Respublika tuzumiga o‘tish.
Ikkinchi jahon urushida Italiyaning mag‘lubiyatga uchrashi xalq ommasini ruhiy jihatdan og‘ir
ahvolga solib qo‘ydi. Mamlakat tang ahvolda qoldi. Italiya o‘z milliy boyligining 1g‘3 qismidan
ajraldi. Urush tufayli 330 ming kishi halok bo‘lgan bo‘lsa, 85 ming kishi yarador bo‘ldi. Urush
tugashi arafasida mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlarining tanqisligi yuzaga keldi. Chayqovchilik
va qora bozor gullab yashnadi. Inflyatsiya juda katta hududni egallab, ishsizlar soni 2 mln kishiga
yetdi. Mamlakat hududi ingliz-amerikaliklar qo‘shini tomonidan okkupatsiya qilingan edi.
Shu bilan bir vaqtda italiyaliklar fashizm bilan kurashda katta tajribaga ega bo‘ldi. qarshilik
ko‘rsatish harakatining tabiati va an’analari esa urushdan keyingi dastlabki yillardagi demokratik
taraqqiyotda o‘z izini qoldirdi. qarshilik ko‘rsatish harakatida yetakchilik qilgan ishchilar sinfining
partiyalari ommabop bo‘lib (IKP saflarida 4,5 mlndan ortiqroq kishi, Sotsialistik partiya saflarida
esa 0,7 mln kishi), siyosat maydonida katta e’tibor qozondi. So‘l va o‘ng qutblar o‘rtasida, siyosat
shkalasining markazida qarshilik ko‘rsatish harakatida o‘ziga xos muvaffaqiyat qozongan ommaviy
partiyalardan yana biri - Xristian-demokratik partiyasi (1 mln kishidan ortiq) ham bor edi. XDP
1919 yilda tuzilgan katolik xalq partiyasi “Popolari”ning negizida 1943 yili tashkil topgan edi.
“Xristian demokratiyasi” atamasi xalq partiyasining asoschisi, italiyalik ruhiniy don Luidji Stursoga
tegishli edi. XDP dasturining matni 1943 yilning 25 iyulida Mussolini hokimiyatdan chetlatilgan
kuni matbuotda e’lon qilingan edi.
148
qarshilik harakatining an’analariga ko‘ra, urushdan keyingi davrning dastlabki yillarida bu
partiyalar o‘rtasidagi hamkorlik saqlanib qoldi. Lekin shu narsa ma’lum ediki, fashizmga qarshi
qurolli kurash olib borish, Italiyada yangi jamiyatini shakllantirishga qaraganda ancha oson edi.
Italiyaliklar Mussolining fashistik rejimi tomonidan oyoq osti qilingan burjua-liberal
demokratiyadan uzoqlashishga ulgurishgan edi. Mamlakatda Italiyaning kelgusidagi istiqboli va
taraqqiyot yo‘llari haqida qizg‘in bahs ketardi. Ayniqsa, boshqaruv tizimi masalasi katta
tortishuvlarga sabab bo‘ldi. 1946 yil mayida qirol Viktor Emmanuil 111 siyosiy hiylani amalga
oshirdi. U o‘zining o‘g‘li shahzoda Umberto 11 foydasiga taxtdan voz kechdi. Shu sababdan
italiyaliklar Umberto 11 ga “may qiroli” deb nom berishdi.
Fashizm tanazzulga yuz tutgach, italiyaliklarning monarxiyaga munosabati keskin o‘zgardi.
Dastlab monarxiyaga nisbatan ijobiy fikr bildirilgan bo‘lsa, urush tugagach, salbiy munosabatlar
kuchayib bordi. Bunga sabab, Italiya monarxiyasining Mussolining fashistik rejimini qo‘llab-
quvvatlagani bo‘ldi. Jamiyatda respublikachilik kayfiyati mustahkamlanib borsada, monarxiyaning
tarafdorlari ham asosan liberallar va monarxiyachilar qisman esa xristian demokratlar orasida
yetarlicha edi. 1946 yil iyunida davlat boshqaruvi shakli to‘g‘risida referendum bo‘lib o‘tdi. Bu
referendumda ovoz berganlar foizi nihoyatda ko‘p bo‘lib, ayollar ham bunday tadbirda birinchi
marotaba qatnashdi. Respublika boshqaruv shaklini o‘rnatishni yoqlab ovoz berganlar soni 2
mlndan oshiq edi. “May qiroli” Umberto 11 ovozlarni sanab chiqishda xatoga yo‘l qo‘yilganligini
va mamlakatdan chiqib ketishdan bosh tortishi to‘g‘risida bayonot berdi. Bunga javoban juda katta
norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi va hukumat ham referendum natijalarining to‘g‘riligini rasmiy
jihatdan tasdiqladi. Taxtda bir oycha o‘tirgan Umberto 11 xalq ommasi katta qismining irodasiga
bo‘ysinishga va vatanini bir umrga tark etishga majbur bo‘ldi. Italiya respublikaga aylandi.
Referendum bilan bir vaqtda, Ta’sis majlisiga ham saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylov natijalariga
ko‘ra XDP yetakchisi Alchide De Gasperi (1881-1954) Italiyaning o‘sha vaqtdagi umumiy siyosiy
yetakchisi bo‘la olish iqtidoriga ega bo‘lgan, jamoat arboblaridan biri edi. De Gasperi o‘ta
o‘qimishli inson, antifashist harakatning faol namoyondalaridan biri bo‘lib, faoliyatini va boy
hayotiy tajribasi tufayli katolik harakatda ko‘zga ko‘ringan.
Ministrlar Soveti raisining o‘rinbosari va adliya ministri lavozimiga, o‘sha vaqtda nufuzli
partiyalardan hisoblangan IKPning bosh kotibi, mamlakatning obro‘li siyosiy arboblardan biri
Palmiro Tolyattiga nasib etdi. (1948 yil iyul oyida Tolyattiga suiqasd uyushtirilgan vaqtda (kunduz
kuni yosh sitsiliyalik yigit unga o‘q otgan edi), bunga javoban mamlakatda yuzaga kelgan norozilik
namoyoishida 7 mlnga yaqin kishi qatnashgan edi).
Referendum bilan bir vaqtda saylangan Ta’sis Majlisi konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishga
kirishib ketdi. Ta’sis Majlisi tarkibidagi deputatlarning 80% antifashistik harakatda faol ishtirok
etganlar edi. Yangi konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish uchun deputatlarga 272 kun vaqt ketdi.
Ta’sis Majlisi tomonidan 1947 yil dekabrida tasdiqlangan yangi konstitutsiya rasman 1948 yilning
1 yanvaridan boshlab kuchga kirdi. Urushdan keyingi davrda siyosat kuchlarining bu tarzda
taqsimlanishi Italiya konstitutsiyasini rivojlangan mamlakatlar ichidagi eng demokratik
konstitutsiyalaridan biri bo‘lishiga imkoniyat yaratdi. Yangi konstitutsiyaga ko‘ra Italiyada tarqatib
yuborilgan fashistik partiyaning biror bir shaklda bo‘lsa ham qayta tiklanishi batamom ta’qiqlandi,
fashizm davrida yuqori lavozimlarni egallab kelgan shaxslar konstitutsiya kuchga kirgan kundan
boshlab to besh yilgacha hukumat tashkilotlariga saylash va saylanish huquqidan mahrum etildi.
Konstitutsiyaga ko‘ra zadogonlik unvonlari bekor qilinib, Savayya sulolasining barcha a’zolari va
bo‘lajak avlodlariga mamlakat hududida yashash ta’qiqlandi, ularning barcha mol-mulklari esa
davlat ixtiyoriga o‘tkazildi. Konstitutsiyaning dastlabki moddalari davlatning asosiy prinsiplarini
o‘zida mujassam etib, Italiya insonlarning haq-huquqlari va kafolatlari tan olingan demokratik
respublika deb e’lon qilindi. Chunonchi, bunday huquqlarga; qonun oldida barcha kishilarning
tengligi, shaxsning ham kirardi. Konstitutsiyada urushlardan “hech qachon boshqa xalqlarning
ozodligiga rahna soladigan qurol sifatida va xalqaro nizolarni bartaraf etishda foydalanmaslik”
masalalari qonun bilan mustahkamladi. Konstitutsiyaning 1 qismida fuqarolarning huquqi va
burchlari to‘g‘risidagi moddalari yozilgan edi.
Barcha fuqarolarning mehnat qilish va ularni rag‘batlantirish huquqi tan olindi. Teng mehnat
uchun teng haq to‘lash prinsipi kiritildi, har haftada dam olish, yilida bir marta haq to‘lanadigan
149
ta’tilga chiqish huquqini ijtimoiy ta’minot ko‘zda tutildi. Kasaba uyushmalarining erkinligi va
namoyoish o‘tkazish huquqi tan olindi.
Konstitutsiyaga ko‘ra, ikki turdagi mulk-davlat va xususiy mulklarga joriy etildi.
Konstitutsiyaning 11 qismi davlat boshqaruv organlari va hokimiyatning bo‘linishi
prinsiplarining reglamantini aniqlab berdi. Davlat boshlig‘i - prezident bo‘lib, u parlament
tomonidan 7 yil muddatga saylanadi. Prezidentlikka saylanadigan fuqaroning yoshi 50 dan oshgan
bo‘lishi belgilanib qo‘yildi. Prezidentga Ministrlar Kengashining raisini, undan tashqari vatanlarini
o‘zlarining buyuk xizmatlari bilan mashhur qilgan fuqarolardan beshtasini doimiy (umrbod)
senatorlikka tayinlandi; parlamentga hukumatning qonun loyihalarini yuborish, parlamentni
tarqatib yuborish, referendumni tayinlash, qonun kuchiga ega bo‘lgan dekretlarni qabul qilish,
qurolli kuchlarning Oliy bosh qo‘mondoni bo‘lish va parlament qaroriga asoslanib urush holatini
e’lon qilish kabi juda katta vakolatlar berildi. Hukumat tarkibi rais va ministrlardan iborat bo‘lib,
ular rais taklifi va parlament nazorati ostida prezident tomonidan tayinlanadi. Parlament deputatlar
Palatasi va Respublika Senatidan iborat umumiy va to‘g‘ridan ovoz berish yo‘li bilan
proporsionallik prinsipiga asoslanib, 5 yil muddatga saylanadi. Parlamentdan tashqari, Italiya xalqi
ham qonunchilik jarayonida ishtirok etish huquqiga ega edi. Konstitutsiya xalq tashabbusi bilan
petitsion (50 ming saylovchilar tomonidan qonun loyihasini kiritish) va otlagatel (500 ming
saylovchi tomonidan qonunni “xalq veto”si yo‘li bilan bekor qilish ) shakldagi referendumlar
o‘tkazishni ko‘zda tutgan edi.
Mamlakatda kongressiya an’analarining chuqur iz qoldirganligi tufayli cherkov va davlat
o‘rtasidagi aloqalar katta ahamiyatga ega edi. 7-moddaga ko‘ra “davlat va katolik cherkovi
o‘zlariga tegishli bo‘lgan sohalarda mustaqil va suveren”, bo‘lib, ularning munosabatlari 1929 yilda
qabul qilingan Lateran shartnomalariga ko‘ra belgilangan edi. Bu shartnomaga ko‘ra, cherkov
oilaviy munosabatlar qonunchiligida va maktab ta’limi sohasini o‘z nazorati ostiga olgan edi.
Masalaning bu tarzda qo‘yilishi xristian demokratlar va so‘l partiyalar o‘rtasidagi kompramissni
belgilab berdi. 1947 yilgi konstitutsiya mamlakatning ma’muriy-hududiy bo‘linishini 20 ta viloyat,
93 ta provinsiya va 8 mingga yaqin jamoaga ajratdi.
Urushdan keyingi davrdagi dastlabki yillarda Italiyaning siyosiy hayotidagi muhim voqea 1947
yil fevral oyida Parijda Italiya bilan Ittifoqchilar o‘rtasida tinchlik shartnomasining imzolanishi
bo‘ldi. Shartnomaga ko‘ra, Italiyadagi fashistik tashkilotlarni tarqatib yuborish, chegaralarni
aniqlashtirish, harbiy jinoyatchilarga beriladigan jazolarni tasdiqlash, mamlakat hududida harbiy
bazalarni joylashtirishni ta’qiqlash, SSSRga 100 mln dollar, Yugoslaviyaga 125 mln dollar,
Gretsiyaga 105 mln dollar, Albaniyaga 5 mln dollar va Efiopiyaga 25 mln dollar miqdorida
reparatsiya to‘lash kabi masalalar belgilab olindi. Italiya o‘z mustamlakalaridan voz kechishga
majbur bo‘ldi. Ilgari Italiyaga qaragan Xorvatiyaning bir qismi Yugoslaviyaga olib berildi.
Gretsiyaga Egey dengizidagi Dodekan orollari (Janubiy Sporadalar) qaytarildi. Anglo-amerikalik
harbiy-ma’muriyati nazoratida bo‘lgan. Triyest BMT nazorati ostidagi erkin shaharga aylantirildi,
(oradan 7 yil o‘tgach, 1954 yilda Yugoslaviya va ittifoqchilar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq
Triyest Italiyaga berildi). 1947 yil oxirida Amerika Buyuk Britaniyaning qo‘shinlari va harbiy
ma’muriyati Italiya hududidan chiqib ketdi. Tinchlik shartnomasiga ko‘ra, Italiyaga mudofaa uchun
lozim bo‘lgan qurolli kuchlarni saqlash huquqi berildi. Bu qurolli kuchlarning soni 250 ming askar
65 zobitdan oshmasligi belgilab qo‘yildi. HHK (harbiy havo kuchlari) va HDK (harbiy dengiz
kuchlari)ning shaxsiy tarkibi 25 ming kishi bilan chegaralandi. Italiyaga suvosti kemalari,
avianosetslar va torpedo bilan qurollangan katerlarga ega bo‘lish ta’qiqlab qo‘yildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada Italiya oldida muhim va jiddiy masala turar edi. Bunga urush tufayli
tanazzulga yuz tutgan hali xo‘jaligini qayta tiklash va tinchlik sharoitidagi ishlab chiqarishga
moslashtirish, demobilizatsiya o‘tkazish va demobilizatsiya qilinganlarni ish bilan ta’minlash
kabilarni amalga oshirish kirardi. Shu maqsadda 1948 yil iyun oyida “Marshall rejasi”ga ko‘ra, ikki
yil muddatga Italiyaga yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutgan bitim imzolandi. Bu bitim italiyaliklar va
amerikaliklar o‘rtasida imzolandi. “Marshall rejasi”ga ko‘ra AQSH Italiyaga 1,5 mlrd dollar
hajmida (oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat jihozlari) yordam berishni mo‘ljallagan edi. Shu bilan
bir vaqtda Amerika yordamining siyosiy qiymati - premyer-ministr De Gasperiga tazyiq o‘tkazish
orqali so‘l partiyalarning vakillarini hukumat tarkibidan chiqarish ko‘zda tutilgan edi. Shu narsa
ma’lum ediki, hukumat tarkibiga kirgan partiyalarning asosiy maqsadlari turlicha bo‘lganligi tufayli
150
ular o‘rtasidagi hamkorlik uzoq davom etishi mumkin emas edi. Lekin aynan tashqaridan
o‘tkazilgan tazyiqlar, garchi mamlakat ichkarisidagi voqealar bahona qilib ko‘rsatilgan bo‘lsada,
hamkorlikning buzilib ketishiga sabab bo‘ldi. 1947 yili Sitsiliyada mafiyaning bir guruh to‘dasi bir
oz kamayishida ishtirok etgan ishchilarni o‘qqa tutdi. Bu voqea mamlakatda inqirozni yuzaga
keltirish bilan birga, hukumatning tarqatib yuborilishiga ham sabab bo‘ldi, De Gasperi
boshchiligida tuzilgan yangi hukumat tarkibiga kommunistlar va sotsialistlarning vakillari
kiritilmadi. Sotsialistlar yetakchisi Pyetro Nenni agar ahvol shunday davom etaversa, Italiyaning
ichki ishlari tashqi omillarga yanada ko‘proq bog‘liq bo‘lib qolishini achinish bilan ta’kidladi. U
tashqi faktorlar deganda, Vatikan va AQShni nazarda tutgan edi. O‘z tarafdorlari bilan sotsialistik
partiya tarkibidan chiqib, kommunistlar bilan hamkorlik qilmaslik siyosatini olib borayotgan Italiya
sotsial demokratik partiyasida (ISDP) rahbarlikni o‘z qo‘liga olishga erishgan sotsialstlar so‘l
qanotining yetakchisi Djuzeppe Saragat yangi tuzilgan hukumatda premyer-ministr o‘rinbosari
lavozimiga tayinlandi. Kommunistlarni cherkovdan ajratib tashlash to‘g‘risidagi dekretni chiqarish
bilan, Vatikan antikommunistik siyosatni qo‘llab-quvvatladi.
Urushdan keyin dastlabki yillarda neofashistlarning harakati yuzaga keldi. Italiyada fashizm
qaqshatqich mag‘lubiyatga uchragan va yangi konstitutsiyaga ko‘ra, tarqatilib yuborilgan fashistik
partiya biror bir shaklda bo‘lsa ham qayta tiklanishi tamoman ta’qiqlab qo‘yilgan bo‘lsada (11
razdel, P.X11 - ) , jamiyatdagi ba’zi guruhlar o‘z hayrihohliklarini saqlab qoldi. Ular fashizmning
mag‘lubiyatini qayg‘u bilan qabul qilishdi. Fashizm tarafdorlari safida monopolistlar, harbiy va
davlat amaldorlari, (Mussolini diktaturasi davrida yuqori lavozimlarga ega bo‘lganlar) kichik
burjuaziyaning ma’lum bir qismi IIH ham bor edi. 1946 yil dekabrida neofashistlarning ijtimoiy
harakati partiyasiga asos solindi. Bu partiyani dastlab DJ. Almirante, keyinchalik esa A.Mikelini
boshqardi. Italiya ijtimoiy harakati partiyasi dasturida fashistik korparativ tizimni o‘rnatish,
fuqarolarni ijtimoiy himoyalash, antimarksizm, tashqi siyosatda “imperik” g‘oyalarning ustunligini
ta’minlash vazifalari ilgari surildi. Partiya a’zolari ichidagi taktik ba’zan fraksiyalar o‘rtasida
keskin ixtiloflar yuzaga chiqishiga sabab bo‘lsada, umuman IIH legal siyosiy faoliyat olib borish va
neofashistlarning o‘ng radikal liberal-monarxistik doiralar bilan birlashish yo‘lidan bordi. Italiya
isteblishmentida IIH kichik partiyalar qatoriga kirib, ularning elektorati parlament saylovlarida
ko‘pincha, 6 % dan oshmas edi.
1948 yil bahorida parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Neofashistlar 2 % ovozga ega bo‘ldi.
Kommunist va sotsialistlarning birlashgan bloki uchun saylovchilarning 1g‘3 qismi ovoz berdi.
Xristian demokratik partiya deyarli 50% ovoz olib, katta muvaffaqiyatga erishdi. De Gasperi,
parlamentda asosan XDP a’zolaridan iborat bo‘lgan hukumatini tuzdi. Bu hukumat De Gasperi
boshchiligida tuzilgan 5-hukumat edi.
XDP hokimiyat tepasida.
Xristian-demokratlar siyosatda rahbarlik mavqeiga ega bo‘lib olishgach, mamlakat
iqtisodiyotini tiklash jarayonini boshlab yuborishdi. Bunda, AQShning Marshall rejasiga ko‘ra
ko‘rsatgan moliyaviy yordami muhim ahamiyat kasb etdi. Italiya 40-50 yillar orasida Marshall
rejasi asosida 3,2 mlrd dollar miqdorida moliyaviy yordam oldi. Bundan tashqari iqtisodiyotni
tiklash va yanada rivojlantirish uchun boshqa mablag‘lardan ham foydalanildi. Xo‘jalik
proteksionizmi (assistensializm, - italyanchada “yordam” ma’nosida), davlat tomonidan moliyalash
va kredit berish, davlat sektori shaklida davlat-monopolistik nazoratni kuchaytirish va boshqalar
shular jumlasidandir. Italiyaning yirik monopolist-oligarxlarida Anyelli, Pirelli, Orlando, Pezenti,
Mardzotto, Ferrutssi va boshqa mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta miqdordagi sarmoya
(investitsiya)lari bilan o‘z hissalarini qo‘shishdi. Jahon bozorida xomashyo va energonositeli () lar
uchun qo‘yilgan arzon narxlar, ishlab chiqarishda fan-texnika inqilobi yutuqlaridan foydalanish, ish
haqining o‘sishini majburiy ravishda ushlab turish (mehnat samaradorligi 40% ga o‘sgan holda, real
ish haqi bor yo‘g‘i 8,9 % ga oshdi) va Italiyaning Yevropadagi iqtisodiy integratsiya jarayoniga
qo‘shilishi (Italiya 1957 yilda umumiy bozorga a’zo bo‘ldi) nafaqat iqtisodiyotni tiklashda, balki
“Italiyaning iqtisodiy mo‘jizasi” nomini olgan iqtisodiy taraqqiyotida qo‘shimcha kuch bo‘ldi. 50-
60 yillar boshlarida iqtisodiy taraqqiyotdagi yuqori sur’atlar Italiya Milliy daromadining deyarli
ikki baravar oshishiga olib keldi. Infrastruktura, bazis va strategik jihatdan nihoyatda muhim
bo‘lgan xo‘jalik sohalarini o‘z ichiga olgan, kuchli davlat sektori yuzaga keldi. Davlat sektorida
151
sanoatni rekonstruksiyalash Instituti (SRI) rahbarlikni o‘z qo‘liga oldi. SRI - hukumat xoldingi
hisoblanib, 1933 yildayoq tashkil topgan edi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda SRI
Italiyadagi yirik xo‘jalik komplekslaridan biriga aylandi. qudratli davlat sektori, o‘rta va kichik
biznes hamkorligidagi yirik xususiy sektor bilan birgalikda foydali qazilma boyliklari deyarli yo‘q
darajada bo‘lgan sharoitda iqtisodiyot strukturasini qayta qurish vazifasini amalga oshirdi. Italiya
zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha chet davlatlarining ilg‘or patentlarini sotib olish uchun katta
miqdordagi sarmoyalarni hech ayamasdan sarfladi. Tashqarisiga “ortiqcha” ishchi kuchini eksport
qila boshlagan Italiyaga, AQSH va Yevropa hamdo‘stligi mamlakatlaridan katta miqdordagi
sarmoya oqib kela boshladi. Chet el sarmoyalarining kirib kelishi, Italiya iqtisodiyotining tez
taraqqiyo etishiga imkon berdi. Shu bilan bir vaqtda yirik milliy tadbirkorlar asosan subpodryad va
kooperatsiyalar evaziga ko‘p sonli kichik tadbirkorlarni monopolistik ishlab chiqarish tizimiga
kiritishga muvofiq bo‘ldilar. Bundan tashqari, ishchi kuchiga sarflanayotgan harajatlarning
nihoyatda pastligi tufayli “tenevoy iqtisodiyot”ning imkoniyatlaridan keng foydalanildi. (Hozir ham
foydalanilmoqda). “Tenevoy iqtisodiyot” mavjudligining salbiy oqibatlari ham bor bo‘lib, bunga
uning strukturasiga mafiyaning kirib kelishini misol keltirsak bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘zgarishlar ijtimoiy-siyosiy hayotda jumladan, italiyaliklarning fikrlash doirasi
turmush tarzi va iste’mol qlish standartlarida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishga sabab bo‘ldi. Shu bilan
bir vaqtda “iqtisodiy mo‘jiza” mamlakat uchun bir qancha salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
Chunonchi, iqtisodiyo taraqqiyotning notekisligi va davriyligi sarmoyalari va import
texnologiyalariga qaramlik, qishloq xo‘jaligining qoloqligi, qishloq aholisining shaharlarga
ligratsiyasi (1,8 mln kishi), ishizlar sonining ortishi transport va uy-joy muammosining kuchayishi,
ish haqi hajmining sekin o‘sishi kabilar shular jumlasidandir. Ayniqsa, “Janub muammosi” o‘z
keskinligini yo‘qotmagan edi. Janubiy mintaqalarning qoloqligi (oltita janubiy viloyatlar, Sitsiliya
va Sardiniya orollari) Italiyaning tarixan og‘riqli nuqtasi hisoblanib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning
nomutanosib joylashishiga sabab bo‘layotgan edi. 50-yillarning boshlarida Janubiy hududlarning
mamlakat qishloq xo‘jaligidagi ulushi 33,2 % ni, sanoat ishlab chiqarishida esa 15,1 % tashkil
etardi. Mehnat samaradorligi Shimoliy mintaqalarga qaraganda, ancha past ko‘rsatkichlarga ega
edi. Shu bilan bir vaqtda muammo nafaqat iqtisodiy qoloqlikda edi. Bunda siyosiy va ijtimoiy
sohalardagi passivlik ham muammoning ikkinchi tomonini tashkil etar edi. Janubiy mintaqalar
mamlakat hududining 43 % tashkil etib, Italiya aholisining 1g‘3 qismidan ko‘prog‘i shu hududda
yashar edi. 50-yillarda aholi jonboshiga to‘g‘ri keladigan daromad ko‘rsatkichi mamlakatning
qolgan qismidagi darajaning 50% ni tashkil etar edi. Ishsizlik darajasi shimoliy hududlardagiga
nisbatan ikki baravar ko‘p edi. Bu yer agrar aholi o‘ta zich joylashgan, ishsizlik va nochorlik
qilayotgan mintaqa hisoblanib, mablag‘ topish uchun ish qidirib mamlakatning shimoliy hududlari
va xorijiy mamlakatlarga yuz minglab kishilar ketgan edilar (italiyalik muhojirlarning 80 % ga
yaqini janubliklar hisoblanar edi). Janub hukumat budjetidan berayotganiga nisbatan ikki baravar
mablag‘ olayotgan edi. Janubning tarixan zaif rivojlanishi, aholining ijtimoiy va madaniy jihatdan
qoloqligi, hayotning barcha jabhalarida mafiyaning ta’siri, mamlakatning umuman iqtisodiy
yuksalishiga to‘siq bo‘layotgan edi. 1950 yilda qoloq hududlarni uzoq muddatli moliyalashga
mo‘ljallangan hukumatning ixtisoslashtirilgan fondi - Janub Kassasining tashkil etilishi bilan
hukumatning Janubiy hududlarni doimiy va katta miqyosda rivojlantirish siyosati boshlanib ketdi.
Janubiy hududlardagi xo‘jaliklarni aralash (qo‘shma) korxonalar tomonidan moliyalashtirilishi
qo‘shimcha manba bo‘ldi.
Hukumat siyosatida bu masalani hal qilish bo‘yicha ikkita asosiy yo‘nalish ko‘zga tashlandi.
Dastlab Janubiy mintaqa iqtisodiyotini mustaqil rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Shu
sababli, qishloq xo‘jaligi, infrastruktura va keyinchalik sanoat ishlab chiqarishni rivojlantirish
uchun katta miqdordagi sarmoyalar yo‘naltirildi. Bir necha yildan so‘ng “muxtoriyat”
konsepsiyaining zaif tomonlari namoyon bo‘lib qolgach, bu reja qayta ko‘rib chiqildi va 1956 yili
“Vanoni rejasida” (XDPdagi funksionerlardan biri) ifodalangan g‘oya qabul qilindi. “Vanoni
rejasi”ning asosi Janubiy mintaqani iqtisodiy jihatdan yuksaltirish uchun uni Italiyaning umumiy
iqtisodiy tizimiga kiritish g‘oyasi ko‘zda tutilgan edi. Bu g‘oya amaliy jihatdan 60-70 yillarda “so‘l
markaz” tomonidan hayotga tadbiq etildi.
70-yillarda hukumat sarmoyalarining deyarli 50 % ini tashkil etgan moliyaviy oqim, Janubiy
mintaqada hattoki og‘ir sanoatning metallurgiya va mashinasozlik kabi sohalarini ham barpo etish
152
imkoniyatini berdi. Janubiy mintaqa qishloq xo‘jaligi ustun bo‘lgan hududdan industrila-agrar
hududga aylandi.
Janubiy mintaqaning taraqqiyoti Shimoliy mintaqalardan kelayotgan mablag‘ hisobiga
amalga oshirilayotgani sababli, nisbatan kuchliroq hisoblangan sherik o‘z shartnomalarini qabul
qildirishga harakat qilishi tabiiy hol edi. Janubiy mintaqalarning taraqqiyotidagi tobelik modeli
saqlanib qolayotgan edi. Janub Shimolning manfaatlaridan kelib chiqib rivojlanayotgan edi.
40 yil davomida “janub siyosati”ni amalga oshirish uchun ishlatilgan katta miqdordagi
moliyaviy xarajatlar kamtarona bo‘lsada o‘z samarasini ko‘rsatdi. Aholining yashash tarzdagi farq
10 % ga qisqardi, ko‘pgina oilalar hali ham chet mamlakatlarda ishlayotgan qarindoshlari
yuborayotgan mablag‘lar hisobiga yashayotgan edi. Aholi o‘sishidagi yuqori sur’atlar bandlik
muammosini bartaraf etish imkonini bermadi.
Janub bilan bog‘liq yana bir muammo bo‘lib bu yer muammosi edi. Shuning uchun XDP
hukumati o‘tkazgan muhim tadbirlaridan biri yer islohoti edi. Bu islohot dehqonlar va ijarachilar
tomonidan yirik yer egalarining bekor yotgan yerlarini egallab olish uchun misli ko‘rilmagan keng
miqyosdagi harakatning yuzaga kelishiga turtki bo‘ldi. Ommaviy harakatlarning tazyiqi tufayli
xristian demokratlarning hukumati Konstitutsiyaning 44 moddasiga muvofiq, 1950 yilda yer
islohoti to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. qishloq va o‘rmon xo‘jaligi ministri A.Senining loyihasi
bu qonun uchun asos qilib olindi. qonunga ko‘ra 8000 ga yaqin yirik yer egalari ortiqchasini
hukumatga sotishlari kerak edi. Shunday yo‘l bilan tashkil etilgan fondga bundan tashqari, ba’zi
yirik kompaniyalarning yer uchastkalari va davlat yerlari ham kiritildi. Keyinchalik bu fonddagi
yerlar qur’a tashlash orqali aniqlanib, 30 yil muddat ichida narxini to‘lash sharti bilan muhtoj
dehqonlarga sotildi. To‘g‘ri, yer islohoti barcha yersiz va kam yerli dehqonlarning istaklarini
ro‘yobga chiqara olmagan bo‘lsada, ko‘pgina (200 mingga yaqin) kishilar o‘z ahvollarini yaxshilab
olishdi.
Xristian
demokratlarning
tashqi
siyosat
sohasidagi
ko‘ra g‘arb sivilizatsiyasi
qadriyatlarining ustunligini tan olib va AQSH bilan yaqinlashishni ko‘zda tutar edi. Italiya
NATOning tashkil etilishida ishtirok etdi va uning hududida NATO harbiy qo‘shilmalari va
shtablari joylashtirildi. Italiya hukumati bilan AQSH o‘rtasida “mudofaa maqsadida o‘zaro yordam
ko‘rsatish” bitimi imzolandi. Unga ko‘ra, AQSH Italiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berishi, Italiya
tomoni esa HHK va HDK bazalaridan foydalanishga ruxsat berishi kerak edi. XDPning tashqi
siyosatida AQSH bilan yaqinlashish yo‘lini tutishi so‘l oppozitsiya, asosan sotsialistlar va
kommunistlar tomonidan tanqid ostiga olindi.
Italiyaning siyosiy isteblishmentida XDP sentristik pozitsiyada bo‘lib, hukumat
boshqaruvida ijtimoiy konservatizm unsurlaridan tashqari, ijtimoiy nayranglardan ham keng
darajada foydalanar edi. Ommaviy harakatlarning siquvi ostida XDP, ba’zan ijtimoiy masalalarda
mehnatkashlarga yon bosishlar berishga majbur bo‘lar edi.
Shu bilan birga, ayrim holatlarda bunday chiqishlarda ishtirok etgan namoyishchilarni
jazolash va qatag‘on qilish choralari ham qo‘llanildi. Bunda asosan motorlashtirilgan politsiyaning
maxsus bo‘linmalari (chelere) astoydil “xizmat” qilishdi. Bu oppozitsion potensialning
to‘planishiga sabab bo‘ldi. 1953 yili o‘tkazilgan navbatdagi parlament saylovlarida XDP 50 % lik
marrani egallay olmadi. De Gasperi iste’foga chiqdi va bir yildan so‘ng vafot etdi. De Gasperining
ketishi XDPning siyosiy yo‘liga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi. Endi hukumatga boshqa
kishilar intilayotgan edi. XDPda o‘ng qanot (gasperistlar) vakillarining ta’siri zaiflashib,
sotsialistlarga kaolitsiyani taklif etgan so‘l qanot vakillarining mavqei oshdi. Lekin umuman
olganda, XDPning siyosiy kotibi Amintore Fanfani boshchiligidagi sentristik fraksiya ustun edi.
A.Fanfani boshchiligida bir necha bor 50,60 va 80 yillarda hukumatlar tuzilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |