4. Asosiy qism boblari
Odatda asosiy qism 2-3 ta bobdan iborat bo’lib, olingan natijalar va ularning muhokamasi yoritiladi. Talaba tomonidan to’plangan materiallar, statistik ma’lumotlar, iqtisodiy ko’rsatkichlar tahlil qilinadi. Olingan natijalar, yangiliklar, g’oya va fakrlar ilmiy jixatdan asoslanadi va adabiyotlardan oldin e’lon qilingan manbalar bilan taqqoslanadi. Ayniqsa olingan natijalarning yangiligi va ishonchlilik darajasini yaqqol ko’rsatilishi zarurdir. Agar talaba mavzu bo’yicha olgan natijalarni tanqidiy baholay olsa BMI ning qiymati yanada oshadi. Asosiy qism boblarida rasmlar, chizmalar va jadvallar matn ichida xam keltirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |