Jamurad yangiboyevich, amirov


III.6.2.Podani qayta tiklashning biotexnolok usullari



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

III.6.2.Podani qayta tiklashning biotexnolok usullari. 
 
Hayvonlarni  urchitishni  takomillashtirish  va  boshqarish  borasida 
chorvachilikda  biotexnologiya  usullaridan  foydalanishni  taqozo  qiladi.  Bu 
usullardan  foydalanish sun’iy qochirish, jinsiy jarayonni garmonlar yordamida 
tartibga solish, murtaklarni qo‘chirib o‘tkazish yangi istiqbollarni ochib berdi. 
Jahonda  hozirgi  davrda  bir  buqadan  bir  yilda  2-50  ming,  yoki  hayoti 
davomida  400  ming  dozagacha  urug‘  olib  ularni  urug‘  banklarida  muzlatib 
saqlash, bu borada katta imkoniyatlar yaratadi. 
Urg‘ochi  hayvonlar  jinsiy  siklini    boshqarishda    progesteron,  prostogladin 
kabi gonodotrop  gormonlardan  foydalaniladi. Bu  yo‘l  bilan  urg‘ochi  hayvonlar 
kuyukishini bir vaqtda to‘g‘irlab ularni su’niy  urug‘lantirib ko‘plab avlod olish 
imkonini beradi. 
Gormonli  preparatlarning  urg‘ochi  hayvonlarga  berilishi  ularning 
serpushtligini oshirishga ijobiy ta’sir etganligini uzoq davrlardan qayd qilingan. 
Su’niy  jinsiy  jarayonini  chaqirish  natijasida    tuxumdondan  ko‘proq  tuxum 
hujayralari  ajralib  chiqishga  sabab  bo‘ladi.  Bu  yul  bilan  tuxumdon  bir  yilda 
ajralib  chiqadigan  tuxum  hujayralarining  sonini  28-30  marta  ko‘paytirish 
mumkin, bu  son sigir va qo‘ylarda 25 ta, cho‘chqalarda 80 taga yetishi mumkin. 
Bu usul asosan yosh sermahsul sigirlardan ko‘proq otalangan tuxumlarni boshqa 
kam mahsuldor sigirlarni qo‘chirib o‘tkazishni taqozo qiladi.  
Buni amalga oshirish uchun urug‘langan tuxum hujayrasi donor sigir jinsiy 
a’zolaridan  yuvib  olinib,  resepiyent  sigirlar  jinsiy  a’zolariga  shpris-katetr 
yordamida  jo‘natiladi.  Buning  uchun  resepiyent  sigir  jinsiy  a’zolari  va  uning  
fiziologik  holati  Yembrionning  rivojlanishiga  tayyor  bo‘lishi  kerak.  Buning 
uchun  resepiyent  sigir  jinsiy  a’zolari  gormonlar  yordamida  tayyorlanadi.  Bu 
borada Yembrionlarni kriokonervasiya (chuqur muzlatish) usuli ularni xohlagan 
vaqtda  tayyor  sigirlarga  qo‘chirib  o‘tkazish  imkonini  beradi  va  ko‘p 
hayvonlarda,  turli  masofadagi  hududlarda  o‘tkazish  mumkin.  Buning    uchun 
ilg‘or  mamlakatlardan  shunday    Yembrionlar  banki  tashkil  qilingan. 
O‘zbekistonda  ham  qoramollarni  seleksiya  markazida  shunday  laboratoriya 
faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yillar keng miqyosda joriy qilish uchun  xo‘jaliklarda 
imkoniyatlar yaratilmagan. Shuning uchun respublikada bu ishni hayotga tatbiq 
qilish uchun maxsus dastur asosida ishlar majmuasi amalga oshirilishi kerak. 
Hozirgi  muzlatilgan  Yembrionlarning  yashashi  50%  ni  tashkil  qilmoqda, 


 
171 
shuning  uchun  bu  usulni  keng  joriy  qilish  iqtisodiy  jihatdan  o‘zini  oqlagani 
yo‘q.  O‘rtacha  gormonlar  yordamida  olingan  tuxum      hujayralaridan  faqat  3-4 
buzoq  olish  isbotlangan.  Donor  sigirlardan    3  oyda  bir  marta  otalangan  tuxum   
hujayralar,  bir  yilda  15-18  bosh  avlod  olish  mumkin.  Imkoniy  jihatdan  bir 
resipiyent  sigirdan 75-80 buzoq olish mumkin. Oddiy sharoitda 7-8 bosh buzoq 
olish  mumkin.  Shuning  uchun  yangi  usul  mashhur  sigirlardan  avlod  olishni  10 
barobar  ko‘paytirish  mumkin.  AQSh,  Kanada  kabi  mamlakatlarda  shu  usul 
yordamida  minglab  buzoq  olinib,  minglab  muzlatilgan  Yembrionlarni  boshqa 
davlatlarga jo‘natgan. 
Uirkraft Model Doris (11 yoshida laktasiyasida bergan suti 9646 kg bo‘lib, 
yog‘liligi 4,43% bo‘lgan) golshtin  zotli sigirdan 75 bosh buzoq olingan, bu usul 
qo‘llanilmaganda undan faqat 8 bosh buzoq olish mumkin edi. 
Ko‘pchilik  laboratoriyalarda  minglab  Yembrionni  qo‘chirish  amalga 
oshirilmoqda.  Bu  borada  Yembrionni  muzlatish  va  murtakni  bo‘lib  qo‘chirish 
usuli kelgusida asosiy  yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi. 
Mutaxassislar  kuzatishi  bo‘yicha  muzlatilgan    Yembrionlar,      muzlatilgan 
tuxum  hujayrasi  kabi  uzoq  saqlanishi  mumkin.  Lekin  muzlatilgan    Yembrion 
eritilib  resipiyent  sigirlarga  o‘tkazilganda  3  tadan  bittasi  yashashi  isbotlangan. 
Bu  tabiiy imkoniyatni yarimini tashkil qiladi. 
Tajribalar  asosida  gen  injeneriya  yordamida  genetik  tomonidan  o‘xshash 
avlodlar  olish  mumkinligi  isbotlagan.  Tajribada  4  hujayrali  Yembrionni  gen 
injeneriyasi yordamida 8 hujayraga  bo‘lib, 2 hujayradan 4 Yembrion qo‘chirib 
o‘tkazilib  avlod  olinganligi  qoramolchilikda  isbot  qilingan.  Bu  usulni    ishlab 
chiqarishda  osonlikcha  qo‘llash  mumkin  Yemas.  Ishlab  chiqarishda  ko‘pincha 
blastosistlarni bo‘lib,1 blastosistdan 2 ta olib o‘tkazish yordamida 2 avlod olish 
mumkin. Bu usul yordamida jahonda o‘nlab egizaklar olingan. 
 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish