174
ikkinchi davridan boshlab albatta homilaning o‘sish va rivojlanishi uchun
qo‘shimcha to‘yimli moddalar berilishini taqoza qiladi. Bu borada sigirlarni
bo‘g‘ozlik davriga qarab sutdan chiqarish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Sutdan chiqarish sigirning holati va sut mahsuldorligi asosida amalga oshiriladi.
Bu jarayon sekin-asta sigir holatiga zarar ko‘rsatmagan holda o‘tkaziladi.
Sigirlarni tug‘ishdan oldin dam olishi shart, bu davrda ular laktasiya davomida
yo‘qotgan, to‘yimli moddalarni tanasida to‘plab oladi va ularda homila yaxshi
rivojlanishi uchun to‘liq sharoit yaratiladi. Bu davr sigirlar mahsuldorligiga
qarab 45-60 kun bo‘lishi kerak. Ayniqsa oriq sigirlar uchun bu muddat 10-15
kunga o‘zaytirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Sigirlarni sutdan chiqarish sekin 5-10 kun davomida amalga oshiriladi.
Dastlab ratsiondan sut haydovchi oziqalar (shirali va kuchli oziqalar) chiqariladi,
sog‘imlar soni kamaytiriladi. Dastlab 2 sog‘im
1 sog‘imga, keyin kun ora va
xokazo, 3-4 l sut beradigan sigirlar birdan sutdan chiqarib yuborilsa
bo‘laveradi.
Sigirlarni tug‘ishdan oldin dam olish davomida ularning yelini holatini
kuzatib borish kerak, chunki shu davrda u tiklanib ko‘plab yangi bez hujayralari
hosil bo‘ladi, bu esa ular sut mahsuldorligi va sutning tarkibidagi yog‘lilik
darajasiga ta’sir qiladi.
Bo‘g‘oz sigir va g‘unojinlar tug‘ishiga 7-10 kun qolganda tug‘ruq sexi yoki
bo‘limiga o‘tkaziladi. Sigirlar ratsionidan hajmli va kuchli oziqalar chiqarib
tashlanadi yoki kamaytiriladi. Ular bog‘lamasdan saqlanib iloji boricha har kuni
yayratiladi. Oziqlantirish har bir hayvon holati, tug‘ish muddatiga qarab tashkil
qilinadi.
Sutchilik fermer xo‘jaliklarida bo‘g‘oz sigirlar qabul qilingan texnologiya
asosida oziqlantiriladi. Tug‘ishdan oldin dam olish davrida noto‘g‘ri
oziqlantirish va saqlash sigirlar tuqqanidan keyin nohush hodisalarga sabab
bo‘ladi (tug‘ish parezi).
Sigir va g‘unojinlar maxsus kataklarda (dennik) tug‘diriladi. Sigir tug‘ib
bo‘lgandan keyin 1-2 kun buzog‘i bilan saqlanadi, keyin buzoq profilaktoriyaga
o‘tkaziladi. Dastlab yangi tug‘ilgan buzoqlarga alohida saqlash sharoitlari
yaratib berish kerak. Dastlabki kunlar harorat 20-24°S bo‘lishi kerak. 15 kundan
keyin buzoqlar bo‘zoqxonaga o‘tkazilib 10-15 boshdan guruhlab saqlanadi.
Albatta buzoqlar 5-6 kun ug‘iz sutini ichishi shart, keyin aralash yog‘i
olinmagan sut ichirishga o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: