Jamurad yangiboyevich, amirov



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet347/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

Xizmatchilar. Molxonada ishlovchi barcha xodimlar doimiy ravishda vrach 
ko‘rigidan  o‘tib  turishi  lozim.  Infeksion  kasallikka  chalingan  xodimlarning 
fermada ishlashi man etiladi. Ular shaxsiy gigiyenaga amal qilishi kerak. 
Kasal sigirlardan olingan sut maxsus usullarda qayta ishlanishi kerak. 
Sut  bilan  isitma,  dezinteriya,  qorin  tifi  kasalliklari  tarqalishi  mumkin. 
Shuning  uchun  chorvadorlar  doimiy  ravishda  meditsina  ko‘rigidan  o‘tib  turishi 
kerak. 
Shunday  qilib,  sutda  foydali  va  turli  kasalliklarni  chaqiruvchi  mikroblar 
bo‘lishi mumkin. Zooinjener bu mikroorganizmlarni sutga tushish manbaini bilib, 
ularni bartaraf etishi kerak. 
Sutda  antibiotiklar,  pestesidlar,  radioaktiv  moddalar,  aflotoksinlar  bo‘lishi 
mumkin.  Turli  dori-darmonlar  ham  uchrashi  mumkin.  Ular  inson  hayoti  uchun 
xavfli hisoblanadi. Sutga bunday moddalar har xil kasallikka chalingan sigirlarni 
Yemlash  va  davolash  vaqtida  o‘tishi  mumkin.  Agar  sog‘in  sigirlar  gerbisidlar, 
pestisidlar  bilan  ishlov  berilgan  yaylovlarda  boqilsa  yoki  tarkibida  shunday 
moddalar  mavjud  bo‘lgan  ozuqalar  bilan  boqilsa,  ular  sutga  o‘tishi  mumkin. 
Bunday sutning fermada sog‘ilgan sutga qo‘shilishi qat’iy ta’qiqlanadi. 
Yelinda  sut  hosil  bo‘lishida  sut  bezlari  bilan  bir  qatorda  tananing  boshqa 
a’zolari ham qatnashadi. Bezlarning faol ishlab turishida, ayniqsa, markaziy asab 
va oshqozon – ichak tizimi a’zolari, qon aylanuvchi a’zolar hamda ichki sekresiya 
bezlarining ahamiyati katta. Yelinda sutni hosil bo‘lishi asab va gumoral tizimlar 
tomonidan boshqariladi. 
Endokrin  omillardan  eng  muhim  ahamiyatga  molik  bo‘lgani  gipofiz 
garmonidir. Sut sog‘ib olinayotgan paytda, yelin so‘rg‘ichlariga qo‘l tegishi bilan 
sut  bezlari  ta’sirlanadi  va  natijada  asablar  orqali  bosh  miyaning  gipotalamus 
qismiga xabar keladi va u neyrogormon ishlab chiqarib, gipofizga yetkazadi. Bu 
o‘z  navbatida  gipofizning  oldingi  qismidan  prolaktin  gormonining  ajralib 
chiqishiga  va  qonga  o‘tishiga  o‘z  ta’sirini  ko‘rsatadi.  Qon  orqali  yelinga  o‘tgan 
prolaktin  garmoni,  sut  bezlarida  sut  sekresiyasini  tezlashtiradi.  Gipofizning  orqa 
qismidan oksitosin garmoni ajralib chiqadi va sut ajralish jarayoni boshlanadi. 
Sigir sutining tarkibida, qon plazmasining tarkibidagiga qaraganda shakar 90 
– baravarga, yog‘ – 20, kalsiy – 14, kaliy – 9 baravarga ko‘p. Oqsil esa 2, natriy 7 
baravarga kam. Qon plazmasining tarkibidagi oqsil, yog‘ va qand sut tarkibidagi 
oqsil, yog‘ va qand moddalariga o‘xshamaydi. DYemak, bu moddalar sut bezlari 


 
309 
tomonidan sintez qilinadi. Vitaminlar, fermentlar, garmonlar va mineral moddalar 
qon plazmasidan to‘laligicha sutning tarkibiga o‘tadi. 
Sut tarkibida kazein, albumin va globulin oqsillari mavjud. Kazein faqat sut 
tarkibida uchraydi. Albumin esa qon tarkibidagi albumindan katta farq qiladi. Bu 
oqsillar sut bezlarida sintez qilinadi. Globulin oqsilini qon plazmasidan to‘g‘ridan 
– to‘g‘ri o‘tadi degan fikrlar mavjud. 
Sut  yog‘ining  hosil  bo‘lish  manbai  qon plazmasining  neytral  yog‘i  va  yog‘ 
kislotalari hisoblanadi. Sut shakari sut bezlarida sintez bo‘ladi. 
Shunday qilib, sut tarkibidagi turli moddalar sigir yelinida sintezlanadi yoki 
to‘g‘ridan  to‘g‘ri  sutga  o‘tadi.  Bu  moddalarni  saqlab  qolgan  holda  sigirlarni 
sog‘ishni  to‘g‘ri  tashkil  qilish,  zootexnikning  asosiy  vazifalaridan  biri 
hisoblanadi. 
Fermada  sigirlarni  sog‘ish  jarayoni  qiyin  va  ma’lum  malakani  talab  qiladi. 
Bu jarayonni amalga oshirishda veterinariya – sanitariya qoidalariga rioya qilish, 
sutni  sanitariya-gigiyena  holatini  yaxshilab  qolmasdan,  bunday  sut  inson  hayoti 
uchun ham xavf to‘g‘dirmaydi. 
1ml  toza  sut  tarkibida  500  minggacha  mikroblar  bo‘lishi  mumkin  (bunda 
kasallik  tarqatuvchi  mikroblar  mustasno),  past  navli  sutda  500  mingdan  ortiq. 
Agar sigirlar yaxshi parvarishlansa va barcha sanitariya-gigiyena qoidalariga amal 
qilinsa, sutga tushadigan bakteriyalarni keskin kamaytirish mumkin. 
Yuqori  sifatli  sut  sog‘ib  olish  uchun  sog‘ishning  barcha  qoidalariga  rioya 
qilish  va  hayvonlarni  saqlash  sharoitiga  e’tibor  berish  kerak.  Fermadagi  barcha 
ishchilar,  ayniqsa  sut  bilan  aloqador  shaxslar  ma’lum  qoidalarga  amal  qilishlari 
zarur;  shaxsiy  sanitariya  daftar  tutishi,  maxsus  kiyim  bo‘lishi,  qo‘llari  va 
tirnoqlari toza bo‘lishi shart. 
Sutni  mikroblar  bilan  ifloslanishini  kamaytirish  uchun  molxonani  doimiy 
ravishda  nazorat  qilish,  sut  idishlari  va  sog‘ish  apparatlari  toza  va  quritilgan 
bo‘lishi  kerak.  Rossiya  VSITI  ma’lumotlariga  ko‘ra,  sanoat  asosidagi 
komplekslarda  sutni  mikroblar  bilan  ifloslanishining  90%dan  ortig‘ini,  sut 
idishlari,  sog‘ish  qurilmalarini,  sut  yo‘llari,  sovutgichlarni  va  saqlash  joylarini 
antisanitariya holati yuzaga chiqarar ekan. 
Agar  bu  xo‘jaliklarda  sut  idishlari  va  sog‘ish  apparatlari  yaxshi  yuvilib  va 
dezinfeksiya  qilinsa,  sutdagi  bakteriyalar  sonini  9-10  ming  martagacha 
kamaytirish mumkin. 
Turli sut idishlari va apparatlarini yuvish va dezinfeksiyalash uchun maxsus 
kukun    (un)  simon  moddalardan  foydalanish  zarur.  Ulardan  eritma  tayyorlanib 
foydalaniladi. 
Bu  kimyoviy  moddalar  yuvuvchi  (dezmol,  A,  B,  V  tipli  kukunlar,  kalsiy 
soda),  dezinfeksiyalovchi  (xlorli  ohak,  kalsiy  gipoxlorid)  va  yuvuvchi 
dezinfeksiyalovchi (Zbruch, DPM-2) moddalarga bo‘linadi. 
Yuvuvchi  moddalarning  ishqorli  va  kislotali  turlari  mavjud.  Yuvuvchi 
modda  sifatida  sulfonal  NP-3,  kalsiyli  va  kaustik  soda,  metasilikat  natriylardan 


 
310 
foydalanish  mumkin.  Ular  50-71
o
S  suvda  ertilib  0,15-0,5  %  eritma    holida 
ishlatiladi. 
Yakka holda ishlatilganda bu moddalarni foydasi nisbatan kamdir. Shuning 
uchun yuvuvchi moddalarni aralashmasi A,B,V turlaridan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Ular 40-60 
o
S suvda eritilib, 0,5-0,6% eritmasidan foydalaniladi. 
Dezmol – 0,5% eritmasi 50-60
 o
S suvda eritilib ishlatiladi. 
Yuvuvchi dezinfeksiyalovchi DPM-2 moddasi 10
o
S suvda eritilib ishlatiladi. 
Dezinfeksiyalovchi  moddalar  turli  idish  va  apparatlar  yuvilgandan  so‘ng 
ishlatiladi.  Ular  idishlardagi  mikroblarni  o‘ldiradi.  Odatda  gipoxlorid  natriy, 
gipoxlorid kalsiy, xlorli ohaklar ishlatiladi. 
Ishlab chiqarilayotgan xom-ashyo sut davlat andozasi talablariga to‘liq javob 
berishi kerak.  Bunday  sut  faqat  sog‘lom  sigirlardan  sog‘ilgan va  xo‘jalik  barcha 
infeksion kasalliklardan holi bo‘lishi kerak. 
Sut sog‘ib olingandan so‘ng suzilib, 2 soat ichida sovutilishi lozim. Sutchilik 
sanoati  korxonalariga  topshirilayotgan  sutning harorati  10
o
S  va xo‘jalikni  o‘zida 
qabul  qilinganda  6
o
S  bo‘lishi  kerak,  zichligi  1,027  g/sm

dan  past  bo‘lmasligi 
shart. 
Sutning tarkibida: mikroblarni nobud etuvchi va neytrallovchi (antibiotiklar, 
ammiak,  soda,  N
2
O

va  boshqalar)  moddalar  bo‘lmasligi  kerak.  Sutda  og‘ir 
metallar  va  birikmalar,  ammiak,  aflatoksinlar  (M
1
)  va  pestisidlar  miqdori 
meditsina  vazirligi  yo‘riqnomalarida  belgilangan  ko‘rsatkichlardan  yuqori 
bo‘lmasligi kerak. 
Xom-ashyo  sut  davlat  andozalari  talablariga  javob  berishiga  qarab  uch 
navga; oliy, 1 va 2 navlarga bo‘linadi. 
Xom-ashyo  sutdan  bolalar  oziq-ovqati  va  sterillangan  sut  mahsulotlari 
hamda  pishloq  tayyorlashda  oliy  va  I  navli  sut  ishlatiladi.  Ularning  tarkibida 
somatik  hujayralarning  miqdori  500  ming/sm

Ko‘p  bo‘lmasligi  kerak.  Bunday 
sut davlatga qabul qilinganda ustama narxlar bo‘yicha qabul qilinadi. 
Davlatga  topshirilayotgan  sut  tarkibidagi  yog‘  va  oqsil  ko‘rsatkichi  bazis 
ko‘rsatkichlarga tenglashtirilib qabul qilinadi. 
Shunday  qilib,  Davlat  andozasi  yetishtirilayotgan  sutga  quyidagi  talablarni 
qo‘yadi: sut tarkibida kasallik tarqatuvchi mikroblar va inson hayoti uchun xavfli 
moddalar  bo‘lmasligi;  biologik  to‘la  qiymatli  va  kimyoviy  tarkibi  maqsadga 
muvofiq bo‘lishi; ma’lum texnologik xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish