Javob : Eyfel minorasi.
Savol : Bu mamlakatning milliy shiori ,,A mari usque ad mare”. Diqqat savol: Qaysi mamlakat?
Javob : Kanada
Izoh : ,,Dengizdan dengizgacha”
Savol : Har yili sayyoramizda ular ovchilarga qaraganda ko`proq ohu o`ldirishadi. Diqqat savol: Kimlar?
Javob : Haydovchilar
Savol : Katta boylik sohibi, "po'lat qiroli",millioner Endryu Karnegi ana shunday xulosaga kelgan edi."O'ylay olmaydigan odam — telba, o'ylashni istamagan kishi — ko'r,intilmagan odam esa — U dir". Ularga eng yaxshi munosabat Parfiyada ko’rsatilgan. Diqqat savol ularni toping.
Javob : Qullar
Izoh : "O'ylay olmaydigan odam — telba, o'ylashni istamagan kishi — ko'r, intilmagan odam esa — quldir.
Savol : U 1863 yilning 30 iyulida michiganlik fermer — irlandiyalik muhojirning oilasida tavallud topgan. 12 ѐshga to'lganida otasi unga cho'ntak soatini hadya qildi. Bolakay chiday olmadi, soatni ochdi va ko'z o'ngida ajabtovur mo''jiza paydo bo'ldi. Mexanizm qismlari bir-birini harakatga keltirar, bitta jajji g'ildirak boshqasini ishga tushirar, har bir murvatcha muhim edi. Soatni qismlarga bo'lgan, so'ng qayta yig'ib yiqqan bola uzoq vaqt o'ylanib qoldi: ushbu mexanizmni kattalashtirsa bo'lmaydimi? Gap kim haqida ketmoqda?
Javob : Genri Ford
Savol : Tarqatma material Quyida bir necha harflar keltirilgan. Bu ro’yhatga ikki harf kamlik qilmoqda. Bu qaysi harflar? Y F M A I A S O N D
Javob : M va I (ro’yhatda oylarning bosh harfi keltirilgan)
Savol : Siz uni u yerda ko’rdingiz. Lekin , aslida , u o’sha yerda bo’lmagan. Siz uni o’sha yerda tez-tez ko’rib turasiz. Ko’rib turib , aslida, ko’ringan joyida bo’lmagan kim?
Javob : Oynadagi tasvir
Savol : Yaqinda Angliya chempionati doirasida bo’lib o’tgan Vest Bromvich – Sanderlend uchrashuvida Sanderlendning 31 yoshli xujumchisi Volter 3 ta gol urib xet trikka erishdi. Ho’sh nima bo’pti dersiz. Bunga izoh bergan sharhlovchi yaxshiyamki futbol qo’l bilan o’ynalmaydi deydi. Diqqat savol bu xet trik boshqalardan nimasi bilan farq qiladi
Javob : Volters dastlab o’ng oyog’i bilan , so’ngra chap oyog’i bilan va nixoyat boshi bilan gol urib bu natijaga erishadi.
Savol : Zamonaviy hazilkash faylasuflar fikricha agar siz biror ishni bajarishga kirishganingizda birinchi urinishdayoq muvaffaqiyatga erisholmasangiz , demak sportning bu turi siz uchun emas deb aytishadi. Ko’pchilik buni sport turi deb o’ylamaydi. Ammo AQSH da bu sport turining assotsatsiyasi deyarli 10 yildan beri faoliyat olib bormoqda. Savol qaysi sport turi?
Javob : Parashyutdan sakrash
Savol : Irimchi irlandlar fikricha taqa omad keltirar ekan. Ammo Eyshteyn bunga ishonmagan. U ko’p yillik hayotiy tajribasiga asoslanib shunday degan : Taqa omad keltirishi uchun , bir ish qilish kerak ekan. Diqqat savol nima qilish kerak?
Javob : Otday mehnat qilish lozim
Savol : Bernard Shou fikricha : Hayot unga o’xshaydi. Muvozanatni saqlash uchun harakatlanishda davom etishga majbursiz. Bu fikrni eshitib yoshligim esimga tushib ketdi. To’qqiz harfdan iborat so’zni yozib bering.
Javob : Velosiped
Savol : O’tkir Hoshimov ayol qalbini X ga o’xshatadi: Yaqinlashsang uzoqlashadi. Uzoqlashsang yaqinlashadi. X ni Beruniy nima deb atagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |