Jamurad yangiboyevich, amirov


Sutni  suzish  yo‘li  bilan  tozalash



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet350/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

Sutni  suzish  yo‘li  bilan  tozalash.  Suzishning  eng  ko‘p  tarqalgan  usuli 
sigirlar  ko‘chma  sog‘ish  apparatlarida  sog‘ilganda  har  bir  sigir  yoki  sog‘ish 
apparati  to‘lgandan  so‘ng  uni  flyaga  og‘ziga  o‘rnatgan  suzg‘ichlrdan 
o‘tkazishdir.  Suzg‘ichlar;  doka,  paxtali,  krujka-flanel,  lavsonlar  bo‘lishi 
mumkin.  Bu  suzgichlar  ichida  eng  qulay  va  yaxshisi  sintetik  mato  bo‘lib 
(lovsan), uning bir metri 35-40 m dokani o‘rnini bosishi mumkin. 
Sut  suzilgandan  so‘ng  har  bir  suzgich  2  %  kalsiyli  sodada  yuvilib, 
dezinfeksiyalanadi  yoki  qaynatiladi,  so‘ngra  toza  iliq  suvda  yuvib  quritilib, 
qaytadan  ishlatiladi.  Paxtali  krujka  ishlatilaganda  paxta  ikkinchi  marta 
ishlatilmaydi. 
Agar sigirlar sog‘ish qurilmalari ADM-8, UDE-8 va UDT-6 larda sog‘ilsa 
sutni  mexanik  aralashmalardan  tozalash  sut  yo‘llarida  amalga  oshiriladi.    Sut 
yo‘liga  maxsus  potrubkaga  o‘ralgan  suzg‘ich  (lavsan)  qo‘yiladi  va  bu 
suzg‘ichdan sut o‘tib tozalanadi. So‘ngra sut vakuum sovutgichlarga yuboriladi. 
Sutning separator – sut tozalagichlarda  tozalash.    
Sutni  hatto  eng  shakllangan  sut  tozalagichlarda  tozalaganda  ham  to‘la 
mexanik  aralashmalardan  xolos  qilib  bo‘lmaydi.  Mexanik  aralashmalarni 
ma’lum qismi sutda erib, suzg‘ichadan o‘tadi va sut tarkibida qoladi. Ular bilan 
birga  sutga  mikroblar  ham  o‘tadi.  Shuning  uchun,  sutni  maxsus  markazdan 
qoshma ko‘chga asoslangan sut tozalagichlardan tozalash maqsadga muvofiqdir. 
Bunda  OOM  –  1000  A  separatoridan  foydalaniladi.  Bu  apparatdan  sutni 
mexanik  aralashmalardan  tozalash  va  sutdan  qaymoq  ajratishda  ham  ishlatish 
mumkin.  Tozalashda  1000  kg/soat,  qaymoq  ajratilganda  600  kg/soat  quvvat 
bilan ishlaydi.  
Bundan tashqari, agar fermadan sut bevosita iste’molchiga jo‘natilsa, sutni 
tozalashda OMA-3M sut tozalagich-me’yorlagichdan foydalaniladi. 
Yangi  sog‘ib  olingan  sutda  mikroblar  rivojlana  olmaydi,  bunga  uning 
bakterisidlik  xususiyati  to‘sqinlik  qiladi.  Sutning  bakterisid  xususiyatini 
davomiyligi  sutning  mikroblar  bilan  ifloslanishi  darajasiga,  uning  tez  va  past 
darajada sovutilishiga bog‘liqdir. 
Sog‘ib  olingan  sut  tezda  past  haroratga  sovutilsa  uzoq  vaqt  buzilmay 
saqlanadi,  sovutilmagan  sut  esa  2-3  soatda  bakterisid  xususiyatini  yo‘qotib, 
tezda achib qoladi. 
Sutni  sovutishda  suv,  muz  va  har  xil  kimyoviy  sovutgich  manbalaridan 
(NH
3
,CO) foydalaniladi.  

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish