To‘ppalar bilan so‘qimlash. Qoramollarni so‘qimlashda etil spirti, aseton
ishlab chiqarish chiqindilari hisoblangan don, kartoshka, makkajo‘xori, javdar
va bug‘doy to‘ppasidan foydalanish mumkin. Boshlang‘ich davrda hayvonlarga
ozroq nordon to‘ppa berib yeyishga o‘rgatiladi, haftaning oxiriga borib har bosh
hayvonga 40-50 kg ga shunday oziqa yediriladi. Hazmlanish jarayonini
me’yorda saqlash va ishtahani yaxshilash maqsadida ratsion tarkibiga 3-4 kg
dag‘al oziqalar va mineral oziqa qo‘shilgan omixta yYem kiritiladi.
Protein yetishmasa tarkibida azoti ko‘p bo‘lgan sintetik moddalar beriladi.
O‘rtacha kunlik o‘sish 800-1000 gramm bo‘ladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |