Savol : __ _____ ____ Hafsala bilan. Guruch bu guruchda… Savol: Taneda Santokaning xokkusida qoldirilgan Fletcheristlarga bog’liq bo’lgan 3 ta so’zni toping.
Javob : Yaxshilab chaynash kerak
Izoh : Fletcherist-ovqatni uzoq chaynab so’ng tanovul qiluvchilar
Savol : Kópchilik ushbu tovushni inson quloği uchun eng yoqimlilaridan biri deb hisoblaydi. Xitoyda bunday tovushni XI asrdayoq eshitish mumkin edi. computerra.ru saytiga kóra, qaysi qurilma óz ish jarayonida bu tovushning yozib olinganidan foydalanadi?
Javob : Bankomat
Izoh : Gap pul sanalgandagi ovoz haqida ketmoqda
Savol : Ameriklaik tadqiqotchilar fikricha bunday omadning sababi o`sha davr iqlimiga borib taqaladi. U paytlarda Alpdagi daraxtlar sekinroq o`sgan, daraxtdagi halqalar zichlashgan va natijada yog`och chidamliligi oshib ketgan. SAVOL: Bu omadni odatda kimning ismi bilan bog`lashadi?
Javob : Stradivari
Izoh : Shu boisdan ham Stradivari skripkalari o`ziga xos akustikaga ega bo`lgan ekan
Savol : Zamonaviy kuzatuvlar natijasiga ko'ra, agar kimdir "Men o'zimni sevaman" deb aytsa, bu o'zini sevish(egoizm dir), agar "Men o'zimni sevaman" deb yozsa bu - ... Gapni to'ldiring!
Javob : T9
Izoh : Avtomatik ravishda mos keluvchi so'zlarni o'rniga qo'yib yozishni qulay qiladigan bu usulda osongina bunday xatolikka yo'l qo'yish mumkin
Savol : Inglizlar bunday insonga kinoya aralash shunday ta’rif berishadi: “Bunday inson hech qachon boshqalarga bilmasdan yomonlik qilmaydi”. Bu qanday insonga berilgan ta’rif?
Javob : Gentleman
Savol : Savolni Tobi beradi: Moriarti haqida gapirar ekan Sherlok Xolms u IGREK emas IKS ekanini ta'kidlaydi. “IKS-IGREK” insonlarga yordam berish bilan bir qatorda fotomuxbirlik bilan ham shu'gullanadi. Savol: IKS va IGREKni to'g'ri ketma-ketlikda yozib bering
Javob : O'rgimchak, odam
Izoh : “Moriarti odam emas, ulkan o'rgimchak to'ri markazida o'tirib to'rning har bir uchida bo'layotgan voqealardan xabardor bo'layotgan o'rgimchakka o'xshaydi”. Tobi Maguayer - Spiderman
Savol : Bernard Shou bir semiz odam bilan uchrashib qolganida u ozg'in yozuvchi ustidan kulmoqchi bo'lib, deydi: -Sizni ko'rgan odam Angliyada ocharchilik boshlanibdi deb o'ylaydi.Shou qanday mos javob qaytarganini tahmin qiling.
Javob : Sizni esa shu ocharchilikning sababchisi deb o'ylashadi
Savol : Ma`lum hollarda yaponlar bamuk o`rmoni va yashil maymunni esga olishadi. Xitoylik esa bunday holda bizga tanish iborani esga oladi. SAVOL: O`sha iborani toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |