Жараёни ва ўзбекистон ёшлари”



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/85
Sana11.07.2022
Hajmi1,72 Mb.
#777668
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   85
Bog'liq
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари

TA’LIM JARYONIDA RAQAMLI
TEXNOLOGIYANING AHAMIYATI
Polvonova Sitora Dilmurod qizi
Toshkent shahar YODJU texnika instituti talabasi
Bugun biz tez sur`atlar bilan o`zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar 
boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o`ta shiddatli va murakkab bir 
zamonda yashamoqdamiz. 
Hayotimiz har jihatdan texnika va texnologiyalar bilan bog‘liq: ertalab soat 
bongidan boshlab to kun rejasini tuzish va o‘qish bilan yakunlashgacha. Biz ta’lim 
sifatini oshirish va rivojlantirish uchun texnologiyalardan manfaatli foydalanish 
imkoniyatini yaratishni istadik. Qachonki, planshet ta’lim olishning bir elementiga 
aylansa, bolalar o‘qish jarayoniga katta qiziqish bilan kirishadi. Bu o‘yin bilan klassik 
ta’limni birlashtirishga tengdir. Natijada o‘qish jarayoni yaxshilanadi, o‘zlashtirish, 
ta’lim darajasi va kadrlarni tayyorlash samaradorligi oshadi. Bilimli avlod, professional 
kadrlar – bu jamiyatning keng miqyosda rivojlanishining garovidir.
Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi 
va jurnalistlar bu davrni turlicha ta`riflab, har xil nomlar bilan tamoqda. Kimdir 
uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi 
axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda.
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining 
asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni obyektiv tan olish kerak- bugungi 
kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo`shnilar, 
balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas 
bog`lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy 
natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas. 
Axbоrоt оlamidagi glоballashuvning shiddatli kuchi, uni hech narsa bilan qоplab 


160
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
bo’lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkinligini – axborot va texnologiya inqilobi 
tufayli dunyo ilgarigiga qaraganda yanada jips va mushtarak bo’lib bormoqda. Shu 
ma’noda, globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi 
demakdir.
Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig`iz, shu 
qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning 
bizga aloqasi yo`q, deb beparvo qarab bo`lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan 
xalq yoki millat taraqqiyotidan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas. 
Globallashuv jarayoning tendensiyalari ko`rib turganimizdek ijtimoiy hayotning 
barcha sohalariga ta`sir qilib kelmoqda. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar o`rtasidagi 
integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, capital 
va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, 
ko`plab yangi ish o`rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot 
texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning 
umuminsoniy negizda uyg`unlashuvi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat 
kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o`zaro yordam ko`rsatitish imkoniyatlarining 
ortishi – tabiiyki, bularning barchasiga globallashuv tufayli erishilmoqda. 
Turgan gapki, bunday vaziyatda ta`lim dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, 
yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni 
shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirishmaqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020- yil 24- yanvardagi 
Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2020- yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berish taklifi ilgari surilishi tom ma’noda 
O‘zbekiston hayotida global taraqqiyotga hamohang ravishda tarixiy burilish davri 
boshlanganini tasdiqladi.
Bundan tashqari, barcha sohalarda raqamli iqtisodiyaotning ahamiyatini oshirish 
uchun, yanada ko`plab qarorlar ishlab chiqilmoqda. Hattoki, “Raqamli iqtisodiyot 
va elektron hukumatni keng joriy etish chora- tadbirlari to`g`risida”gi qarorida 
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarga 
muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy 
axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini 
kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish 
maqsadida ko`plab vazifalar belgilab berildi. Bulardan eng asosiysi, ta’lim tizimining 
barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va zamonaviy 
iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan raqamli bilimlarning darajasini oshirish, ta’lim 
infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, “Besh tashabbus” loyihasini amalga 
oshirish doirasida 2022-yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli 


161
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
bilimlarga o‘qitish markazlarini ochish alohida vazifa qili belgilab berildi. 
Zamonaviy texnologiyalar bir joyda to‘xtab turmaydi. U muntazam 
takomillashgani sayin, tabiiyki, sohaning qonunchilik asoslari ham mustahkamlanib 
boraveradi. Va, albatta zamonning to`xtovsiz rivoji tufayli bundan keyin ham raqamli 
texnologiyaning barcha sohalarda ta`sirini oshirish uchun qonun va loyihalar ishlab 
chiqilishi davom etaveradi. 
Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi 
va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Bunga erishish uchun 
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi asosiy shartlari va ustuvor 
yo‘nalishlarini sanab o‘tish maqsadga muvofiq:
– raqamli texnologiyalar barqaror faoliyat ko‘rsatishi uchun institutsional muhit 
va raqamli infratuzilmani yaratish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, iqtisodiyotning real 
sektori tarmoqlari, sog‘liqni saqlash, davlat kadastri va boshqa sohalarda raqamli 
texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududini 
rivojlangan mamlakatlar darajasida internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari 
bilan imkon qadar to‘liq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash;
– kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish va bu yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur 
bilimga ega malakali dasturchilar va injener-texnik xodimlarni yetishtirish, ta’lim 
tizimining barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan 
zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘qitish, shu jumladan, xorijiy hamkorlarimiz 
bilan birgalikda “1 million dasturchi” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirish;
– raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy-nazariy bazani mustahkamlash va bu sohada 
“Raqamli ishonch” jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalangan holda ilmiy 
faoliyatni qo‘llab-quvvatlash;
– aholining keng qatlamlari o‘rtasida “raqamli savodxonlik”ni targ‘ib kilish va 
kengaytirish, ularni axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishga jalb qilish maqsadida 
o‘quv yurtlarida seminar, kurslar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish; 
Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli 
texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. 
Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalar va IT-
kompaniyalarni qo‘llab quvvatlagan holda qulay ekotizimni yaratishi lozim.


162
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish