O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Mazkur “Tarixiy o’lkashunoslik va turizm” fanning ishchi dasturida nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, Tarixchi va tilshunos olimlarning qadimgi Sug’d, Baqtriya, Xorazm va boshqa yodgorliklarni aniqlashi, olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida o’lkamizning tarixiy, jug’rofiy, antropologik, toponimik, xalq og’zaki ijodi, yozma adabiyot, shuningdek, moddiy va ma’naviy madaniyatning turli sohalari bo’yicha qimmatli ma’lumotlar, shu kabi tarixiy-ilmiy, madaniy va moddiy yodgorliklar, manbalar, O’rta Osiyoning qadimdan to hozirgi kungacha barcha bosqichlarining, o’lka tarixiga oid qadimgi yozma yodgorliklar haqida, o’ziga xos xususiyatlari, siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan rivojlanish jarayonlari haqida ma'lumot bеriladi.
Fаnni o’qitishdаn mаqsаd: – bo’lajak tarixchilarni tarixiy o’lkashunoslik materiallari bilan ishlashga, tarixiy o’lkashunoslik va o’lka va xalq tarixi, hayoti, uning tarixiy obidalari, joy nomlari - toponimikasi, shuningdek, muzeylari, muzеy ashyolaridan targ’ibot-tashviqot va o’quv-tarbiya maqsadlarida foydalanishga o’rgatishdan iborat.
Fаnning vаzifаsi: – bo’lajak tarixchilarga o’lkadagi mashhur tarixiy obidalarni yetarli sharhlay olish, buyuk allomalar va ular qoldirgan ilmiy-madaniy meros hamda yurtimiz joy nomlari - toponimikasi haqida erishilgan bilimlaridan o’quv-tarbiya maqsadlarida foydalanish usullarini o’rgatishdan iborat.
Mazkur fanda o’lka va xalq tarixining jamiyat hayotida tutgan o’rni, tarixiy o’lkashunoslik va tarix fani, o’lkashunoslik ishi tarixi, o’lkashunoslik ishi nazariyasi, o’lkashunoslik manbashunosligi, tarixiy-madaniy merosni asrashda o’lkashunoslikning roli haqida ma'lumot beriladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
“Tarixiy o’lkashunoslik va turizm” faning predmeti, vazifalari, shakllanishi va taraqqiyoti, arxeologik yodgorliklar, ularning turlari va olib borilgan qazishma ishlari hamda, ulardan tarix darslarida foydalana olishi;
O’lkamiz va xalqimiz tarixi, hayoti haqida, uning tarixiy obidalari, joy nomlari - toponimikasi, shuningdek, muzeylari to’g’risida haqqoniy bilim-tasavvurga ega bo’lishlari, o’lkamiz va xalqimizning boy tarixiy o’tmishi va bugungi hayotiga oid bo’lgan zarur bilimlarni, madaniy merosimizni hamda istiqlol davridagi bunyodkorlik ishlari va uning mohiyati haqida tasavvurga ega bo lishi kerak;
o’lkamizdagi mashhur tarixiy obidalarni etarli sharhlay olishi, buyuk allomalarimiz va ular qoldirgan ilmiy-madaniy meros hamda yurtimiz joy nomlari - toponimikasi haqida erishilgan bilimlar va o’ziga xos xususiyatlarini bilishi;
vatanimiz tarixini, uning eng qadimgi davrlardan to hozirgacha bo’lgan davrini joylardagi ma’naviy va moddiy yodgorliklar - arxeologik, etnografiya materiallar, toponimik, arxivshunoslik ma’lumotlari va muzey eksponatlari orqali hamda yozuv tarixi asosida o’rganish, bilishi, hamda darslarida ulardan foydalana olishi;
o’lkamizdagi mashhur tarixiy obidalarni etarli sharhlay olishi, buyuk allomalarimiz va ular qoldirgan ilmiy-madaniy meros hamda yurtimiz joy nomlari - toponimikasi haqida erishilgan bilimlar bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak;
Fanning hajmi
Do'stlaringiz bilan baham: |