Jamurad yangiboyevich, amirov


IV.2. Qo‘ylar mahsuldorligi



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

IV.2. Qo‘ylar mahsuldorligi. 
 
Qo‘ylarning  asosiy  mahsulotlari  bo‘lib  jun,  po‘stinbop  teri,  qorako‘l  teri, 
go‘sht  va  sut  mahsulotlari  hisoblanadi.  Bularning  ichida  eng  asosiysi  jun 
hisoblanadi (mayin va yarim mayin junli qo‘ylar). 
Jun – qo‘ylarning qoplamasi bo‘lib ulardan matolar, trikotaj buyumlari va  
gilam  to‘qiladi.  Birlamchi  jun  tolalari  homila  50-70  kunligida  shakllanadi. 
Ushbu  holatni  e’tiborga  olgan  holda  bo‘g‘oz  sovliqlarining  bo‘g‘ozlikning 
birinchi yarmidayoq to‘yimli moddalar, minerallar va vitaminlar homila tana va 
sathida  ko‘proq  birlamchi  jun  tolalari  shakllanishiga  olib  keladi.  Ikkilamchi 
junlar sal kechroq hosil bo‘ladi, jun tolalarining to‘liq shakllanishi tug‘ilgandan 
keyin  1  oy  ichida  tugallanadi,  shuning  uchun  bo‘g‘ozlikning  ikkinchi  davri 
me’yorda oziqlantirish va saqlash, tug‘gandan keyin Yemizikli sovliqlarni to‘la 
qiymatli  oziqlantirish  qo‘zilarni  og‘iz  suti  va  sutga  to‘yishi  evaziga  qalin  jun 
qoplamini shakllanishiga sabab bo‘ladi. 
Jun  tolasi  ikki  surg‘ich  va  piyozcha  qismlaridan  iborat.  Junning  teri 
ichidagi qismi uning ildizi va ustidagi qismi poyasi deyiladi. 
Jun  tolasi  gistologik  tuzilishi  bo‘yicha  uch  qavatdan  qobiq,  mag‘iz  va 
o‘zakdan iborat. Tivit va oraliq jun tolalari faqat qobiq va mag‘iz qavatlaridan, 
qiltiq, o‘lik qoplovchi jun tolalarida esa hamma qavatlar mavjud. 
Qo‘ylarda  morfologik  tuzilishi  bo‘yicha  quyidagi  jun  tolalari  uchraydi: 
tivit,  oraliq,  qiltiq,  quruq,  o‘lik  va  qoplovchi.  Junda  ularning  nisbatiga  qarab 


 
191 
xillari aniqlanadi. Jun tarkibida tivit va oraliq jun tolalari qanchalik ko‘p bo‘lsa 
u  shunchalik  ijobiy  hisoblanadi  (yarim  dag‘al  va  dag‘al  junlar  uchun).  Mayin 
junli  qo‘ylar  juni  faqat  tivit  tolalaridan,  yarim  mayin  junli  qo‘ylar  juni  tivit  va 
oraliq jun tolalaridan, yarimdag‘al junli qo‘ylar juni tivit, oraliq va qiltiq jundan, 
dag‘al junli qo‘ylar juni tivit, oraliq, qiltiq, quruq va o‘lik jun tolalaridan tashkil 
topadi.  Qoplovchi  jun  tolalari  qo‘ylarning  bosh  va  oyoq  qismlarini  qoplagan 
bo‘ladi. 
Junning  qalinligi  1  mm²  maydondagi  jun  tolalarining  miqdori  bilan 
belgilanadi. Mayin junli qo‘ylarda  1 mm ² da 60-65 dona, yarim mayin, yarim 
dag‘al va dag‘al jun beruvchi qo‘ylarda esa 20-40 dona jun bo‘ladi. 
Jun  tolalari  quyidagi  fizik  xossalarga  ega  uzunligi,  ingichkaligi, 
jingalakligi,  mustahkamliligi,  cho‘ziluvchanligi,  egiluvchanligi,  rangi  va 
yaltiroqligi. Bu belgilar junning texnologik sifati uchun asos bo‘ladi. 
Qo‘ylardan  quyidagi  junlar  olinadi:  mayin  jun  –  yilida  bir  marta  mayin 
junli va duragay qo‘ylardan qirqib olinadi. Uning sifati asosan 60 sifatdan past 
bo‘lmay, albatta oq rangda bo‘lishi shart. 
Yarim mayin jun – bir yilda bir marta yarim mayin jun beruvchi qo‘ylardan 
qirqib olinib, 58-50 sifat va oq rangda bo‘lishi kerak. 
Yarim  dag‘al  jun  –  mayin  va  dag‘al  junli  qo‘ylarning  duragaylari  hamda 
saradja  zotli  qo‘ylardan  yiliga  2  marta  qirqib olinadi. Bu  jun bir xil  bo‘lmagan 
junlar toifasiga kirib 48-46 sifatga ega, oq rangda bo‘ladi. 
Dag‘al  jun  –  bir  xil  bo‘lmagan,  har  xil  rangdagi  jun  bo‘lib  dag‘al  junli 
qo‘ylardan yiliga ikki marta qirqib olinadi. Romanov zotli qo‘ylar yiliga 3 marta 
qirqiladi. 
Bir qirqimda qo‘ydan yaxlit olingan jun runo deb ataladi. Mayin va yarim 
mayin jun beruvchi qo‘ylar to‘liq yaxlit runo jun beradi, dag‘al va yarim dag‘al 
jun  beruvchi  qo‘ylar  esa  bahorgi  qirqimda  yaxlit  (runo),  kuzgi  qirqimda  esa 
kokilcha (bo‘ltak) jun beradi. 
O‘zbekiston  sharoitida  qo‘ylar  ikki  marta  bahorda  va  kuzda  qirqiladi, 
bundan  tashqari  1  yoshda  qo‘zi  qirqimi  o‘tkaziladi.  Jun  qo‘lda  va  qirqish 
agregatlari  yordamida  amalga  oshiriladi.  Kichik  xo‘jaliklarda  (500-1000  bosh) 
qo‘lda  va  yirik  xo‘jaliklarda  albatta  qirqim  agregatlarida  amalga  oshiriladi. 
Kuzgi  qirqim  muddatlari  shunday  belgilanishi  kerakki,  qattiq  sovuqqacha  jun 
o‘sib tanani qoplash imkoniyati bo‘lsin. 
Qirqim  davri  ob-havo  sharoiti  va  jun  qoplamining  holatiga  qarab 
belgilanadi. Bahorgi qirqim jun ko‘tarilganda va unda yetarli ter-yog‘ bo‘lganda 
boshlanadi.  Qo‘ylarni  qirqimdan  oldin  12  soat  boqilmaydi,  to‘q  qo‘ylarda 
qirqish  davrida  noqulayliklar  seziladi.  Qirqishdan  oldin  qo‘ylar  cho‘miltiriladi. 
Qirqilgan  qo‘ylar  2-3  kun  tashqi  muhit  ta’siriga  sezuvchan  bo‘ladi,  shuning 
uchun ularni qo‘tonlar yaqinida o‘tlatish kerak. Jun iloji boricha teriga yaqin va 
bir  tekisda  qirqib  yaxlit-  runo  jun  olishga  harakat  qilish  kerak,  chunki  u 
kokilcha-bo‘ltak  junga  nisbatan  qimmat  turadi.  Agarda  tananing  biror  qismida 
jun balandroq qirqilgan bo‘lsa, uni qayta qirqish kerak Yemas, chunki kalta jun 


 
192 
runo  sifatini  buzadi.  Jun  sifati  qirqib  olingan  teri  parchalari  bilan  ham 
yomonlashadi.  Terini  qirqib  olish  faqat  jun  sifatini  yomon  qilib  qo‘ymasdan, 
qo‘yni  jarohatlaydi,  yiringlash  manbai  bo‘lishi  mumkin.  Shuning  uchun 
qirqilgan joy shu zahotiyoq kreolin yoki boshqa dizenfeksiyalovchi modda bilan 
ishlanishi  shart.  Har  bir  qo‘ydan  qirqib  olingan  yaxlit-runo  alohida  o‘ralib 
klasslash xonasiga o‘tkaziladi. 
Dag‘al  jun  uning  tarkibidagi  jun  tolalarining  nisbatiga  qarab  I-II-III 
klasslarga bo‘linadi. 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish