Javob : Ratatuy
Izoh : Ratatuy - sabzavotlardan tayyorlanadigan fransuz oshxonasining an'anaviy taomi.
Savol : Braziliyadagi fevral oyida bo`lib o`tuvchi karnavallar haqida yaxshi bilasiz. Ba`zi bu karnavalning davomi yozda ham o`tkazilar ekan. Diqqat savol: Yozgi karnavallar necha marotaba o`tkazilgan?
Javob : 5
Izoh : Braziliya Jahon Chempioni bo`lgan yillari g`alabani nishonlash uchun
Savol : Talia Prokopiu 2004-yil 25-martda parabolik ko`zgu yordamida bir ishni amalga oshirdi. Diqqat savol: Nima ish?
Javob : Olimpiada mash`alasini yoqish
Savol : ,,Ra” ekspeditsiyasida Chad fuqarosi Abdulla ham qatnashadi. U guruhga kelgach, ilk qilgan ishi X ni o`rganish bo`ldi. X unga juda muhim bir ishda yordam berardi. Diqqat savol: X va muhim ishni toping.
Javob : Kompas
Izoh : U Makkaga bo`lgan yo`nalishni aniqlashda yordam bergan. Abdulla namoz o`qish uchun buni bilishi kerak edi
Savol : 1792-yilning 30-iyulida Parijdagi inqilobga yordam berish maqsadida yo`lga chiqqan ko`ngillilar batalyoni yo`l bo`yi ,,Reyn armiyasining harbiy qo`shig`i” ni kuylab ketadi. Bu qo`shiq ikki oy oldin Strasburglik bir inson tomonidan yozilgan edi. Diqqat savol: Bu batalyon qaysi shahardan yo`lga chiqqan edi?
Javob : Marsel
Izoh : Fransiyaning madhiyasi ,,Marselyeza” deb atalishi shundan
Savol : 1882-yilning oxirida amerikalik suratkash Napoleon Seroni eng mashhur ijod namunalaridan birini yaratadi. Uning suratida yoshgina ingliz yigiti tasvirlangan edi. Endilikda u qarib qoldi va vafot etdi. Lekin suratda haligacha yoshgina ko`rinishda. Diqqat savol: Bu ingliz kim?
Javob : Oskar Uayld
Izoh : Uning ,,Dorian Greyning portreti” asarida bosh qahramonning portreti qarib boraveradi, qahramon esa yosh bo`lib qolaveradi.
Savol : Sitatani tinglang: U 1918-yil oktabrda barcha frontlarda tinchlik va osoyishtalik hukm surayotgan paytda hayotdan ko`z yumdi. Bu paytda barcha harbiy hisobotlar bitta jumladan iborat edi. Diqqat savol: O`sha jumlani ayting.
Javob : G`arbiy Frontda
Savol : Dietolog hazilomuz maslahatini tinglang: Agar siz semirishdan qo`rqsangiz, ovqatlanish oldidan 50 gramm konyak iching. Chunki … Diqqat savol: Maslahatni yakunlang.
Javob : konyak qo`rquv hissini yo`qotadi
Savol : Saudiya Arabistoni shahzodasi konstruktorlarga ikki yil ichida bahaybat yaxta qurishga buyurtma beradi. Konstruktorlar bu loyihaga MIPOS deb nom berishadi. Diqqat savol: Bu nima ma`noni bildiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |