Йилларда франция


So‘l markaz (1963-1976 yillar)



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

 So‘l markaz (1963-1976 yillar).  
50  yillar  va  60  yillar  boshlari,  ya’ni  “iqtisodiy  mo‘jiza”  davrida  xalq  xo‘jaligini 
rivojlantirishdagi  salmoqli  yutuqlar  va  shuningdek  siyosat  maydonida  XDPning  ustunligi 
Italiyadagi boshqa siyosiy partiyalarning birinchi navbatda - ISP va IKP ning siyosiy yo‘nalishlarini 
qayta ko‘rib chiqishni talab qildi. Pyetro Nenni boshchiligidagi ISP rahbariyati: oppozitsion partiya 
statusidan voz kechdi va hukumat tepasiga chiqish uchun kurash boshladi. ISP kommunistlar bilan 
aloqani uzdi.  Kompartiya esa “sotsializmga  borishning  italyancha  yo‘li” strategiyasini qabul qildi. 


 
153 
Bu  strategiyaning  asosida  monopoliyaga  qarshi  faol  va  ommaviy  kurash  olib  borish,  barcha 
antimonopolistik kuchlarni o‘z tomonlariga og‘dirib olish, Sotsializmga tinch yo‘l bilan bosqichma-
bosqich o‘tish ko‘zda tutilgan edi. XDP so‘l partiyalarning jamiyatdagi siyosiy mavqei va elektorati 
sonining  borayotganini  e’tiborga  olib,  hokimiyatga  intilayotgan  ISPni  o‘ziga  qaratib  va  ISDP 
tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanishga harakat qildi. Shu yo‘l bilan XDP jamiyatda o‘z mavqeini 
mustahkamlab olishni ko‘zda tutib, “so‘lmarkazchilik” strategiyasini ilgari surdi. So‘lmarkazchilik 
strategiyasi  XDPning  so‘l  partiyalar  bilan  parlament  va  hokimiyat  boshqaruvida  hamkorlik 
qilishidan  tashqari,  xristian  demokratlar  tomonidan  so‘l  partiyalarning  (kompartiya  bundan 
mustasno) ba’zi bir talablarini qabul qilishini ham bildirar edi.  
 Chunki, reaksioner sifatida tanilgan Piy X11 ning vafotidan so‘ng (1958) uning o‘rniga kelgan 
rim  papasi  Ioann  XX111  xristian  demokratlar  yangi  strategiyasining  tasdiqlanishiga  deyarli  hech 
qanday qarshilik ko‘rsatilmadi. Ioann XX111ning “Patsem in terris” (“Yer yuzida tinchlik bo‘lsin”) 
nomli  ensiklikining  asosida  turli  xil  siyosiy  oqimlarning  hamkorligi  va  yer  yuzida  tinchlikni 
mustahkamlash  g‘oyalari  ustun  edi.  Cherkovning  keng  xalq  ommasi  bilan  aloqalari  masalasidagi 
muammo  bo‘yicha  yangilanish  tarafdorlari  va  konservatorlar  o‘rtasida  kelishmovchiliklar  mavjud 
bo‘lib, bu kurashda yangilanish tarafdorlarining qo‘li baland keldi.  
 Shu bilan bir vaqtda hukumat ichkarisida tez-tez ro‘y berib turgan inqirozlar, XDPning siyosat 
maydonidagi  yakka  hokimlik  davriga  chek  qo‘yilayotganini  ko‘rsatib  turar  edi.  XDP  ning  1962 
yilda  bo‘lib  o‘tgan  syezdida  “so‘lmarkazchilik”  strategiyasi  tasdiqlandi.  Xristian  demokratlarning 
vakili  A.Fanfani  xristian  demokratlar,  sotsial  demokratlar,  respublikachilar  vakillaridan  tashkil 
topgan birinchi hukumatni tuzdi. Bu so‘lmarkazchilik strategiyasini amalga oshirish uchun qilingan 
birinchi urinish edi.  
1963 yildan boshlab esa, “so‘lmarkazchilar” hukumati tarkibiga Italiya sotsialistik partiyasining 
vakillari  ham  kiritildi.  1963-1968  va  1974-1976  yillarda  yuqoridagi  hukumat  boshida  Italiyaning 
ko‘zga ko‘ringan  siyosiy arboblaridan biri Aldo Moro turdi. Xristian demokratlarning vakili Aldo 
Moro  so‘l  partiyalar  bilan  hamkorlik  qilish  tarafdori  bo‘lib,  inson  sifatida  yuksak  axloqiy 
prinsiplarga  qat’iy  amal  qiluvchi  biror  bir  mojaroli  ishga  aralashmagan  siyosatchi  sifatida  obro‘ 
qozongan  edi.  A.Moro  (1916-1978  yillar)  universitetini  yurisprudensiya  ixtisosligi  bo‘yicha 
tamomlagach,  huquq  falsafasi  bo‘yicha  doktor  bo‘ldi.  Ikkinchi  jahon  urushida  qatnashdi.  Xudoga 
o‘ta  ishonuvchi  A.Moro  dastlab  yoshlar  tashkiloti  hisoblangan  universitetlardagi  katoliklarining 
Federatsiyasida, so‘ngra esa XDPda faoliyat ko‘rsatdi. Siyosiy  faoliyatini erta boshlagan A.Moro, 
o‘zining  yuksak  intellektual  potensiali  hamda  tirishqoqlik,  chidamlilik,  sabr-bardoshlik,  qat’iylik 
kabi ijobiy xislatlari tufayli siyosat maydonida De Gasperi darajasidagi yirik siyosiy arbob sifatida 
shakllandi  va  tanildi.  Uning  eng  ko‘zga  ko‘zga  ko‘ringan  xizmatlaridan  biri  XDPdagi 
strategiyaning  o‘zgarishi  bo‘ldi  desak,  mubolag‘a  bo‘lmaydi.  Chunki,  uning  davrida  XDP  de 
Gasperi  davridagi  markazchilikdan  “so‘lmarkazchilik”  strategiyasiga  o‘tdi.  A.Moro  xalq  orasida 
so‘l  partiyalar,  jumladan  kommunistik  partiyaning  katta  obro‘ga  ega  ekanligini  hisobga  olib  va 
ularning  ishtirokisiz  hech  qanday  umummilliy  masalalarni  hal  etib  bo‘lmasligini  birinchilardan 
bo‘lib  tushunib  yetdi.  A.Moro  XDPdagi  konservativ  oqimning  ochiqchasiga  jiddiy  qarshilik 
ko‘rsatishga  qaramasdan,  nafaqat  sotsialistlar,  balki  kommunistlar  bilan  ham  hamkorlik  qilish 
tarafdori  bo‘lib  chiqdi.  Umrining  oxirigacha  qat’iy  xristian  demokrat  bo‘lib  qolgan  A.Moroning 
fikricha,  XDP  har  qanday  sharoitda  ham  o‘zining  siyosiy  hukmronligini  yo‘qotmasligi  kerak  deb 
hisoblar edi.  
 
So‘l markazchi hukumat bir qancha  islohotlarni amalga oshirdi. 1962 yilda iqtisodiyotning 
muhim  sohalaridan  biri  hisoblangan  -  elektro  energiya  ishlab  chiqarish  sanoati  milliylashtirildi 
(davlat  tasarrufiga  o‘tkazildi).  Natijada  kuchli  davlat  “Birlashgan  milliy  elektroenergiya  sanoati” 
tashkil topdi. Davlat tasarrufiga o‘tkazishga  mo‘ljallangan yirik xususiy kompaniyalarning egalari, 
mulklari evaziga hukumatdan katta miqdorda kompensatsiya oldilar va bu mablag‘larni sanoatning 
boshqa  sohalariga  ishlatish  imkoniyatiga  ega  bo‘ldilar.  1965  yilda  davlat  sektori  uchun  majburiy 
rejalashtirish amalga oshirildi. 1967 yildan boshlab esa milliy 5-yillik rejalashtirish joriy etildi. Shu 
bilan  bir  vaqtda, davlat rejalarining direktivalari,  xususiy sektor uchun  majburiy emas edi. Ta’lim 
tizimidagi  islohotga  ko‘ra,  to‘liqsiz  o‘rta  maktablarda  o‘quvchilarni  14  yoshgacha  bepul  va 
majburiy  o‘qitishni  amalga  oshirish  bo‘yicha  konstitutsion  prinsip  joriy  qilindi.  Ishchilarning 
hayotida katta ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ular ish haqining oshirilishi ish haqining mintaqaviy 


 
154 
darajalarini  bartaraf  etilishiga,  sanoatda  mehnat  qilayotgan  ishchilarga  bir  haftada  40  soatlik  ish 
kunini  joriy  etishga  kasaba  uyushmalarining  huquqlarini  kengaytirish  va  pensiya  ta’minotini 
yaxshilashga muvaffaq bo‘ldilar.  
Ammo,  so‘l  markaz  o‘z  faoliyati  davomida  ba’zi  bir  iqtisodiy  muammolarga  ham  duch  keldi. 
Bu  davrga  kelib  iqtisodiy  vaziyat  yanada  og‘irlashdi.  “Iqtisodiy  mo‘jiza”  davri  tugab,  Italiya 
iqtisodiyotining  o‘sish  sur’atlari  pasaydi  va  60-yillarning  o‘rtalariga  kelib,  inqiroz  nuqtasigacha 
borib  yetdi.  1974-1975  yillarga  kelib  esa,  Italiya  ham  jahon  iqtisodiy  inqirozi  girdobiga  tushib 
qoldi.  Milliy  daromadni  taqsimlash,  takror  ishlab  chiqarish  strukturasi  va  mexanizmidagi 
nomutanosibliklar  jiddiy  kelishmovchiliklarni keltirib  chiqardi. Jahon  bozorida  narxlarning  keskin 
oshganligi  tufayli,  iqtisodiyotni  xom  ashyo  va  yonilg‘i  bilan  ta’minlash  muammosi  yanada 
kuchaydi.  Kasaba  uyushmalari  faoliyatining  kuchayishi  va  stachkasi  kurashning  o‘sishi  tufayli 
mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat keskin o‘zgardi.  
Inqirozlar tufayli hukumat va tadbirkor doiralar iqtisodiy strategiyalarga o‘zgartirishlar kiritish, 
rivojlangan  g‘arb  davlatlaridan  modernizatsiyalashning  ilg‘or  metodlarini  o‘rganish  va  joriy  etish 
kabi vazifalarni amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Italiya tadbirkorlarining elitasi mamlakatni kuchli 
yettilik  safida  saqlab  qolishga  harakat  qildi.  O‘sha  davrda  Italiyadagi  iqtisodiy  taraqqiyotning 
ekstensiv modeli ham o‘z potensialini batamom tugatmagani tufayli, 70-yillarning o‘rtalariga kelib, 
kun  tartibida  iqtisodiy  taraqqiyotning  ekstensiv  yo‘llarini  yuqori  texnologiyali  jarayonlar  bilan 
almashtirish  masalasi  yuzaga  keldi.  Avvalgi  iqtisodiy  modeldan  tez  sur’atlarda  ajralishning 
imkoniyati yo‘qligi,  
 Italiya  iqtisodiyoti  ichki  qayta  qurishlarni  amalga  oshirmaganligi  tufayli  70-yillarda  jahon 
bozorida  noqulay  ahvolda  qoldi.  Iqtisodiy  taraqqiyotdagi  notekislik  mehnat  munosabatlari  va 
ijtimoiy sohaga salbiy ta’sir ko‘rsatar edi.  
Kasaba  uyushmasi  va  kommunistik  partiya  talabalarni  qo‘llab-quvvatladi.  1968  va  1969 
yillarda  pensiya  islohotini  o‘tkazish  va  uy-joy  muammosini  bartaraf  etishni  talab  qilib  chiqqan 
ikkita  yirik  umummilliy  ish  tashlashlar  bo‘lib  o‘tdi.  Hukumat  ma’lum  bir  yon  bosishlarni  xalq 
kvartiralarini qurish uchun katta miqdorda mablag‘ ajratib, 1969 yilning “jazirama kuzi”da  yanada 
yaxshiroq  shart-sharoitlarni  ta’minlab  beradigan  yangi  jamoa  shartnomalarini  tuzishni  talab  qilib, 
millionlab  kishilar  ish  tashladilar.  Buning  natijasida  1970  yilning  may  oyida  mehnatkashlarning 
huquqlari statu qabul qilindi. Bu statutga ko‘ra kasaba uyushmalarining korxonadagi o‘rni aniqlandi 
va korxona egalarining ishchilarni ishdan bo‘shatish imkoniyati chegaralab qo‘yildi.  
Italiyaning konstutitsion sudi 1974 yilda ijtimoiy-siyosiy talablar ilgari surilgan ish tashlashlarni 
qonuniy  deb  tan  olishga  majbur  bo‘ldi.  Ish  tashlashlar  orqali  erishilgan  yutuqlar  tufayli  kasaba 
uyushmalarning tarkibi va ta’siri yanada ortdi. 1969 yildan boshlab kasaba uyushmalari va hukumat 
vakillari o‘rtasida o‘tkazilayotgan muzokaralar doimiy holatga kirdi.  
1970 yilda so‘l kuchlar nikohda ajralishlarga ruxsat beradigan qonunni qabul qildirishga erishdi. 
Cherkov  rasm-rusumlariga  ko‘ra  nikoh  buzilmas  deb  hisoblansada,  1974  yilda  o‘tkazilgan 
referendum  nikohdagi  ajralishlarning  qonuniyligi  masalasida  katta  ovozga  ega  bo‘ldi.  Shunday 
qilib,  so‘l  markaz  hukumati  ish  tashlovchilarning  asosiy  talablarini  bajarib,  katta  yon  bosishlar 
qilishga majbur bo‘ldi.  
 
 Siyosiy ekstremizm va terrorizm. 
So‘l markazning, ayniqsa, 1969 yildagi  “jazirama kuz” dan so‘ng mehnatkashlar bilan murosa 
qilishga  urinishi,  iqtisodiy  qiyinchiliklar,  ishsizlikning  ko‘payishi  va  marginalizatsiya  ()  o‘ng 
radikal  oppozitsiya  ichida  qarama-qarshi  reaksiyaning  kuchayishiga  sabab  bo‘ldi.  Neofashistik 
guruhga va tashkilotlar faollashib, ularning soni 30 taga yetib qoldi. Ularning ichida “Yangi tartib”, 
“Milliy avangard”  va ayniqsa,  “Milliy  front” eng  yiriklari  hisoblanar edi. Sobiq  harbiy  jinoyatchi 
yirik  moliyachilar  bilan  aloqa  o‘rnatgan,  zolim,  beshafqat  va  o‘taketgan  mutaassib  (fanatik)ligi 
uchun  “qora knyaz”  laqabiga ega bo‘lgan knyaz  Y.V.Borgeze tashkilotida rahbarlikni o‘z qo‘liga 
olgan  edi.  1969  yili  Paduya  shahridabo‘lib  o‘tgan  yig‘ilishda  tasdiqlab  olingan  “grafik”  asosida 
neofashistlarning  terrorchilik  aksiyalarining  soni  keskin  ravishda  ko‘paydi  (portlatishlar,  faol 
jamoatchilar  va  so‘l  kuchlarning  ma’muriy  binolariga  xujumlar  uyushtirish  va  boshqalar  shular 
jumlasidandir).  O‘ta  o‘ngchilar  (“qora”)  terrorizmning  asosiyo  maqsadi  mamlakatda  davlat 
to‘ntarishi  kelib  chiqishiga  sabab  bo‘ladigan  vaziyatni  yuzaga  keltirish,  juda  bo‘lmaganda  esa 


 
155 
minimum  rejaga  ko‘ra  mamlakatda  “tartib  o‘rnatish”  vazifasi  qo‘yildi.  O‘ta  o‘ngchilarning  bu 
yo‘nalishi  “keskin  strategiya”  nomini  olgan  bo‘lib,  1969  yil  dekabrida  Milandagi  Fantana 
maydonida  joylashgan  qishloq  xo‘jaligi  banki  binosining  portlatilishi  bu  siyosatning  boshlanishi 
desak xato bo‘lmaydi. Bu terrorchilik harakati 16 kishining hayotiga zomin bo‘lgan bo‘lsa, 100 ga 
yaqin  kishi  yarador  bo‘ldi.  Fontana  maydoni  milliy  halokat  terrorchilikka  qarshi  kurashning 
ramziga  aylandi.  Mana  shu  fojiadan  so‘ng,  yana  bir  qancha  yirik  terrorchilik  harakatlari  bo‘lib 
o‘tdi.  Chunonchi,  1970-1971  yillarda  Redjo-di-Kalabriya  shahrida  neofashistlarning  politsiya  va 
harbiylar bilan bir necha oy davom etgan qonli to‘qnashuvlari, barrikada janglari; 1971 yil martida 
Akvila  shahrida  barcha  siyosiy  partiya  binolarining  portlatilishi;  Borgeza  boshchiligidagi  “Milliy 
front”ning  respublikaga  qarshi  tayyorlagan  fitnasining  oshkor  bo‘lishi;  1974  yil  mayida  Breshe 
shahrida  o‘tkazilgan  mitingdagi  portlash  natijasida  8  kishining  halok  bo‘lishi;  1974  yil  avgustida 
Balonya yaqinida poyezdning portlatilishi oqibatida 12 ta yo‘lovchining halok bo‘lishi va boshqalar 
shular jumlasidandir.  
Neofashistik  harakatning  boshida  Italiya  ijtimoiy  harakati  (IIH)  turgan  bo‘lib,  70-yillarning 
birinchi  yarmida  bu  tashkilot  a’zolarining  soni  400  ming  kishiga  yetdi.  Bu  vaqtga  kelib 
neofashistlar saylovlarda ham bir qancha muvaffaqiyatga erishdi. Masalan, 1972 yilda bo‘lib o‘tgan 
saylovlarda ular deputatlar palatasida (630 o‘rindan) 56 ta o‘ringa, senatda esa (315 o‘rindan) 26 ta 
o‘ringa ega bo‘lishdi. O‘z huzur halovatini o‘ylab IIH monarxiya talabdorlarining qoldiqlari bilan 
birlashdi.  Bu  vaqtincha  bo‘lsada,  IIHning  mamlakatda  obro‘  jihatidan  to‘rtinchi  siyosiy  partiyaga 
aylanishiga olib keldi. 1973 yildan boshlab IIH Italiya ijtimoiy harakati - Milliy o‘ng kuchlar (IIX- 
MO‘K)  deb  atala  boshladi  va  uning  raxbari  etib  yana  Jorjo  Almirante  saylandi.  Ishchilar 
harakatining  faollashishidan  norozi  bo‘lgan  shimoliy  xududlardagi  kichik  va  o‘rta  burjuaziya 
vakillari  tomonidan  qo‘llab-quvvatlanishi  tufayli  IIX  ning  ta’siri  yanada  ortib  ketdi.  Ammo  IIXni 
70-yillarning  boshlarida  qo‘llab-quvvatlagan  tabaqalar  asosan  shahar  aholisining  o‘rta  qatlami, 
lyumpen-proletariat  vakillari  va  janubning  mariginal  ()  qatlamlari  bo‘ldi.  1972  yilda  IIX  uchun 
janub  aholisining  1g‘3  qismi  ovoz  berdi.  Neofashistlar  milliy  va  chet  eldagi  reaksion  kuchlar 
tomonidan mablag‘ bilan ta’minlab turildi. Kichik sarmoyalardan tashqari, neofashist tashkilotlarga 
Italiyaning  yirik  tadbirkorlari  ham  xomiylik  qila  boshladi  (Pezenti,  Monti  va  boshqalar). 
Mablag‘larning  bir  qismi  Fransiya,  Ispaniya,  AQSH,  Portugaliya  banklaridan  ham  kelib  tushardi. 
So‘l  markazning  tadqiqotlaridan  xavotirga  tushgan  obro‘yli  doiralar  mamlakatdagi  vaziyatni 
o‘zgartirish  va  “kuchli  davlat”  siyosatini  qo‘llab-quvvatlash  maqsadida,  neofashist  tashkilotlarni 
doimo qo‘llab-quvvatlab turishdi.  
Fashistlar tomonidan  amalga  oshirilgan  jinoyatlar,  ularning  obro‘si  tushishiga  olib  keldi.  1976 
yildagi  saylovlarda  IIX  oldingi  saylovlardagiga  qaraganda  1g‘3  qism  oz  ovoz  oldi.  Buning 
oqibatida,  IIX  ichida  ichki  qarama-qarshiliklar  kuchayib  ketdi.  Bu  xol  partiyani  zaiflashishi  va 
tarqoqlashishiga  olib  keldi.  Bunga  70-yillarning  o‘rtalaridagi  terrorchilik  harakatlari  va  siyosiy 
fitnalarning  qatnashchilariga  nisbatan  olib  borilgan  sud  jarayonlari  va  xibsga  olishlar  ham  sabab 
bo‘ldi.  Ammo,  mamlakatdagi  yetuk  partiyalarning  bu  jarayonlarga  nisbatan  e’tiborsizligi  tufayli 
neofashistlar  ustidan  qo‘zg‘atilgan  jinoiy  ishlarning  aksariyati  samarasiz  yakun  topar  edi. 
Chunonchi,  sud  jarayonlarida  bor-yo‘g‘i  20  ta  neofashist  jinoiy  javobgar  deb  topilib,  ozodlikdan 
mahrum  etilgan.  Almerantining  deputat  sifatidagi  daxlsizlik  vakolati  olib  tashlandi  va  “Yangi 
tartib” tashkilotining faoliyati batamom ta’qiqlab qo‘yildi.  
Shunday  qilib  70-yillarning  o‘rtalariga  kelganda  o‘ng  radikallarning  “qora”  terrori  ikkinchi 
darajaga  tushib  qoldi  va  so‘l  radikallarning  “qizil”  terroriga  o‘z  o‘rnini  bo‘shatib  berdi.  So‘l 
ekstremizmning  yoshlar orasida  keng tarqalganligi,  talabalarning  1967-68 yillardagi  xarakati bilan 
chambarchas  bog‘liq  edi.  1968  yilning  bahorida  talabalarning  norozilik  chiqishlari  Italiyaning 
barcha  36  ta  universitetlariga  yoyildi.  Talabalar  oliy  ta’limning  eskirib  qolgan  va  nodemokratik 
tizimiga qarshi bosh ko‘tardi. Ammo, tez orada spektitsizm va har qanday avtoritetni rad etish bu 
chiqishlarga  ommaviy  isyonkorlik  va  antikapitalistik  tus  berdi.  Butun  mamlakat  ommaviy 
noroziliklar  girdobiga  tortildi,  politsiya  bilan  to‘qnashuvlar  bo‘lib  turdi,  ma’muriy  binolar  ishg‘ol 
etildi  va  ishchilar bilan talabalar o‘rtasida  mustahkam aloqalar o‘rnatildi. So‘llarning o‘sha  vaqtda 
tashkil  topgan  guruxlari  (“  kurash”,  “Ishchilar  hokimiyati”,  “Mehnatkashlarning  sotsializm  uchun 
kurash  harakati”,  “Manefesto”)  siyosiy  jixatdan  sodda  pozitsiyalarni  egallagan  bo‘lib,  o‘zlarini 
“inqilobiy” kurash olib bormoqdamiz deb ishontirishga harakat qilar edi.  


 
156 
70-yillarning  2-yarmiga  kelganda  turlicha  fikrlashning  kriminalashuvi  va  uning  odatiy 
jinoyatlarga  qo‘shilib  ketishi  (“Otayapman,  demak  mavjudman”,  “o‘g‘irlayapman,  demak  pul 
topayapman”)jarayoni  yuz  berdi,  shunda  yoshlarning  1968  yil  avlodlarining  xayoliy  (utopistik) 
rejalaridan  ixloslari batamom qaytdi  va ular terrorchilik taktikasini tanlashdi. 1977 yilga kelganda, 
o‘ta  so‘llarning  “qizil”,  “inqilobiy”  bayroq  ostida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  97  ta  terrorchilik 
tashkilotlari  borligi  ma’lum  edi.  So‘l  ekstremistlarning  yashirincha  faoliyat  ko‘rsatayotgan 
terroristik  tashkilotlari  ichida  eng  xavflilaridan  biri  1970  yilning  sentabr  oyidayoq  tashkil  topgan 
“qizil  brigadalar”  bo‘ldi.  Ular  mamlakatda  zo‘ravonlikni  yanada  kuchaytirish,  burjua-demokratik 
davlatni esa  fuqarolar urushi  ochish  imkonini  beradigan  repressiv  va  avtoritar  davlatga aylantirish 
g‘oyalarini ilgari surdi. “qizil brigadalar” siyosiy maqsadlarni o‘kach qilib olib odamlarni o‘g‘irlay 
boshlashdi,  ular  hattoki  garov  tariqasida  taklif  etiladigan  pullardan  ham  hazar  qilishmas  edi.  70-
yillarning  oxiriga  kelganda  “qizil  brigadalar”ning qurbonlari  safida  siyosatchilar,  sudyalar, katolik 
arboblar, tadbirkorlar, jurnalistlar  va politsiya xizmatining  yuqori mansabdor kishilar ham bor edi. 
Bu  qurbonlarning  ichida  Aldo  Morodek  siyosatchining  o‘g‘irlanishi  va  vahshiylarcha  o‘ldirilishi 
eng  shov-shuvli  voqea  bo‘ldi.  Ekstremizm  davlatning  huquqiy  normalarini  oyoq  osti  qilib  aslida 
jinoiy guruxlardan biriga aylanib ulgurgan edi.  
  
 “Milliy birdamlik” (1976-1979 yillar).  
Ekstremistik,  terroristik  tashkilotlar  va  mafiyaning  faollashishi  muhiti  so‘l  kuchlarning  ham 
sezilarli  darajada  faollashuviga  imkoniyat  yaratildi.  1975  yili  bo‘lib  o‘tgan  viloyat  va  munitsipal 
saylovlarda, neofashistlar o‘z elektoratining bir qismidan  mahrum bo‘lishgan bo‘lsa so‘l partiyalar 
esa  saylovchilar  soni  jihatidan  sentrischilar  va  o‘nglardan  ham  o‘zib  ketishdi.  IKP  70-yillarning 
o‘rtalariga  kelganda  mamlakat  siyosiy  hayotidagi  o‘rni  va  nufuzini  saqlab  qolmoqda  edi. 
Saylovchilarning  kattagina  qismi  IKPga  demokratiyani  himoya  qilish  va  o‘ng  kuchlarning 
xujumlarini  qaytarishga  qodir  kuch  sifatida  qarar  edi.  IKPning  1975  yili  bo‘lib  o‘tgan  syezdida 
bosh  kotib  Enriko  Berminguerning  tashabbusi  bilan  kommunistlar  “tarixiy  kompromiss”  deb 
nomlanuvchi  taktikani  qabul  qilishdi.  Unda  kommunistlarning  sotsialistlar  va  hattoki  katoliklar 
bilan ham hamkorlik qilishi ko‘zda tutilgan edi. 1976 yil iyunida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari 
so‘l  kuchlar  uchun  ikkinchi  jahon  urushidan  keyingi  davrdan  buyon  birinchi  marta  maksimal 
darajadagi muvaffaqiyatni keltirdi. Kommunistlar va sotsialistlar birgalikda, xristian-demokratlarga 
nisbatan  ko‘p  ovozga  ega  bo‘ldi.  XDP  uchun  ovoz  berganlar,  IKP  uchun  ovoz  berganlardan  bor 
yo‘g‘i  4,4  %  ko‘p  edi.  Bu  kompartiya  va  shaxsan  Berminguerning  muvaffaqiyati  edi.  Saylovlar 
kommunistlarning  qo‘llab-quvvatlashisiz  har  qanday  hokimiyat  tanazzulga  yuz  tutishi  mumkin 
degan  xulosaga olib keldi.  So‘l  markaz tarqalib ketdi. Yangi  hukumat faqatgina XDP vakillaridan 
tashkil  topdi.  Tajribali  siyosiy  arbob  xristian-demokrat  Djulio  Andreotti  (1989  yilda  tug‘ilgan) 
yangi hukumatning premyer-ministri lavozimini egalladi.  
Andreotti  siyosatchi-katoliklar  oilasida  o‘sib  ulg‘aydi.  Rim  papasi  Pavel  U1  bilan  yaqin  do‘st 
edi.  O‘zining  siyosiy  faoliyatini  de  Gasperining  ko‘magida  boshlagan.  Andreotti  ko‘pgina 
hukumatlarda  ministr,  yetti  marta  esa  premyer-ministr  lavozimlarida  ishlagan.  Unga  xristian 
demokratlarning  ayyor,  qari  va  jangovar  oti  deb  baho  berishgan.  U  50-yillarda  partiyaning  o‘ng 
qanotiga  mansub  bo‘lsa,  60-yillarda  esa  so‘l  markazni  qo‘llab-quvvatladi.  70-yillarning  boshida 
kommunistlarning  “tarixiy  kompromiss”  taktikasini  qo‘llab-quvvatladi,  keyinchalik  esa  xuddi  shu 
taktikaning barbod bo‘lishiga sababchi bo‘ldi.  
Kommunistlar  va  boshqa  so‘l  respublikachilar  partiyalari  bilan  birgalikda  parlamentda 
“betaraflar koalitsiyasi” - deputatlar blokini tashkil etdi. Bu blok parlamentda Andreotti hukumatini 
qo‘llab-quvvatladi. 1976-1979 yillarda XDP boshchiligidagi hukumat “Milliy birdamlik” siyosatini 
amalga oshirdi.  
Italiyaning  oltita  siyosiy  partiyasi  va  (IKP  ham  bor)  Andreotti  hukumati  o‘rtasida  terrorizmga 
qarshi  kurashish,  iqtisodiyotni  barqarorlashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida  va  boshqa  masalalar 
bo‘yicha dasturiy shartnoma imzolandi. Shu dastur doirasida o‘tkazilgan chora-tadbirlar natijasida, 
Italiya  1974-1975  yillardagi  jahon  iqtisodiy  inqirozining  salbiy  oqibatlariga  bardosh  berdi.  Shu 
davrda  yoshlarni  ishga  joylashtirish  to‘g‘risidagi  qonun  qabul  qilindi.  Bu  mamlakat  siyosiy 
hayotida  kommunistlarga  nisbatan  o‘tkazib  kelinadigan  diskriminatsiya  siyosatining  zaiflashuviga 
olib keldi.  


 
157 
XDP hukumatining so‘l partiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi o‘ng kuchlarda g‘azablanish 
hissini qo‘zg‘atgan bo‘lsa, so‘l ekstremistik terrorchi guruhlarda norozilikni keltirib chiqardi va ular 
navbatdagi  siyosiy  bosqinchilik  harakatini  amalga  oshirdi.  1978  yil  16  mart  kuni  ertalab  “qizil 
brigada”ning  terrorchilari  10  daqiqa  ichida  hech  bir  qiyinchiliksiz  5  ta  qo‘riqchini  o‘ldirib, 
XDPning raisi Aldo Moroni o‘g‘irlab ketishdi.1  
U bir qancha  vaqt davomida garovda ushlab turildi. Hukumat  “qat’iy pozitsiya”da  utrishga  va 
terrorchilar  bilan  hech  qanday  muzokaralar  o‘tkazmaslik  to‘g‘risida  qaror  qabul  qildi.  Deyarli  har 
kuni 35000 ga yaqin kishi A.Moroni qidirish ishlarida ishtirok etdi, bundan tashqari 1,500 ga yaqin 
harbiylar kecha-kunduz jangovor navbatchilikda turdi. Politsiya va maxsus xizmat xodimlari har bir 
uyni sinchiklab tekshirib chiqishga harakat qilishdi.  
Atigi bir necha yuz kishini tashkil etadigan “qizil brigada” terrorchilarining shafqatsiz harakati 
barcha  uchun  haqoratomuz  chaqiriq  bo‘lib,  davlat  apparatining  zaifligi  va  inqirozga  yuz 
tutayotganligini  yaqqol  ko‘rsatib  berdi.  Mana  shu  vahshiylikka  javoban  kasaba  uyushmalarining 
chaqirig‘i bilan Italiyada umumiy ish tashlash e’lon qilindi. Umumiy ish tashlashda 16 mlndan ortiq 
italiyaliklar  ishtirok  etib,  demokratiyani  himoya  etish  va  terrorizmga  qarshi  kurashishga  tayyor 
ekanliklarini  namoyish  etishdi.  Terrorchilar  tomonidan  amalga  oshirilgan  vahshiyliklar,  ularga 
ergashuvchilar va yoqlovchilar sonining keskin kamayishiga olib keldi.  
Terrorizmning  yangi  to‘lqini  yana  italiyani  70-80-yillar  oralig‘ida  o‘z  girdobiga  tortdi. 
Navbatdagi  siyosiy  suiqasdlar,  qotilliklar  va  boshqa  zo‘ravonliklar  sodir  bo‘ldi.  Faqatgina  1980 
yilning  o‘zidayoq  1200  ga  yaqin  turli  terrorchilik  aksiyalari  amalga  oshirildi.  Ularning  orasida  - 
Balonya vokzalida 1980 yil 2 avgust kuni terrorchilar tomonidan qo‘yilgan bombaning portlatilishi 
o‘ta  ketgan  qonxo‘rlik  aksiyasi  bo‘ldi.  Portlash  oqibatida  85  kishi  halok  bo‘ldi  va  200  ga  yaqin 
kishi yaralandi. Hammasi bo‘lib, 1969 yildan 1980 yilgacha 7866 ta terrorchilik aktlari qayd etilgan 
bo‘lib, bu harakatlar tufayli 362 kishi halok bo‘lgan, 4530 kishi yaralangan.  
Mafiya  strukturasida  ham  sifat  o‘zgarishlari  yuz  berdi:  ayollarni  o‘ldirishni  ta’qiqlaydigan  va 
zaruriyat  tug‘ilgan  taqdirdagina  qotillik  qilishga  ruxsat  beradigan  mafiyaning  or-nomus  izzat 
kodeksi  endi  o‘tmishda  qoldi.  Mafiyaning  Sitsiliya  va  undan  ham  shafqatsizroq  hisoblangan 
Kalibriya  shu’basi  o‘z  yo‘llariga  to‘g‘anoq  bo‘ladigan  har  qanday  kishining  hayotiga  zomin 
bo‘lishga  tayyor  edi.  Ular  o‘z  maqsadlari  yo‘lida  har  qanday  to‘siqni  ham  hech  o‘ylamasdan 
parchalab tashlashga bel bog‘lagan edi.  
Shu bilan  bir vaqtda korrupsiya  Italiyaning siyosiy  hayotining  ajralmas  xususiyat bo‘lib qoldi. 
U bilan  bog‘liq bo‘lgan  mashmashalar  yanada balandroq sado bermoqda edi. 1978  yilda xristian-
demokratlar  partiyasining  a’zosi,  mamlakat  prezidenti  Dj.Mone  soliqlarni  o‘z  vaqtida 
to‘lamaganlikda va korrupsiya bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinib, unga AQShning “Lokxid” 
nomli  avia  komserni  bilan  bog‘liq  poraxo‘rlikda  aloqador  degan  ayb  qo‘yildi.  Dj.Leone  iste’fo 
berishga  majbur  bo‘ldi.  Italiya  prezidenti  etib  ilk  marotaba  ISP  a’zosi,  qarshilik  ko‘rsatish 
harakatining  faol  ishtirokchisi  Italiya  millatining  eng  yaxshi  xususiyatlarini  o‘zida  mujassma  eta 
olganligi tufayli hurmat va samimiylik obro‘ga ega bo‘lgan 82 yoshli Aleksandro Pertini tayinlandi. 
Yuqori  lavozimli  mansabdor  shaxslarning  respublikaga  qarshi  uyushtirgan  fitnasi  -  “P-2” 
(“Propaganda-2”) nomli Masonlar lojasi bilan bog‘liq jinoyatini jamiyatda katta shov-shuvga sabab 
bo‘ldi.  
Haqiqatda  esa  “Milliy  birdamlik”  siyosati  mohiyati  o‘z  funksiyasini  bajarmay  qo‘ygan  edi. 
1979  yilning  yanvar  oyida  kommunistik  partiya  parlamentdagi  ko‘pchilikni  tark  etib  XDP 
hukumatiga  qarshi  oppozitsiyaga  o‘tdi.  Prezident  Pertini  tomonidan  muddatidan  oldin  o‘tkazilishi 
e’lon qilingan parlament saylovlari 1979 yilning iyunida bo‘lib o‘tdi. Prezident saylovlari xristian 
demokratlar va ayniqsa kommunistlarning bir qism ovozdan  mahrum  bo‘lganligini ko‘rsatib berdi. 
Shunday bo‘lsada, kommunistlar hali ham kuchli oppozitsion partiya sifatida faoliyat ko‘rsatishga 
qodir  edi.  IKP  “tarixiy  kompromiss”  taktikasidan  voz  kechdi  va  “demokratik  alternativa”  nomli 
yangi  dasturni  qabul  qildi.  Unga  ko‘ra  kompartiya  hokimiyat  uchun  kurashda  XDP  bilan 
raqobatlasha  oladigan  so‘l  partiyalarning  koalitsiyasini  tuzishni  ko‘zda  tutgan  edi.  Sotsialistlar, 
sotsial-demokratlar  va  radikalar  esa  aksincha  o‘z  mavqeini  yaxshilab  olishdi.  O‘zlarining 
mavqeilariga katta baho berib  yuborganliklari sababli ISP kommunistlar tomonidan  ilgari surilgan 
dasturni qo‘llab-quvvatlamadi.  
 


 
158 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish