Жараёни ва ўзбекистон ёшлари”


GLOBALLASHUV JARAYONIDA YOSHLAR TA’LIM-



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/85
Sana11.07.2022
Hajmi1,72 Mb.
#777668
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85
Bog'liq
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари

GLOBALLASHUV JARAYONIDA YOSHLAR TA’LIM-
TARBIYASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
IMKONIYATLARI
Ravshan Xalilov Qahramon o’g’li
Toshkent Davlat Agrar universiteti talabasi
Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini innovatsion 
faoliyat va raqamli texnologiyalar tashkil etadi. Har bir soha o’z rivojlanish 
darajasini ushbu faoliyatga bog’liq ravishda o’zgartirayotgani ham sir emas. Chunki 
yangilanayotgan zamon, yangi tashabbus va yangi g’oyalarni talab qilmoqda. O’z-
o’zidan ayni qonuniyatga proporsional ravishda qarama-qarshi harakat qilish esa 
biror soha inqilobiga hissa qo’shadi deb aytaolmaymiz. 
Tarix ham shundan dalolat beradi, inson o’zining aql-zakovati, innovatsion g’oya 
va tashabbuslari bilan dastlabki mehnat qurollarini o’ylab topishdan tortib algaritm, 
nanozarralar, zamonaviy innovatsion kompyuter va boshqa yuqori texnalogiyalarni 
kashf etishgacha bo’lgan murakkab yo’lni bosib o’tdi. Bu mashaqqatli va kimlar 
uchundir o’z navbatida aql bovar qilmas g’oyalarning haqiqatga aylanishi uchun zamin 
yaratgan ilm yo’li, butun insoniyat ehtiyojini qondirish, yashayotgan hayotimizni 
yaxshilash uchun juda ko’plab ixtirolarni taqdim etdi. Ilm-fanning yechilmagan 
jumboqlari, insoniyat uchun mavhum bo’lgan tushunchalari chegarasiz. Hali hamon 


145
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
insonning yaralishiga o’xshash, oliy tafakkurning nihoyasi borligi haqidagi faraz 
mavjud emas. Jadal rivojlanib borayotgan innovatsion texnologiyalar bizga juda 
ko’plab imkoniyat va yengilliklarni taqdim etmoqda. 
Texnoelektronik taraqqiyot XXI asrning birinchi o’n yilligidayoq jamiyat 
transformatsiyalashuvi yadrosining tezligini ijtimoiy taraqqiyot qobig’ida, bir necha 
karra oshirib yuborgani ham buning yaqqol tasdig’idir. Ko’pchilik davlatlar qatori 
O’zbekiston ham global dunyoga tizimli ravishda kirib bormoqda. Bu esa birinchi 
navbatda mamlakat yoshlarining ijtimoiylashuvi bilan ahamiyatlidir. Ayni davrda 
ijtimoiy tarmoq jadallik bilan global auditoriyani egallab borayotgani, hech kimga 
sir emas. Sababi u, barcha soha imkoniyatlarini o’zida mujassam etgan. Globallashuv 
sharoitida AKT asosan yoshlar ta’lim-tarbiyasiga bevosita ta’sir etuvchi omilga 
aylangan. Statistikaga nazar tashlaydigan bo’lsak, mamlakatimizdagi besh million 
nafar yosh foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqlarda o’z profiliga ega. Mutaxassislarning 
fikriga ko’ra, axborot texnologiyalari jamiyat tuzilmasining shu qadar ajralmas 
qismiga aylanib ulgurdi-ki, endi u shunchaki texnologik jarayon emas, aksincha, 
ijtimoiy jarayonga aylanib bormoqda. Davlatning iqtisodiy qudrati, xalqaro nufuzi, 
demokratik institutlarning rivojlanish darajasi – asosan axborot texnologiyalari 
taraqqiyotiga bog‘liq bo‘lib bormoqda. Jamiyatni axborotlashtirish o‘tgan asrning 
70-yillarida AQSHda, 80-yillarida Yaponiyada boshlangan bo‘lsa, qolgan qit’alarda 
ushbu jarayon o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlangan. Barcha tizimlarga AKTni 
joriy qilish natijasida jamiyatning ushbu sohadagi intellektual salohiyati bir necha 
pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi. Misol uchun, AQSHda axborot sohasida deyarli 75% 
mehnatga layoqatli aholi ishlaydi. Bu ko‘rsatkich boshqa mamlakatlarda 40% tashkil 
etsa, ayrimlarida 20–25 % yoki undan ham past ko’rsatkichlarni tashkil etadi. 
Bugun zamon talabiga mos ravishda, yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan 
holda internet imkoniyatlaridan to’liq foydalanib, milliy qadiryatlarimiz, ma’naviy-
ma’rifiy aqidalarimiz va buyuk tariximizni keng targ’ib etish, kampyuter dasturlari, 
elektron lug’atlar hamda buyuk mutafakir bobokalonlarimizning benazir asarlari 
asosida kompyuter va mobil telefonlar uchun ilovalar, o’yinlar yaratish hayotining 
asosiy qismini zmonaviy texnalogiyalar egallab ulgurgan yosh avlodni, e’tiborsiz 
qoldirmaydi. Va bu, ertangi kun egalarining qalbida milliy g’urur, va ehtirom 
tuyg’ularini shakillantiradi. Mamlakatimiz kundan-kunga rivojlanishning yangi 
bosqichiga ko’tarilmoqda. Biz allaqachon davlat va jamiyat hayotining barcha 
sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatonasion rivojlanish yo’liga o’tib 
bo’ldik. Va bu yo’lda bizga innovatsion tashabbuslar va Start Up loyihalar yangi 
imkoniyatlarni taqdim etadi. Bugun bizning oldimizga qo’yilgan asosiy vazifa, 
yoshlarni ijtimoiy tarmoqlarda mavjud axborot oqimlaridan to‘g‘ri maqsadlarda 
foydalana olishga o‘rgatishdan iboratdir. Buning uchun internet tarmog‘ining milliy 
segmentida resurslarni ko‘paytirish, ularni foydalanuvchilarga qulay tarzda taqdim 
etish axborotlarning shaffofligi hamda xavfsizligini ta’minlash, turli tashqi zararli 


146
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
axborot ta’sirlardan himoyalash va foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish talab etiladi. Globallashuv jarayonining o‘ziga xos jihati 
uning mafkuraviy ta’sir o‘tkazish quroliga aylanishi mumkinligi bilan izohlanadi. 
Bugun uzoq-yaqin mintaqalarda yuz berayotgan voqealarni inobatga olsak, hali ongi, 
hayotiy qarashlari shakllanmagan yoshlarni chalg‘itishga qaratilgan g‘arazli kuchlar 
internet tarmog‘idan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishmoqda. Demak, yoshlarning 
intellektual salohiyati va ma’naviy immunitetini kuchaytirish, axborot ma’daniyati va 
mediasavodxonligini oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlashning bosh omili desak, 
mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Bugun internetdan foydalanuvchilarni shartli ravishda, ikki toifaga ajratish 
mumkin. Birinchi toifadagilar kasbi, talabidan kelib chiqqan holda yoki ilmiy 
tadqiqotlari uchun zarur axborot olish maqsadida internetga murojaat qilayotganlar 
bo‘lsa, ikkinchi toifadagilar shunchaki, qiziqishiga ko‘ra, deylik, axloqsizlik, tanishuv 
saytlariga kirib yoki onlayn o‘yinlari bilan kun o‘tkazish kayfiyatida bo‘lganlardir. 
Virtual olam insonni manipulyatsiya qilmoqda. Manipulyatsiya — bu fikriy qaramlik 
orqali o‘ziga bo‘ysundirish demakdir.
O‘zbekistonning turli tuzilmalari tomonidan axborotlarni uzatish tarmoqlarida 
ta’lim va yoshlar bo‘yicha yaratilayotgan axborot resurslari yagona ZiyoNET 
axborot tarmog‘iga birlashtirilgan. Uning vazifasi yoshlar uchun milliy axborot 
resurslarini shakllantirish bilan birgalikda ularning ham ilmiy, ham ma’naviy 
qarashlarini yuksaltirishdan iboratdir. Yurtimiz o’tgan yillar mobaynida jamiyatning 
transformatsiyalashuvi davridan modernizatsiyalashuviga yoki raqamli va axborot 
texnalogiyalarining rivojlanish bosqichi sari qadam qo’ydi. Xususan, AKT sohasiga 
alohida e’tibor qaratilmoqda va ushbu sohaga oid ko’plab qarorlar qabul qilinmoqda. 
Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil fevral oyidagi 
“Milliy tarmoqni yaratish va dunyo axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartiblash 
to‘g‘risida”gi, keyinroq “O‘zbekiston Respublikasida 1999–2003 yillar ichida 
ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirish dasturi”, 
2002-yil iyundagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot — 
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari 
qabul qilindi. Bugungi kunda esa IT parklarning faoliyati yo’lga qo’yilmoqda, raqamli 
texnologiyalar bilan ishlovchi yoshlarga barcha imkoniyatlar yaratib berilyapti. 
Xulosa qilib aytganda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, 
zamonaviy infratuzilmalarni qo’llash va AKTni jamiyat hayotiga keng targ’ib etishga 
oid juda ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Albatta, bu qarorlar biz yoshlarga 
globallashuv jarayonida ta’lim olishimiz uchun raqamli texnologiyalardan maqsadli 
ravishda foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Bu esa albatta, jahon hamjamiyatida 
mamlakatimizning tutgan o’rni, obro’-e’tiborini yuksaltirishga ijobiy xizmat qiladi. 
Zero, kundan kunga ravnaq topib borayotgan yurtimizning kelajagi yoshlarning orzu 
maqsadlari ustida bunyod bo’ladi.


147
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish