2. Kirish qismi
Kirish qismida talaba o’rganayotgan muammoning dolzarbligini va uninng ahamiyatini asoslari kerak. Buning uchun quyidagi ketma-ketlikda masalalarni yoritishi lozim bo’ladi:
A) Mavzuning dolzarbligi
B) Ishning maqsadi
V) Tadqiqot ob’ekti
G) Tadqiqor predmeti
D) Tadqiqotning ilmiy farazi
Ye) Tadqiqotning vazifalari
J) Tadqiqotning metodologik asosi
I) Pedagogik - tajriba sinovini tashkil etish mazmuni va mohiyati
Masalan:
Mavzu: O’quvchilarga genetik tushunchalarni shakllantirish.
Kirish
Tadqiqot maqsadi: O’quvchilar ongida irsiyat va o’zgaruvchanlik bilan bog’lik tushunchalar, atamalar, nazariyalar, farazlarini shakllantirish va rivojlantirish orqali genetik bilimlarni puxta o’zlashtirish va ulardan amaliyotdan foydalanish ko’nikma, malakalarini tarkib topishini ilmiy-metodik asosini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |