Javob : U uxlayapti
Izoh : Bu shurik bilan 15 sutkaga qurilishga surgun qilingan personaj haqidagi syujetdan parcha edi.
Savol : Blits Blits mavzusi : Numizmatika.
1)Bu so’z o’rta asrlarda Germaniyada paydo bo’lgan tanga nomi ‘’Taller’’ dan kelib chiqqan.Shimoliy Amerikada uzoq urushlardan so’ng mustaqillikka erishgan bir davlat rasmiy valyuta sifatida ikkilanmay bu so’zni tanladi. Bu so’zni toping.
2)Uzun inglizcha ibora ‘’piese of Eight’’ , 1/8 (nimchorak) qog’ozda o’chirilgan 8 ga aylanib , oxir oqibat bizga tanish bo’lgan bu belgi paydo bo’ldi.
3) 1… - Penni 5… - Nikel 10...- Daym 25 ...- Kvoter 50 … -Xaf Bu yerda qolib ketgan bir so’zni toping.
Javob : 1)Dollar 2)$ belgisi 3)Sent
Savol : Xokku Xurshid Davron ijodidan Qizil ninachi qanotini Yulsang,o’xshab qolar, X qo’zog’iga
Javob : Qalampir
Savol : U shunday dedi: ‘’Bu xokku emas.Sen ninachini o’ldiribsan. Aslida mana bunday aytish kerak edi: Qalampir qo’zog’iga Qanot bersang bas- Ninachiga aylanar. U ni toping.
Javob : M.Basyo
Savol : Uning ixtirosi haqiqiy hayratomuz voqea bo’ldi.Uning ona shaxri bo’lmish Delft shaxriga g’aroyib mitti jonzotlarni ko’rishga ishtiyoqmand qiziquvchan odamlar oqib kela boshladi. Uning mehmoni bo’lgan ingliz yozuvchisi Jonatan Svitf o’zining ‘’ Gulliverning liliputlar mamlakatiga sayohati ‘’ nomli asarini yozgan ekan. Savol U kim va u nima kashf qilgan?
Javob : A.Levenguk va mikroblarni mikroskop ostida birinchi marta kuzatgan
Savol : Ahmad ibn Ismoilning aytishicha U– mashg’ullik paytingda o’zi so’z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko’rinishing shart emas. U– senga laganbardorlik qilmaydigan o’rtoq, seni aldamaydigan do’st, malol kelmaydigan yo’ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo’ydir. Uni toping.
Javob : Kitob
Savol : Rivoyatlarda aytilishicha, Hazrat Sulaymonning: «Bu dunyodagi hamma narsa o‘tkinchi», — degan so‘zlar o‘yib yozilgan uzugi bo‘lgan. Sulaymon hayotining qayg‘uli onlarida uzukdagi ana shu hikmatli bitikni o‘qib, taskin topgan. Bir kuni uning boshiga shunday baxtsizlik tushadiki, uzukdagi so‘zlar dardiga malham bo‘lolmaydi. Sulaymon g‘azab bilan uzukni yechib, otib yuboradiva dumalab borayotgan uzukning ichki tomonida ham allaqanday bitik borligiga nogahon ko‘zi tushadi. O’rnidan turib,uzukni qo‘liga oladi-da, bitikni o‘qiydi. Uzukning ichki tomonida: Bir yozuv bor edi. Sulaymon achchiq kulimsirab, uzukni barmog‘iga taqadi va umrining oxirigacha uni yechmaydi. Diqqat savol : Uzukning ichki tomonida yozilgan bitikni mantiqan bo’lsada yozib bering.
Javob : Bu ham o‘tib ketadi. (Bu ham o’tkinchi javobi ham qabul qilinadi)
Savol : BLITS Mavzu: Fales hikmatlari:
1)Fales shunday deb yozadi:Tangri hamma narsadan ko‘hnaroqdir. Chunki u … marhamat fikrni to’ldiring.
2)Falesdan so’rashadi: Hamma uchun umumiy narsa nima? U X . chunki X hech vaqosi yo’qlarda ham mavjuddir. X ni toping.
3) Fales eng oson narsa deb bu ishni aytadi. Bu ishni 3 so’z bilan yozib bering.
Javob : 1) Chunki u yaratilmagan. 2)Umid 3) O’zgalarga maslaxat berish.
Savol : Bilamizki 1901 – yildan etiboran Nobel mukofoti 5 yo’nalish Adabiyot , Tinchlik , Fizika , Kimyo va Tibbiyot bo’yicha beriladi. Shu mukofotlardan 4 tasi Nobel tug’ilgan Shvetsiyada berilgan. Ammo 1 tasi boshqa davlatda beriladi. Qaysi sovrin qaysi davlatda?
Javob : Tinchlik bo’yicha va Norvegiyada
Savol : Blits Nobel mukofoti. Nobel mukofotlari taqdim etilishi belgilab qo’yilgan holda , tarixda bu qoida ham buzilganiga guvoh bo’ldik. Mariya Skladovskaya Kyuri , Laynus Poling , Jon Bardon , Frederik Senger bu olimlarni birlashtirib turgan faktni toping. Qaysi mamlakatdan necha nafardan fuqaro Nobel mukofotiga loyiq ko’rilgani haqidagi ma’lumotlar ham kishini befarq qoldirmaydi. 2010 – yilgacha Avstraliyadan 7 , Germaniyadan 89 , Kosta Rikadan 1 , Misrdan 4 , Xitoydan 5 , Chilidan 2 va ularning ham 1 marta bu sovrinni soxibi bo’lganligini ko’rishimiz mumkin. Yuqoridagi ma’lumotlar sizga yordam berishiga ishonaman. Original o’ylab javob bering. Savol ular kimlar? Nobel mukofotiga sazovor bo’lganlar orasida Fransuz shoiri Syulli – Pryudomning vafot etganiga yuz yildan oshdi. Hozirga kelib , hatto o’z vatanida ham unutilayozgan shoir Nobel adabiyot sohasi sovrindorlari orasida huddi futbol bo’yicha Fransiya terma jamoasi futbolchisi Loran Blan kabi bir qatorga qo’yishadi. Savol Pryudom nima bilan tarixda qolgan ?
Javob : 1) Nobel mukofoti nizomiga ko’ra 1 kishi 2 marotaba sovrin berilmasligi kerak , lekin bu shaxslar ikki marotabadan sovrindor bo’lishgan. 2)Ma’lumotlar bejizga emas edi. To’g’ri Javob : Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar. 3)Loran Blan JCH tarixidagi ilk gol mallifi hisoblanadi. Pryudom esa adabiyot bo’yicha Nobel mukofotining ilk soxibi.
Savol : Vichenso Perudja ismli kambag’al italiyalik o’g’ri haqida ko’pchiligingiz bilmasangiz kerak. U ham 20 asr boshlarida boshqa o’g'rilar kabi mayda chuyda o’g’irliklar bilan kun ko’rardi. Ammo u boshqa bir davlatda qilgan o’g’irligi tufayli mashxur o’g’riga aylandi. Siz , savol shunday qo’yilyaptiki siz avval menga u o’g’irlagan narsani topasizda, u bu narsani qayerdan o’g’irlaganini aytasiz. Vaqt ketdi.
Javob : Mona Liza – Luvr
Savol : Bu mashhur o’g’irlangan asar o’zi yaratilgan joyida sotilayotganda qo’lga olindi. Albatta o’g’ri uni boshqa bir davlatdan o’g’irlagan. Savol bir muncha murakkab qo’yilmoqda siz avval u o’g’irlanmasdan oldin qaysi shaxarda saqlanganini va sotilayotganda qo’lga tushgan shaxarni topib ikkovini yozib berasiz. Vaqt ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |