168
qoramollarda otalanish ro‘y bermasa yil davomida qaytarilib turadi . Ushbu
holat sut va go‘sht qoramolchiligida buzoq olishni yilning xohlagan mavsumiga
xo‘jalik imkoniyatiga qarab rejalashtirish imkonini beradi.
Jinsiy a’zolardan suyuqlik oqishi kuyukishdan 10-15 soat oldin boshlanib
30 soatlar chamasida davom etadi. Jinsiy kuyukish (moillik) 18-24 soat davom
etadi. Bu muddatning qaysi davrida jinsiy a’zolarga tuxum hujayrasining ajralib
chiqishi noma’lum. Shuning uchun bir kuyukish davomida urg‘ochi hayvonlar
2 marta qochirilsa otalanish imkoni ortadi. Shu boisdan birinchi qochirish
moyillik ro‘y berganda, ikkinchi marta esa 10-12 soatdan keyin qaytarilsa
maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki urg‘ochi hayvonlar jinsiy a’zolarida urug‘
hujayrasi 8-24 soat yashash qobiliyatiga ega. 3 marta qochirish natijasida
otalanmagan hayvonlar qisir hisoblanib, tekshiriladi, ijobiy o‘zgarish
bermaganlari podadan chiqariladi.
Otalanish jarayoniga ko‘p jihatdan sigir va urg‘ochi tanalarning bu
jarayonga tayyorlanishga bog‘liq. Sigir va urg‘ochi tanalar to‘laqiymatli
oziqalar bilan ta’minlanib, to‘g‘ri asralib, ular zavod sYemizligida bo‘lishi
ijobiy natijalar beradi. Ayniqsa urg‘ochi hayvonlarni qochirish jarayonida
yaylovda boqish, hech bo‘lmaganda ularga faol yayratish ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Urg‘ochi tanalar 16-18 oyligida, sigirlar tuqqanidan keyin sigirning oriq-
sYemizligi, mahsuldorliiigi, jinsiy a’zolar sog‘ligiga qarab turlicha bo‘lishi
mumkin.
Sermahsul sigirlar ataylab kechroq qochiriladi, kam maxsul sigirlar esa
1yoki 2 kuyukishdayoq qochirilishi mumkin. Bu borada sigirlar tug‘imlari orasi
12 oyida,bo‘lishi e’tiborga olinadi. Sigirlar holati me’yorda bo‘lsa ular
laktasiyaning 2 oyida, juda sermahsul sigirlar esa 70-90 kundan keyin
qochirilishi Ko‘proq sut sog‘ib olish imkoniyatini yaratadi.
Bo‘g‘ozlik 270-300 kun davom etib, o‘rtacha 285 kunni tashkil qiladi. Bu
jarayon qoramolning zotiga, tug‘iladigan buzoqni jinsiga, iqlim, oziqlantirish,
saqlash sharoitlari va boshqa omillarga bog‘liq. Urg‘ochi hayvonlarning qisir
qolishini oldini olish muhim tadbir bo‘lib hisoblanadi. Buning qochirish, buzoq
olish muddatlari o‘z vaqtida hisob-kitob qilinib maxsus daftarlarga yozib
borilishi kerak. Albatta urg‘ochi tanalar va sigirlar qochirilgan 2-3 oy o‘tgandan
keyin rektal, yoki vaginal usul bilan bo‘g‘ozligi tasdiqlanishi kerak. Undan
ertaroq esa urg‘ochi hayvonlar qoni va suti tarkibidagi jinsiy gormonlar
nisbatiga qarab aniqlash mumkin. Bu usul bilan 97-100% natijaga erishish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: