Jamurad yangiboyevich, amirov


IV.1.Qo‘ylarning biologik xususiyatlari va tasnifi



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

 
IV.1.Qo‘ylarning biologik xususiyatlari va tasnifi. 
 
Qo‘ylarning asosiy biologik xususiyatlaridan ularning yuqori jun va go‘sht 
mahsuldorligi  hisoblanadi.  Ularning  eng  nodir  xususiyatlaridan  biri  ularning 
barcha  tuproq  va  iqlim  sharoitlarida  yashash  va  mahsulot  berish  qobiliyatidir. 
Qo‘ylar  yaylov  hayvoni  bo‘lib  turli  xil  yaylovlarni  ayniqsa,  kambag‘al 
yaylovlardan ham o‘t topib yeyish imkoniyatiga ega. Bu borada ularning yupqa, 
harakatchan  lablari  nafaqat  mayda  o‘tlar,  balki  to‘qilgan  barg  va  gullarni 
ko‘tarib yeyishini ta’minlaydi. Ayniqsa, ular dag‘al oziqalarni yeyish va yaxshi 
hazm qilishi bilan boshqa qishloq xo‘jalik hayvonlaridan ustun turadi. Shuning 
uchun  ularni  oziqlantirishda  yYem  va  shirali  oziqalardan  kam  foydalanishni 
taqozo etib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning arzon bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 
Qo‘ylarning  tanasi  mustahkam  bo‘lib,  oyoqlari  ingichka  va  kuchli, 
tuyoqlari qattiq bo‘lib yaylovlarda yurishga moslashgan. 
Sahro  va  cho‘l  hududlarida  urchitiladigan  qo‘ylarda  dumba  va  dumida 
(qorako‘l  qo‘yi)  yog‘  zaxiralarini  to‘plash  qobiliyati  bor.  Ushbu  zaxiralarni 
qo‘ylar to‘yimli moddalar va suv yetishmagan paytda tanasi uchun foydalanadi.  
Qo‘ylarning  bo‘g‘ozlik  davri  qisqa  bo‘lib,  150-155  kunni  tashkil  etadi, 
shuning  uchun  yaxshi  oziqlantirish  va  saqlash  sharoitlarini  yaratib  bergan 
xo‘jaliklarda  (fermer,  dehqon,  shaxsiy  yordamchi  xo‘jaliklar)  bir  yilda  ikki 
marta to‘l olishni tashkil qilish mumkin (go‘sht-yog‘ qo‘ychilikda). 
Sovliqlar  serpusht  bo‘ladi,  ya’ni  ular  ichida  2-3  ta  qo‘zi  tug‘adiganlari 
ko‘plab  uchraydi,  yoki  har  100  bosh  sovliqdan  110-120  bosh  qo‘zi  olish 
mumkin. 
Qo‘ylarda  boshqa  hayvonlarda  uchramaydigan  ulkan  xislat  bo‘lib,  ular 
hayotining  birinchi  kunidan  boshlab  (qorako‘l  teri)  bozorbop  mahsulot  berish 
xususiyatiga ega. 


 
190 
Boshqa  hayvonlarga  nisbatan  qo‘ylar  dag‘al  oziqalarni  yaxshi  iste’mol 
qilib hazmlaydi. Yaylovlardagi 600 xil o‘tdan qo‘ylar 550 xilini, otlar 100 turini, 
qoramollar esa faqat 50 turini iste’mol qiladi. 
Qo‘ylar  4  kameralik  oshqozon  va  yaxshi  rivojlangan  ichaklarga  ega. 
Oshqozon  ichaklarining  umumiy  xajmi  44  l.ni  tashkil  qiladi.  Ingichka 
ichaklarining  uzunligi  26  m,  yo‘g‘on  ichaklari 5  m, ularning  so‘rish  yuzasi 2,8 
m², shu sababdan qar qanday oziqani hazm qilib, o‘zlashtirib olishi mumkin. 
Qo‘ylar  tez  yetiluvchan  hayvon  hisoblanadi,  ularni  6-8  oyligida  go‘sht 
uchun so‘yish mumkin.  Yana bir ajoyib xususiyati, dumbali qo‘ylar dumbasida 
yog‘ to‘playdilar, hisor qo‘ylarida u 50 kg.gacha yetadi. 
Qo‘ylar  sil  kasalligi  bilan  kam  kasallanadi,  lekin  brusellyoz,  qichima, 
chechak,  tuyoq  chirishi,  mastit  va  gijja  kasalliklariga  tez  chalinadi,  shuning 
uchun o‘z vaqtida oldini olish choralarini ko‘rish kerak. 
Qo‘ylarning  tabiiy  yashashi  15  yil,  xo‘jalikda  esa  o‘rtacha  5-6  yil 
foydalaniladi. 
Qo‘ylar ishlab chiqarish klassifikatsiyasi bo‘yicha quyidagicha bo‘linadi: 
1.  Mayin junli qo‘ylar 
2.  Yarim mayin junli qo‘ylar 
3.  Yarim dag‘al junli qo‘ylar 
4.  Dag‘al junli qo‘ylar 
 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish