Jamurad yangiboyevich, amirov


Yosh  qoramollarni  baholash



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

Yosh  qoramollarni  baholash.  Yosh  qoramollar  dastlab  kelib  chiqishiga 
qarab baholanadi. Buning eng nasl buzoqlari nasl uchun ajratib olinib, qolganlari 
go‘sht  uchun  o‘stiriladi.  Shundan  keyin  naslli  yosh  hayvonlar  10-24  oyligida 
tirik  vazni  va  tana  tuzilishi    va  konstitutsiya  asosida  bonitirovka  andozalariga  
qarab  baholanadi.  Yosh  qoramollarni  yig‘indisi  klassi  uch  ko‘rsatkich:  kelib 
chiqishi, tirik vazni va tana tuzilishiga qarab o‘rnatiladi. 
Qoramollarni  bonitirovka  qilish.    Bonitirovka  –  hayvonlarning  
mahsuldorlik , nasl sifatlari, tirik vazni, tana tuzilishi, zotdorligi, kelib chiqishi, 
podani to‘ldirish qobiliyatiga qarab yig‘indi bahoga aytiladi. 
Har yili buqalar, sigirlar va nasldor  yosh qoramollar  barcha  davlat, jamoa 
naslchilik idoralarida amalga oshiriladi. 
Podani  to‘ldirishga  qoldirilgan  buqachalar  qochirishda  foydalangandan 
boshlab,  sigirlar  1-  va  kelgusi  laktasiyalar  natijalariga  qarab,  yosh  nasldor 
qoramollar 10 oylikdan boshlab bonitirovka qilinadi.  
Har  yil  bonitirovka  natijalari  asosida  har  bir  qoramolga  yig‘indi  klass 
beriladi. 
Bonitirovka  andozalari  asosida  qoramollar    elita-rekord,  elita,  I  va  II 
klasslarga  bo‘linadi.  Yuqoridagi  klasslar  talablariga  javob  bera  olmagan 
qoramollar nasl nuqtai-nazaridan qadrsiz bo‘lib, klassiz hisoblanadi. 
Sigirlar  100 ballik tizimda  bonitirovka qilinib, undan va 60 ballgacha sut 
mahsuldorligi,  24  ballgacha  tirik  vazni  va  tana  tuzilishiga,  16  ballgacha  kelib 
chiqishiga beriladi. 
Sigirlar  sut  mahsuldorligi  305  kun  yoki  qisqa  laktasiya  natijalariga  qarab, 
unda  sut  miqdori,  sutning  tarkibi  (sutning  yog‘lilik  darajasi),  sut  yog‘ining 
chiqimiga qarab baholanadi. Sigirlar sut berish tezligi laktasiyaning 2-3 oyligida 
1 sutka davomida aniqlanadi. 
Sigirlar  eksterer  va  konstitutsiyasi  10  ballik  sistYema  asosida  amalga 
oshiriladi,  bu  ish  2-3  laktasiya  oyida    I  va  III  tug‘imlarda  amalga  oshiriladi. 
Agarda  I tug‘im bu ish o‘tkazilmasa albatta  II tug‘imda o‘tkazish  kerak. 
Hayvonlar kelib chiqishi ularning zoti, zotdorligi, ota-onalarining klassiga, 


 
162 
ayniqsa, sigirning otasi avlodlarining sifatiga  qarab baholanadi, ular kamida III 
kategoriyadan kam bo‘lmasligi kerak. 
Sigirlar yig‘indi ballar miqdori 80 va  undan ko‘p bo‘lsa elita-rekord, 70-79 
ball bo‘lsa  elita, 60-69 ball   I  klass, 50-59    II klass, 50 kam  bo‘lsa klassiz  deb 
belgilanadi. 
Elita-rekord  klassiga  zotdorligi  kamida    III  bo‘g‘in,  elita  klassiga  esa 
kamida  II  bo‘g‘in  hayvonlari  bo‘lishi  kerak.  Agar  sigir  sut  mahsuldorligi 
bo‘yicha I klass andoza talabini 40% oshirsa, unga berilgan klassi oldiga A harfi 
qo‘shiladi.  Agarda  sigir  sutining  yog‘  miqdori  I  klass  andoza  talabidan  0,2%  
yuqori bo‘lsa, unga  berilgan klassi yoniga B harfi qo‘shib yoziladi. Agarda ikki 
ko‘rsatkich  bo‘yicha  ham  andoza  talablaridan  yuqori  bo‘lsa  klassi  yoniga  AB 
harflari qo‘shib yoziladi. 
Buqalar  100  ballik  tizim  asosida  bonitirovka    qilinib  unda  70  ball  kelib  
chiqishiga  va  30  ball  tana  tuzilishi  va  tirik  vazniga  beriladi.  Bunda  ham  80  va 
undan  yuqori  ball  to‘plagan  buqalar  elita-rekord,  70-79  ball  elita,  60-69  ball  I 
klass, 50-59 ball II klassga mansub bo‘ladi. 
Yosh  nasldor  qoramollar  50  ballik  sistYema  asosida  bonitirovka  qilinadi. 
Yosh qoramollar kelib chiqishi uchun 30 ball, eksterer va tipikligi uchun 10 ball, 
tirik vazni uchun 10 ball beriladi. 
Kelib chiqishi bo‘yicha hayvonlarni zoti va zotdorligi, ota-onasining klassi, 
ayniqsa,  ajdodlarining  nasl  sifatlari  bo‘yicha  baholanib  kategoriya  olganiga 
qarab ballar beriladi. 
Yosh  qoramollar  eksterer  va  konstitutsiyasi  B  ballik  sistYema  yordamida 
baholanadi. Hayvonning rivojlanishi uning tashqi qiyofasi va tirik vazniga qarab 
baholanadi. 
Ballar  yig‘indisi  40  va  undan  ko‘p  bo‘lsa  elita-rekord,  30-34  ball  I  klass; 
25-29 ball bo‘lsa II klassga mansub) 
Go‘shtdor qoramollar alohida andozalar asosida bonitirovka qilinadi. 
Bonitirovka har bir naslchilik xo‘jaligi uchun majburiy tadbir bo‘lib, yiliga 
o‘tkaziladi. Uning asosida hayvonlar naslchilik yadrosi, ishlab chiqarish, boshqa 
xo‘jaliklarga  sotiladigan  va  puchak  mollar  guruhlariga  ajratiladi.  Bonitirovka 
natijalari  naslchilik  ishlarini  samaradorligini  ko‘rsatadi  va  uning  yanada 
takomillashtirish yo‘llarini ko‘ rsatib beradi. 
 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish