Galma-gal chatishtirishda birinchi va ikkinchi zot buqalari almashib
keladi. Birinchi yili birinchi zot buqalari bilan chatishtiriladi, ikkinchi yil esa
olingan duragaylar birinchi zot buqalar bilan chatishtiriladi, kerak bo‘lsa bu
tadbir shu navbat bilan davom etadi. Bu chatishtirish usuli ma’lum sharoitda
ijobiy natijalar bergan xo‘jaliklarda keng foydalanish mumkin.
Zot yaratish chatishtirishi bu usul ko‘proq ma’lum sharoitlarda reja
asosida zot yoki zot guruhlarini yaratishda ishlatiladi. Bu usulda 2 va undan
ko‘p bir-biriga mos zotlar qatnashib, qo‘yilgan maqsadga bosqichma-bosqich
erishiladi. Ba’zi paytlarda ko‘zlangan maqsadga erishilganda chatishtirish II
yoki III to‘xtatilib duragaylar asosan o‘zaro urchitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |