Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Hind okeani mamlakatlari mintaqaviy hamkorlik assotsiatsiyasining rivojlanish tarixi



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

Hind okeani mamlakatlari mintaqaviy hamkorlik assotsiatsiyasining rivojlanish tarixi 
 
Hind okeanida joylashgan davlatlarning jahon iqtisodiy tizimida tutgan o‘rni asosan 
ikkita omil bilan belgilanadi.
Birinchidan
, bu yerda foydali qazilmalarning juda boy zaxiralari joylashgan. Fors 
ko‘rfazining neft-gaz havzasi dunyodagi sanoati rivojlanayotgan davlatlarning aksariyati uchun 
asosiy neft-gaz manbai hisoblanadi. Bu mintaqa oltin, olmos, qalay qazib chiqarish, kauchuk 
olish, choy, kofe, sholi, paxta, moy va ko‘plab qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda 
yetakchi o‘rinlarni egallab turibdi. 
Ikkinchidan
, qit’alararo eng muhim transport yo‘llari Hind okeani orqali o‘tadi. Yevropa 
va Avstraliyada iste’mol qilinadigan neftning 50%, Yaponiya xarid qiladigan neftning 98% va 
Afrika mamlakatlari xarid qiladigan neftning 75%i Hind okeani orqali yetkazib beriladi. 
O‘ziga qarashli sanoat bazasini mustahkamlash zaruratidan, o‘z mollarini sotishga 
chiqarish talabidan, shuningdek, zamonaviy transport infrastrukturasini barpo etish ehtiyojlaridan 
kelib chiqqan holda mintaqa davlatlari yanada mustahkamroq iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga 
qo‘yishga bel bog‘ladilar. 
Biroq Hind okeani mamlakatlari hamkorlik assotsiatsiyasini tashkil etish g‘oyasi 
birdaniga paydo bo‘lgani yo‘q. Hind okeani davlatlarining dolzarb vazifalarni birga-likda hal 
etishga bo‘lgan sa’y-harakati natijasida avvalo ba’zi sub mintaqalar doirasidagi davlatlar 
o‘rtasida aloqalar mustahkamlandi. 
Hind okeani doirasida quyidagi tashkilotlar shakllandi va bir xil muvaffaqiyat bilan 
faoliyat ko‘rsatmoqda: 
- Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN); 
- Janubiy Osiyo davlatlarining mintaqaviy, hamkorlik assotsiatsiyasi; 
- Qayur G‘arbiy Osiyo davlatlarini birlashtiruvchi iqtisodiy hamkorlik tashkiloti
- Fors ko‘rfazi arab davlatlarining hamkorlik kengashi; 
- Hukumatlararo taraqqiyot agentligi (bunda asosan, Afrika bo‘g‘ozi davlatlari 
qatnashadi); 
- Sharqiy va Janubiy Osiyo umumiy bozori; 
- Afrika janubi mamlakatlarini rivojlantirish hamjamiyati; 
-Hind okeani bo‘yicha komissiya (bunga okeanning janubi-g‘arb qismidagi orol 
davlatlari birlashgan). 
Hind okeani havzasidagi mamlakatlarda yanada kengroq darajada umummintaqaviy 
hamkorlikni, dast avvalo, savdo va iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni o‘rnatish g‘oyasi asta-
sekin paydo bo‘la boshladi. 


Hozirga kelib Hind okeanidagi integratsiya jarayonining tashabbuskor mamlakatlari Hind 
okeani mamlakatlari hamkorlik assotsiatsiyasi faoliyatining barcha jihatlarini muhokama qilish 
va ishlab chiqish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rgan bo‘lishiga qaramay, ko‘pgina 
masalalar hanuzgacha hal etilgani yo‘q.
Ushbu bobni quyidagicha xulosalash mumkin: 
Ishlab chiqarish kuchlarining internatsionallashuvidan, uning oliy shakli- jahon 
xo‘jaligining globallashuvidan iborat muhim jarayon dunyoning ko‘pgina mintaqalarida 
birlashmalarning rivojlanishida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 
Milliy xo‘jaliklar o‘rtasida chuqur va barqaror o‘zaro aloqalarning kamol topishi, mehnat 
taqsimotining‘ yuzaga kelishi, takror ishlab chiqarish kuchlarining turli darajada, turli shakllarda 
o‘zaro hamkorligi asosida mamlakatlarning xo‘jalik va siyosiy jihatdan birlashuvi jarayoni 
xalqaro iqtisodiy integratsiya mohiyatini tashkil etadi. 
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yagona savdo hamda (qisman) bojxona makonini 
tashkil etib, o‘zaro siyosiy ishonchga ega davlatlargina ishlab chiqarishning barcha omillari bilan 
erkin ayirboshlash imkonini beruvchi yagona makonni yuzaga keltirishlari mumkin. Bamaslahat 
olib boriladigan o‘zaro kelishilgan umumiy iqtisodiy siyosatga da’vat etuvchi bu vazifalarni 
amalga oshirish maqsadida-bu ishlar uchun mas’ul bo‘lgan tashkiliy strukturalar yuzaga keldi. 
Binobarin, G‘arbiy Yevropadagi integratsiyaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu 
davlat boshidanoq yetakchi o‘rin zgallagan sharoitda amalga oshirildi. 
Shimoliy Amerikada bu jarayon xususiy-korporatsiya zaminida ro‘yobga chiqariladi, 
zotan bu yerdagi integratsiyaning tabiati, yo‘nalishi avvaldanoq AQSHning qudratli 
korporatsiyalari; ularning Kanadadagi bo‘limlari tomonidan belgilab qo‘yilgan bo‘lib, bular 
integratsiya jarayonini tartibga solib turadigan ustmilliy qurilmalarga muhtoj emas. 
1980 yillarning oxiri 1990-yillarning boshiga kelib, AQSHning Kanada bilan bo‘lgan 
iqtisodiy integratsiyasi sheriklarning ehtiyojlariga javob bera olmay qoldi va 1992 yilda 
Shimoliy Amerikada erkin savdo zonasi haqida shartnoma imzolandi, unga ko‘ra, Meksika 
uchinchi a’zo bo‘lib qo‘shildi. Hozirgi paytda esa Alyaskadan to Olovli Yergacha cho‘zilgan 
Panamerika savdo blokini tashkil etish to‘g‘risidagi masala o‘rganib chiqilmoqda. 
Jahon iqtisodining globallashuvi- bu savdo, moliya sohalari, texnologiya, axborot 
ayirboshlovi hamda inson omillarining ko‘chib o‘tishi kengayib, yanada chuqurlashuvi natijasida 
ayrim mamlakatlar iqtisodining o‘zaro qo‘shiluviga (integratsiyaga) bo‘lgan moyillikdir. Bu 
jarayon bozorlar va ishlab chiqarish tizimlarini qamrab oladi. Bozorlarning globallashuvi 
muayyan mamlakatlarning bozorlari savdo to‘siqlari natijasida bir-biridan ajralib qolgan 
iqtisodiy tizimdan ularni yagona global bozorga keltiruvchi tizimga asta-sekin o‘tish, demaqdir. 
Ishlab chiqarishning globallashuvi ishlab chiqarish jarayonining birligini nazarda tutadiki, bu 
holda ishlab chiqaruvchilar dunyoning istalgan nuqtasida joylashgan. U yerda mehnat, kapital, 
yer kabi ishlab chiqarish omillaridan eng ko‘p manfaat bilan foydalanishlari mumkin. 
Bozorlar va ishlab chiqarishni globallashuvining asosiy omillari, eng avvalo, oxirgi yillar 
muvaffaqiyat bilan yakunlangan ko‘p tomonlama muzokaralar chog‘ida mahsulotlar, xizmatlar, 
kapitallarning erkin harakatini cheklovchi to‘siqlarni bartaraf etish yoki kamaytirish borasidagi 
bitimlar bo‘ldi. Buning natijasida korxonalarni ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish 
uchun g‘oyat qulay bo‘lgan hududlarda joylashtirishga imkon tug‘ildi.
Bundan tashqari, aloqa, transport, axborot vositalari texnologiyasida ro‘y bergan keskin 
o‘zgarishlar, eng muhimi, qudratli va arzon kompyuterlarning ishlab chiqarilishi juda katta 
ahamiyatga ega bo‘ldi; fazoviy yo‘ldoshlar, optik tolalar axborot oqimlariga keng yo‘l ochib 
berdi; reaktiv samolyotlar, katta sig‘imli kemalar hamda konteynerlashtirishning joriy etilishi 
yuk tashish muammosini ko‘p jihatdan osonlashtirdi.
Jahon iqtisodining globallashuvi, uning tobora chuqurroq internatsionallashuvi, xalqaro 
miqyosda raqobatning kuchayishi bilan bog‘liq bo‘lgan g‘oyat muhim jarayonlarni ham qamrab 
oladi. Globallashuv, xususan, jahon moliyaviy tizimining yuzaga kelishida, jahon savdosining 
intensivlashuvida, global transmilliy korporatsiyalar paydo bo‘lishida, savdo-iqtisodiy 
bloklarning shakllanib borishida, iqtisodning mintaqalashuvida, xalqaro iqtisodiy 


tashkilotlarning tartibga soluvchilik ahamiyati o‘sib borishida namoyon bo‘lmoqda.
Iqtisodning globallashuvi doimo ustunliklarni izlash, bozorlarni kengaytirish hamda 
xarajatlarni imkon boricha kamaytirish natijasi sifatida ko‘zga tashlanadi. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish