4.3.2.-rasm. Hisor sovlig‘i. olinadi. Hisor qo‘ylari juni tarkibida qiltiq va o‘lik jun tolalari uchrab
to‘qimachilik sanoati uchun yaroqsiz bo‘lib, ulardan kigiz bosiladi. Hisor
qo‘ylarining nafaqat boshi va oyoqlari qoplovchi qattiq jun bilan qoplanib
qolmasdan, balki bo‘ynining va qornining tagi ham shunday jun bilan
qoplangan.
Hisor zotli qo‘ylar asosan Surxondaryo viloyati xo‘jaliklarida urchitilish bilan
birga Respublika qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyrug‘iga asosan
boshqa viloyatlarda jaydari qo‘ylarni takomillashtirishda foydalanilmoqda.
Jaydari – bu qo‘ylar yil davomida yaylovlarda asrashga o‘rgangan qishda
cho‘l yaylovlaridan, yozda esa tog‘ oldi va tog‘ yaylovlaridan samarali
201
foydalanadilar. Qo‘ylar mustahkam konstitutsiyaga ega bo‘lib go‘sht-yog‘
belgilari yaxshi shakllangan.