Jamurad yangiboyevich, amirov



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

Qorako‘l  teri  –  qorako‘l  qo‘ylarning  asosiy  mahsuloti  hisoblanadi. 
Qorako‘l deb qo‘zilarni 1-3 kunligida so‘yib olinadigan, terisida jun tolalari turli 
uzunlik va shakldagi jingalaklari bor teriga aytiladi. Qorako‘l palto, telpak, yoqa 
va boshqa kiyim-boshlar tayyorlashda ishlatiladi. 
Qorako‘lning sifati va qiymati uning rangi, tusi va rangbarangliklari, gullar 
jingalakligi,  jingalaklikning  mustahkamligi  va  zichligi,  ipakligi,  yaltiroqligi, 
junning qalinligi, terining qalinligi, zichligi va maydoni bilan aniqlanadi. 
Mayda  gullar  4,0  mm  gacha,  o‘rta  gullar  4-8  mm  va  8  mm  dan  yuqorisi 
katta gullar hisoblanadi. Gullarning quyidagi shakl va tiplari bo‘ladi: qalamgul, 
donagul,  yo‘lgul, xalqagul,  yalaqigul,  no‘xatsimon,  buramagul,  parmasimon  va 
shaklsiz. Bular ichida eng qimmatlisi qalamgul va donagul hisoblanadi. 
Barra  terining  sifati  qo‘yning  zotiga,  yoshiga,  individual  xususiyatiga, 
sovliqlarning  oziqlantirish  va  saqlash  sharoitlariga  bog‘liq.  Olinish  manbaiga 
qarab  qorako‘l,  reshitilov,  sokkol,  chushka  va  malich  qo‘y  zotlari  hisoblanadi. 
Yoshiga  qarab  esa  kuni  yetmagan  homiladan  olingan,  o‘z  vaqtida  so‘yilgan 
qo‘zilardan  olingan  va  muddati  o‘tib  so‘yilgan  qo‘zilardan  olingan  terilarga 
bo‘linadi.  
Qorako‘l  rangiga  qarab  qora,  ko‘k,  sur,  oq,  guligaz,  jigarrang  va  rangdor 
bo‘ladi. 
Qora  rang  turli  pigmentasiyalanishda  bo‘lishi  mumkin.  Qora  terilarga 
maydoni 12 sm ²dan ko‘p bo‘lmagan oq dog‘lari bor terilar ham kiritiladi. Ko‘k 
rang  oq  va  qora  jun  tolalari  aralashmasidan  tashkil  topadi.  Ular  sonining 
nisbatiga qarab uch tusga: och ko‘k, o‘rta va to‘q ko‘klarga bo‘linadi. Och ko‘k 
tusda  po‘lati  va  sutsimon  rang-baranglik  bor.  O‘rta  ko‘kda  havorang, 
kumushrang,  qo‘rg‘oshisimon,    gavharrang  rang-barangliklar  uchraydi.  To‘q 
ko‘kda sadaf, oqtushganlik rangbarangliklari bo‘ladi. 
Sur  rang  junning  uzunligi  bo‘yicha  har  xil  ranga  ega  bo‘lish  bilan 
belgilanadi.  Sur  rangida  3  zot  tipi  mavjud:  Buxoro,  Surxondaryo,  Qoraqalpoq. 
Buxoro  surida  kumush,  tilla,  binafsha  rang-barangliklar;  Surxondaryo  surida 
bronza,  qahrabo  va  oq  oltin  rang-barangliklar;  Qoraqalpoq  surida 
shamchiroqgul,  po‘lati,  qamar  va  o‘rikgulli  rangbarangliklari  uchraydi.  Buxoro 
surining  xususiyati  jun  tolasining  ostki  qismi  qora  ustiga  qarab  esa  och  ranga 
kirib  boradi,  Surxandaryo  suri  esa  jigarrang  asosida  yaratilgan.  Ushbu  surning 
asosiy  xosiyati  jun  tolasining  osti  to‘q  va  ustki  qismining  keskin  och  tusda 
bo‘lishi hisoblanadi. 


 
193 
Qorako‘l  qo‘zilari  tug‘ilgandan    keyin  1-3  kunligida  so‘yiladi,  aks  holda 
terida  junlar  o‘sib  teri  sifati  buziladi.  Jun  qoplami  holatiga  qarab  qo‘zilarni 
kechroq  so‘yish  teri  sathining  kattalashishini  ta’minlaydi.  Shuning  uchun 
so‘yishni har bir qo‘zi alohida ko‘rib hal etish kerak.  Qo‘zilar hiqildoq tagidan 
uzunasiga so‘yiladi, qoni oqib bo‘lgandan   keyin  teri  ostiga  havo  yuborilib  teri 
shilib  olinadi.  Shilish  uchun  qo‘zi  ko‘kragi,  qorni,  oldingi  va  keyingi  oyoqlari 
ichki  yuzasi  archilib,  qolgan  qismidan  teri  shilib  olinadi.  Oldingi  oyoq 
bilakuzuk,  keyingi  oyoq  sakrash  bo‘g‘indan  kesib  tashlanadi.  Terilar  1-2  soat 
sovugandan keyin birlamchi ishlov beriladi. Terilarga №2 osh tuzidan har biriga 
0,8-1,0  kg  sepilib  omborlarda  saqlanadi.  7  kundan  keyin  ular  obdon  tozalanib, 
salqin  joylarda  (ayvon  tagida)  quritiladi.  Shundan  keyin  ular  qayta  ishlash 
fabrikalariga yuboriladi. 
Tayyorlov  andozasiga  ko‘ra  qorako‘l  sathi  inobatga  olinib,  katta  va  o‘rta 
terilarga bo‘linadi. Katta va o‘rta terilar barra tipi, gul jingaliklarining shakliga, 
jun qoplamining sifati va gul o‘lchamiga qarab navlarga bo‘linadi.  
Qorako‘lcha guruhiga kiruvchi terilar – bola tashlash yoki bo‘g‘ozlik kuni 
yetmagan  sovliqlarni  noilojlikdan  so‘yish  natijasida  olinadi.  Mamlakatimizda 
sovliqlarni  maqsadli  qochirish,  bo‘rdoqilash  natijasida  tug‘ilishiga  10-15  kun 
qolganda  so‘yish  yo‘li  bilan  qorako‘lcha  va  sYemiz  nimta  olish  texnologiyasi 
ishlab keladi.  
Bu terilar quyidagi 3 xilga bo‘linadi: 
1. Taqir  (golyak)  – gulsiz, kalta  junli, ba’zan  biroz  muar  chizgili  terilarga 
aytiladi. 
2.  Qorako‘l  –  qorako‘lcha  –  jun  qatlamining  rivojlanishi  bilan  me’yorda 
tug‘ilgan  qo‘zilarga  yaqin  turadi.  Bunday  terilar  tug‘ilishiga  bir  hafta  qolgan 
qo‘zilardan  olinib,  sathi  va  gullarning  rivojlanishi  bo‘yicha  juni  o‘sgan 
qorako‘lcha deyish mumkin. 
  3.  Qorako‘lcha  –  homila  jingalaklikka  ega,  maxsus  muar  chiziqli  kalta 
junli  teri  hisoblanadi.  Ko‘proq  qorako‘lcha  homilaning  128-132-kunlarida 
olinadi. Chiroyli va o‘ziga xos guli evaziga uni terisi uncha mustahkam va sathi 
katta bo‘lmasa ham yuqori baholanadi, I nav odatdagi qorako‘l terisidan qimmat 
turadi.  
Muddatidan o‘tib, juni biroz o‘sgan qo‘zilardan yoqabop teri olinadi.  

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish