Go‘shtdorlik koeffitsienti deb nimta yoki yarim nimta, laxm go‘sht va
suyakka ajratilgandan keyingi ularning nisbatiga aytiladi.
Turli nav nimtadan turli navdagi go‘shtning chiqimi uni GOST 7596-81
bo‘yicha chopish natijasida o‘rnatiladi.
Qo‘ylarda nimtada yog‘ning turli joylarida va miqdorda bo‘lishi go‘sht
mahsuldorligiga ta’sir qiladi.
Qo‘zi tug‘ilgandan keyin hayoti davomida tanasida yog‘ to‘planish alohida
navbat bilan ro‘y beradi. Dastlab ichki, keyin muskullararo, teri osti yog‘i va
oxirida muskul tolalari orasida yog‘ to‘planadi. Dumba va dum yog‘lari hamma
davrda ham sYemizlik darajasiga monand ortib boraveradi.
So‘yimning qo‘shimcha mahsulotlari quyidagilarga bo‘linadi: a) yumshoq
mahsulotlar – jigar, yurak, o‘pka, diafragma, kekirdak traxeya bilan, taloq,
bo‘g‘izlov, yelin va miya; b) shilliq mahsulotlar – katta qorin, to‘g‘ri ichak; v)
junli mahsulotlar – bosh. Kategoriyalarga qarab so‘yim oldi tirik vaznga
nisbatan quyidagi chiqim o‘rnatilgan:
I-kategoriya: jigar-1, til-0,3, miya-0,15, bo‘g‘izlov-0,38, yurak-0,45,
diafragma-0,32, jami – 2,6%.
II-kategoriya: katta qorin-1,4, xiqildoq-0,15, ifloslangan go‘sht bo‘laklari-
0,1, o‘pka-0,8, taloq-0,2, miyasiz va tilsiz bosh-3,6, jami – 6,25.
Qo‘y go‘shtining sifati uning rangi, hidi, mazasi, nozikligi, shiradorligi va
kalloriyaligi bilan belgilanadi.
Go‘shtning oziq-ovqat sifati uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘lib u qo‘y
zoti, yoshi va sYemizlik darajasiga bog‘liq.
Qo‘ylarning go‘sht mahsuldorligiga genetik va tashkiliy-xo‘jalik omillari
ta’sir etadi.
Genetik omil – turli mahsuldorlik yo‘nalish va zotdagi qo‘ylar go‘sht
mahsuldorligi bo‘yicha farqlanadi.
Mamlakatimizda urchitilayotgan qisor, jaydari, oloy zotli qo‘ylar tez
yetiluvchanligi va go‘sht mahsuldorligi bilan tez yetiluvchan Angliya zotlaridan
qolishmaydi. Zot qo‘zilari onasidan 4 oyligida ajratganda 38-45 kg gacha
vaznga ega bo‘lib, ba’zan 60-65 kg gacha yetishi mumkin. Angliya
ixtisoslangan qo‘y zotlari qo‘zilari ushbu davrda faqat 39-50 kg tosh bosadi.
Mahalliy dumbali dag‘al junli qo‘ylarning ijobiy biologik xususiyati erta
bahordan yaylovlar o‘tga boyligida tez ichki va dumba yog‘ini to‘plash va uni
keyin kerak paytda ishlatish qobiliyatiga ega.
Qo‘ylarning go‘sht mahsuldorligiga oziqlantirish darajasi va xili, saqlash
usullari, sYemizlik darajasi, jinsi, yoshi, axtalash ta’sir etadi.
Qo‘ylarni go‘shtga topshirishning samarali davri 5-10 oylik yoshi
hisoblanadi. Qo‘zilarni jadal o‘stirish va bo‘rdoqilash biologik jihatdan
197
maqsadga muvofiq va iqtisodiy samarali bo‘lib, shu vaqtda ular vaznini 40-50
kg ga yetkazish, natijada sergo‘sht, yog‘i kam nimtalar olinib, 1 kg vazn ortishi
uchun kam oziqa birligi sarflanadi.
Dumbali va qorako‘l qo‘ychiligida podada 70-75% sovliq bo‘lishi go‘sht
yetishtirishni ko‘paytirish imkonini beradi. Buning uchun podani qayta tiklashga
ajratilgan to‘xlilardan boshqa barcha qo‘ylarni go‘shtga topshirishni taqozo
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |