GLOBALLASHUV JARAYONLARIDA YOSHLAR
MEDIA SAVODXONLIGI VA AXBOROT XAVFSIZLIGINI
TA’MINLASH MASALALARI
Muxamadiyev Xojiakbar Aslitdinovich
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi
Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli
kadrlar tayyorlash instituti tinglovchisi
Hozirgi zamon jamiyati hayotini axborotlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Ushbu axborotlardan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik
axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta’minlaydi. Bunday
jamiyatda axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta
ishlash va ulardan foydalanish, ilg‘or axborot kommunikatsion texnologiyalarni
qo‘llash keng ko‘lamda amalga oshiriladi va bu o‘z navbatida axborotlashgan
jamiyatni tezlik bilan shakllanib borishiga imkon yaratadi.
Bugungi globallashuv jarayonlarida axborot dunyosida davlat chegaralari degan
tushuncha yo‘qolib bormoqda. Shuning uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy
kirish, ulardan foydalanish va o‘zgartirish, yo‘qotish kabi muammolardan yoshlarni
himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoladi.
Mutaxassislarning fikricha, hozirda axborot iqtisodiyotning eng serdaromad
manbaiga aylanib bormoqda. AQSH strategik tadqiqotlar institutining ma’lumot-
lariga ko‘ra, axborot mahsulotiga sarflangan har bir dollar, yoqilg‘i-energetika
sohasiga sarmoya qilingan 1 dollardan ko‘ra bir necha barobar ko‘p foyda berar ekan.
Bu faqat uning iqtisodiy jihati, uning siyosiy jihati esa o‘z shaxsiy manfaatlariga o‘ta
arzon, o‘ta qulay yo‘llar bilan erishish sifatida qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan
140
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
bugungi kunda axborot omili ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan ayrim kuchlar
manfaatiga aylanib bormoqda. Shuning uchun ham davlatlarning milliy xavfsizligini
ta’minlashda siyosiy, iqtisodiy, harbiy omillar bilan bir qatorda uning axborot jihatlari
borgan sari dolzarblashmoqda.
Shu nuqtai-nazardan globallashuv jarayonlarining dolzarb mavzularidan biri
sifatida informatsion tahdidlarga qarshi kurashishda yosh avlodda media savodxonlik
va axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida bir qancha islohotlar amalga
oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar aholing
40 foizini, 30 yoshgacha bo‘lganlar esa 64 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etadi. 2020 yil 1
yanvar holatiga ko‘ra esa 0-14yoshgacha bo‘lgan jami bolalar soni 9 million 870 ming
276 nafarni tashkil etadi. Mana shu yosh avlodda media savodxonlikni shakllantirish
hamda axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari borasida bir qancha huquqiy-
me’yoriy asoslar yaratildi. Jumladan, axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni
himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va
munosib qarshilik ko‘rsatish borasidagi vazifalar O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishida ham
belgilab berildi. 2017 yil 8 sentyabrda qabul qilingan “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga
zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
qonuni esa voyaga etmagan bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi
axborotdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu
qonunga binoan axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi-uni bolalarning quyidagi
yosh toifalaridan biriga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi: etti yoshga to‘lmagan
bolalar uchun axborot mahsuloti “0+”, etti yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot
“7+”, o‘n ikki yoshga to‘lgan bolalar uchun axborot mahsuloti “12+”, o‘n olti yoshga
to‘lgan bolalar uchun axborot mahsuloti “16+”, bolalar uchun taqiqlangan axborot
mahsuloti “18+” yozuvini aks ettirishi kerak. Albatta bu axborotlardagi yosh tasnifi
faqat televideniyadagi axborotlar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunda
ota-onalar ham hushyor bo‘lishi talab etiladi. Shu bilan birga maktab yoshidagi
o‘quvchilarda media savodxonlik va axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi 2017-
yil 6 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan
“Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorida ham keltirilgan. Jumladan, o‘quvchilarda fanga doir
kompetensiyalarni tayanch kompetensiyalar bilan birgalikda shakllantirish masalasi
ko‘tarilgan. Aynan tayanch kompetensiyalaridan biri esa axborotlar bilan ishlash
kompetensiyasidir. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi mediamanbalardan
zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan
samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega
bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Agar o‘quvchida yosh xususiyatni
hisobga olgan holda, bosqichma-bosqich axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
shakllantirilsa, unda media savodxonlik, media madaniyat o‘z-o‘zidan takomillashib
141
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
boradi. Bu esa o‘quvchi yoshlarda axborot xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Media madaniyat bu - turli media asarlarni tahlil qilish, baholash, yaratish uchun
zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisidir. Ukrainalik pedagog
olima S.M.Sterdenko media madaniyati yuqori kishini shunday tasvirlaydi:
1) uning media bog‘lanishlari soni va davomiyligi rejalashtirilgan bo‘ladi;
2) o‘ziga kerakli axborotni to‘g‘ri tanlay oladi;
3)axborotga tanqidiy yondashadi, chunki medianing zararli ta’sirlarini biladi,
qarshisida ochilgan mediamatnni o‘z filtridan o‘tkazib, keyin qabul qiladi;
4) mediamahsulotdan foydalanishda axloq me’yorlariga amal qiladi;
5) mediamahsulot yarata oladi.
Aynan mana shu media madaniyat yoshlarni axborot xavsizligidan himoya qilish
bilan birga ularni frilanserlik bozorida ham o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lishiga yordam
beradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “upworking.com”da Oliy ta’limda ham o‘qimagan
tuman yoshlari uyda o‘tirib 10 million so‘m daromad topmoqda.
Bu faoliyatni qo‘llab-quvvatlashning ham huquqiy asosi qabul qilindi. Jumladan,
2020 yil 8 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati
va o‘zini-o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida shunday ko‘rsatildi. “Internet tarmog‘i
orqali xizmatlar ko‘rsatuvchi (ishlar bajaruvchi) o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga
(frilansing) quyidagi huquqlar berilsin: ko‘rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar)
uchun chet eldagi jismoniy va yuridik shaxslar – norezidentlardan xorijiy valyutadagi
to‘lovlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga
tegishli ma’lumotlarni kiritmagan holda O‘zbekiston Respublikasining banklaridagi
hisobraqamlariga qabul qilish; kontrakt tuzmasdan, kelishuv to‘g‘risidagi ommaviy
taklifni (oferta) qabul qilish yoki elektron yozishmalar almashish yoxud hisob-kitob
fakturalarni (invoys), shu jumladan, elektron shaklda taqdim qilish yo‘li bilan chet
ellik jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish (ishlar bajarish).
Umuman olganda, bugungi globallashuv jarayonlarida yoshlar media
savodxonligi va axborot xavfsizligini ta’minlash uchun barcha shart-sharoitlar
yaratilmoqda. Faqatgina biz, yoshlarni o‘rab turgan muhit ularni bu jarayonlarda
to‘g‘ri yo‘lga boshlashimiz hamda nazoratni kuchaytirish orqali ularni yangi-yangi
innovatsion faoliyatga undashimiz darkor.
142
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
Do'stlaringiz bilan baham: |