hukumati  ularni  pragmatizm  va  ratsionallik  ruhida  tuzmoqchi  edi.  Hamdo‘stlik  salohiyati  nafaqat 
eng qoloq mamlakatlarga yordam berish uchun, balki  mujassam o‘zaro manfaatli  hamkorlik uchun 
foydalana  boshlandi.  O‘zining  paternatizm  an’analarida  voz  kechishga  bo‘lgan  harakati  tufayli 
Tetcher Hindistonning eng qashshoq mamlakatlari uchun maxsus iqtisodiy fond yaratish, Yamayka 
bosh vazirining rivojlanayotgan mamlakatlarga norkomafiya bilan kurashishni qo‘llab-quvvatlovchi 
maxsus xalqaro organni shakllantirish loyihasini bekor qildi.  
 
Tetcher Hamdo‘stlikni asta-sekin o‘z faoliyatini “maxsus munosabatlar” asosida emas, balki 
xalqaro huquqning odatdagi normalari asosida tashkil qiluvchi ko‘p tomonlama xalqaro tashkilotga 
aylanishini  qo‘llab-quvvatlayotgan  edi.  Bu  yondoshuv  Hamdo‘stlikning  1987  yildagi  Venkuver 
deklaratsiyasida mustahkamlandi. Ammo oqibatda Buyuk Britaniyaning yetakchilik mavqei yanada 
kuchaydi.  Sobiq  mustamlakalar bilan  ikki tomonlama o‘zaro manfaatli  munosabatlarga  yon  bosib, 
Buyuk  Britaniya  80-yillar  oxiri,  30-yillarning  boshida  o‘zining  an’anaviy  ta’sir  doirasidagi 
mintaqalarida o‘zining iqtisodiy va harbiy-siyosiy ishtirokini ancha mustahkamlab oldi.  


 
138 
 
Tetcher  hukumati  o‘z  manfaatlarini  Yer  asarining  xohlagan  nuqtasida  himoya  qilishga 
tayyor ekanligini  1982  yilda  namoyish etdi.  Bunda  Folklend (Molvina) orollari  bo‘yicha  Angliya-
Argentina to‘qnashuvi ro‘y bergandi. Bu arxipelag (orollar to‘plami) Atlantika okeanining janubiy-
g‘arbiy  qismida  joylashgan  bo‘lib,  ikkala  mamlakat  uchun  bir  yarim  asr  davomida  bahs-
munozaraga sabab bo‘lgan hudud edi. 1833 yilda u inglizlar boshqaruvida edi. XX asr o‘rtalaridan 
boshlab,  Argentina  orollarini  qayta  egallash  uchun  kurashni  faollashtirdi.  1982  yil  2  aprelda 
Argentina  qurolli  kuchlari  “suverenitet”  operatsiyasini  bajarish  davomida  bu  orollarga  kiritildi. 
Gubernator L.Xont (orollar gubernatori) vazifasidan ozod qilindi va yuzta dengiz piyoda gornizoni 
bilan  uyga  jo‘natildi.  O‘sha  kunning  o‘zidayoq  Argentina  bilan  aloqalarini  uzish  va  Folklend 
orollariga 40 ta kemadan iborat harbiy eskadrom jo‘natishga qaror qilindi.  
 
Aprel oxirida Britaniya ekadrosi Folklend orollari  hududida  harbiy  harakatlarni  boshladi.  2 
mayda  ingliz suvosti kemasi “Konkeror” tomonidan  Argentina flotiga tegishli  “General Belgrano” 
kreyseri  cho‘ktirilgandan  so‘ng  Argentina  harbiy  kemalari  o‘z  bazalariga  qaytishga  majbur 
bo‘lishdi.  Keyinchalik,  urushlar  faqat  havo  orqali  amalga  oshirildi.  Argentina  uchuvchilari 
Britaniyaning  eng  zamonaviy  raketa  tashuvchi  ESMINETS  “SHeffild”  va  bir  nechta  boshqa 
kemalarni  cho‘ktirishga  muvaffaq  bo‘lindi.  21  mayda  Britaniya  maxsus  harbiy  qismlari  orollarga 
qo‘nishga erishishdi. Faqatgina 15 iyunga kelib, qaqshatqich urushlardan so‘ng Argentina gornizoni 
taslim  bo‘ldi.  Buyuk  Britaniya  va  Argentina  o‘rtasida  urush  harakatlarini  to‘xtatish  to‘g‘risida 
biror-bir rasmiy kelishuvga kelinmagan edi (eslatib qo‘yish kerakki, aslida, urush ham rasman e’lon 
qilinmagan  edi).  Argentina  qurolli  kuchlari  talofati  1300  kishini,  inglizlarniki  250  kishini  tashkil 
etdi. Tetcher  hukumati  “qisqa  muddatli g‘alaba keltirgan urush”ning  targ‘ibotda juda  ustalik  bilan 
foydalanishdi.  
 
Folklend  voqeasi  Britaniya-AQSH  ittifoqchilik  munosabatlarini  ancha  mustahkamladi. 
BMT  Xafvsizlik  Kengashida  ikkala  tomonni  qurolli  to‘qnashuvni  to‘xtatib,  masalani  muzokora 
yo‘li bilan hal etishga chaqiruvchi rezolyutsiya taqdim etilganida, Buyuk Britaniya va AQSH uning 
qabul qilinishiga ikkilangan veto bilan to‘sqinlik qilishdi. Bu davrda Buyuk Britaniya va AQShning 
yaqinlashishi  ko‘p  jihatdan  Tetcherning  prezident  Ronald  Reygan  bilan  shaxsiy  munosabatlariga 
ham bog‘liq edi. Ikkala davlat rahbari ham o‘xshash siyosat ideallarga ega bo‘lib, o‘xshash radikal 
ichki o‘zgarishlarni amalga oshirishgan. Ular “yangi konservativ inqilob”ning DPOYSTVENNO‘Y 
sotsial-psixologik oqibatlariga duch kelishgan va yorqin diplomatik yutuqlarga zarurat sezishardi.  
 
Tetcherning  1983  yil  sentabridagi  Vashingtonga  tashrifi  Buyuk  Britaniya  va  AQSH 
o‘rtasidagi  “maxsus  munosabatlar”  eng  gullagan  davrga  yetganligini  namoyish  etdi.  1983  yil 
oktabrida  Vashingtonning  Buyuk  Britaniyaga  nisbatan  ochiqchasiga  nomaqbul  harakatidan  so‘ng 
ham  ahvol  o‘zgarmadi.  O‘shanda  amerikaliklar  Hamdo‘stlik  tarkibiga  kiruvchi  Grenada 
namoyishkorona  “politsiya”  harakatini  uyushtirgan  edi.  80-yillarning  ikkinchi  yarmida  Buyuk 
Britaniya mintaqaviy mojarolar masalasida o‘zining strategik ittifoqchisiga muntazam ravishda yon 
bosib  keldi.  London  AQShning  Eronga  nisbatan  dushmanona  siyosatiga  Afg‘onistondagi 
mujohidlarni  va  ularni  qo‘llab-quvvatlayotgan  Pokistondagi  tuzumga  yordam  berayotganligini, 
Nikoraguadagi  milliy-ozodlik  harakatiga  qarshi  kurashiga  xayrixoh  edi.  London  AQShning  1986 
yildagi  Liviyaga  qarshi  harbiy  harakatini  qo‘llab-quvvatladi  va  Amerika  harbiy  havo  kuchlari 
Tripoliga  havo  zarbalarini  berish  uchun  Britaniya  aerodromlaridan  foydalanishgan  edi.  AQSH 
izidan  Fransiya  va  Italiya  bilan  birgalikda  Buyuk  Britaniya  ham  Livanga  tinchlikparvar  kuchlarni 
jo‘natdi.  Vashingtonning  Kemp-Devid  strategiyasini  rivojlantirish  uchun  Britaniya  diplomatiyasi 
Arab-Isroil muzokoralar jarayonini tartibga solishda ishtirok etdi.  
 
Gravel  masalalarda  Buyuk  Britaniya  va  AQShning  ittifoqchilik  munosabatlari  ancha 
mustahkamlandi.  Tetcherning  hokimiyat  tepasiga  kelishi,  ikkala  qarama-qarshi  harbiy  bloklarning 
Yevropa  hududida  eng  yangi  yadro  qurollarini  joylashtirgani,  Sovet  armiyasining  Afg‘onistonga 
bostirib  kirishi,  Polshada  harbiy  holatning  joriy  etilishi  bilan  yuzaga  kelgan  yangi  xalqaro 
konfrontatsiya  (keskin  qarama-qarshi  frontlarga  ajralish)  davriga  to‘g‘ri  keldi.  Shovqinli  antisovet 
targ‘ibotga  Buyuk  Britaniya  ham  hissa  qo‘shdi:  Moskvadagi  olimpiadaga  boykot  e’lon  qilinishi 
qo‘llab-quvvatlandi  va  SSSR  bilan  iqtisodiy  va  madaniy  hamkorlik  ancha  qisqartirildi.  Tetcher 
NATO  qurollarini  oshirib  borishni  ma’qulladi,  Buyuk  Britaniya  hududida  160  ta  o‘rta  uchar 
raketalarning  joylashtirilishiga  va  yadro  suvosti  kemalarni  yangi  “Traydent”  Amerika  raketalari 


 
139 
bilan  jihozlash  dasturini  amalga  oshirishga  rozilik  berdi.  U  AQShning  SOI  loyihasini  ham 
ma’qulladi.  
 
O‘z  hukmronligining  dastlabki  yillarida  qat’iy  antisovet  mavqeini  egallagan  Tetcher 
SSSRda  siyosiy  o‘zgarishlar ro‘y  bergandan so‘ng  xalqaro munosabatlarning  o‘zgarishini  qo‘llab-
quvvatlagan  birinchi  G‘arb  rahbarlaridan  edi.  1984  yil  oxirida  M.Gorbachyov  Londonga  rasmiy 
tashrif  buyurdi.  Tetcher  bilan  muzokoralarning  boshlanishi  Gorbachevning  dunyo  miqyosdagi 
diplomat  sifatida  birinchi  jiddiy  qadam  bo‘ldi.  Tetcher  yangi  sovet  rahbarining  maxsus  SHARM 
sohibi  ekanligi,  uni  ochiq  va  o‘zaro  ishonchga  asoslangan  muloqotga  kirisha  olish  qobiliyatiga 
yuksak  baho  berdi.  Keyinchalik,  ular  o‘rtasidagi  munosabat  konstruktiv  va  o‘zaro  hurmat  asosida 
amal  qildi.  1986-1987  yillarda  E.SHeverdnadzening  Londonga  va  M.Tetcherning  Moskvaga 
bo‘lgan  tashrifida  Sovet-Britaniya  o‘zaro  munosabatlarining  barcha  jihatlari  bo‘yicha  kelishuvlar 
paketi qabul qilindi.  
 
J.Meyjorga  Moskva  va  Vashington  o‘rtasidagi  munosabatlar  masalasida  butunlay  yangi 
muammolarga  duch  kelishga  to‘g‘ri  keldi.  Sovet  va  Rossiya  rahbarlarining  ochiqchasiga  qarama-
qarshiligi,  SSSR  respublikalarida  milliy  harakatning  faollashuvi,  SSSR  parchalanishining 
geosiyosiy  samarasi,  yadro  quroliga  ega  buyuk  davlatning  parchalanishi,  xorizmatik 
Gorbachevning  Yelsinga  almashishi  o‘sha  paytdagi  G‘arb  rahbarlarini  og‘ir  tanlash  muammosiga 
duch  keltirdi.  Meyjor  ingliz-sovet  siyosiy  muloqotidan  ingliz-Rossiya  siyosiy  muloqotiga  o‘tish 
samarali  yo‘lini topishga muvaffaq bo‘ldi. Separatizm (ayirmalik)ni to‘xtovsiz qoralagani va sovet 
davlatchiligini  rivojlantirishni  qo‘llab-quvvatlagani  holda  u  1991  yil  yanvaridayoq  Litva  va 
Latviyadagi  voqealarga  qat’iy  munosabat  bildirdi  (Fransiya,  AQSH  va  Italiyadan  farqli  o‘laroq). 
1991  yil  avgustida  Meyjor  Yevropa  davlat  rahbarlari  ichida  birinchilardan  bo‘lib  Moskvadagi 
to‘ntarishni (balvoni) qoraladi. Shunday qilib, SSSRning parchalanishini hech bir tantanasiz qabul 
qilgan  Buyuk  Britaniya  Rossiyani  ikkilanishsiz  merosxo‘r  davlat  sifatida  qabul  qildi.  Uzoqni 
ko‘zlay  olishini  Meyjor  keyinchalik  ham  namoyish  etgandi.  1993  yil  oktabridagi  voqealaridan 
so‘ng  u  birinchilardan  bo‘lib  Yelsinni  qo‘llab-quvvatladi.  Chechenistondagi  urushni  qoralagan 
Mitteran  va  Koldan  farqli  o‘laroq,  Britaniya  bosh  vaziri  Moskvada  g‘alabaning  50-yilligini 
nishonlash  marosimida  qatnashib,  bu  masala  bo‘yicha  biroz  “tashvishda”  ekanligini  bayon  qildi, 
xolos.  
 
Britaniya  rahbariyatining  Rossiyadagi  voqealarga  nisbatan  to‘g‘ri  pozitsiyasi  bu  ikkala 
mamlakat  o‘rtasidagi  konstruktiv  va  o‘zaro  manfaatli  aloqalar  o‘rnatilishga  asos  bo‘ldi.  Ammo 
Meyjor va Yelsinlar o‘rtasida “maxsus” shaxsiy munosabatlar o‘rnatilmadi. Bu Yelsinning 1992 yil 
noyabrida  Londonga  qilgan  tashrifida  namoyon  bo‘ldi.  Rossiya  va  Birlashgan  qirollik  o‘rtasidagi 
munosabatlar  tamoyillari  to‘g‘risida  muddatsiz  Shartnomaning  imzolanishi  ikkala  mamlakatning 
barcha sohalardagi  hamkorligida  yangi davrni  boshlagan  bo‘lsada, strategik  hamkorlik uchun  asos 
bo‘la olmadi. Bu holat 1994 yilda, ikkala mamlakat rahbarlari besh marta uchrashganlari, qiroliga 
Yelizaveta 1 ilk bor Rossiga rasmiy tashrif buyurganidan keyin ham o‘zgarmadi.  
 
Meyjor  hukmronligi  davrida  Ingliz-Amerika  munosabatlari  ham  noaniq  xarakterga  ega 
bo‘ldi.  Buyuk  Britaniya  BMTning  Fors  qo‘ltig‘idagi  harbiy  harakatlarida  faol  qatnashdi. 
Allaqachon  1990  yil  kuzdan  boshlab,  Britaniya  samolyotlari  Saudiya  Arabistoni  havo  hududlarini 
nazorat  qila  boshlashdi.  O‘shandayoq  xalqaro  koalitsiya  tarkibiga  kiruvchi  45  minglik  Britaniya 
harbiy  qismi  qo‘ltiq  mintaqasiga  yuborildi.  Buyuk  Britaniya  1990  yil  noyabrida  BMTning  Iroqqa 
quvayt  hududidan  qo‘shinlarini  chiqarishini  talab  qiluvchi  Ultimatum  qo‘ygan  rezolyutsiyasini 
qo‘llab-quvvatladi.  Britaniya  jamoatchiligi  boshqa  G‘arb  mamlakatlariga  nisbatan  ham  Iroqdagi 
rejimiga  nisbatan  pozitsiyani  egalladi.  80%  dan  ortiq  inglizlar  qo‘ltiq  zonasidagi  harbiy 
harakatlarda  ishtirok  etishni  qo‘llab-quvvatlashdi.  Meyjor  ham  barcha  eng  yirik  siyosiy  partiyalar 
tomonidan  qo‘llab-quvvatlagan  holda  Saddam  Husayn  bilan  har  qanday  muzokoralarga  qarshi 
chiqib, pozitsiyani egalladi.  
 
Iroq  masalasida  Britaniya  diplomatiyasi  tutgan  mavqe  va  1991  yil  fevralidagi  “sahrodagi 
bo‘ron”  operatsiyasida  Britaniya  harbiy  qismlarining  qatnashuvi  Buyuk  Britaniya  va  AQSH 
yaqinlashishiga  yangi  turtki  bo‘ldi.  Ammo  1993  yildan  boshlab  Ingliz-Amerika  hamkorligi 
kamayib  bordi. London AQShdagi prezident saylovlarida ochiqchasiga respublikachilar partiyasini 
qo‘llab-quvvatladi,  yangi  prezident  B.Klinton  (demokratik  partiya  vakili)  bilan  Meyjor  o‘rtasida 
iliq  munosabatlar  o‘rnatilmadi.  Keyingi  yillarda  Britaniya  diplomatiyasi  Vashington  uchun 


 
140 
prinsipial  muhim  bo‘lgan  masalalarda  to‘liq  mustaqil  pozitsiyani  egalladi.  Bu  Bosniya  va 
Gersogovinadagi  millatlararo  mojaro  paytida,  qurol  sotishga  embargoni  bekor  qilish,  serblarga 
qarata  bomba  zarbalari  berish  masalasida  Buyuk  Britaniya  va  AQSH  qarama-qarshi  pozitsiyani 
egallaganda  namoyon  bo‘ldi.  London  Yugoslaviyaga  qarshi  sanksiyalar  joriy  etishni  qo‘llab-
quvvatladi, ammo xalqaro tinchlikparvar kuchlarni harbiy  harakatlar uchun kiritishga qat’iy qarshi 
chiqdi.  Faqatgina  1995  yil  aprelida  Meyjor  Vashingtonga  bo‘lgan  tashrifi  paytida  Bosniya 
masalasida yaqinlashishga muvaffaq bo‘ldi, 1995 yil dekabrida esa Britaniya diplomatiyasi mojaro 
tomonlarini tinchlik shartnomasiga imzo qo‘yishini tashkil etish vositachisi bo‘ldi.  
 
Buyuk  Britaniyaning  80-yillar  90-yillar  birinchi  yarmida  tashqi  siyosatining  asosiy 
yo‘nalishi  Yevropa  integratsiyasi  jarayonida  qatnashishdan  iborat  bo‘ldi.  M.Tetcher  Yevropadagi 
hamkorlar bilan munosabatlarda o‘ziga xos bo‘lgan qat’iylik va maqsadga yo‘nalganlikni joriy etdi 
va  Buyuk  Britaniya  uchun  noqulay  bo‘lgan  iqtisodiy  hamkorlik  hamda  YEIHning  budjetiga 
to‘lovlar  masalasini  qayta  ko‘rib  chiqishini  talab  qilardi.  1979  yildan  boshlab,  uzoq  muddatli 
murakkab muzokoralar davri boshlandi. Ular davomida shov-shuvlar va savdo urushlari ham bo‘lib 
turdi.  Buyuk  Britaniya  egallagan  qat’iy  pozitsiya  YEIH  budjet  tizimini  barqarorlashtirishga 
to‘sqinlik  qilar,  ko‘pgina  integratsion  dasturlarning  amalga  oshirilishini  kechiktirar  va  YEIHga 
Ispaniya  va  Portugaliyaning  qo‘shilishi  to‘g‘risidagi  muzokoralarni  murakkablashtirardi.  To‘rt 
yildan keyingina bu masalada kelishuvga kelishga muvaffaq bo‘ldi.  
 
YEIHning  fermerlarni  dotatsiyalar  bilan  qo‘llab-quvvatlash  asoslangan  agrar  siyosati  ham 
Britaniya hukumatida norozilik uyg‘otardi. Tetcher YEIHning bu sohadagi narxlar siyosatini bekor 
qilish  uchun  tez-tez  veto  huquqidan  foydalanar  edi.  Britaniya  diplomatiyasining  qattiq  bosimi 
ostida  Umumiy  bozor  mamlakatlari  1983  yilda  qishloq  xo‘jaligi  dasturida  xarajatlarni  asta-sekin 
kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga majbur bo‘lishdi.  
 
80-yillarning  ikkinchi  yarmida  Yevropa  siyosatining  asosiy  muammosi  Yevropa 
Hamjamiyatlari  tizimini  Yevropa  Ittifoqiga  aylantirishdan  iborat  bo‘ldi.  Bu  maqsad  1986  yil 
fevralida qabul qilingan Yagona Yevropa aktida bayon qilingan edi. Buyuk Britaniya hech qanday 
davlatlardan yuqori bo‘lgan va umumevropa tashkilotlarga qo‘shimcha vakolatlar berishsiz siyosiy 
va  tashqi  siyosiy  hamkorlikni  faollashtirish  tarafdori  edi.  80-yillarning  ikkinchi  yarmida  yangi 
integratsion tuzilma - Yevropa siyosiy hamkorligi aynan shu asosda shakllandi.  
 
Yevropa  Kengashini  tuzish  g‘oyasini  inkor  etmasdan  turib,  Tetcher  hukumati,  bir  qator 
yangi integratsion loyihalar, jumladan, yagona pul tizimiga o‘tishni ko‘zda tutgan Yevropa valyuta 
ittifoqini  tuzish  loyihasiga  qarshi  chiqardi.  Tetcher  Buyuk  Britaniyaning  bunday  loyihalarga 
qo‘shilishini iloji boricha kechiktirishga umid qilardi. U soliq, mehnat va immigratsiya (muhojirlik) 
to‘g‘risidagi  qonunlarni  ham  yagonalashtirish  haqidagi  taklifni  ham  qabul  qilmadi.  Tetcher  1986 
yilda imzolangan SHengen kelishuvlariga Buyuk Britaniyaning qo‘shilishiga qarshi chiqdi.  
 
Meyjor Yevropaga nisbatan strategiyani tubdan o‘zgartirdi. Uning fikricha Buyuk Britaniya 
milliy  manfaatlarini,  integratsiya  chuqurlashishiga  to‘sqinlik  qilmasdan,  balki  Yevropa  kelajagi 
to‘g‘risidagi  o‘z  tasavvuri  asosida,  kelajakda  Yevropa  ittifoqining  konsepsiyalari  va  huquqiy 
asoslarini  ishlab  chiqishda  faol  qatnashish  bilan  himoya  qilish  samaraliroq  edi.  Meyjor  Yevropa 
Ittifoqining tuzilishida  federalistik  konsepsiyadan  voz kechish  va  “Yevropa ittifoqi”  tushunchasini 
yangi davlatlardan yuqori bo‘lgan tuzilma emas, balki Yevropa mamlakatlari hamkorligining yangi 
bosqichi  sifatida  talqin  etilishida  katta  rol  o‘ynadi.  Britaniya  diplomatiyasining  muhim  yutug‘i 
Maastrixt  shartnomasiga  ilova  sifatida  “Hamjamiyat  huquqiy  aktlarini  qo‘llash  to‘g‘risida 
deklaratsiya”ning  ishlab  chiqilishi  bo‘ldi.  Unda  ta’kidlanishicha  YEI  qonunlarining  amalda 
qo‘llanilishi har bir mamlakatning o‘z huquqiy tizimi, institutlari va boshqa holatlar asosida tashkil 
qilinadi. Meyjor tashabbusi bilan YEI huquqiy konsepsiyasiga subsidiarizm tamoyili kiritildi. Unga 
ko‘ra  u  yoki  bu  masalaning  hal  qilinishi,  u  davlat  hududida  samarali  va  yuqori  darajada  hal 
qilinmaydigan  taqdirdagina  Ittifoq  doirasida  hal  qilinishi  kerak  edi.  Yevropa  Ittifoqi  to‘g‘risidagi 
Maastrixt  shartnomasida  integratsiyaning  uchta  asosiy  yo‘nalishi  ko‘zda  tutilgan  edi-  yagona 
Yevropa bozorining  yaratilishi (jumladan,  yagona valyuta tizimining  yaratilishi), tashqi siyosat va 
mudofaa  sohasida  yagona  yo‘lning  shakllanishi,  a’zo  mamlakatlarning  ichki  va  qonunchilik 
siyosatini  yagonalashtirish.  Meyjor  ham  bu  umumiy  strategiyani  qabul  qilishga  majbur  bo‘ldi. 
Ammo  Britaniya  diplomatiyasi  ilgarigidek  integratsion  aloqalarning  yangi  shakllariga  bosqichma-
bosqich,  tanlagan  holda  qo‘shilishga  umid  qilardi.  Meyjor  “turli  tezlikdagi  integratsiya” 


 
141 
g‘oyasining yorqin tarafdori bo‘ldi. Unga ko‘ra, YEI a’zolarining hammasini integratsiya yo‘li bir 
vaqtda (sinxrop) ro‘y berishi shart emas, balki  milliy xususiyatlar maxsus o‘tish  mexanizmlarining 
yaratilishi  va  YEI  dasturiga  kirishning  turli  muddatlarini  belgilashga  asos  bo‘lishi  mumkin  edi. 
“Turli  tezlikda  integratsiya”  konsepsiyasi  Meyjor  hukumatiga,  boshqa  hamkorlar  bilan 
munosabatlarni  yomonlashtirmasdan,  YEI  rivojlanishining  bir  qator  yo‘nalishlari  bo‘yicha  ba’zi 
majburiyatlardan xalos bo‘lishga imkon berdi.  
 
Obhinalar  partiyasida  Maastrixt  shartnomasining  muhokamasi  “yevroromantik”  (YEI  ta 
qo‘shilishga  xayrixohlar)  va  “yevroskeptik”  (Yeiga  qo‘shilishga  shubha  bilan  qaraydigan 
deputatlar)  guruhlar  o‘rtasidagi  keskin  bahs-munozaraga  sabab  bo‘ldi.  Hukumat  tutgan  yo‘lga 
qarshi  kurashish,  g‘alati  tarzda  konservativ  partiya o‘ng  qanotini  Yeining  ijtimoiy  qonunchiligiga 
qo‘shilish  tarafdori  bo‘lgan  leyboristlar  bilan  qo‘shilishiga  olib  keldi.  Bahs-munozaralar  1993  yil 
23  iyunda  leyboristlar  sal  bo‘lmasa  Buyuk  Britaniyani  sotsial  xartiyaga  qo‘shilishiga  muvaffaq 
bo‘lishganida o‘z cho‘qqisiga yetgan edi. Meyjor siyosatiga norozilik tarzida bu rezolyutsiya uchun 
tori partiyasidan 23 ta “yevroskeptiklar” ham ovoz berishdi. Ooz berish natijasi kutilmagan bo‘ldi: 
317 ovoz  317 ovozga qarshi. Hukumatni  faqatgina  yagona parlament  stikeri  ovozi qutqarib  qoldi. 
Keyingi  kuniyoq  Meyjor  Britaniya  parlamentlari  tomonidan  600  dan  ortiq  tuzatishlar  kiritgan 
Maastrixt 
shartnomasi 
implementatsiyasi 
to‘g‘risidagi  masalani  ham  ovozga  qo‘ydi. 
Konservatorlarning parlamentdagi fraksiyasi hukumatni boy berishdan qo‘rqib, bu xujjatni qo‘llab-
quvvatlab ovoz berishga majbur bo‘ldi.  
 
Parlamentdagi  g‘alabaga  qaramasdan  hukumat  integratsion  siyosatga  katta  o‘zgartirishlar 
kiritishga  majbur bo‘ldi. “Turli tezlikdagi” Yevropa Ittifoqi g‘oyasini rivojlantirgani holda  Meyjor 
Yeida hamkorlikning “o‘zgarayotgan geometriyasi”ni qo‘llab-quvvatlardi. Unga ko‘ra, integratsion 
hamkorlikning  turli  jihatlari  Ittifoqning  barcha  a’zolariga  joriy qilinmasdan,  mamlakatlarning turli 
guruhlari  kelishuvlari  asosida  amalga  oshirilishi  kerak  edi.  1996  yilda  hukumat  iqtisodiy 
integratsiya  tamoyillarining  o‘zgarishi  va  referendum  o‘tkazilganiga  qadar  ittifoqqa  qo‘shilish 
to‘g‘risidagi qarorni kechiktirish uchun kurashish haqida bayon qildi.  
 
1996  yil  aprelida  ro‘y  bergan  “sigir  inqirozi”  tufayli  Buyuk  Britaniya  va  YEI  bo‘yicha 
hamkorlar  o‘rtasidagi  munosabatlar  ancha  yomonlashdi.  Sigirlarning  yoppasiga  pufakli  ensifalit 
(quturish)  bilan  kasallanishidan  keyin  YEI  mamlakatlariga  Britaniyada  ishlab  chiqarilgan  mol 
go‘shtini  import  qilish  taqiqlandi.  Bu  esa  1,2  million  bosh  qoramolning  qirilib  ketishi  va  yirik 
moliyaviy talofatga (5 milliard funt sterling) olib keldi.  
 
YEI  tomonidan  embargoni  yumshatish  va  uni  bekor  qilish  sanasini  belgilashdan  bosh 
tortilganiga  javoban  Meyjor  kal  qilinishi  konsepsusni  talab  etuvchi  YEI  masalalari  hal  qilishda 
to‘sqinlik  qilishni  ma’lum  qildi.  Bu  “hamkorlik  qilmaslik”  siyosati  natijasida  Britaniya  hukumati 
1996  yilda  76  ta  qaror  qabul  qilinishini  yo‘qqa  chiqardi.  Yevropadagi  hamkorlar  bilan 
munosabatlardagi inqiroz davri yangi saylovoldi kompaniya davriga to‘g‘ri keldi.  
 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish