1-rasm. Kvant kriptografiyasi bozorida talabning o’sib borish prognozi.
Bunda ko’rsatkich mos hududlardagi shifrlashga asoslangan dasturlardan
foydalanish darajasi va kiberxujumlar xavfiga nisbatan olinadi.
1 – jadval.
Prognoz tadqiqotlari xususiy xossalari
Hisobot o’lchovlari
Tafsilotlar
Yillar davomida mavjud bo’lgan bozor
hajmi
2017–2023
Hisoblangan yil
2017 yil
Prognoz davri
2018–2023
Prognoz birliklari
Qiymati (USD)
Segmentlar qoplangan
Komponent (yechimlar va xizmatlar),
xavfsizlik turi, vertikal va mintaqa
Geografik yoritilgan hudud
Amerika, APAC, Evropa va Yaqin Sharq
va Afrika
Kvant kompyuterlari g’oyasi paydo bo’lgandan toki shu kungacha va ayniqsa
o’tgan bir necha yillar mobaynida AT gigantlari tomonidan bu texnologiya uchun
jalb qilingan sarmoya va mutaxasis ishchilar sonining, birgina 2015-yilda kvant
texnologiyasi sohasida 16 mingga yaqin (15650 ta) fizik mutaxasislarning ish bilan
ta’minlanishi va 2018-yilda esa oldingi yildagidan 3 martadan ortiq yangi kasblar
paydo bo’lishi [6] bilan ham bu texnologiya jahon miqyosida qanchalik e’tibor kasb
etib borayotganini ko’rish mumkin. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari yo’lidan
borayotgan O’zbekiston iqtisodiyotida AT sohasining muhim rol o’ynab, yildan-yilga
sohaga e’tiborning kuchaytirilayotgani va izlanuvchan yoshlarga yaratib berilayotgan
sharoitlar ko’lamiga bu yangi sohaning ham kiritilishi fizika va IT sohasiga qiziquvchi
minglab yoshlar izlanishlari asosida yaqin kelajakda o’z samarasini beradi, albatta.
Imkoniyat va Muammolari
Koinot, tibbiyot, kimyo, iqtisodiyot va shu kabi ko’plab ilm-fanning hali yechim
156
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
topilmagan savollarga javob topish imkoniyati [2] dan tashqari, sohaning bizga hali
ma’lum bo’lmagan qulayliklari qancha? Axborot olamida ulkan ahamiyat kasb etib
ulgurgan Suniy intellekt uchun ham bu texnologiya juda ulkan hajmdagi ma’lumotni
soniyalarda o’rganishga imkon yaratadi [3]. Bu hali ro’yxatning boshlanishi bo’lib,
bulut texnologiyasi, Internet buyumlari [4] sohasida ham inqilobiy rejalar amalga
oshirilishi kutilmoqda.
Klassik kompyuterlarda millionlab tranzistorlar juda uzoq vaqt mobaynida
hisoblagan muammoni kvant superpozitsiya holatlari yordamida, bir hisoblash amali
davomida ikki darajasining kubitlar soni barobaridagi songa teng bo’lgan holatni
ko’rib chiqa olish imkoniyati hisobiga bir necha soniyalarda hal etilmoqda. Kvant
suniy intellekt laboratoriyasida 2018-yilda ishlab chiqarilgan 72 kubitlik protsessor
tezligini esa aqlga sig’dirish qiyin. Bu super tezlik biz shu paytgacha ishonchli deb
foydalanib kelayotgan har qanday kriptotizmlar, fond birjalari, banklar, shifoxonalar,
qimmatli axborot saqlanadigan har qanday axborot tizimining buzilishi imkonini
berib, amaldagi xavfsizlik choralarini yo’qqa chiqarib, ulkan tahdidlar xavfini va
noroziliklarni yuzaga keltirmoqda.
Hozirgi kunga kelib esa kubitlar sonini oshirish va munosib dasturiy ta’minot
yaratish bo’yicha izlanishlar davom etmoqda.
Bu soha bo’yicha dunyoning rivojlangan mamlakatlarida texnik ta’minotga ega
laboratoriyalar, institutlar va ularda yaratilgan. 10 dan ortiq katta-kichik hajmdagi
kvant kompyuterlari bilan bir qatorda, turli OTM darajalarida ta’lim olayotgan
talabalar va qiziquvchilar uchun soha bo’yicha virtual laboratoriyalari ham tashkil
etilgan. Bu laboratoriyalar kvant fizikasi olamini tashkil etadigan qonunlarini ish
stoli yonida experimental va nazariy o’rganish va bevosita boshqarish imkoniyatini
yaratishga mo’ljallangan.
Xulosa
Bugungi davr talabiga ko’ra axborot xavfsizlik masalasi yechimi kvant
kriptografiyasiga bog’liq ekan, soha istiqbollarining kurtaklari allaqachon
global miqyosda unib chiqib ulgurdi va kompaniyalar umumiy maqsad yo’lida
texnologiyalarini birlashtirmoqdalar. Respublikamizda mamlakatimizning
kiberxavfsizlik, fizika va dasturlash sohasiga qiziquvchan yoshlariga bu
texnologiyaning dastlabki nazariy tushunchlarini virtual imkoniyatlarga boy bo’lgan
online laboratoriyalar yaratish orqali katta imkoniyatlar eshigini ochish mumkin.
Bu rivojlangan mamlakatlar tajribalari asosidagi laboratoriyalarning qulay va foydali
tarafi shundaki, soha bo’yicha kelajakda horijda tajriba orttirish maqsadida bo’lgan
izlanuvchilar uchun nazariyani tushunish va experimental bilimlar tajribasini beradi.
157
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
Do'stlaringiz bilan baham: |