Senaj bilan so‘qimlash. Hayvonlar senaj yeyishga tez o‘rganadi va kuniga
20 kg gacha iste’mol qilishi mumkin. Bu usulda so‘qimlanganda dastlabki
davrda ratsion tarkibidagi omixta yYemning miqdori to‘yimliligi bo‘yicha 15-
20% ni, yakunlovchi davrda esa 30-35% ni tashkil etadi. Bunda novvoslarning
o‘rtacha kunlik sYemirishi 900-1000 gramm teng bo‘lib, I kg sYemirish uchun
7,5-6,0 oziqa birligi sarflanadi.
Omixta yYem bilan so‘qimlash. Novvoslarga faqat omihta yYemning
o‘zi berilsa organizmda kechadigan fiziologik jarayonlar buziladi. Shuning
uchun albatta ratsion tarkibiga somon va beda pichani kiritilsa yYem bilan
dag‘al xashakning nisbatini 4:1 ga tenglashtirish kerak. Ana shunda o‘rtacha
kunlik o‘sish 1100-1200 gramm ga teng bo‘lib, 1 kg et olish uchun 7,0-7,5
oziqa birligi sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |