УЧИНЧИ ЙЎНАЛИШ:
ГЛОБАЛЛАШУВ ЖАРАЁНИДА
ЁШЛАР ТАЪЛИМ-ТАРБИЯСИДА
РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ
ИМКОНИЯТЛАРИ
137
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
TARAQQIYOT SAHIFALARIDAGI GLOBALLASHUV
Ahmadova Zebiniso Shavkatovna
Buxoro davlat universiteti1-bosqich magistranti,
Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori
Yer yuzi yaralibdiki inson muammosi azal-azaldan butun dunyo mutafakkirlari
qarashlar-yu, olim-u tadqiqotchilarining diqqat markazida bo’lib kelyapti. Bu
kabi qarashlar inson zotini yuksaklikka, uni tirik mavjudotlar orasida eng a’losi
hisoblaganligidan salolatdir. Davrlar o’zgarishi, inson tafakkurning shakllanishi bilan
insonga bo’lgan e’tibor kuchaydi, unga g’amxo’rlik qilish, uning manfaatlari to’g’risida
qayg’urish, jamiyatni ijtimoiy himoya qilish davlatning ustuvor siyosatiga, kundalik
faoliyatiga aylanib bordiki, ahamiyati kundan-kunga oshib bormoqda.
Moziyda yashab o’tgan mutafakkirlarning inson va uning yashashdan maqsadi,
mukammal jamiyat, odil va ma’rifatli shoh, komil inson haqidagi qimmatli fikrlari
hozirgacha o’z qadrini yo’qotmasdan, insoniyatga ma’naviy ozuqa sifatida xizmat
qilmoqda.
Shu o’rinda buyuk mutafakkir, Hazrat Alisher Navoiyning nasriy va nazmiy
asarlarida, dostonlarida umuminsoniy ruh bilan sug’orilgan komil inson, mukammal
jamoa va odil hukmdor haqidagi g’oyalarni ilgari surilganligi, olti asr oldin bugungi
hayotni ko’ra bilgan ulug’ Hazratning bugungi kun insonparvarlik, ilm va kasb-hunar
egallash, axloq qoidalari, ta’lim-tarbiya, yuksak insoniy qadriyatlar to’g’risidagi dono
fikrlarining tarbiyaviy ahamiyati yanada dolzarblashdi.
Alisher Navoiyning ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari kishilarda
Vatanparvarlik, o’zlikni anglash, odamiylik, halol va pok bo’lish, nafsni tiyish,
sabr-bardoshli va yetuk inson bo’lib yetishish kabi fazilatlarni kasb qilishida,
o’z manfaatlaridan ko’ra davlat manfaatlarini ustun qo’yuvchi yuksak iste’dodli,
barkamol avlodni tarbiyalshda ma’naviy irfon vazifasini o’taydi.
Bundan tashqari hozirgi globallashuv jarayonida axborot xurujlari, turli
terroristik chiqishlar, aqidaparastlik kabi vayronkor va buzg’unchi g’oyalar yoshlar
ongiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Davlatimiz rahbari Muhtaram Shavkat Mirziyoyev e’tirof etganlaridek, – “...
hozirgi murakkab va o’ta tahlikali zamonda milliy o’zligimiz, qadriyatimiz, azaliy urf-
odatlarimizga yot va begona bo’lgan turli xil xurujlar, yoshlarimizning ongi va qalbini
egallashga qaratilgan g’arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgani barchamizni
yanada hushyor va ogoh bo’lishga da’vat etishi tabiiydir, bunday holatlarni oldini olish
uchun, eng asosiy tarbiyani oilada mustahkamlab, ota-ona masulyatini farzandiga
nisbatan oshirmoq kerak. Qaysidir ota-ona farzandi tarbiyasida loqaydlikka yo’l
qo’ysa, buning uchun alohida qonun ishlab chiqilsin, takror aytaman qonun ishlab
138
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
chiqilsin” [1, 53].
Asli haqiqat ham shu, qush uyasida ko’rganini qiladi, degan maqol bejizga
aytilmagan, albatta. Ota-onadan talab qilinadigan ma’sulyat esa faqat birta: bola ko’z
o’ngida ota yohud ona nimaiki bajarsa, bola shuni qayta qo’llaydi. Masalan: otaning
qo’lida telefon emas, biror bir ma’naviy ozuqa bera oladigan badiiy asar, obraz
jonlantirilsa ham tarbiyaviy ham ma’naviy muhit yaratiladi.
O’z tadqiqotlarim jarayonida ham psixologik, ham pedagogik usullarni
qo’llab, tahlil qilib ko’rar ekanman, aynan bir xonadon yohud ta’lim muassasasi
jarayonida kuzatishlar olib bordim. Yosh bolaning atrofdagi o’zidan yoshi ancha
katta insonga taqlid qilib, u bajargan hatti-harakatlarni bajarishga urundi, xo’sh,
xulosa o’zimizdan...
Bugungi kun yoshlari shiddat ila qadam tashlab, fan-texnika, axborot almashinivi
asri yoshlariga aylanib ulgurishdi, texnikasiz va axborotsiz bugungi davrni tasavvurga
sig’dirish uyoqda tursin, yashash amri mahol bo’lib qoldi go’yo. Globallashuv va
XXI asr taraqqiyotini kechagi kun bilan bog’lar ekanman, yoshlar ma’naviyati va
tarbiyasi, axloqi eng asosiy mezon ekanligini Hazrat Navoiy asarlaridagi komil inson
g’oyasi va insonparvarlik qadriyatlari yoshlarning dunyoqarashini kengaytirib, ularni
tarbiyalashga, yoshlar ongini yuqorida nomlari keltirilgan zararli g’oyalar ta’siridan
saqlashga yordam beradi.
Bugungi kunda Alisher Navoiy merosiga bo’lgan munosabat yanada kuchaydi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining
qo’shma yig’ilishidagi ma’ruzalarida Navoiyni yana ham kengroq o’rganishni, uning
asarlarini xalqimizga sodda va tushunarli tarzda yetkazish zarurligini uqtirdilar va
Hazratning “Odami ersang” so’zlari bilan boshlanadigan baytlarini misol qilib oldilar.
Mening fikrimcha, Alisher Navoiygacha hech kim, hech bir mutafakkir oddiy
yaratuvchi odamlarni bu qadar samimiyat, chuqur hurmat va ehtirom, insonparvarlik
ruhi bilan sharaflamagan, sababi Navoiy asarlarida bugungi kun global muammolari
to’laqonli ochib berilgan.
Davlatimiz rahbari Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev, - “Alisher Navoiy
asarlaridagi teran fikrlarga qo’shimcha qilgan holda, har tomonlama rivojlangan
barkamol insonning qiyofasi, uning barkamolligi, orifligini ifodalovchi mezonlar
haqida ham ajoyib fikr-mulohazalarga to’xtalib fikrlarining davomi sifatida, biz
yoshlarga fundament vazifasini o’taydigan ma’naviy irfonimizni barkamol insonning
eng muhim fazilatlaridan biri - xalqparvarlik, vatanparvarlik axloqiy mezonlar, yurt
tashvishi bilan yashab xalqiga, yurtiga ko’p foyda yetkazgan kishini chinakam insoniy
fazilatlarni o’zida aks ettirgan inson deb hisoblashlarini” aytib o’tdilar [3, 3].
Men bu so’zlarga qo’shimcha sifatida biz yoshlarga shior bo’ladigan Navoiyning
eng qimmatli ushbu misralarini misol keltirmoqchiman: Ushbu misralarni
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “Ozod va farovon demokratik O’zbekiston davlatini
mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” sarlavhasi ostida Oliy Majlis
139
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
palatalarining Qo’shma yig’ilishida so’zlagan nutqlaridan yod olgan edim:
Odami ersang demagil odami,
Oniki yo’q xalq g’amidan g’ami.
Darhaqiqat yoshlar hayotida ta’lim-tarbiya, odob-axloq, o’qish-o’qitish, o’rganish,
ustoz-murabbiylar mehnati, ota-onaga nisbatan hurmat, ma’rifat, ma’naviyat haqidagi
ijtimoiy, falsafiy, siyosiy, badiiy fikrlari, umuminsoniy g’oyalar oiladagi vatanparvarlik
va mehr-muhabbatdan boshlanadi. Bu uyg’unlik esa o’zi bilan birga biz kabi munosib
avlodlar uchun doimiy ma’naviy ozuqa vazifasini abadul-abad o’tab kelaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |